🔍

Article

AFGʻONISTON. Halokatlar. Yoʻqotishlar. Taqdirlar (ikkinchi maqola)

By Gʻaffor Hotamov • in 2002

4. «Savr inqilobi»

"Yetmishinchi yillarning oxirida sobiq SSSRning keksayib, munkillab qolgan rahbarlari uzoqni ko‘rolmasliklari, kaltabinligi natijasida o‘ta xatarli, hech kechirib bo‘lmaydigan qaror qabul qilib, 280 million xalqning boshi berk ko‘chaga kirib qolishiga sabab bo‘ldi, deydi Prezident [Islom Karimov] afg‘on xalqini og‘ir musibatlarga giriftor etgan $$Afg‘on urushi$$ haqida gapirib. Ular, mavjud vaziyatni soxtalashtirib, uni o‘zlaricha talqin qilib,$$Afg‘oniston$$da ham sovet sotsialistik tizimini o‘rnatamiz, deb ahmoqona harakatlarni boshladi".

"1978-yilning 27-aprelida $$Afg‘oniston$$da kommunistik to‘ntarish sodir etildi. Bu to‘ntarishni Andropovning xodimlari bir necha yil mobaynida tayyorlagan edi, - deb yozadi Igor Bunich "Partiyaning oltinlari" kitobida.

[Muhammad Dovud]ning demokratik hukumati $$Afg‘oniston xalq demokratik partiyasi$$ deb atalgan kommunistik uyushma tomonidan ag‘darib tashlandi. $$Moskva$$ning bevosita ayg‘oqchisi Taraqiy prezident bo‘ldi. $$Afg‘oniston$$ga sovetlarning ko‘plab "maslahatchi"lari yog‘ilib keldi. Taraqiyning kommunistik hukumati darhol odamlarni otishga, masjidlarni buzishga, el-yurtni yalpi talashga kirishdi. Bunga javoban xalq isyon ko‘tardi. Uchiga chiqqan kaltafahm odamgina musulmon mamlakatida shunday bema’nilik qilishi mumkin edi…”

O‘sha vaziyatda nimalar sodir etilgani vaqti-soati bilan tarixda o‘zining xolis va haqqoniy ifodasini topadi, albatta. Lekin bir haqiqat ayonki, bu davrga kelib, xalq orasiga nifoq soluvchi va jamiyatni parchalab tashlovchi yana bir kuch yuzaga chiqdi. Eng yomoni, bu kuch tashqaridan boshqarilar, boshqaruvchilar esa xalqni emas, balki mamlakat va davlatni o‘z ta’sir doirasida tutib turishni, o‘zgalar daxl etishiga yo‘l qo‘ymaslikni o‘ylar edi, xolos. Eng yomoni, mazkur hukmron partiya- ning o‘zi ikki qarama-qarshi fraksiyaga — "Xalq" va "Parcham"("Bayroq")ga bo‘lingan bo‘lib, ular orasidagi ichki nifoq nihoyatda kuchli edi.

"Savr inqilobi"ga daxldor hayratomuz voqealar- dan biri shundan iboratki, mazkur to‘ntarishni sodir etgan, sodda qilib aytganda, [Muhammad Dovud] va uning yaqinlariga, prezident qarorgohiga qurolli hujum uyushtirgan polkovnik [Abdul Qodir]dir. Bugun $$Moskva$$da yashayotgan mana shu qo‘mondon 1973-yili [Muhammad Dovud]ning tarafdori sifatida [Zohir Shoh]ni ag‘darishga yetakchilik qilgan.

Bu safar [Abdul Qodir] kommunistlarga yo‘l ochib beradi, aniqrog‘i, hukumat u bosh bo‘lgan harbiy inqilobiy kengash qo‘liga o‘tadi.

30-aprel kuni harbiy inqilobiy kengash $$Afg‘oniston demokratik respublikasi$$ tashkil topganini ma’lum qiladi va hokimiyatning oliy organi sifatida yangi tuzilgan inqilobiy kengashga boshqaruv vakolatini topshiradi. Unga rahbarlik qilish $$Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi$$ markaziy qo‘mitasi bosh kotibi [Nur Muhammad Taraqiy] zimmasiga yuklanadi.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: 1965-yilning 1-yanvaridan buyon muttasil miting va namoyish, ish tashlash tashkil etib, hokimiyat uchun kurashib kelgan mazkur partiya uni qo‘lga kiritgach, xalqning qaysi bir og‘irini yengil qildi?

Inqilobiy kengash birinchi navbatda [Nodir Shoh, Zohir Shoh], [Muhammad Dovud] va ularning qarindosh-urug‘lari, o‘tgan hukmdorlar oila a’zolariga tegishli mol-mulkni musodara qilgan, shuningdek, ularning chet elda muhojir bo‘lib yurgan avlodlarini $$Afg‘oniston$$ fuqaroligidan mahrum etgan. Kommunistlar 1-mayni bayram, xalqaro birdamlik kuni deb e’lon qilishgan, shu bilan birga ko‘pdan ko‘p tashkilotlarda kasaba uyushmalari tuzishgan. Bu davrda kamsonli millat va elatlar tillarida ham gazeta va jurnallar nashr etish yo‘lga qo‘yilgan. Hukumatning xayriya jamg‘armasi tashkil topgan, ammo bu bilan Afg‘onistonni og‘ir inqirozlardan saqlab qolish, qon to‘kish bilan boshlangan ishlarni xayrli tomonga burib yuborish aslo mumkin emas edi.

Sharqshunos [G‘ulom Murodov] $$Afg‘oniston$$ haqidagi risolasida buning sabablarini partiyaning o‘zi yetarli darajada shakllanmagani, iqtisodiy, ma’muriy sohalarda, davlat ishlarini boshqarish va tashkil etishda yetarli tajribaga ega bo‘lmagani bilan izohlaydi. Shuningdek, u partiyaning o‘z ishiga fidoyi a’zolari qatag‘on etila boshlanganiga e’tiborni qaratadi. Tarix fanlari nomzodi [Viktor Korgun] "savr inqilobi"dan so‘ng, oradan ikki oy o‘tar-o‘tmas partiyaning ichida o‘zaro kurash va adovat avj olganini, "Parcham" fraksiyasiga mansub bo‘lgan va hokimiyat tepasida turgan o‘nlab arboblar chetga surib tashlanganini qayd etadi.

Agar biz o‘sha davrga nazar tashlasak, haqiqatan ham kuni kecha mamlakatda ikkinchi darajali rahbar bo‘lgan [Babrak Karmal] va uning safdoshlari ishdan olinib, tazyiqqa giriftor etilganiga guvoh bo‘lamiz. Ichki adovat va kurash shu darajaga borib yetadiki, 1978-yilning 17-avgustida "Xalq" fraksiyasiga mansub arboblarni ([Taraqiy] va uning safdoshlarini) hokimiyatdan chetlatishga qaratilgan "fitna" go‘yoki oldindan "fosh etiladi" va bu "fitnani tashkil etishga uringan" [Babrak Karmal] hamda uning fraksiyadoshlari inqilob ishiga "xiyonatda ayblanib", jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bir so‘z bilan aytganda, endi partiyaning o‘zida ichki kurash boshlanadi. [Babrak Karmal] 1978 yilning sentyabridan 1979-yilning dekabriga qadar jamoatchilik nazaridan o‘zini chetga olib, $$Moskva$$dagi uyida tutqunga o‘xshab yashirinib yashaydi ("Aziya i $$Afrika$$ segodnya", 1998-yilning iyuni).

Ichki nizo oxir-oqibat [Taraqiy] ma’muriyatini puturdan ketkazadi, [Hafizullo Amin]ning esa qabila oqsoqollari va harbiylar orasida obro‘yi o‘sib boradi.

U 1978-yildan AXDP MQ siyosiy byurosining a’zosi, avgustidan boshlab inqilobiy kengash raisining o‘rinbosari, birinchi ministr, keyin mudofaa vaziri bo‘lgan. 1979-yilning mart oyidan e’tiboran bosh vazir lavozimida ishlagan.

1979-yil 8-sentyabr kuni [Taraqiy]ning qo‘riqchilari [Hafizullo Amin]ga suiqasd uyushtiradi, ammo bosh vazirning tanqo‘riqchilari o‘zlarini qurbon qilib bo‘lsa-da, uning hayotini saqlab qolishadi. Oradan bir hafta o‘tgach, 14-sentyabr kuni bosh vazir Kobul shahridagi harbiy qismlar yordamida [Nur Muhammad Taraqiy]ni hokimiyatdan chetlashtiradi va mamlakatga egalik qilishni o‘z zimmasiga oladi. 8-oktyabr kuni u [Nur Muhammad Taraqiy]ni "inqilobga xiyonat"da ayblab, o‘limga mahkum etadi. Garchi o‘shanda Moskva matbuoti [Nur Muhammad Taraqiy] "uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi", deb yozgan, $$Kreml$$ bu o‘zboshimchalikka xotirjam qarayotgandek tuyulgan bo‘lsa-da, aslida jilovning qo‘ldan chiqib ketishi sovet rahbarlarining toqatini toq qilgan edi. Sovet sharqshunoslari [Hafizullo Amin] davrida yalpi terror avj olgan, deb hali-hamon uni ayblashadi. Holbuki, u to‘rt oy ham davlat tepasida turmagan.

5. 1979-yilning 27-dekabri
"Amin $$Afg‘oniston$$ning milliy mustaqilligiga intilgan va uning xuddi mana shu harakati sovet rahbariyati tomonidan ma’qul ko‘rilmagan", - deb yozadi akademik [Andrey Saxarov] ("Znamya" jurnali, 1991-yilning oktyabri). Xullas, siyosiy byuroda bezovtalik boshlanadi, 1979-yilning noyabr va dekabr oylarida [Hafizullo Amin]ga ketma-ket suiqasd uyushtiriladi, ammo bu biron-bir natija bermaydi. Shundan so‘ng vaziyat yanada keskinlashadi. Nihoyat, $$Kreml$$ $$Afg‘oniston$$da harbiy to‘ntarish sodir etishga, qo‘shin kiritishga qaror qiladi ("Aziya i Afrika segodnya", 1998-yilning iyuni, 39-bet), Garchi $$Afg‘oniston$$ hukumati qat’iyan qarshi tursa-da, 1979-yil 27-dekabr kuni, kechqurun "musulmon rotalari". ochiq aytganda, afg‘on harbiylar kiyimini kiygan KGBning "Alfa" guruhi, shuningdek maxsus xizmat desantchilar Kobulga tutash Tajbekdagi prezident qarorgohiga qurolli hujum uyushtirishadi. [Hafizullo Amin] va uning ayoli, farzandlari, qo‘riqchilari otib tashlanadi.

$$Afg‘oniston xalq demokratik partiyasi$$ning quvg‘indagi "namoyanda"si [Babrak Karmal] $$Kobul$$ radiosi orqali mamlakat aholisiga murojaat etib, "xalqaro imperializmning yollangan malay. [Hafizullo Amin] rejimiga barham berilganini" ma’lum qiladi.

Ertasi kuni sobiq ittifoqning telegraf agentligi — TASS bayonot berib, afg‘on inqilobining sog‘lom kuchlari diktatorni yo‘q qil ganidan dunyoni ogoh etadi Holbuki, bu paytda "qardosh xalqqa internatsional yordam sifatida" sovet tanklari, motorlashgan o‘qchi diviziyalar, harbiy qismlar va samolyotlar allaqachon Afg‘oniston zaminiga yopirilib kirishgan edi.

"Sovet qo‘shinlari mustaqil davlat hududiga bostirib kirdilar, uning prezidentini o‘ldirdilar va mamlakatni istilo qildilar, deb yozadi [Igor Bunich]. Xalq qo‘zgoloni shu paytga qadar misli ko‘rilmagan ko‘lam kasb etdi. Hatto ayollar va bolalar ham qo‘liga qurol oldi. Shoshilinch ravishda $$Afg‘oniston$$ga yana askarlar olib kirildi. Mamlakatni istilo qilib turgan qo‘shinning soni 150 000 nafarga yetdi…

1979-yilning 28-dekabrida ADR inqilobiy kengashi va uning prezidiumi qaytadan shakllantiriladi Inqilobiy kengash va partiyaga rahbarlik etish [Babrak Karmal] zimmasiga yuklanadi. [Taraqiy] va [Amin] davrida hukumat tarkibini "xalqchi”lar egallab olgan bo‘lsa, tabiiyki, endi y “Parcham” fraksiyasi a’zolari qo‘liga utadi, Kuni kecha hibsda yotgan ayrim shaxslar turmadan chiqib kelib vazirlik lavozimini egallashadi. [Babrak Karmal] 29-dekabr kuni yana $$Kobul radiosi$$ orqali xalqqa murojaat qilib, partiyadagi ichki kurashlar, qatag‘on va terrorlar davri o‘tganini, endigi maqsad — chinakam demokratik jamiyat barpo etishdan iborat ekanini ta’kidlaydi. O‘n mingdan ziyod siyosiy mahbusga ozodlik beriladi.

1980-yilning oktyabrida [Babrak Karmal] rasmiy tashrif bilan $$Moskva$$ga keladi. $$Afg‘oniston$$dagi hayotni, ijtimoiy vaziyatni hatto xayoliga keltira olmaydigan sovet siyosatchilari $$Kreml$$da turib, ishni qanday tashkil etish kerakligini obdon unga uqtirishadi. Tabiiyki, [Babrak Karmal] ular chizib bergan chiziqdan chiqishga jur’at qila olmas edi, shu bois u Vataniga qaytgach, partiya va davlat ishlari, sanoat va harbiy masalalar, jamoat tashkilotlari bilan ishlovchi o‘nlab sovet maslahatchilarini o‘z yurtiga taklif etadi. Hatto uning tanko‘riqchilari ham sovet ofitserlaridan tashkil topadi. Shu bilan birga afg‘on o‘quvchilari uchun darslik va qo‘llanmalar sovet ittifoqida yozilib, nashr etiladi, afg‘on maktablarida rus tili ikkinchi til sifatida o‘qitila boshlaydi.

Albatta, bu mamlakatdagi muxolif kayfiyatni kuchaytiradi va alal-oqibat [Babrak Karmal] hech bir qatlam ichida obro‘ topa olmaydi. Tarix fanlari nomzodi [Viktor Korgun] mujohidlar unga doimiy ravishda tajovuz etib turganini, sovet harbiylari esa boshqaruv ishiga aralashib, muttasil xalaqit berganini ta’kidlaydi, o‘z mustaqilligini yo‘qotib qo‘ygan [Babrak Karmal] esa Kremlning etagiga yopishib olishdan boshqa ishga yaramadi, deb yozadi u.

O‘sha davrda, tarixchining qayd etishicha, mamlakatning yarmidan oshig‘ida, ya’ni 18 o‘lkasida aholi Kobulning siyosiy rejimiga qarshi qat’iy ravishda kurash olib borgan. Nimaga deganda, sho‘ro tuzumidan andoza olib qilinayotgan "islohot"lar afg‘on xalqining tabiatiga tamomila zid bo‘lgan. Sobiq ittifoqda bo‘lgani kabi dinni afyun deb, uni hayotdan siqib chiqarishga urinish Afg‘oniston sharoitida qanday ayanchli oqibatlar keltirib chiqarishini, mujohidlar uchun bu qanday o‘ng‘aylik yaratib berishini negadir hech kim o‘ylab ko‘rmagan.

Isyonchilar dastlab ibtidoiy miltiqlarda jangga kirgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay sovet sanoati ishlab chiqargan eng zamonaviy qurol-yarog‘ bilan qurollanib ulgurgan. [Igor Bunich]ning ta’kidlashicha, Kobuldagi sobiq ittifoq elchixonasining mas’ul xodimlari bu o‘lkada o‘ziga xos "qora bozor" tashkil etgan, afg‘on boylaridan tillo olib, evaziga muttasil qurol-yarog‘ yetkazib berib turgan. Boshqa bir manbada esa bu urush talon- toroj va qoradori savdosiga ham keng yo‘l ochgani ta’kidlanadi. Buning tasdig‘i sifatida quyidagi dalillarga e’tibor qaratish kifoya deb o‘ylaymiz.

$$Afg‘on urushi$$da boshdan-oxir ishtirok etgan 40-armiya qo‘mondoni general [Boris Gromov] "Trud" gazetasining 2001-yil 27-sentyabr sonida: "Qurollanish borasida biz ularni yuz yil ilgariga siljitganmiz", deb e’tirof etadi. "Aytish kerakki, $$Afg‘oniston$$dagi sovetlarni farishta deb bo‘lmasdi, - deya uqtiradi "AiF" 2001-yilning oktyabr (№ 43) sonida. — Vaqti kelib, bizning generallarimiz o‘z vatanlariga temir tobutlarda geroin jo‘natib turganligi ham esga olinadi".

6. Bayroqning ketma-ket o‘zgarishi

"Savr inqilobi", ya’ni 1978-yilning 27-aprelidan toki 1992-yilning 17-apreliga qadar $$Afg‘oniston$$da hokimiyat kommunistlar tasarrufida bo‘lgan.

1986-yili [Babrak Karmal] $$Moskva$$ga chaqiriladi va unga "mamlakatning oliy manfaatlaridan kelib chiqib, o‘z ixtiyori bilan iste’fo berish" taklif etiladi. Aftidan, Babrak Karmal bunga o‘zida kuch topa olmaydi, shu bois aprel oyida, AXDP MQ plenumida u "salomatligi yomonlashgani sababli" bosh kotiblikdan ozod etiladi, bu o‘ringa Xavfsizlik xizmati rahbari general [Najibullo] munosib ko‘riladi.

[Najibullo] ham o‘z o‘tmishdoshlari kabi, tabiiyki, $$Kreml$$ belgilab bergan yo‘ldan yuradi, undan sobiq ittifoqda bo‘lgani kabi o‘z mamlakatini qayta qurish, yangi davrga uyg‘unlashtirish talab etiladi. Ma’lumki, "savr inqilobi"dan so‘ng mamlakat Demokratik Respublika deb e’lon qilingan edi, 1987-yilga kelib, [Najibullo] $$Afg‘oniston$$ni Respublika deb dunyoga qaytadan tanitadi va prezident boshqaruvi joriy etadi.

U beqaror hukumatni 1992-yilning apreliga qadar boshqarib turishga muvaffaq bo‘ladi.

1992-yil 16-aprel kuni matbuot sahifalarida [Najibullo] iste’fo bergani va $$Kobul$$ni tark etgani, ayni paytda oilasi va farzandlari istiqomat qilayotgan $$Dehli shahri$$ga otlanayotgani haqidagi xabarlar e’lon qilinadi. Lekin u Bag‘ram harbiy-havo bazasidan Dehliga uchib keta olmaydi, chunki 16 aprel kuni mazkur baza [Ahmad Shoh Mas’ud] va [Gulbiddin Hikmatyor] bosh bo‘lgan mujohidlar tomonidan ishg‘ol etilgan edi. Shu tariqa u 1996-yilga qadar Kobuldagi BMT qarorgohida jon saqlaydi.

Prezident [Islom Karimov] ta’kidlaganidek, sobiq ittifoq rahbarlari $$Afg‘oniston$$da birovlarning qo‘li bilan o‘zlari sodir etgan ishlarning oqibatini ham, o‘zlari qo‘llab-quvvatlayotgan yoki ishdan chetlatayotgan shaxslarning qismatini ham zig‘ircha o‘ylab o‘tirmagan, ular bilan doimo qaltis va nopok o‘yinlar qilgan. "Savr inqilobi"dan so‘ng Milliy najot jabhasi rahbari, professor [Sibg‘atullox Mujaddadiy]ning 74 qavm-qarindoshi qatl etilishi va shu kabi ko‘pdan ko‘p qonli voqealar fikrimizning dalilidir. Holbuki, [Mujaddadiy] sulolasi kuchli va qudratli bo‘lib, dunyoning ko‘pdan-ko‘p mamlakatlarida chuqur ildiz otgan edi. Sovetlar ularning mamlakatni ertangi taqdiriga ta’siriga qanchalik bepisand qarashgan bo‘lsa, "o‘z odami” prezident [Najibullo]ning qismatiga ham shunchalik beparvo qarashdi va oqibatda u dahshatli o‘lim topdi.

Xullas, 1992-yil 17-aprel kuni $$Afg‘onistonning Konstitutsion kengashi$$ mamlakatdagi mavjud o‘nta muxolif partiya vakillari ishtirokida to‘rtta vitse-prezidentdan iborat muvaqqat hukumat tuzadi. 20-aprel kuni mazkur vitse-prezidentlarning biri bo‘lmish [Abduraxim Xotef] mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanadi va shundan so‘ng muxolif partiyalar vakillaridan tashkil topgan Mujohidlar rahbarligi kengashi $$Pokiston$$ning $$Peshovar shahri$$da yig‘ilib, $$Afg‘oniston$$ning yangi hukumatini shakllantirishga kirishadi. Mazkur kengash tomonidan Afg‘oniston islom davlati deb e’lon qilinadi, Milliy najot jabhasi rahbari, professor [Sibg‘atulloh Mujaddadiy] muvaqqat hukumatning prezidenti etib tayinlanadi va yangi tarkibdagi hukumat tasdiqlanadi.

26-aprel kuni prezident [Sibg‘atulloh Mujaddadiy] va u bosh bo‘lgan hukumat a’zolari $$Kobul shahri$$ga kirib kelishi ko‘zda tutilgan edi, shu bois yangi hukumatning mudofaa vaziri [Ahmad Shoh Mas’ud] poytaxtda nazorat o‘rnatish uchun o‘z qo‘shinlari bilan shaharga kirib joylashadi. Hokimiyatga da’vogar bo‘lgan $$Afg‘oniston islom partiyasi$$ rahbari [Gulbiddin Hikmatyor] esa bunga toqat qila olmaydi, shu bois u Mujohidlar rahbarligi kengashini hamda uning qarorini tan olmasligini ma’lum qiladi va o‘z qo‘shinlari bilan poytaxtni bosib olish uchun qurolli hujumga o‘tadi.

Poytaxt va uning atrofida urush davom etayotgan bir vaziyatda muvaqqat hukumat prezidenti [Sibg‘atulloh Mujaddadiy] 29-aprel kuni o‘z vazirlari bilan Kobulga kirib keladi va ishga kirishadi. "Bizning o‘z ona yurtimizga kirib kelishimizga hech kim monelik qila olmaydi", deydi u [Gulbiddin Hikmatyor]ga qarata, shu bilan birga uni bosh vazir vazifasini bajarishga taklif etadi…

$$Pokiston$$ning o‘sha davrdagi bosh vaziri [Navoz Sharif] hamda $$Saudiya Qirolligi $$maxfiy xizmati rahbari shahzoda [Turki ibn Feysal] $$Kobul$$ga birinchilardan bo‘lib tashrif buyurgan va mujohidlar hukumatini rasman e’tirof etgan shaxslardir. Ibn [Feysal] bu kun butun islom olamida eng sharafli kun bo‘lib qoladi, deya ta’kidlagan ("Izvestiya", 1992-yilning 1-mayi). Lekin natija shahzoda kutganidek bo‘lib chiqmaydi. Buning sababi, bizningcha, quyidagilardan iboratdir.
Birinchidan. Mujohidlar rahbarligi kengashining qaroriga ko‘ra [Sibg‘atulloh Mujaddadiy] mamlakatni ikki oy davomida boshqarishi, 1992-yilning iyunidan bu vazifani $$Afg‘oniston islom jamiyati$$ rahbari [Burhoniddin Rabboniy] bajarishi, 1994-yilning dekabrida esa $$Afg‘oniston$$da umummilliy saylovlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan edi. Lekin [Rabboniy] hukumati bu qarorni to‘liq ijro etmadi, oqibatda norozilik kelib chiqdi va [Gulbiddin Hikmatyor] amaldagi hukumatga qarshi urush boshladi, natijada poytaxt vayron etildi, sakson foiz elektr tarmoqlari, korxonalar ishdan chiqarildi. Holbuki, shusiz ham bu davrda dorning ostidan qochgan va kelib Afg‘onistondan panoh topgan 35 ming jangari mamlakatning turli hududlarida qon to‘kib, bosqinchilik va tajovuzkorlik sodir etayotgan, toliblar xatari yaqqol sezila boshlagan edi ("Uoll-strit jornel" gazetasi).

Ikkinchidan. "Izvestiya" gazetasi 1992-yilning 1-may sonida qayd etishicha, $$Pokiston$$ning o‘sha davrdagi bosh vaziri [Navoz Sharif] $$Afg‘oniston$$, $$Eron$$, $$Turkiya$$ va $$Markaziy Osiyo$$ respublikalaridan iborat islom davlatlari federatsiyasi tashkil etish g‘oyasi mavjud ekani, uni mujohidlar Pokistonning qo‘llab-quvvatlashi orqali amalga oshirishi ko‘zda tutilganidan ogoh etgan.

1993-94-yillar mobaynida o‘ch olish, bir-biriga jihod e’lon qilishdan nariga o‘tmagan [Rabboniy] hukumati bu g‘oyani amalga oshirishga mutlaqo noqobil ekani kunday ravshanlashdi. Qolaversa, amaldagi hukumat islom davlatlari federatsiyasi tashkil etgan taqdirda ham u $$Pokiston$$ning o‘sha davrdagi manfaatlariga xizmat qilmas edi, albatta. Shu bois $$Afg‘oniston$$ tarixi sahnasiga yangi kuchlar chiqib keldi.

Total words

2,207

Unique words

1300

Annotated anthroponyms

68

Toponyms

52

TTR

0.589

Hapax

966

Distribution

Top frequency chart

Dataset