$$Bekobod$$lik ^^Sojida Karimqulova^^ yoshi qirqni qoralagan, oq-qorani taniydigan ayol. To‘rt farzandning volidasi. Ming afsuski, u o‘z jigarbandlarini halol mehnati bilan topilgan mablag‘ evaziga emas, harom luqma yedirib boqishni o‘ziga ep ko‘rdi. Achinarlisi, insoniyat hayoti uchun eng xatarli jinoyat — og‘ufurushlikdan kelgan daromad evaziga kun kechirish uning turmush tarziga aylandi.
Kunlarning birida ^^Sojida^^ning uyiga tanishlari — opa-uka Isroilovlar mehmon bo‘lib kelishdi. Dasturxonga quyuq-suyuq tortilib, mehmondorchilik avjiga chiqqanda mezbon maqsadga ko‘chdi:
Sizlardan yashiradigan sirim yo‘q, ikkovingiz ham men uchun ishonchli kishilarsiz. Bir nozik ishda yordamlaringiz kerak bo‘lib qoldi.
Uning sirli ohangdagi gaplari opa-ukani sergak torttirdi, ular bir-biri bilan ma’noli ko‘z urishtirib olishdi. Mezbon esa gapida davom etdi:
— Ochig‘i, tirikchilikning aybi yo‘q, biz ba’zi bir «osobiy tovar»lar bilan savdo qilamiz. Mening ^^Iqboloy^^ ismli sherigim bor. Juda uddaburon ayol. Hatto erkaklar jur’ati yetmaydigan ishlarga ham qodir. U bilan yaqinda chegaradan ozroq «gera» olib o‘tdik, Bir kilogrammchasi [Odil] degan tanishimiznikida turibdi. Agar unga xaridor topishga ko‘maklashsalaringiz, sizlarni ham quruq qo‘ymaymiz… Ha, aytmoqchi, mabodo ulgurji oladiganlar topilsa, cheklanmagan miqdorda opkelib berishimiz mumkin, Faqat soqqasi naqd bo‘lsin.
Mehmonlar hangu mang bo‘lib qolishdi. Yo, alhazar, ^^Sojida^^ ularni kim deb o‘ylayapti? Nahotki, shunaqa iflos yo‘l bilan tushadigan sadaqaga ularning kuni qolgan bo‘lsa? Axir, bu tubanlikdan boshqa narsa emas-ku! Yana deng, oz emas, naq bir kilo «oq ajal»! Bu yuzlab kishilarning hayotini zaharlash, ne-ne jinoyatlarga yo‘l ochish emasmi? Buni ko‘ra-bila turib, kim jahannam otashiga qadam qo‘yadi?
Shularni mulohaza qilib, opa-uka Isroilovlar tez orada bu xususda tegishli idoraga xabar qilishdi. Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari esa diyonatli opa-ukalarga tashakkur aytib, ularni zimdan ish yuritishga ko‘ndirishdi…
Shundan keyin Isroilovlar yana ^^Sojida^^ning uyiga borib, uning taklifiga «rozilik bildirdilar».
E, qoyilman! — dedi ish xamirdan qil sug‘urgandek osongina bitayotganidan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan ^^Sojida^^. — Ikkalangizning dangalchi, mard ekaningizga ishonardim. Xullas, qancha «yuk»ka xaridor topildi?
— Hozircha, ikki kilosi yetib qolsa kerak…
Oradan besh kun o‘tgach, kelishilgan vaqtda opa-uka «xaridor» ^^I. Sharipov^^ni Sojidanikiga olib keldi. Ertasiga «hamkorlar» Bekobod shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida, [Odil]ning xonadonida uchrashishdi.
Bizda bori ikki yuz grammcha ekan, hozircha shuni olib turasizlar. Qolganini keyin yetkazib beramiz, — dedi [Odil] uzr so‘raganday bo‘lib.
Ammo «xaridor» yukning miqdori kamligi uchun, pulning ham ma’lum miqdorini, ya’ni to‘rt yuz «ko‘ki»dan berishini aytdi.
Qolganini ikki kilo geroin kelgach, o‘shaning puliga qo‘shib olasizlar, - dedi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan maxsus tayyorlangan pullarni hech shubhalanmay cho‘ntakka urgan og‘ufurushlar molning qolgan qismini ertasigayoq olib kelishga va’da berishdi. Va fursatni behuda o‘tkazmay, ikki hamtovoq ayol darrov [Odil]ni chaqirib, unga shunday deyishdi:
— Juda dangal xaridorlarga yo‘liqqanga o‘xshaymiz. Ishimiz o‘ngidan kelsa, foydaning tagida qolamiz-ov…
Bir kundan keyin ular noqonuniy yo‘l bilan chegaralan o‘tib, qo‘shni Tojikistondagi sheriklarinikiga otlanishdi. Mehmonlarni sarhad yonida novvoyxona egasi, tergovda shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan [G‘ayrat] degan yigit kutib oldi. U pishig‘gina ekan, masalani ko‘ndalang qo‘ydi:
— Nasiyani o‘g‘riga chiqargan. Menga naqd pulini opkelasizlar, shunda xohlagancha «gera» topish bizdan.
Uch sherik ortga qaytib, buyurtmachilar bilan uchrashgach, vaziyatni tushuntirishdi.
Hozircha 1700 dollar beraman, — dedi «xaridor» [I. Sharipov]. Ammo aytib qo‘yay: shu paytgacha birovning haqini yegan emasman, Agar bir kilo opkelib bersanglar, pulning qolganini ham olasizlar.
Haqiqatan ham, [Odil] geroinni opaxonlariga keltirib berdi. Endi hamma ish dugonalarda qolgandi. Ya’ni, ular pulning qolgan qismini xaridorlardan olib, uni zudlik bilan [Odil]ga topshirishi lozim edi.
Sheriklar avval maslahat bo‘lib o‘tgan xonadonda uchrashib, «damlangan osh» qopqog‘ini ko‘tarmoqchi bo‘lganlarida huquq-tartibot organlari xodimlari ularni jinoyat ustida asosli isbot va dalillar vositasida qo‘lga oldilar…
Jinoyat ishlari bo‘yicha $$Toshkent viloyati sudi$$ning hukmiga ko‘ra, ^^Sojida Karimqulova^^, ^^Iqboloy Erbo‘tayeva^^ va [Odil To‘xtaboyev]larning har biri o‘n yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Shu tariqa nafs bandalari kirdikorlariga yarasha jazoga hukm etildi, Ularning bunday ayanchli qismati boshqalar uchun saboq bo‘ladi, degan umiddamiz.