Zamonlar o‘zgararkan, odamlarning fikri va intilishlari ham o‘zgaradi. Bugungi kunda o‘g‘lim $$Amerika$$da tahsil olayapti degan ota-onalar, akam $$Yaponiya$$ga o‘qishga ketgan, deb g‘ururlanib qo‘yadigan uka-singillar kunda-kunga ko‘payib bormoqda.
Xo‘sh, chet elda o‘qishning qanday afzalliklari bor? Xorij oliy o‘quv yurtlari biznikidan nimasi bilan farq qiladi? Dunyoning yirik oliy o‘quv yurt- larida bilim olish yoshlarimiz dunyoqarashiga qanday ta’sir ko‘rsatdi? Muxbirimiz xorijda o‘qib kelgan bir necha yoshlar bilan suhbatlashib, shu savollarga javob izladi.
[Jo‘rabek MIRZAAHMEDOV],
$$AQSH$$ning $$Xantsvill shahri$$dagi $$Alabama universiteti$$da ta’lim olgan.
2001-yil dekabr oyida kimyo fani bo‘yicha bakalavr darajasiga sazovor bo‘ldi.
Ayni paytda $$O‘zbekiston Respublikasi$$ neft va gaz sanoati loyihalash ilmiy-tekshirish institutining neft va gazni qayta ishlash majmui ilmiy-texnologik bo‘limida muhandis bo‘lib ishlaydi.
— Chet elda o‘qishning eng katta afzalliklari bu, albatta, u yerdagi o‘quv tizimining o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yilganligi va kundan kunga taraqqiy etib borayotgan texnologiyalardir. Men kimyo sohasi bo‘yicha o‘qiganim uchun zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya va o‘quv xonalari nazariyaga asoslangan bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkonini berdi.
Umuman olganda, chet el o‘qitish tizimida amaliyot va mustaqil ishga ko‘proq e’tibor beriladi. Men o‘qigan universitetda barcha laboratoriya sharoitida amalga oshiriladigan ishlar talabalar tomonidan mustaqil bajarilar edi. O‘qituvchilar esa faqat maslahat bilan yordam berishardi. Shuning uchun ham, qimmatbaho uskuna va reaktivlar bilan to‘la bo‘lgan laboratoriya kaliti talabalarga ishonib topshirilardi. Talaba xohlagan payti (kechasi ham) kelib o‘z ilmiy faoliyatini davom ettira oladi.
Universitet kutubxonasidan deyarli barcha kitoblarni topsa bo‘ladi. Hatto bizga yaqinroq bo‘lgan tillardagi adabiyotlarni, hamdo‘stlik mamlakatlarida chop etilgan kitoblarni ham.
Yotoqxonada har bir talabaga alohida xona beriladi. Internet, televizor, telefon tunu kun xizmatingizda. Biroq, kun bo‘yi tinim bilmaganimiz uchunmi, ulardan foydalanishga vaqt ham topilmasdi.
Bundan tashqari, sport bilan shug‘ullanish uchun ham barcha qulayliklar mavjud. Sport zali ertalab soat beshdan ish boshlaydi. Bu yerga siz o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda kelib sportning xohlagan turi — voleybol, basketbol, og‘ir atletika va hatto suzish bilan shug‘ullanishingiz mumkin.
Eng qizig‘i, $$Amerika$$ universitetlarida talaba qaysi darsga qachon kelishini o‘zi belgilaydi. Bunday tartib ko‘pgina talabalar o‘qish barobarida ishlashlari bilan bog‘liq. Har semestrda bir yoki ikki marta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etiladi. Talabalar o‘z anketalarini topshirib qo‘yib, javobini kutishadi. Ish beruvchiga nomzodi to‘g‘ri kelgan talaba bilan o‘sha yerning o‘zida qisqa suhbat o‘tkaziladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, u yerda o‘qituvchi va talaba bir-biri bilan erkin muomala qiladi, suhbatlashib, fikr almashadi. Talaba darsda o‘qituvchiga savol bersayu, u esa javobni bilmasa, doktor unvonini olgan bo‘lsa ham, bilmasligini aytadi va keyingi darsga albatta ushbu savol javobini topib kelishga harakat qiladi.
Bu masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi tomoni, u yerda yashashdir. Amerikaliklar ko‘pincha o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Berilgan vazifalar va kundalik tashvishlar odamning boshqa narsalarga chalg‘ishiga imkon ham bermaydi.
$$Amerika$$lik do‘stlarimiz tez-tez kechalar uyushtirib turishardi, biroq bu kechalarning hammasi ham didimiz va madaniyatimizga to‘g‘ri kelmasdi.
Men chet elga chiqib, xalqimizga xos mehmondo‘stlik va samimiyatning qadriga yetdim va yashash uchun go‘zal $$O‘zbekiston$$imizdan yaxshi joy yo‘qligini angladim.
[Sherzod ERGASHEV], $$Germaniya$$ning $$Ayshtatt-Ingolshtatt katolik universiteti$$ jurnalistika fakultetida DAAD dasturi bo‘yicha ta’lim olgan. Internet jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy ish qilgan.
Axborot manbai markazi direktori.
— $$Germaniya$$ ta’lim tizimidagi deyarli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha erkinlik ko‘zga tashlanadi. Talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida e’tiborga sazovor. Fanlarni mustaqil tanlash va mustaqil ishlay olish imkoniyati tufayli asosiy e’tiborni o‘zingiz qiziqqan sohaga bera olasiz. Sizni qiziqtirmagan sohalar va majburiy qo‘shimcha fanlarning yo‘qligi ham vaqtni ancha tejashga olib keladi.
$$Germaniya$$ va $$O‘zbekiston ta’lim tizimi$$ni taqqoslaganda, eng avvalo, u yerda iloji boricha ixtisoslashgan sohalardagi mutaxassislarni chiqarishga urg‘u beradilar. Bu, ayniqsa, ularni kelajakda o‘z sohasida sezilarli o‘zgarishlar qilishlariga katta imkoniyat yaratib beradi.
Men ta’lim olgan davlatda talabalar uchun zarur barcha sharoitlar mavjud. Ayniqsa, men o‘qigan universitet kutubxonasi $$Germaniya$$dagi boshqa universitetlar kutubxonasiga nisbatan juda boy. Kutubxonada talabalarga ko‘rsatiladigan xizmat yuqori darajada. Istagan kitobga elektron tizim orqali buyurtma berib, ertasi kuni olish mumkin. Bu ayniqsa, ko‘p sonli talabalar o‘qiydigan universitetlar uchun juda muhim.
Chet elda o‘qigan davrim shubhasiz, bilimim va malakamni oshirishda katta rol o‘ynadi. Agar yana imkoniyat tug‘ilib qolsa, o‘z malakamni oshirish uchun xorijga o‘qishga borardim.
^^Muhabbat^^ RAHIMOVA, 2002-yili $$Janubiy Koreya$$dagi «KOІCA» tashkilotining o‘quv dasturi bo‘yicha $$Suvon shahri$$ning $$«Ajoy» universiteti$$da tahsil olib qaytdi. Talaba.
Ushbu dastur har yili universitetlararo koreys tili o‘rganuvchilari orasidan eng iqtidorlilarini tanlab olib, Koreyada til bo‘yicha kurslarni tugatib kelish imkonini beradi. Avvallari bu imtihon faqatgina Toshkent shahri miqyosidagina o‘tkazilardi. 2003-yildan esa tanlov respublika miqyosida amalga oshirila boshladi. Bu ko‘plab iqtidorli yoshlarning chet elda malaka oshirib kelishlari uchun zamin bo‘lmoqda.
Menga $$Koreya$$da eng yoqqan tomoni — talaba mutaxassisligiga oid fanni o‘qish barobarida, o‘zi xohlagan domlani tanlash huquqiga ega. Bundan tashqari, uzrli sabablarga ko‘ra darsga bora olmagan talaba kutubxonaga kirib, darslar yozilgan kompakt-disk yordamida qoldirgan darslarini o‘zlashtirib olishi mumkin. Bunda yo‘qlama emas, talabaga bilim berish birinchi o‘ringa chiqadi.
$$Koreya$$ universitetlarida talabalarga yaratilgan sharoit shaxsan meni qoniqtirdi. O‘ylashimcha, ular ham bunday sharoitdan qoniqadilar va barcha narsalarga o‘ziniki» deb munosabatda bo‘ladilar. Ushbu munosabat faqat talabalargagina emas, balki butun koreys millatiga xos xususiyat ekan.
$$Koreya$$da mashg‘ulotlar haftasiga 5 kunlik bo‘lib, darslar 5 soat davom etadi. Haftaning har shanba kunlari $$Koreya$$ning milliy-madaniy hayoti, tarixi haqida so‘zlovchi muzeylarga sayohat uyushtirilardi.
O‘qish boshlanishidan avval har bir talabaga bankdan hisob raqami ochib, oyiga 380 dollar miqdorida stipendiya ajratiladi. Barcha binolarning har bir qavatida internetga ulangan 50 ta kompyuterni xohlagan vaqtda ishlatish imkoni mavjud. Bu ham mayliku-ya, universitet kutubxonasining 24 soat davomida tanaffussiz ishlashi hamda uning barcha texnik vositalar bilan ta’minlangani talabalar va ishchi-xodimlarning vazifasini o‘ziga qulay vaqtda bajarishiga imkoniyat beradi. Ya’ni talabaning bo‘sh vaqti bo‘ldi deguncha kutubxonada o‘qishi yoki ishlashi, umuman, har bir daqiqasidan unumli foydalanishi havasimni keltirdi.
$$Koreya$$da o‘qishim davomida u yerdagi dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalarni kuzatdim. O‘zbek va xorijlik talabalar o‘rtasida yagona farq bor, u ham bo‘lsa «mas’uliyat» hissini sezishdir. Bugungi kun o‘zbek talabalarining aksariyati eng avvalo talabalik, keyin esa egallaydigan mutaxassisligi oldida mas’uliyatni hozirgidan chuqurroq his qilishlari kerak, degan xulosaga keldim.
Ayni paytda $$AQSH$$, $$Angliya$$, $$Yaponiya$$ va $$Xitoy$$ kabi davlatlarda ishlab, tahsil olayotgan do‘stlarim talaygina. Ular o‘z hayotlari haqida tez-tez yozib turishadi.
Angliyada tahsil olayotgan [Erkin Mirzayashev]ning aytishicha, u ko‘pincha kursdoshlarini kafe yoki do‘konda ko‘rib qolar ekan. «Ular ishlayotgan bo‘ladi. Angliyada talabalarning 80 foizdan ortiqrog‘i ishlashadi. Ishlamayotgan talaba ota-onasi tomonidan ta’minlangan bo‘ladi. Bu yerning ta’lim tizimi talabalarni o‘qish barobarida ishlashlari uchun barcha sharoitlarni yaratib qo‘ygan».
Chet ellarda o‘qib, malakasini oshirib kelgan yoshlar bunga osonlikcha erishyaptimi? Albatta, yo‘q. Ular tinmay izlanish va o‘z ustida ishlashdan charchamaydilar. Suhbatdoshlarimning har biri o‘z maqsad va intilishlariga ega. Bu maqsad va intilishlarni ro‘yobga chiqarish uchun ular o‘z Vatanlariga qaytib, hali o‘rganilmagan yoki umuman yangi bo‘lgan sohalarni egallamoqdalar. Ular orttirgan bilimlar O‘zbekistonni dunyoga tanitish bilan birga barcha sohalardagi dunyo tajribasini Vatanimizda joriy etishga ham zamin yaratadi.