🔍

Article

YURT BOSBONLARINI TARBIYALASH — SHARAFLI VAZIFA

By Xolmurod SALIMOV, OʻzA muxbiri • in 2005

Mamlakatimizda ommaviy-vatanparvarlik tadbirlari qizg‘in davom etayotir.
$$O‘zbekiston mudofaasi$$ga ko‘maklashuvchi $$"Vatanparvar" tashkiloti markaziy kengashi$$ raisi, polkovnik [Abdulaziz Abduqahhorov]ning aytishicha, mazkur tizimdagi tadbirlar maxsus ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmoqda. Unda, jumladan, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda keng jamoatchilik, yosh harbiylar hamda chaqiriluvchilar o‘rtasida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish, Qurolli Kuchlarni isloh qilish, harbiy xizmat nufuzini oshirish, zamonaviy harbiy an’analarni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishga oid dolzarb vazifalar belgilangan.

Tizimning barcha o‘quv muassasalarida davlatimiz rahbarining "Milliy ar- miyamiz — mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir" risolasi asosida suhbatlar uyushtirilib, Qurolli Kuchlarimiz hayotini aks ettiruvchi ko‘rgazmali burchaklar tashkil etilgan.

"Vatanparvar ning o‘quv muassasalarida yoshlarni ma’naviy barkamol, harbiy-texnik jihatdan malakali, jismonan baquvvat Vatan himoyachisi etib tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Kursantlarni sportga jalb etish ularning professional tayyorgarlik darajasini oshirayotgan bo‘lsa, kun tartibining harbiy nizom talablariga yaqinlashtirilgan holda tashkil etilishi chaqiriluvchilarda harbiy xizmat haqida dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim omil bo‘layotir.

Harbiy qism va bilim yurtlarida o‘tayotgan "Ochiq eshik kunlari"da yigitlar harbiylar hayoti, zamonaviy qurol hamda eng so‘nggi harbiy texnika bilan yaqindan tanishmoqda. Ular o‘rtasida turli bellashuvlar uyushtirilmoqda. Bular askar va harbiyga chaqiriluvchi yoshlarda o‘zaro hurmat, vatanparvarlik, mardlik va sadoqat, milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘ulari shakllanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Talaba va o‘quvchilar, kursant va askarlar poytaxtimizdagi $$O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari$$ markaziy, $$O‘zbekiston tarixi davlat$$ $$Temuriylar tarixi davlat$$ hamda $$"Shonli Vatan tarixi" muzeylari$$ga borib o‘zbek davlatchiligi, armiyamiz tarixiga oid eksponatlar bilan tanishmoqda.

Shuningdek, faxriylar va $$Qurolli Kuchlar$$ rahbariyati ishtirokida $$"O‘zbekiston Qurolli Kuchlari:$$ kecha, bugun va ertaga" mavzuida seminarlar, turli badiiy va hujjatli filmlar namoyishi, taniqli olim, jamoat va madaniyat arboblari, adabiyot va san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilyapti.

Respublika Texnik va amaliy sport turlari markazida yangi musobaqalar mavsumi boshlanadi. Mamlakatimizning yetakchi sportchilari ishtirokida "Supermotokross" bo‘yicha $$O‘zbekiston$$ birinchiligi bellashuvi o‘tkaziladi.

Barcha harbiy qism va bo‘linmalarda bayramona muhitni yaratishga qaratilgan bu tadbirlar yil davomida har bir harbiy xizmatchining kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi. Zero, mustaqillikni mustahkamlash, munosib himoya qila oladigan professional harbiylarni tayyorlash, mard, kuchli va epchil yurt posbonlarini tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shish "Vatanparvar"ning bosh vazifasidir.

Total words

335

Unique words

268

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

9

TTR

0.800

Hapax

234

Distribution

Top frequency chart

Dataset