[Erkin Choriyev] 21 yoshda. $$Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti$$da sirtdan o‘qiydi. $$Kasbi tumani$$dagi $$[Alisher Navoiy] nomli qishloq xo‘jalik kooperativ (shirkat) xo‘jaligi$$da oilaviy pudratchi bo‘lib ishlaydi. Bultur 33 gektar yerga «S-6530» navli chigit ekib, gektar hisobiga 54,8 sentnerdan paxta yetishtiribdi. Bu shartnomada belgilanganidan 24,8 sentner ko‘p. 1 tonna paxtaning tannarxi shartnomada ko‘rsatilganidek, 102,9 ming so‘mga emas, 80 ming so‘mga to‘g‘ri kelibdi. Har tonna paxtani 147,1 ming so‘mdan emas, 154,4 ming so‘mdan sotibdi. Eng asosiysi, 1 gektar yerdan 441 ming so‘m emas, 847 ming so‘m daromad ko‘ribdi.
Endi savol tug‘iladi: bunga u qanday qilib erishdi? Bundan qanday foyda ko‘rayapti? Shartnoma bo‘yicha u paxta yetishtirishdan 14 million 562 ming so‘m daromad olishi lozim edi. Amalda esa daromad 27 million 346 ming so‘mni tashkil etdi. Sof foyda 13 million 846 ming so‘mga yetdi.
Shu xo‘jalikning oilaviy pudratchisi ^^Zulayho Qayumova^^ ham 30 gektar yerda paxta yetishtirgan. Hosildorlik rejadagi 30 sentner o‘rniga 43,7 sentnerga yetgan. 90 tonna o‘rniga 131 tonna paxta sotgan. Shu tufayli 19 million 608 ming so‘m daromad qilgan. Bu shartnomada belgilanganidan 6 million 378 ming so‘m ko‘p. 7 million 59 ming so‘m sof foyda ko‘rgan. 1 gektar yerdan 654 ming so‘m daromad olganligi uchun, u shunday natijaga erishgan.
[Erkin] hali uylanmagan, bo‘ydoq. ^^Zulayho^^ning esa 6 farzandi bor. Har ikkovining ham o‘ylagan o‘yi, ko‘zlagan manzili, rejasi, maqsadi bor. Bular uchun, tabiiyki, pul kerak. Pulni esa ular halol va mashaqqatli mehnati bilan topayapti.
Bu hali hammasi emas, deydi xo‘jalik bosh iqtisodchisi [B. To‘xtayev]. — [Erkin Choriyev] 7405 kilogramm yog‘, 28 tonna 810 kilogramm kunjara, 22 tonna 780 kilogramm sheluxa ham oladi. ^^Zulayho Qayumova^^niki unikidan qolishmaydi. Bu — qo‘radagi qo‘y-echki, sigir-buzoq ham ko‘payadi, go‘sht, sut, tuxum mo‘l bo‘ladi, degan gap, ha…
Bosh iqtisodchining aytishicha, oilaviy pudratchilarning o‘rtacha oylik maoshi 22- 25 ming so‘mga to‘g‘ri kelayotgan ekan.
2002-yilda 2 milliard 147 million 187 ming so‘m daromad ko‘rdik, — deydi xo‘jalik rahbari [Zikriyo Asrorov]. Shuning 973 million 993 ming so‘mi sof foydadir. 2000-yilga nisbatan daromadimiz 1 milliard 500 million 187 ming so‘mga ko‘paydi.
Xo‘sh, bu nimaning evaziga bo‘layapti? — so‘raymiz raisdan.
— Avvalo, shuni aytish kerakki, biz MTP xizmatidan umuman foydalanmaymiz. Xo‘jaligimizda barcha texnika vositalari bor. Ikkinchidan, yonilg‘i-moylash materiallarini tejab-tergab, o‘z o‘rnida ishlatamiz. Qaysi mexanizator yonilg‘ini tejab-tergab ishlatib, iqtisod qilib qolsa, unga tejalgan mablag‘ning 70 foizi mukofot sifatida beriladi. Xo‘jalikda pul asosan yonilg‘i va ehtiyot qismga ketadi. Agar shu sohada tartib bo‘lsa, ish joyida bo‘ladi, Uchinchidan, biz har bir agrotexnika tadbirini o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazamiz. Shu tufayli hosildorlik yil sayin ortib boryapti. Masalan, bu yil hosildorlik 34,7 sentnerga yetdi. Bu 2000-yilga nisbatan 7,4 sentner ko‘p, demakdir. Qolaversa, biz yetishtirgan paxtamizni ham, g‘allamizni ham urug‘likka topshiramiz. Shuning o‘zidan o‘tgan yili 330 million so‘m foyda oldik.
Ana shu foydadan odamlarga foyda bo‘layaptimi? Ha, bo‘layapti. Xo‘jalik hududidagi 13 ta qishloqqa ham tabiiy gaz keltirilgan. To‘g‘ri, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi hozircha 67 foiz. Yangi yilda bu ham 85 foizga yetadi. $$Qoratepa$$ va $$Ko‘lbuni qishloq$$lariga ham ichimlik suvi yetib boradi, 10-yildan beri xo‘jalikdagi 150 o‘rinli bolalar oromgohida o‘g‘il-qizlarning dam olishlari, hordiq chiqarishlari, salomatligini tiklashlari, yeyish-ichishlari bepul.
3 smenada 450 bola dam olishini hisobga olsak, buning uchun ham ancha-muncha mablag‘ zarurligi ayon bo‘ladi. Xo‘jalik hududida 7 ta maktab bor. Ularni ta’mirlash ishlari ham xo‘jalik zimmasida.
Boshqa joylardagidan farqli o‘laroq, bu yerda mexanizatorlarga e’tibor katta. Yil o‘n ikki oy mobaynida mexanizatorlar tekin ovqatlanishadi. Ertalab ular maxsus avtobusda ishga kelishib, nonushta qilishadi. Keyin ish boshlanadi. Tushlik ham shunday tashkil etiladi. Ish tugagandan keyin ular dushda yuvinishib, saunaga tushishib, kechki ovqatni yeyishgach, maxsus avtobusda uy-uylariga eltib qo‘yiladi. Bu yil mexanizatorlar uchun ustaxonaning o‘zida 5 gektarlik bog‘ barpo etilishi mo‘ljallanayotgani ularga nisbatan yana bir g‘amxo‘rlik qilinayotganidan dalolatdir.
2003-yilda 10 ming tonna paxta, 8 ming tonna g‘alla yetkazib beramiz, deydi [Zikriyo Asrorov]. — Bu esa asosan mexanizatorlarga, oilaviy pudratchilarga bog‘liq Ularga qanday shart-sharoit yaratib berishimizga bog‘liq O‘tgan yili, masalan, 3694 tonna o‘rniga 6098 tonna g‘alla, 6494 tonna o‘rniga 8129 tonna paxta yetishtirdik. Buning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Bu ne-ne mashaqqatlar evaziga bo‘lgan. Bilasiz, dehqonga tabiat, albatta, har yili injiqlik qiladi. Uni yengib o‘tish, ko‘zlangan maqsadga erishish, belgilangan hosilni yetishtirish, katta xirmon uyish juda katta tadbirkorlikni, omilkorlikni, ishning ko‘zini bilib ish yuritishni talab qiladi, Kimki, shu talablarni a’lo etsa, maqsadiga yetadi. Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos qonuniyatlari bor. Xo‘jalik rahbari shulardan kelib chiqib ish yuritsa, ish yurishadi, yo‘qsa… Biz baholi qudrat ana shunga intilayapmiz. Hali ko‘p ish qilishimiz kerak. To‘g‘ri, xo‘jalik rahbariga qiyinlikka qiyin, lekin chora topish kerak. O‘z daromadimizga o‘zimiz xo‘jayinlik qilolmaymiz, Bu ham bor gap. Uni o‘z ixtiyorimiz bilan sarflay olmaymiz. Qancha mablag‘ni qayerga o‘tkazishni bankdagilar belgilaydi. Hozir odamlarimiz 55 million so‘m dividend, 35 million so‘m mukofot olishi kerak. Hisob raqamimizda pul bor. 800 million so‘m mablag‘ erkin ishlatish uchun qolayapti, Nazarimda, hamma xo‘jaliklarga bir nazar bilan qarash ishga xalaqit beradi, tashabbuskorlikni so‘ndiradi, taraqqiyotga g‘ov bo‘lali. Axir, shu paytgacha pillaning puli berilgani yo‘q. U oz emas, naq 18 million so‘m! Hademay, bahor keladi. Yana pilla qurtini parvarishlashga to‘g‘ri keladi… Odamlarga nima deymiz? Xullas, xo‘jalik rahbariga ham oson emas.
[Zikriyo Asrorov]ning kasbi iqtisodchi. Ko‘p joyda, turli lavozimlarda ishlagan, 15-yildirki, shu xo‘jalikka bosh. Xo‘jalikning baquvvat bo‘lishida, odamlarining boy-ba- davlat yashashida uning xizmati katta. Shuni hisobga olib, 2002-yilda paxtachilikda erishgan yutuqlari uchun unga million so‘m mukofot berildi, Xo‘jalikka esa yap-yangi «UAZ» avtomashinasi tortiq qilindi. Albatta, bu yangi-yangi ishlarga ilhomlantirishi tabiiy. Qolaversa, [Zikriyo Asrorov] tinib-tinchimas odam. Hamisha yangilikka intiladi. Intilganga esa tole, albatta, yor bo‘ladi.