🔍

Article

IMTIHONGA — ELEKTRON DARSLIK HUZURIGA

By Bahodir BEGALOV, iqtisod fanlari doktori. … • in 2003

Axborot va telekommunikatsiyalar bozori $$AQSH$$ iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan bo‘lib xizmat qilmoqda. Misol uchun, $$AQSH$$da jami iste’molchilar sarflagan har 10 dollardan 1 dollari ushbu industriya xizmati va mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Keng ma’noda olganda, axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozori $$AQSH$$ ichki iqtisodiy maydonining 10 foizini tashkil etmoqda. Bashorat qilishlaricha, ushbu ko‘rsatkich yaqin o‘n yillikda 20 foizni tashkil etadi. Agar Hindistonning axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozoriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dasturiy mahsulotlar industriyasi o‘n yil oldin 10 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda u 1 milliard dollargacha o‘sdi. Mutaxassislarning hisoblariga ko‘ra, ushbu industriyaning daromadi XXI asr boshida 5 milliard dollarni tashkil qildi. Hindistonda dasturiy mahsulotlarni chetga eksport qilish bo‘yicha 330 ga yaqin kompaniya faoliyat ko‘rsatyapti.

Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozorini shakllantirishning obyektiv zaruriyatidan kelib chiqqan holda, milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari manfaatlariga ta’sir etuvchi keng miqyosdagi iqtisodiy, huquqiy va siyosiy yechimlarni hal qilishni talab qiladigan $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi. Unda «…real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish…» belgilab qo‘yilgan.

Respublikamiz- dagi kutubxonalar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va vazirliklarda katta miqdordagi axborot resurslari to‘plangan. Biroq ushbu manbalarga integratsiyalashgan holda kirish usuli hali yo‘lga qo‘yilmagan. Chunki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yangi darajasiga o‘tish, jahon axborot mahsulotlari va xizmatlariga chiqish yuqorida keltirilgan manbalarga turli aholi guruhlarining tez sur’atda kirib borishini tashkil qilish muammo bo‘lib turibdi. Respublikamizda axborotlar sohasining rivojlanishiga boshqa omillar ham, jumladan, jamiyatni axborotlashtirishning past darajadaligi, axborot texnologiyalari rivojlanishi uchun zarur resurslarning yetarli darajada emasligi, hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining risoladagidek rivojlanmaganligi, EHM lokal va hudud tarmoqlarini qo‘llash va rivojlantirish borasidagi qoloqlik, texnologik ma’lumotlar va bilimlar bazasining sust qo‘llanilishi ta’sir etmoqda.

Jahon amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z fuqarolarini axborotlashgan muhitda faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatgan jamiyatgina vaqtdan "yutadi”. Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozorida asosiy tovar axborot mahsulotlari va xizmatlari sanaladi. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi, ishonchliligi va to‘liqligi darajalariga yuqori talablar qo‘ymoqda, chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas.

Axborot mahsulotlarining respublikamiz hayotida tutgan o‘rni va roli ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari bozori industriyasini tarkib toptirish jamiyatimizda chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelib, uni «industrialdan axborotlashgan jamiyatga» aylantirishiga ishonchimiz komil.

Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining ta’lim sohasida keng ko‘lamda qo‘llanilishi, avvalambor, ta’lim tizimi sifati, ilmiy-texnikaviy axborotlarning tezkor olinishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning joriy qilinishi va masofaviy o‘qitish tizimini shakllantirishni ta’minlab beradi. Bu borada $$O‘zbekiston Respublikasi$$da dasturiy mahsulotlar bozorini shakllantirish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. $$Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti$$ «Informatika, menejment va iqtisodiy ta’lim pedagogikasi» fakulteti qoshidagi «Yosh tadqiqotchi olimlar markazi»da «Iqtisodiy informatika» fanidan akademik [S.G‘ulomov]ning umumiy tahriri ostida elektron darslik yaratildi. Elektron darslik navigatsion (yo‘naltiruvchi) tizim bilan ta’minlandi. Ushbu tizim foydalanuvchilarga elektron darslikning xohlagan sahifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tishini ta’minlaydi. Bunda butun matnni bir boshidan ko‘rib chiqishning hojati yo‘q. Har bir mavzudan keyin test savollari berilgan va foydalanuvchi o‘z bilim darajasini ushbu testlar orqali tekshirishi mumkin. Multimedia vositalari orqali foydalanuvchilar bilan interaktiv aloqa o‘rnatilishi mumkin. Darslikning bir necha qulayliklari mavjud, jumladan, o‘rganilishi kerak bo‘lgan materiallarni talabalarga qulay ko‘rinishda taqdim etish mumkin. Elektron darslikning talaba bilan interaktiv usulda muloqotda bo‘la olishiga imkon yaratiladi hamda talabalarning o‘quv materiallarini mustaqil ravishda o‘rganishi va olgan bilimlarini test sinovlari asosida sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, darslikda transliteratsiya (boshqa tilga o‘girish) tizimi ham ishlab chiqilgan. Transliteratsiya — kirill alifbosidan lotin yozuviga o‘tishni ta’minlaydi. Har bir betda transliteratsiya tugmachasi mavjud. Shu tugmachani bosgandan keyin matn lotin yozuviga avtomatik ravishda o‘giriladi. Ushbu tizim asosida boshqa mavzudagi elektron darsliklar yaratish ham mumkin.

O‘zining axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasini shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodiyotga kirib borishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi yoki axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashga qaror qildi. Chunki ular qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda chet el investitsiyalarini jalb qiladigan "yadro" bo‘lib xizmat qiladi.

Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari juda katta. Shu bois ham rivojlangan va rivojlanayotgan barcha mamlakatlar hozirning o‘zidayoq buning mohiyatiga borib yetdi, ya’ni bunday texnologiyalar jamiyat rivojlanishining asosiy poydevori bo‘lib xizmat qilishini anglab oldi. Albatta, axborot mahsulotlari va xizmatlarini mamlakatning strategik resurslari qatoriga kiritish ko‘p qirrali ilmiy qarashlarga olib kelyapti, shuning uchun ham ularga bunday yondashish ilmiy tadqiqotlarni keng miqyosda olib borishni talab etadi.

Jamiyatimizda axborot mahsulotlariga bo‘lgan talablar tizimi hali to‘liq shakllanib bo‘lgani yo‘q. Lekin ushbu dalillarni e’tiborga olib, mazkur masalani, avvalo, nazariy jihatdan hal etish lozimligini ta’kidlash mumkin. Bunda, avvalo, ishlab chiqarishning ichki elementi sifatida axborotning o‘ziga baho berishimiz kerak bo‘ladi. Axborotlarni turli xil va shaklda tarqatish mumkin, degan fikrga o‘rganib qolgan kishilarga ular ishlab chiqarish jarayonining asosiy unsurlaridan, ya’ni ma’lum bir tovar ekanligini tushuntirish anchagina mushkul.

Hozirgi kunda axborot resurslarini yig‘ish, qayta ishlash, uzatish va iste’molchilarning shaxsiy talablaridan kelib chiqqan holda ushbu resurslarni tayyorlash bilan shug‘ullanadigan turli xildagi axborot-kommunikatsiyalar biznesi vujudga kelgan. O‘tgan asr 90-yillarining asosiy xususiyat- laridan biri — axborot-kommunikatsiyalar biznesida turli va yangi ishtirokchilarining paydo bo‘lishidir.

Axborot asri ish joylarini zamonaviy hisoblash vositalari bilan jihozlash va tadbirkorlik muhitidagi iste’molchilarga aloqa xizmatlaridan yuqori darajada foydalanishga imkoniyat yaratib berishi lozim.

Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot-kommunikatsiyalari bozorini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyalardan keng miqyosda foydalanish iqtisodiy o‘sish, mehnat unumdorligi va sifatini yuksaltirish, aholi bandligini ta’minlash hamda jahon bozori bilan kechadigan integratsiya jarayonlarini tez sur’atlarda amalga oshirishga katta imkoniyat yaratib bermoqda. Ushbu an’analarni mamlakatimiz milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ham kuzatish mumkin.

Respublikamizda axborot-kommunikatsiyalar bozori shakllanishining barcha huquqiy va me’yoriy hujjatlari mavjud. Dinamik ravishda rivojlanib borayotgan ushbu tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish va qo‘shma korxonalar ochish uchun barcha shart-sharoitlar yetarli. $$Milliy iqtisodiyot$$ning ushbu tarmog‘ini ilmiy asoslangan holda shakllantirish vazifasini, ularning tarkibi va tuzilishini jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda bunday bozorni shakllantirishdan asosiy maqsad jahon standartlari va amaliyotidan kelib chiqqan holda global iqtisodiyotga kirib borishdir. Shu bois ham respublikamizda shakllanib borayotgan axborot-kommunikatsiyalar bozori rivojlangan mamlakatlarnikidan jiddiy farq qilmasligi kerak.

Total words

945

Unique words

611

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

7

TTR

0.647

Hapax

464

Distribution

Top frequency chart

Dataset