Insonning qo‘li gul, deganlaricha bor ekan. Juda qisqa vaqt ichida $$Andijon$$ning shimoliy $$«Ko‘shariq» darvozasi$$ kelinchakday ochilib ketdi. Yakkam-dukkam tut daraxti makon tutgan piyozpoyada shifoxonalar, tibbiyot oliygohining mahobatli binosi qurib bitkazildi. O‘sha ulug‘vor inshootlarga tutash joyda yana bir noyob majmua qad rostlayapti. Bu $$Markaziy Osiyo$$da yagona hisoblangan $$Andijon sport kolleji$$dir, Uch qavatli o‘quv korpusi, ochiq va yopiq suv havzalari, mini futbol, yengil atletika manejlari, tennis va voleybol maydonlari, yigirma ming tomoshabinni o‘z bag‘riga oladigan stadiondan iborat ana shu majmuaning loyihasini $$Toshkent$$dagi $$«O‘zshaharsozlik» loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti$$ hamda $$«O‘zloyihakonstruksiya» aksiyadorlik jamiyati$$ mutaxassislari hamkorlikda yaratdilar
O‘tgan yilning mart oyida $$«Andijon viloyat qurilish» hissadorlik jamiyati$$ bunyodkorlari bir vaqtning o‘zida majmua tarkibiga kiruvchi barcha inshootlarda ish boshlashgandi. Ish uch smenada tashkil etilib, hozirga qadar uch yuz o‘quvchiga mo‘ljallangan uch qavatli o‘quv korpusining temir beton konstruksiyalari tiklab bo‘lindi. Quruvchilar qishli-qirovli kunlarda ham astoydil mehnat qilmoqlarlar. Yigirma ming tomoshabinga mo‘ljallangan o‘yingoh esa deyarli musobaqalarni o‘tkazishga tayyor. Uning yuqori qismida yashil rangdagi soyabonlar tiklanmoqda. 11,5 gektarlik umumiy maydonning yarmini qamragan mazkur inshoot $$«Andijon suv qurilishi» birlashmasi$$ga qarashli qurilish-montaj boshqarmasi jamoasi tomonidan qurilayotir. Suv xo‘jaligi tashkilotlari ishchi-xizmatchilari esa o‘yingoh maydoniga chim yotqizib bo‘ldilar.
Sinov
Andijon shahridagi $$«Yambol» sport majmui$$dagi murosasiz kurashlar belbog‘li kurash hamda xalqaro kurash bo‘yicha g‘oliblarni aniqlab berdi. O‘ttizdan ortiq kollej va litseylardan kelgan 120 nafar yosh polvonlar bir necha kun mobaynida kuch sinashdi. Umumjamoa hisobida [A.G‘ofurov] murabbiylik qilayotgan $$Marhamat tumani$$dagi agrobiznes kolleji yoshlariga teng keladigani topilmadi. Xalqaro kurash bo‘yicha musobaqalarda $$Andijon politexnikumi$$ polvonlari g‘oliblik nashidasini surdilar.
— O‘tib borayotgan har bir kun bizlarni respublika bosqichiga yaqinlashtirmoqda, deydi viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi $$«Talaba» sport uyushmasi$$ raisining o‘rinbosari [Erkin Boltaboyev]. — Sportchi yoshlarning katta bayrami Andijonda o‘tkazilishi hammamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Mehmonlarni kutib olishdan tortib, musobaqalarni yuksak saviyada o‘tkazishgacha bo‘lgan tadbirlarimiz a’lo darajada bajarilishi zarur. Oʻylaymanki, yoshlarimiz yuksak mahoratlarini namoyish etadilar.
$$Bahramand$$lik [Farhodbek Normatov]ning belbog‘li kurash bo‘yicha $$Namangan shahri$$da bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi respublika musobaqasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oltin medal bilan taqdirlanishi $$Qorasuv$$dagi qishloq xo‘jalik kolleji talabalari qalbidagi cho‘g‘ni alangalatib yubordi.
— Tengdoshimiz bu yutuqqa qanday qilib erishdi? o‘zlariga o‘zlari savol berishdi yoshlar. Javob esa jo‘yali bo‘ldi: — [Farhodbek] tinimsiz mashq qildi, qat’iyat, iroda, matonat hamma narsadan ustun keldi. Xo‘sh, nega biz tengdoshimizchalik bo‘lolmaymiz?
O‘sha kundan boshlab bu yerda tahsil ko‘rayotgan 510 nafar o‘quvchining deyarli barchasi darslardan bo‘shaboq sport mashg‘ulotlariga o‘zlarini uradigan bo‘ldilar. Uquv yurti rahbariyati yoshlarga hamma sharoitni yaratib berdi. Katta tennis korti, yopiq sport zali, futbol o‘yingohi, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi maydonlari hashar yo‘li bilan tiklandi. Hatto ular o‘z avtodromlariga ham ega bo‘ldilar.