🔍

Article

EZGULIK YOʻLLARINING ADOGʻi BOʻLMAS

By «Xalq so‘zi» muxbiri O. USANOV … • in 2003

Bir zamonlar besh yillikning zarbdor qurilishi deb nomlangan $$Navoiy-Uchquduq temir yo‘li$$ qurilishi 10-yilga cho‘zilganini eslaymiz. Undan ilgari esa $$Termiz- Dushanbe temir yo‘li$$ naq 15 yilda bunyod etilgani ham yodimizda.

Bu ishlarni endi mustaqilligimizga bog‘liq yirik qurilishlar bilan taqqoslab ko‘raylik. «Navoiy-Uchquduq-$$Sulton Uvaystog‘-Nukus» yo‘nalishidagi temir yo‘l$$ni qayta ta’mirlash va qurishdek katta ko‘lamdagi ish besh yilda nihoyasiga yetkazildi. $$Qamchiq dovoni$$dagi texnologik yechimlari antiqa va murakkab inshoot $$O‘zbekiston$$imizning imkoniyatlarini yana bir bor ko‘z-ko‘z qilmoqda.

$$O‘zbekiston$$ bugungi kunda aylanma-qayrilma, ya’ni «jinko‘cha»laridan voz kechib, o‘zining beminnat yo‘llarini qurmoqda. Yirik, bir qarashda uddalanishi qiyin ko‘ringan ishlarga qo‘l urib, o‘zining salohiyatini namoyish etmoqda.

Ana shunday inshootlardan yana biri — qurilishi allaqachon boshlab yuborilgan G‘uzor-Boysun-$$Qumqo‘rg‘on temir yo‘li$$ va gaz trassasi yo‘nalishidir. Bu yo‘nalishlar bo‘yicha qilingan ishlar va ko‘zda tutilayotgan rejalar xususida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari [Rustam NURALIYEV] muxbirimizga quyidagilarni so‘zlab berdi:

— $$G‘uzor tumani$$ning $$[Ulug‘bek] nomli shirkat xo‘jaligi$$ hududidan boshlangan yangi yo‘nalish viloyatimizning $$«Qumqo‘rg‘on» temir yo‘l bekati$$ga tutashtiriladi. Hozircha qurilish ishlari asosan tekis joylarda amalga oshirilmoqda. Asosiy yumushlar esa endi boshlanadi. Muhimi, loyihalash tadbirlari nihoyasiga yetkazildi. Ya’ni, bajarishimiz lozim bo‘lgan yumushlar miqyosiyu ko‘lami aniqlashtirib olindi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu inshoot jahon temir yo‘l qurilishi tajribasida murakkab texnik yechimlarni puxtalik bilan hal qilishni taqozo etadigan obyekt sifatida baholanmoqda. Chunki qariyb 200 chaqirim masofaga cho‘ziladigan yo‘lning to‘rtdan uch qismi tog‘u toshlardan, chuqur jarlik va zovurlardan, qatlamlari beqaror, yemiriluvchi yerlardan o‘tadi. Shu bois 150 taga yaqin ko‘prik quriladi.

Qurilish ishida, tabiiyki, $$Navoiy-Nukus temir yo‘li$$ va $$Qamchiq dovoni$$ qurilishlarida ko‘zi qotgan mutaxassislar, $$«O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi$$, $$«O‘zavtoyo‘l» konserni$$ va $$«Uzneftgaz-xolding» kompaniyasi$$ quruvchilari ishtirok etmoqda.

Biz hozirda $$Qumqo‘rg‘on$$ atrofidagi bekatlar oralig‘ida qurilish ishlarini olib borayapmiz. Yangi yildan boshlab ish ko‘lami yanada kengaytiriladi, $$Boysun-Dehqonobod tog‘lari$$ning daralari yirik qurilish maydoniga aylantiriladi. Quruvchilar va mutaxassislarning unumli mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Texnik jihozlash yumushlariga kirishilmoqda. Va 2004-yilda viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bu qurilishni yakunlashni mo‘ljallamoqdamiz. Ushbu yo‘l qurilishi barobarida, shuningdek, $$«Sho‘rtangaz»$$dan $$Qumqo‘rg‘on$$gacha gaz trassasi ham tortiladi.

Qurilishning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, umumiy maydoni 5 ming kvadrat kilometrdan iborat Boysun zamini yanada gullab-yashnaydi. Negaki, zaminning bir hovuch tuprog‘ida [Mendeleyev] jadvalidagi barcha elementlar mavjud, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ko‘mir, neft va gaz konlari ham bisyor. Hozir ana shu konlarning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Boysunning yer osti va yer usti qazilma boyliklari asosida qurilajak korxonalarda 4-5 mingta yangi ish o‘rni ochilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, temir yo‘l yo‘nalishida salkam o‘ttiz beshta bekat va razyezd barpo etiladi. Namunali infratuzilma va xizmat tizimi shakllanadi. Tog‘ning olis, xilvat qishloqlariga zamonning jo‘shqin nafasi harorat bag‘ishlaydi. Eng muhimi, $$G‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li$$ $$Buyuk ipak yo‘li$$ning suv yo‘llariga — dengizlarga tutash bekatlariga payvasta bo‘lib, el-yurtimizning, mustaqilligimizning manfaatlariga xizmat qila boshlaydi.

Total words

426

Unique words

342

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

21

TTR

0.803

Hapax

298

Distribution

Top frequency chart

Dataset