🔍

Article

OMBORDAGI DON uni saqlash talab darjasidami?

By Hosil KARIMOV, "Xalq so‘zi" muxbiri. • in 2005

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-noyabrdagi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan "O‘zdavdoninspeksiya"siga korxonalarga donni qabul qilish, uni saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida mahsulotning sifatini belgilashda davlat standartlari, texnik shartlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, davlat resurslariga qabul qilingan g‘alladan belgilangan maqsadlarda oqilona foydalanishni nazorat qilish, don va undan qayta ishlangan mahsulotlarning sifatini oshirish bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlash ham uning zimmasidadir.

"O‘zdavdoninspeksiya"si mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda respublikamizning davlat resurslariga fizik vaznda 2 million 176,8 ming tonna boshoqli don, shuningdek, 281,1 ming tonna urug‘lik qabul qilindi. Jamg‘arilgan g‘allaning qolgan qismi fermerlar va shirkat xo‘jaliklarining pudratchilari ixtiyorida qoldirildi. Sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan biri shuki, keyingi paytda yetishtirilgan bug‘doyning non tayyorlashdagi xususiyati oshdi. Masalan, besh balli bahoda u joriy yilda o‘rtacha 2,2 ballni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan 0,7 ballga ko‘pdir. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, $$Andijon$$, $$Farg‘ona$$, $$Jizzax$$ viloyatlarida "yetishtirilgan "Kroshka" va "Selyanka" navlaridan olingan bug‘doy yuqori baho oldi. Shuningdek, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida yetishtirilgan "Kroshka", "Polovchanka", "Mars-1", "Knyajinka", "Sangzor-4", "Sangzor-6", "Marjon", "Grekum", "Starshina", "Bobur", "Chillaki", "Lira", "Yubiley" navlarining bug‘doyi ham non tayyorlashda o‘zining yaxshi xususiyatlarini ko‘rsatdi.

Eng quvonchlisi, ilgari xorijdan g‘alla sotib oladigan mamlakatimiz endilikda uni chetga eksport ham qilmoqda. Masalan, joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida $$Afg‘oniston$$, $$Eron$$, $$Qirg‘iziston$$, $$Tojikiston$$, $$Qozog‘iston$$, $$Moldova$$, $$Ozarboyjon$$, $$Belarus$$, $$Gruziya$$, $$Rossiya$$ va $$Ukraina$$ kabi davlatlarga bir necha yuz ming tonna bug‘doy, un, guruch va krupa mahsulotlari sotildi.

Lekin, afsuski, ayrim qayta ishlash korxonalarida davlat zaxirasiga topshirilgan g‘allani saqlashda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. "O‘zdavdoninspeksiya" tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyida o‘tkazilgan monitoring natijalarida aniqlanishicha, $$"Bog‘otdon"$$, $$"Shovotdon"$$, $$"Xonqadon",$$ $$"Xonqaguruch"$$, $$"Oqoltindon",$$ "$$Juma elevatori"$$, $$"Kattaqo‘rg‘ondon",$$ "$$Oqtoshdon"$$, $$"Muborakdon"$$, $$"Do‘stlikdon" $$va $$ "Bekobod un" aksiyadorlik jamiyatlari$$da va $$"Samdon invest" sho‘ba korxonasi$$da don me’yor darajasida saqlanmaganligi tufayli, ularga mita va turli xil zararkunandalar talafot yetkazayotganligi aniqlandi. Mazkur korxonalarda jami 14 ming 241 tonna g‘alla zararlangan.

Bunday achinarli ahvol korxonalar rahbarlarining o‘z vazifasiga sovuqqonligi, o‘ta mas’uliyatsizligi tufayli ro‘y bergan. Davlat resurslariga qabul qilingan g‘allaga bunday munosabatni kechirib bo‘lmaydi, albatta. Buning uchun aybdorlar javob berishlari zarur.

Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida $$"O‘zdonmahsulot" kompaniyasi$$ning mutasaddi rahbarlariga murojaat qildik. Ularning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, respublika don mahsulotlarini himoya qilish inspeksiyasi zararlangan g‘allaga kimyoviy qayta ishlov berish chora-tadbirlarini ko‘rgan. Ayni paytda bu ish nihoyasiga yetgan bo‘lib, mutaxassislar zararlangan donning qancha qismi iste’molga yaroqli ekanligini aniqlashmoqda. $$"O‘zdonmahsulot" kompaniyasi$$ning darhol ahvolni o‘nglash choralarini ko‘rganligi ijobiy hol, albatta. Lekin bunday salbiy holatning yuz berishida, ma’lum darajada bo‘lsa-da, ularning ham aybi bor.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, bir tonna bug‘doyni yetishtirish uchun 65,3 ming so‘m sarflanar ekan. Shundan yuqoridagi ahvolning qancha zarar keltirayotganini bilib olavering. Dehqonlarimizning peshona teri evaziga yetishtirilgan g‘allaga bunday befarqlik va sovuqqonlikni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi!

Total words

439

Unique words

341

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

28

TTR

0.777

Hapax

287

Distribution

Top frequency chart

Dataset