🔍

Article

Konipur (Kampirtepa) xazinalari

By N. TOʻRAYEV, Termiz shahri. • in 2004

IX-X asrlardan bizga meros qolgan [Ahmad Usturlobiy as-Sag‘oniy at-Termiziy]ning «Ilm unnujum» («Yulduzlar ilmi») kitobida hozirgi Sherobod tumaniga qarashli Kampirtepa qishlog‘i to‘g‘risida shunday ma’lumot mavjud: «Konipur degan qishloq bor. U Ko‘hitang tog‘ining «Ayri ota» qabristoni pastrog‘ida joylashgan. Bu yerda jez (temir), oltin, kumush zaxira konlari bor. Shu boisdan ham xalq bu joyni «Konipur» deb ataydi».

Demak, bu tog‘li hudud qa’rida nafaqat kon, balki ma’naviy xazinamiz ham saqlanib qolgan.

$$Termiz davlat universiteti$$dan [Bekmurod Qodirov], [Sharif Yoqubov], ^^Gulsum Xo‘jamshukurova^^, viloyat televideniyesi muxbiri [Qodir Norbo‘tayev]lar bilan qilgan ilmiy tekshirish davomida buning guvohi bo‘ldik. Zarbog‘ qishlog‘idan Kampirtepaga burilib ketadigan yo‘l chetida qadimiy qabriston saqlanib qolgan. Hozir bu yerlarni odamlar tomorqa qilib yuborganlar. U yerda qizil rangdagi harsangtosh, unda chimmat yopingan ayol tasviri bor.

Bilinar-bilinmas bo‘lib qolgan yozuvning ustiga suv sepib, arabshunos ^^Gulsum Xo‘jamshukurova^^ o‘qidi:

«^^Bibisora^^ [Muhammad] qizi» deb yozilgan ekan.

Zarbog‘dan o‘tib, $$Kampirtepa qishlog‘i$$da to‘xtadik. Bir qancha hovlilardan o‘tib, qadimgi masjidga yetdik.

XVII asr oxirida paxsa loydan qurilgan bu binoning 5 ta eshigi bor. Bir qismi nuragan. [Mirza Egamberdi] domlaning nabiralari ta’mirlab ustiga shifer yopishibdi.

G‘arb tomonidagi hovuz o‘rni saqlangan. Ichkarisida devorga ishlangan kitob javonlari, eski sandiqcha va matolar bilan jildlangan kitoblar, qo‘lyozmalar, ko‘rgazmalar, maktab, o‘quv ashyolari hamon turibdi.

Masjid yonidagi loysuvoq uyda ^^Taqsim^^ momo yolg‘iz yashar ekan. U kishining aytishicha, bu yerda bobosi [Mirza Egamberdi] Bekmuhammad o‘g‘li muallimlik qilgan. Barcha narsalar u kishiga tegishli. [Mirza Egamberdi] $$Buxoro$$dagi madrasada tahsil olgan. Hattot bo‘lgan, bir qancha tillarni bilgan. Umrining oxirgi yillari (1918- 1920-yillarda 50-55 yoshlarida sho‘ro hukumati tomonidan yo‘q qilingan)gacha dars bergan. Aytishlaricha, kitoblarni Buxorodan tuyalarga yuklab olib kelgan. Sho‘ro zug‘umi kuchaygan yillari ko‘pchiligini soyga oqizgan, ba’zilarini qabristonga ko‘mgan. Eng noyoblarini somonxonaga yashirgan. Hattoki, kigizga o‘rab tog‘dagi g‘orlarga berkitgan. U joyni biladigan kishilar hozirda yo‘q. Vafot etib ketishgan.

Yog‘och sandiq va tugunchadagi ashyolarni tashqariga olib chiqdik. Yillar o‘tishi bilan sarg‘ayib, yirtilib ketgan 30 ga yaqin kitoblar, arab alfaviti, taqvim, til, matematikadan ko‘rgazmalar, ma’lumotnomalar, Sherobod bekligi devon- xonasi daftari, dastxatlar, beklik muhri bosilgan har xil hujjatlar. Ba’zilarini sichqon yegan. Bularning barini [Egamberdi] boboning o‘g‘li [Muhammad Iso] saqlab qolgan. U 94 yoshda bo‘lib, hozirda Sherobod tumanidagi Guliston shirkat xo‘jaligining Kampirtepa qishlog‘ida yashaydi. Izlab topib, suhbatini oldik.

Bobo viloyat, tuman hokimlaridan amaliy yordam kutayapti. Qishloqdagi eski maktabning poydevorini betonlab, ichini loysuvoq qilib XVII-XX asr boshlaridagi o‘quv yurti namunasi sifatida yodgorlik lavhasi o‘rnatib, ichiga o‘sha davr domlalari, toliblari liboslari, o‘quv jihozlari, ashyolari, darsliklaridan namunalar qo‘ysa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

[Muhammad Iso] bobo saqlab qolgan kitoblarning bari kiyik terisi yoki mato bilan jildlangan. Hammasida misdan qilingan belgilar bor. Ular IX-X asrdan XX asr boshigacha ko‘chirilgan, bosilgan. Ularni ^^Gulsum Xo‘jamshukurova^^ yordamida ro‘yxatga oldik. «Jome’ al muz» 878 hijrat yili, 610 betli. Yaxshi saqlangan. «Kitobu surx va qaroq 310 hijratda hattot [Muhammad Yoqub] ko‘chirgan. «Al-Madrasai muhosara» Poygir bilan yozilgan. 152 bet, 210 hijrat. «Al-jazo salot» 814 bet, 1911-yilda Qozonda nashr qilingan. «Al Muslima al bayot» 240 bet, 1294-yil. Kokildor otaning nujum ilmiga oid kitoblari.

$$Kampirtepa qishlog‘i$$ning markazida yana bir masjid bor. Ustunlarida arab yozuvlari saqlangan.

Xullas, hali ochilmagan xazinalarimiz ko‘p. Ularni o‘rganib, bugungi avlodga taqdim etish ma’naviy boyligimizga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lur edi.

Total words

500

Unique words

400

Annotated anthroponyms

17

Toponyms

4

TTR

0.800

Hapax

338

Distribution

Top frequency chart

Dataset