🔍

Article

«Umid nihollari» kundaligi. Natijalar quvonarli

By Nabijon SOBIR, «Xalq so‘zi» muxbiri. • in 2002

$$Farg‘ona$$lik yoshlar yangi yilga alohida faxr va iftixor, umid va ishonch bilan qadam qo‘ydilar. Buning boisi bor, «Umid nihollari» sport musobaqalarining yakunlovchi bosqichi shu yilning aprel oyida aynan $$Farg‘ona$$da o‘tkaziladi.

Ayni kunlarda bellashuvlarning respublika bosqichiga katta tayyorgarlik bilan birga, maktab, tuman, shahar bosqichlari nihoyasiga yetkazildi. Ilgarilari musobaqalar bir shaharda, tig‘iz fursatlarda o‘tkazilardi. Bu galgi sport bayrami butun viloyatni qamrab oladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bugun-erta start oladigan o‘yinlar guldurosi $$Farg‘ona$$-yu, $$Marg‘ilon$$, $$Qo‘qon$$u $$Quvasoy$$ shaharlari, $$Oltiariq, Uchko‘prik, Buvayda, O‘zbekiston, Toshloq tumanlari$$da yangraydi.

Kuni kecha o‘z nihoyasiga yetgan shahar, tuman bosqichlaridagi musobaqalar esa yangi nomlar, yangi natijalar, yangi umidlarni elga tanitdi. Ayniqsa, viloyat markazi Farg‘ona shahridagi bahslar murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Eng ommaviy sport turlaridan biri futbol musobaqalarida shahardagi 33 ta maktabning hammasidan jamoalar ishtirok etdi. 30-maktab jamoasi futbol o‘yinlariga ixtisoslashgan olimpiada rezervlari gimnaziyasi yosh futbolchilarini ham dog‘da qoldirib, birinchi o‘rinni egallashdi va viloyat bosqichiga yo‘l olishdi.

Bu yilgi musobaqalar katta tennisning kichik ixlosmandlar orasida ham tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatdi. Birgina $$Fargʻona shahri$$da o‘tkazilgan musobaqalarda qirqqa yaqin jamoalarning vakillari ishtirok etdi. Hali ancha yosh, lekin mamlakatimiz tennis olamida tanilib qolgan [S.Kvan], [R.Galiyev], [O.Soy] singari umidli sportchilar qatnashgan jahon tillari gimnaziyasi jamoasiga g‘oliblik nasib etdi.

Musobaqalarning maktab, tuman va shahar bosqichlarida 750.000 dan ziyod sportchi o‘quvchilar ishtirok etdi. Bu chinakam kichik olimpiada degani emasmi?!

Total words

214

Unique words

179

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

8

TTR

0.836

Hapax

156

Distribution

Top frequency chart

Dataset