🔍

Article

TEJАMKORLIK UCHUN YURISH «GLАVSREDАZIRSOVXOZSTROY»gа qаrаshli «djizаkstepstroy» territoriаl boshqаrmаsi hаmdа V. I. Lenin nomidаgi yangier binokorlik mаteriаllаri vа konstruktsiyalаri kombinаti kollektivlаrining O'zbekistondаgi bаrchа qurilish vа binokorlik industriyasi xodimlаrigа MUROJAATI

By Murojaat «Glavsredazir- sovxozstroy»ga qarashli «Djizakstepstroy» … • in 1978

Aziz o‘rtoqlar! Mamlakatimiz dunyodagi boshqa har qanday mamlakatdan ko‘ra ko‘proq inshootlar qurmoqda va ko‘proq binokorlik materiallari ishlab chiqarmoqda. Ana shunday sharoitda binokorlik materiallarini, shuningdek yoqilg‘i va energiyani tejab-tergab, oqilona sarflash ayniqsa muhimdir. Tejamkorlik bizga koʻproq yutuqlarga erishishga, ilgʻorlashishga, oʻylab qo‘yilgan rejalarni tezroq bajarishga yordam beradi. Kollektivlarimiz davlat planlari va yuksak sotsialistik majburiyatlarni muvaffakiyatli bajarayotgan ekan, bunda moddiy resurslarni tejab-tergab, omilkorlik bilan ishlatishning roli katta bo‘lmoqda.
Qattik iqtisod qilish va tejamkorlik xalq xo‘jaligini rivojlantirishning, xalq farovonligini oshirishning eng muhim sharti ekanligini o‘rtoq [Leonid Ilich Brejnev] $$KPSS XXV syezdi$$da taʼkidlab o‘tdi. «Har bir sum, har bir mexnat soati, xar tonna mahsulotni aniq xisoblash va samarali ishlatish xo‘jasizlik va lando- vurlikni tag-tomiri bilan tugatish bizning yuksak partiyaviy burchimizdir,» dedi u. Chunki biz o‘zimiz uchun eng aziz bo‘lgan Vatan boyligi va qudrati yo‘lida, xalqimizning farovonligi va ravnaqi topishi yo‘lida tejaymiz.
Tejamkorlikning kommunistik xislat ekanligi to‘g‘risidagi fikr $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning 1977 yil dekabr Plenumida va $$SSSR Oliy Soveti$$ning sessiyasida alohida kuch bilan taʼkidlandi. Tashkilotlarimiz va korxonalarimizning kollektivlari $$Ulug‘ Oktyabr$$ning 60 yilligini munosib kutib olish uchun o‘tkazilgan sotsialistik musobaqa davomida moddiy resurslarni tejab-tergab sarflash sohasida ham birtalay muvaffaqiyatlarga erishdilar. Tejamkorlik uchun kurash yangi formalar kasb etmoqda. Agar ilgari materiallarning isrof bo‘lishiga, ish vaqtining zoye o‘tishiga qarshi xalq kontrolerlari, $$«Kom- somol projektori»$$ gruppalari kurashgan bo‘lsalar, endi ishchilarning o‘z tashabbusi bilan boshlagan tuzilakorlik komissiyalari ular bilan birga harakat qilmoqdalar. Bu komissiyalarga har bir kasbning yetakchi mutaxassislari tejam ishlab chiqarish novatorlari, ilg‘orlari-moddiy resurslardan foydalanish bilan bevosita aloqador kishilar namunalarini kiritildi.
Moddiy boyliklarga chinakam xo‘jayinlarcha munosabat aytib o‘tamiz. $$«Mirzachulsovxozstroy» tresti$$ga qarashli 12-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnaning [Vladimir Uryupin] boliq Montajchi komsomolyoshlar brigadasi besh yillikning ikki yilida 7,5 kubometr yog‘och materialni, 30 kubometr devorbot qorishmani, 3,5 tonna sementni tejab qoldi. Brigadaning 1978-yilgi majburiyatiga: oqilona ishi xisobiga 5 kubometr yog‘och, 20 kubometr beton, sementni material, kamida ikki tonna tejaymiz, deb yozib qo‘yilgan.
$$«Irjarsovxozstroy» tresti$$ sanoat korxonalari kombinatida armaturachi [Аleksandr Vyatkin] tashabbusi bilan tejamkorlik komissiyasi tuzildi. Komissiyaning faoliyati kombinatda ikki yil ichida 250 kubometr yog‘och material, 220 tonna sement, 70 tonna shartli yoqilg‘i, 50 ming kilovatt soat elektr energiya tejalishiga ko‘p jihatdan yordam berdi. Komissiya ishlab chiqqan yangi tadbirlar tufayli bu yil yanada ko‘proq tejamkorlikka erishish mumkin bo‘ladi.
Yangier binokorlik materiallari va konstruktsiyalari kombinatida kommunist [V. Аbaimov] boshliq betonchilar brigadasi elektr liniyasi tirgaklari ishlab chiqaruvchi zavodda mehnat qilib, iqtisodda tejamkorlik harakatining tashabbusini boshladi hamda unumsiz chiqimlarni kamaytirish xisobiga 20 tonna sement va ikki tonna po‘latni tejadi. [A. Shabalin] boshliq elektr payvandchilar brigadasi bu tashabbusni rivojlantirib, armatura po‘latini oqilona ishlatish va ishga yaroqli chiqitlardan foydalanish hisobiga 15 tonna metallni tejash majburiyatini oldi.
Temir-beton zavodidagi [G. Podolskiy] boshlik elektriklar brigadasi 30 ming kilova-soat elektr energiyani tejash rejasini tuzdi. Elektr liniya tirgaklari zavodida tuzilgan iqtisod va tejamkorlik kengashiga 15 kishi, shu jumladan, 11 ilg‘or ishchi kiritildi. Kengash belgilagan tadbirlar 1978 yilda 60 tonna po‘lat, 500 tonna sement va ko‘plab issiqlik va elektr energiyasini tejash imkonini beradi. Kombinatning barcha zavodlari, sexlari va uchastkalari shu tashabbusga ishtiyoq bilan qo‘shildilar. Iqtisod va tejamkorlik bilan shug‘ullanuvchi 17 ishlab chiqarishning 120 ilg‘or ishchisi kiritildi.
Ana shularning hammasi tashkilotlarimiz va korxonalarimizning kollektivlariga 1978. yil uchun resurslarni tejashga doir konkret tadbirlarni ishlab chiqib shu tadbirlarni sotsialistik majburiyatlarga qo‘shish imkonini berdi. Chunon-chi, $$<<Djizakstepstroy>> territorial boshqarmasi$$ning tashkilotlari bu yilda belgilangan topshiriqlardan tashqari 350 tonna metall, 1220 kubometr yog‘och material, 2200 tonna sement, 2,8 million kilovatt soat elektr energiya va 7,5 ming tonna shartli yoqilgʼini tejash majburiyatini oldi. $$[V. I. Lenin] nomidagi Yangiyer binokorlik materiallari va konstruktsiyalari kombinati$$da 250 tonna metall, 200 kubometr yog‘och taxta, 800 tonna sement, 200 ming kilovatt soat elektroenergiya va yuz tonna shartli yoqilg‘i tejab qolindi. Shu materiallardan 90 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish belgilandi. Mamlakat Kadrli quruvchilar, montajchilar, binokorlik industriyasi xodimlari! Har birimiz materiallarni, mashina-mexanizmlarni naqadar tejab-tergab ishlatsak, o‘ninchi besh yillik topshiriklarini shu qadar muvaffaqiyatliroq bajaradi. Har bir ish joyida metall va g‘ishtning, sement qorishmasi va aralashmasining, oyna va yog‘och taxtaning unumsiz isrof boʻlishini imkoni boricha qisqartirishga erishish mumkin va lozim. Har kimda ham iqtisod qilish rezervlari bor, ana shu rezervlarni ishga solish bizning vazifamizdir beton Materiallar, elektr energiya, yonilg‘i, yoqilg‘i sarfiga tejab-tergab omilkorlik bilan munosabatda bo‘lingiz! Iqtisodiy va tejamkorlik uchun boshlangan yurish qatnashchilarining saflarini kengaytiringiz! <<Tejamkorlik - kommunistik xislat» bizning shiorimiz ekanligini unutmangiz!

Total words

680

Unique words

452

Annotated anthroponyms

7

Toponyms

9

TTR

0.665

Hapax

357

Distribution

Top frequency chart

Dataset