🔍

Article

Mehr-muruvvat madaniyati

By Shavkat QURBONOV, pedagogika fanlari doktori, … • in 2004

"Kirib kelayotgan yilni: Mehr va muruvvat yili deb e’lon qilishdan ham maqsadimiz — odamlarimiz qalbida ezgu tuyg‘ularni uyg‘otishni davom ettirish, ayniqsa, farzandlarimizda ham shunday noyob fazilatlarni kamol toptirish, bu xususiyatlarni millatimiz hayot tarzining uzviy va ajralmas bir qismiga aylantirishdan iboratdir"

[Islom KARIMOV].

Muruvvat — insonning insonga nisbatan hurmati, mehr-muhabbatining amaliy tarzda namoyon bo‘lishi, boshqacha qilib aytganda, insonparvarlik jamiyat hayotining asosiy mezonlaridan biriga aylanishidir.

Kam ta’minlangan oilalarga, yetim-yesirlar, beva-bechoralardan tortib, yakka-yolg‘iz qariyalarga, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlarga, nogironlar va shu toifadagi nochor va muhtoj kishilarga chin yurakdan, beg‘araz moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, rahm-shafqatli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish chinakam insoniy muruvvatning hayotiy ifodasidir. Xolisona muruvvatli bo‘lish — hotamtoylik, tantilik bilan ro‘zg‘orda qiynalganlarga, ayniqsa, muhtoj bolalarga saxovat ko‘rsatish, ijtimoiy va xayriya institutlarini, jumladan, ta’lim va tarbiya hamda boshqa ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ko‘maklashishdir.

Insonparvarlik xislatining ajralmas qismi bo‘lgan muruvvat tushunchasi insoniyat yer yuzida paydo bo‘lib, jamoa tarzida yashashni ixtiyor etgan eng qadimgi paytlardayoq paydo bo‘lgan. Zamonlar o‘tishi bilan uning mazmun-mohiyati kengaygan, teranlashgan, hayot taqozosi hamda insoniy munosabatlarning takomillashishi jarayonida tarixan qaror topgan turlari va shakllari o‘zgarib borsa-da, jamiyat va jamoadagi, insonning asl inson maqomini anglashi va qaror toptirishidagi tutgan o‘rni va ahamiyati yanada mustahkamlanib borgan. Shu tarzda uning insonni ulug‘lash, ijtimoiy himoya qilish, aholi muhtoj qatlamlarining farovonligini ta’minlashga ko‘maklashish, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi mohiyati umummilliy, hatto xalqona fazilatga aylangan.

Bugunga kelib insonparvarlikni jamiyat hayotining muhim tamoyiliga aylantirish xalqimizning ezgu niyatiga aylangan ekan, bu o‘z navbatida izchil rivojlanib boruvchi mehr-muruvvat ko‘rsatish madaniyatini rivojlantirishni taqozo etadi. Fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy va umumbashariy qadriyatlarga mos keladigan xulq-atvorni shakllantirish va kamolga yetkazish, ya’ni jamiyatda mehr-muruvvat madaniyatini qaror toptirish masalasiga $$O‘zbekiston$$ Prezidenti [I.Karimov]ning Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasida alohida urg‘u bergani ham bejiz emas. Zotan, mehr-muruvvat bir martalik harakat ham, "tadbirlar kompleksi" ham emas, balki dunyoqarash va fe’l-atvordir, inson ichki madaniyatining tarkibiy qismi, jamiyat madaniyatining alomatidir. Nega mehr-muruvvat ko‘rsatish madaniyatini rivojlantirish dedik? Negaki, xalqimizga xos bo‘lgan bu fazilat mehr-muruvvat chuqur milliy va tarixiy ildizlarga ega.

Otalarimiz va bobolarimiz e’tiqod qilgan, xalqning ming yillik tarixiga tayanadigan islom dinining insonparvarlik mohiyati asrlar davomida xalqimizning ma’naviy hayotini poklab, avlodlarni yaxshilik va ezgulik sari yetaklab kelgan omillardan biridir. Hozirgi kunda rahmli va marhamatli Yaratgan doimo bizning aql-idrokimiz va qalbimizda bo‘lib, barchani mehr va muruvvatli bo‘lishga da’vat qiladi, degan fikr nihoyatda joizdir.

Mehr-muruvvatli bo‘lib yashash va doimo shunga intilish tuyg‘usining ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Bu — o‘zbek xalq pedagogikasida, [Abu Nasr al-Forobiy], [Jaloliddin Davoniy], [Alisher Navoiy] va $$O‘rta Osiyo$$ning boshqa mutafakkirlari asarlarida o‘z ifodasini topgan.

Sharqning buyuk qomusiy olimi [Abu Ali ibn Sino] falsafa, astronomiya, geologiya, tibbiyot sohalari bilan bir qatorda ruhshunoslik, etika, pedagogika bo‘yicha ham ko‘pgina asarlar yozib qoldirgan. Xususan, uning "Yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida"gi mashhur asari etika va odob-axloq muammolariga bag‘ishlangan.

O‘rta asrlar Sharqining mashhur mutafakkiri [Jaloliddin Davoniy] tarbiya to‘g‘risidagi teran mulohazalari bilan o‘z davrida pedagogik fikrni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan. Uning qalamiga mansub falsafa, mantiq, huquq, pedagogikaga oid asarlar, tadqiqotlar orasida "Ruhshunoslik to‘g‘risida", "Bolalar tarbiyasi to‘g‘risida"gi risolalar alohida e’tiborga loyiq. Davoniyning eng yirik asari "Axloqi Jaloliy" bo‘lib, unda ijtimoiy-etik va pedagogik muammolar xususida fikr yuritiladi.

[Alisher Navoiy]ning ijodida mehr va muruvvat g‘oyalarini o‘ziga singdirgan axloqiy tarbiya masalalari katta o‘rin tutadi.

$$O‘rta Osiyo$$ allomalarining ilg‘or g‘oyalari XVIII-XIX asrlarda yashab, ijod qilgan ma’rifatparvarlarning asarlarida yanada boyitildi. [Munis Xorazmiy]ning ko‘pgina asarlari mehr-muruvvat g‘oyalarini ulug‘lashga bag‘ishlangan bo‘lsa, XI asrning mashhur adabiy yodgorliklaridan biri bo‘lmish "Qobusnoma"ning [Ogahiy] tomonidan forschadan o‘zbek tiliga tarjima qilingani xalqimiz ma’naviy hayotida katta voqea bo‘ldi.

[Berdaq] ijodida tenglik, ma’rifat, insonparvarlik va mehr-muruvvat, adolat va vatanparvarlik fazilatlarini ulug‘lash masalasi alohida o‘rin tutadi. Yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga [Berdaq] o‘z asarlarida katta e’tibor beradi.

$$Markaziy Osiyo$$ xalqlarining muruvvat madaniyatini rivojlantirishga keyinchalik [Ubaydulla Zavqiy], [Abduqodir Shakuriy], [Abdullo Avloniy], [Hamza Hakimzoda Niyoziy], [Sadriddin Ayniy] singari adiblar barakali hissa qo‘shdilar.

Rahm-shafqatli shaxsni tarbiyalash g‘oyasi insonning ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlarni egallash, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‘lishga doimiy intilishini o‘zida mujassam etadi. Ushbu g‘oya jamiyatning muruvvat madaniyatini uzluksiz rivojlantirishga ilhomlantiradi. Agarki qaysi xalq va millatda o‘zini taraqqiy ettirish azmu-qarori bo‘lmas ekan, muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilish istagi bo‘lmas ekan, uning istiqboli ham bo‘lmaydi.

Ma’naviyatimizning uzviy qismi hisoblangan marhamatli shaxs g‘oyasi asrlar- dan buyon xalqimizning muqaddas yo‘ldoshi bo‘lib, islom dinining insonparvarlik falsafasidan quvvat olaroq, o‘z mazmun va mohiyatini benihoya kengaytirdi. Bunday shaxs to‘g‘risidagi yuksak g‘oyalar buyuk mutafakkirlarning bitiklarida o‘z aksini topdi. Ularning yuksak darajadagi o‘qimishli, bilimli, barkamol inson to‘g‘risidagi dono fikrlari benazir axloqiy qadriyatlar sarchashmasi bo‘lib, o‘zini o‘zi kamol toptirishga intilayotganlar uchun dasturulamalga aylanmog‘i lozim.

Mehr-muruvvat — milliy mustaqillik g‘oyasining insonparvarlik tamoyillarida ko‘zlangan asosiy yo‘nalishdir,

Mehr-muruvvat xalqimizning, jamiyatimizning xohish-irodasini, davlatimiz siyosatining mohiyati va mazmunini ifodalaydi. Bu xalqimizning asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan an’analariga, muborak dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarga sadoqatni saqlagan holda taraqqiyotimizning o‘zimiz tanlagan yo‘lidan izchil borishimizni anglatadi.

Milliy mustaqillik g‘oyasini ro‘yobga chiqarishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri [Islom Karimov] ta’kidlaganlaridek, mustaqil dunyoqarash va yangi tafakkurga ega, bobokalonlarimizning benazir merosi va umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan ma’naviy boy va axloqan pok, barkamol SHAXSni tarbiyalashdir.

Yuksak axloqiy poklikka ulug‘ hayotiy maqsadlar sari intiluvchi erkin odamlar jamiyatida erishish mumkin. Bizning mamlakatimizda ulg‘ayib kelayotgan avlodning tarbiyasiga, fuqarolarda ma’naviy va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga, ma’naviy va ma’rifiy ishlar saviyasini ko‘tarishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Ma’naviy sohadagi asosiy vazifa ko‘p asrlik an’anaga ega bo‘lgan mehr-muruvvat qadriyatlarini boyitishdan, xalq ongiga milliy istiqlol g‘oyasi tamoyillarini singdirishdan, vatandoshlarimizni jamiyatni ma’naviy jixatdan yangilash va isloh qilish jarayonining faol ishtirokchilariga aylantirishdan iboratdir. Maqsadimiz jamiyat salohiyatini ijtimoiy birdamlik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga, xalq ma’naviyatining kuchi va quvvatidan ulug‘ maqsadlar yo‘lida samarali foydalanishga, insonparvarlik g‘oyalariga tayangan holda ijtimoiy himoya tamoyillarini izchil amalga oshirishga yo‘naltirishga qaratilishi lozim.

Milliy mustaqillik g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishning yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlari, shak-shubhasiz, mehr-muruvvatli shaxsni tarbiyalash orqali jamiyatning mehr-muruvvat madaniyatini shakllantirishni taqozo etadi.

Ichki siyosatimizning "Inson va uning manfaatlari hamma narsadan ulug‘" degan tamoyilini hayotga tatbiq eta borib, davlat fuqarolarning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni, boshqa demokratik intilishlarga shart-sharoit yaratishni kafolatlagan holda har bir fuqaro uchun hayotiy zarur shart-sharoitlar yaratish majburiyatini ham o‘z zimmasiga olgan.

Mehr-muruvvat tarixan tarkib topgan tushuncha, xalqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri va fe’l-atvorining uyg‘unligidir.

Qadim-qadimdan xalqimiz hayotida mehr-muruvvatning turli ko‘rinishlari yuzaga kelgan va rivojlangan. Xalqning diniy qadriyatlar bilan mustahkamlangan urf-odatlari va an’analari zamirida rahm-shafqat ko‘rsatishning turli shakllari mujassam topgan. Yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham odamlar bir-birlariga madadkor bo‘lishgan. Ollohga xush keladigan savob ishga shay bo‘lish hissi go‘dakning qalbiga ona suti bilan barobar kiritilgan, u bir umr shu ruxda tarbiyalangan va bu qadriyat asrlardan buyon avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Xalq donishmandligi, xalq pedagogikasi oilada, mahallada bolalar va o‘smirlarni rahm-shafqatli bo‘lish ruhida tarbiyalashning beqiyos tajribasini shakllantirganki, uni batafsil tahlil etib, undan oiladagi tarbiyada, uzluksiz ta’lim tizimida foydalanish talab etiladi.

Hashar va hojatbarorlik, bemorlar va qariyalarga mehr-muruvvat ko‘rsatish — mahalla faoliyatining mazmun-mohiyatidir. Shu jihatdan olganda "Mehr va muruvvat yili" "Obod mahalla yili"ning mantiqiy davomidir.

Hozirgi vaqtda davlatimiz va jamiyatimizda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy himoya qilish siyosatini ro‘yobga chiqarish borasida aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimiz mustaqilligining ilk yillaridanoq $$"O‘zbekiston Respublikasi$$da nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun (1991-yil) qabul qilinib, muhtoj odamlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning milliy modelini shakllantirishga asos solindi. "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonunning 22-24-moddalarida yetim bolalar va ota-onasining homiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni; jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni; ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va o‘qitish borasida ta’lim hamda vasiylik organlarining burch va vazifalari belgilab berilgan. $$O‘zbekiston Respublikasi$$ bolalarning, o‘zgalar yordamiga muhtoj shaxslarning huquqlari va erkinliklariga taalluqli asosiy xalqaro shartnomalar, paktlar, deklaratsiyalar va konvensiyalarga qo‘shilgan hamda o‘z siyosatini ana shu hujjatlarga muvofiq amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizda jismoniy va aqliy jihatdan nuqsoni bor bolalar o‘qiydigan maxsus ta’lim muassasalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, hozir 120 taga yaqin maxsus ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ularning 87 tasi turli nogironliklarga chalingan bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda 23 ming nafardan ortiq bola muntazam ta’lim olmoqda.

Alohida muhtoj bolalar va o‘smirlarga maxsus dastur asosida, o‘z imkoniyatlariga mos tarzda ta’lim berishning turlari kengaytirilmoqda. Bunday bolalar va o‘smirlarning klinik ko‘rsatkichlari va mehnat qilish imkoniyatlari hisobga olingan holda, ular nafaqat umumiy ta’lim, balki kasb-hunar dasturlarini tanlashning ham keng imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Ular kasb-hunar kollejlarida turli ixtisosliklarni, ayniqsa, milliy-amaliy san’at sohasidagi kasblarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirib, keyinchalik ijtimoiy hayotda faol ishtirok etmoqdalar.

Qo‘shimcha xizmatlar, shu jumladan, ta’lim xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi nodavlat jamoat tashkilotlari alohida muhtoj bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Biz bu o‘rinda xotin-qizlar va nogiron bolalar ma’naviyat va ma’rifat markazlari, "Umidvorlik" markazini, ko‘zi ojiz bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy ko‘niktirish va ko‘rish qobiliyatini tiklash bilan shug‘ullanayotgan "Panoh shu’lasi" jamg‘armasi, "UMR" markazi, "KRIDI" singari tashkilotlarining savobli ishlarini alohida qayd etish lozim.

Xalqimizning muhtojlarga, nogironlarga, yetim-yesirlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish an’analari davom etmoqda. Chunonchi, Ramazon hayiti kunlari faqat $$Toshkent shahri$$ning o‘zida $$Mehr-muruvvat uylari$$ga, maktab-internatlarga xususiy shaxslar va jamoat tashkilotlaridan 33 mln. so‘mga yaqin xayriya yordami ko‘rsatildi.

Nogiron bolalar va yoshlar mamlakatimizda hamda xorijda o‘tkazilayotgan turli ijodiy tadbirlarda ishtirok etmoqdalar. Masalan, 101-kar bolalar maktabining raqs ansambli, 102-maktabning qulog‘i og‘ir tarbiyalanuvchilarining duxovoy orkestri, [Oxunboboyev] nomli maktabning ko‘zi ojiz bolalar xori va boshqa ijodiy guruhlar har xil ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallashdi.

Jismoniy jihatdan nuqsoni bo‘lgan bolalar $$"Umid nihollari"$$, $$"Barkamol avlod"$$ va $$"Universiada"$$ $$umumrespublika sport harakatlari$$ga faol jalb etilganlar. Masalan, $$Toshkent shahri$$dagi 52-yordamchi maktab talabalari $$Markaziy Osiyo$$ mamlakatlari Birinchi yozgi maxsus sport o‘yinlarida 12 ta oltin, 4 ta kumush medalni, Toshkent shahridagi 37-maktab o‘quvchilari Gollandiyada o‘tkazilgan tennis turnirida bitta oltin, 2 ta kumush va bitta bronza medali olganliklari chin ma’nodagi quvonchli hodisadir.

Ta’lim muassasalarimiz bolalar manfaati yo‘lida butunjahon harakatida faol ishtirok etmoqdalar, alohida ehtiyojga ega bolalarni rivojlantirish dasturida $$YUNISEF$$, $$YUNESKO,$$ $$Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti$$, $$Ochiq jamiyat instituti$$, $$"Bolalarni qutqaring", "Mersi Projekt", "Opereyshen Mersi", "Kaunterpart Konsorsium" "Vold Konsern", "Bolalarga tabassum" va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlar$$ hamda jamg‘armalar bilan samarali hamkorlik qilmoqdalar.

Mehr-muruvvat — Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturining insonparvarlik tamoyilini amalga oshirishning muhim yo‘nalishidir.

Har bir inson bevosita ta’lim-tarbiya, kasb-hunarni o‘rganish tizimlarini o‘tish orqaligina ma’naviyatli, ma’rifatli, turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan SHAXS bo‘lib shakllanadi.

Natijada shaxsning ijtimoiylashuvi yuz berib, u jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi, boshqacharoq qilib aytganda, u jamiyatning teng huquqli a’zosiga aylanadi, o‘z iqtidori va qobiliyatiga yarasha boshqa fuqarolar bilan mustaqil munosabatga kirishadi.

Keng ma’noda oladigan bo‘lsak tarbiya — ijtimoiy-madaniy tajribalarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda avloddan avlodga o‘tkazadigan va shaxsning kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratadigan alohida jarayondir, Tor ma’noda esa, mehr-muruvvat madaniyatini tarbiyalash — bu yoshlarni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirish yo‘lida kattalarning birgalikdagi aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini, ya’ni rahm- shafqatli shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish jarayonini anglatadi.

Ushbu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shuning uchun ham mehr-muruvvat madaniyatini shakllantirish, shaxsning o‘zini-o‘zi rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratishda maxsus texnologiyalar joriy etilayotgan hozirgi vaqtda ta’lim tizimi murakkab jarayon sifatida qaralmoqda.

Ta’lim jarayonida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishining ustuvorligi ta’minlanishi zarur. Mehr-muruvvat madaniyatini shakllantirishning samarali, tashkiliy va pedagogik uslublari, vositalari ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi zarur. Bunday shakl va vositalar milliy mustaqillik g‘oyasini ro‘yobga chiqarish, barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bosh maqsadga erishishni ta’minlovchi xalqimizning milliy, madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan bo‘lishi lozim.

Milliy dastur qoidalariga muvofiq ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifat ishlari ma’naviy yangilanish jarayonini ro‘yobga chiqarishning asosiy vositasidir. Buning ma’nosi shundaki, eng avvalo, ta’lim muassasalari oila, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jamoat tashkilotlari, jamiyat taraqqiyotiga real ulush qo‘shishga qobiliyatli ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan jamg‘armalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak.

Jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlar, unda shakllanayotgan yangi munosabatlar va qadriyatlar ta’lim mulkiga aylanmoqda, uning mohiyatiga singdirilmoqda. Shuning uchun jamiyatda qaror topgan insonparvarlik maqsadlari va qadriyatlari, shak-shubhasiz, real ta’lim jarayonida o‘z ifodasini topmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ta’limni insonparvarlash- tirish jarayoni jamiyatni insonparvarlashtirish negizida va sharoitlaridagina amalga oshiriladi. Insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini insonparvarlikning chinakam mohiyatini anglamagan holda asoslash va ro‘yobga chiqarish mumkin emas.

Hozirgi vaqtda mehr-muruvvat asoslarini aniqlash, ta’limni isloh qilishning strategik maqsadlarini belgilashda insonparvarlikni shaxsning o‘zini o‘zi rivojlantirish, dunyoqarashi va fe’l-atvorini shakllantirishning asosiy tayanchlaridan biri sifatida belgilab olish zarur.

Ta’limni insonparvarlashtirish — insonparvarlik g‘oyalari va qadriyatlarini odamlarning dunyoqarashiga, ular o‘rtasidagi munosabatlar amaliyoti va ularning birgalikdagi harakatlari zamiriga singdirish jarayonini anglatadi.

Yangilanayotgan jamiyat o‘z a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va madadga, hamkorlikka, o‘zaro bag‘rikenglikka asoslangan mutlaqo yangi o‘zaro munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy munosabatlarning bunday qadriyatlari ta’lim-tarbiya jarayonlarida o‘z aksini topishi kerak.

Fikrimizcha, ulg‘ayib kelayotgan avlodni tarbiyalash jarayoniga qudratli turtki berish uchun, birinchi navbatda — $$"Kamolot" yoshlar harakati$$,: $$"Sog‘lom avlod uchun"$$, $$"EKOSAN",$$ $$"Mahalla" jamg‘armalari$$, $$"Oila", "Ma’rifatparvarlar" "Ma’naviyat va ma’rifat" kabi jamoat tashkilotlari$$ singari aholining ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga daxldor barcha tuzilmalarning harakatini faollashtirish zarur.

Aholida islom dini va boshqa dinlardagi insonparvarlik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishga yangi turtki berish lozim. Masalan, Qur’onda 114 ta sura va 6232 oyat bo‘lib, ularning asosiy qismi shaxsni mehr va muruvvat ruhida tarbiyalash maqsadiga qaratilgan. Har bir musulmon inson yangi kunni yoki har bir ishni "Bismillahir Rohmanir Rohiym" (Rahmli va mehribon Olloh nomi bilan boshlayman) deb boshlaydi. Bu esa islom dinining asosiy mohiyatida mehr va muruvvat tuyg‘usi mujassamlashganidan dalolatdir. Bunday muqaddas qadriyatlar islom diniga e’tiqod qiluvchi har bir insonning qalbida bo‘lib, uning kundalik hayotida va ayniqsa, mehr-muruvvat mazmuniga ega savobli ishlarida namoyon bo‘ladi.

Bolalar va o‘smirlar uchun o‘quv-uslubiy, ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar yaratish va ularni targ‘ib qilish ishlari biz ko‘rib chiqayotgan mehr-muruvvat madaniyatini shakllantirish muammolari doirasidagi faoliyatning muhim yo‘nalishi, deb hisoblash lozim. Mavjud adabiyotlarni har tomonlama tahlil qilish negizida xalqning boy ijtimoiy-madaniy va tarixiy tajribasiga, ilg‘or an’analari va urf-odatlariga, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, bolalarga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar nashr etilishini ta’minlash lozim.

Mehr-muruvvat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida mamlakatning butun aholisini qamrab oladigan madaniy-ma’rifiy ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish kerak. Bu o‘rinda ommaviy axborot vositalarining, ayniqsa, televideniyening ma’rifat sohasidagi ishini faollashtirish muhimdir, binobarin, ular mehr-muruvvatli jamiyat qadriyatlari va maqsadlarini rivojlantirishlari lozim.

Vatanimizda madaniyatni, shu jumladan, milliy san’atimizni rivojlantirishning asosida mehr-muruvvatli shaxs va jamiyatning mehr-muruvvat madaniyatini shakllantirish maqsadi bo‘lishi lozim. Bu esa o‘z navbatida ta’lim va uning amaliyotida mazkur maqsadni o‘z ichiga olgan maxsus chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishni talab qiladi.

Mehr-muruvvat tafakkur va fe’l-atvorini, mehr-muruvvat madaniyatini shaklantirish rivojlanib boruvchi jarayon bo‘lib, uzoq vaqt davomida taraqqiy etadi. Oila va mahallaning tarbiya sohasidagi imkoniyatlarini o‘rganish ushbu muammoni hal etishning foydalanilmagan ko‘plab imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Maktab o‘quvchilarini oilada, mahallada samarali tarbiyalash; ota-onalar, katta yoshdagilar bolalarning tarbiyasi uchun ijtimoiy mas’ul ekanliklarini anglab yetishlarini maktab, o‘qituvchilar tomonidan oila tarbiyasiga pedagogik rahbarlik qilishga e’tibor oshirilishini; bolalar va yoshlarni tarbiyalashda maktab, oila va ma halla bir yoqadan bosh chiqarib, bamaslahat ishlashlarini taqozo etadi.

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, ko‘p asrlik an’analar, urf-odatlar va negizlar asosida yashaydi. Oila xalq uchun mustahkam tayanch bo‘lib, uning ma’naviyati va axloqining manbai hisoblanadi. Oiladagi qaror topgan sog‘lom muhit ijtimoiy hayotning asosiy tushunchalari va qoidalarini, xalq ijtimoiy hayotining, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi tajribasi ning mazmun-mohiyati hisoblangan jamiyat hayoti tushunchasi va uning qoidalarini an’analar va urf-odatlarni, udum va rasm-rusumlar ni saqlab qolish hamda avloddan avlodga o‘tkazish imkonini beradi. Mehr-muruvvat bilan yo‘g‘rilgan dunyoqarash va fe’l-atvorning prinsiplari hamda maqsadi, eng avvalo, oilada namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayon ota-onalar va bolalarning hamkorligi, qarindosh urug‘larning o‘zaro hamjihatligi, kattalarga muhabbat va hurmat, bolalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish evaziga yuz beradi.

Ma’naviy axloq tarixi, bizga qadimdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlar, an’analar ko‘plab xalqlar tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlar hisoblanadi, shuning uchun ularni qandaydir "ilmiy" mezonlar bilan o‘lchash u yoki bu mafkura qolipiga solish mumkin emas. Bu tushunchalar insoniyat uchun, har bir xalq, oila va har bir shaxs uchun bebaho boylik va mulk hisoblanadi. Har bir shaxs ushbu merosga asoslangan holda o‘zining aqliy, ma’naviy va madaniy saviyasiga qarab, uni yanada takomillashtiradi va kelgusi avlodga o‘tkazadi.

"Axloq va ma’naviyat" kabi murakkab tushunchalarni Prezident [Islom Karimov] soddagina qilib quyidagicha ta’riflaganlar: Inson uchun ma’naviy axloq suv bilan havo kabi zarur. Sahrodagi buloq sayohatchining chanqog‘ini bosgandek, inson ham ma’naviy axloq manbaini izlaydi, ko‘p mashaqqat va qiyinchiliklardan o‘tib, ma’naviy axloq chashmasini topadi. Zamin, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, davlat mustaqilligiga sadoqat, insonga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik kabi ma’naviy axloq tushunchasining ham ma’nosi keng.

Total words

2,543

Unique words

1386

Annotated anthroponyms

20

Toponyms

24

TTR

0.545

Hapax

984

Distribution

Top frequency chart

Dataset