🔍

Article

AFGʻONISTON. Halokatlar. Yoʻqotishlar. Taqdirlar (birinchi maqola)

By Gʻaffor Hotamov • in 2002

Bu fojia $$Afg‘oniston davlati$$ tarixiga, afg‘on xalqining mentalitetiga, ya’ni turmush va tafakkur tarziga, unga xos bo‘lgan xususiyatlar va alomatlarga mensimay qarash oqibatida yuz bergan.

[Islom Karimov].

1. $$Afg‘on urushi$$: u qachon boshlangan?

Agar biz $$Afg‘oniston tarixi$$ga nazar tashlasak, dunyodagi ko‘pdan ko‘p nufuzli davlatlar uni o‘z ta’sir doirasiga olish uchun muttasil harakat qilib kelganiga, shuning oqibatida doimo notinchliklar kelib chiqib, ichki nizo va kurashlar avj olganiga guvoh bo‘lamiz. Prezident [Islom Karimov] $$Oliy Majlis$$ning o‘tgan sessiyasida ta’kidlaganidek, ko‘p asrlik afg‘on tarixidan kelib chiqadigan xulosalarni pisand etmaslik oqibatida shunday xunrezliklar sodir etilgan.

XIX asrning boshlarida $$G‘arbdan Buyuk Britaniya$$, $$Shimoldan Rossiya$$ Sharqqa ko‘z tikib, nisbatan zaif bo‘lgan Hindiston, $$Afg‘oniston$$, shuningdek, $$Buxoro$$, $$Qo‘qon$$ va $$Xiva$$ xonliklarini istilo etishga zamin yarata boshlaydi. 1809-yili Ost-Ind kompaniyasi vakillari $$Peshovar$$ga kelib, $$Hindiston$$ va $$Buxoro$$ hududlarini tadqiq etishga kirishadi. Ayni shu davrda $$Rossiya$$ ham o‘z xufyalarini turli yo‘llar bilan mazkur mintaqaga safarbar etadi.

$$Buyuk Britaniya$$ning $$Afg‘oniston$$ni bosib olish harakati 1838-yilga kelib ochiqchasiga ko‘chadi va ikki orada boshlangan urush to‘rt yil davom etadi, oxiroqibat u inglizlarning mag‘lubiyati bilan yakun topadi. Shuni ham aytish kerakki, bunda $$Buxoro amirligi$$ va $$Xiva xonligi$$ning $$Rossiya$$ga yon bosishi, ularning $$Shimoliy Afg‘oniston$$ xalqlariga ta’sir o‘tkazishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

1878-yili $$Buyuk Britaniya$$ $$Afg‘oniston$$ga yana hujum qiladi, bu safar inglizlarning qo‘li baland keladi va ikki tomonlama $$Gandamak shartnomasi$$ imzolanadi. Unga binoan $$Afg‘oniston$$ o‘z tashqi siyosatini $$Buyuk Britaniya$$ nazorati ostida olib borishi taqozo etilar edi.

1918-yilning iyulida sovet hukumati $$Afg‘oniston$$ni $$Buyuk Britaniya$$ ta’siridan batamom xalos etish uchun ozodlik harakati sodir etishga undaydi, biroq amir [Habibulloxon] bunga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki "u $$Angliya$$ bilan yaqinlashish tarafdori bo‘lgan" ("O‘zSE", T., 1971-yil, 1- 578- jild oradan bet). bir yil o‘tgach, Jalolobod yaqinida amirning hayotiga suiqasd qilinadi. Shundan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan uning o‘g‘li [Omonulloxon] 1919-yilning 28-fevralida $$Afg‘oniston$$ni mustaqil deb e’lon qiladi.

$$Omonulloxon$$ $$Sovet hukumati$$ bilan munosabatlarni yaxshilaydi. 1928-yilning mayida u $$Moskva$$ga tashrif buyuradi va qaytib kelgach, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda jiddiy islohotlar boshlaydi. Sud tizimi din ahllari nazoratidan olinib, $$Adliya vazirligi$$ tasarrufiga o‘tkaziladi. Soliqlar oshiriladi. Qabila oqsoqollariga beriladigan moliyaviy imtiyozlar bekor qilinadi va xotin-qizlar maktablari ochiladi. Albatta, bu ishlar hammaga ham ma’qul bo‘lavermaydi. Qolaversa, iqtisodiy qiyinchiliklar xalqni toliqtirgan bir davr edi.

1928-yilning noyabrida dastlab shinvari qabilasi, undan keyin $$Kobul$$ga yaqin $$Kuxd$$aman hududidan unter-ofitser [Bachai Saqo Xabibullo Fozi] boshchiligidagi isyonkor kuchlar hukumatga qarshi g‘alayon ko‘taradi. Ular [Omonulloxon]ni "xudodan qaytish"da ayblashgan va poytaxtdan siqib chiqarishga harakat qilishgan.

O‘shanda zudlik bilan $$Afg‘oniston$$ga yordam berish masalasi VKP(b) MQ siyosiy byurosida ko‘rib chiqilgan, 1928-yilning 27-dekabrida 1000 dona miltiq, 1000 dona kimyoviy snaryad, 20 ta pulemyot, radiostansiya va o‘q-dori yetkazib berishga qaror qilingan, Garchi $$Sovet harbiy kuchlari$$ yordam berishga tayyor turganini qayta-qayta ma’lum qilishsa-da, [Omonulloxon] rasman yordam so‘ramagan.
Tarixchi olim [Vladimir Boyko] $$Afg‘oniston$$ hayotidagi bu qo‘zg‘olon va kurashlar, hokimiyat talashishlar aslida sovet hukumati va $$Buyuk Britaniya$$ning uni o‘z ta’sir doirasida tutib turish uchun zimdan o‘tkazayotgan bosimi oqibatlari ekanini qayd etadi. Shuningdek, olim mazkur vaziyatda sovet diplomatlari va siyosiy doiralari Shimoliy Afg‘onistonning taqdiri bilan bog‘liq masalani ham jiddiy muhokama qilishganini ta’kidlaydi, "Bu hududda alohida davlat tashkil topishi ehtimoli ham yo‘q emas edi", deb yozadi u "Vostok" jurnalida (1998-yilning apreli, 39-bet). Ya’ni, masala shu darajaga borib yetadiki, sovetlar $$Shimoliy Afg‘oniston$$ni ajratib olib, alohida davlat tuzishga harakat qila boshlaydi.

1929-yilning yanvarida [Omonulloxon] o‘zi boshlagan qator islohotlarni bekor qiladi va akasi Inoyatilloxon foydasiga amirlikdan voz kechadi. Lekin yangi amir poytaxtni besh kun ham qo‘lda tutib turolmaydi. 19-yanvar kuni Kobul hukumati [Bachai Saqo]ning tasarrufiga o‘tadi.
2. [Omonulloxon] rejimini tiklash harakati

1928-yilning oxiri, 1929-yilning boshlarida sovet harbiylari va siyosiy arboblar $$Afg‘oniston$$da [Omonulloxon] rejimini qayta tiklash rejasini ishlab chiqishadi. Unda asosan $$Shimoliy Afg‘oniston$$da bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar ko‘zda tutilgan. Asosiy maqsad — $$Afg‘oniston$$ning Moskvadagi elchisi [G‘ulom Nabixon] atrofida afg‘on qochoqlari va sovet ekspeditsion kuchlaridan tashkil topgan bazani shakllantirish, so‘ng Mozori Sharifni qo‘lga kiritish va undan keyin Kobulga muzaffar yurish uyushtirishdan iborat edi. Bu reja 1929-yilning 20-martida VKP(b) MQ siyosiy byurosida ko‘rib chiqiladi. Bunga qadar — 1928-yilning dekabrida, keyinchalik 1929 yilning 16-fevralida sovet rahbariyatining maxsus vakili [V. Solovyov] $$Qandahor shahri$$da [Omonulloxon] bilan yashirincha uchrashib, mazkur masala va u bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni o‘zaro muhokama etishadi. Kelishuvga binoan sovet tomoni $$SSSR$$ning $$Afg‘oniston$$ga chegaradosh hududida yashayotgan millat va elat vakillaridan iborat yollanma qo‘shin tuzishda yordam berishni, mazkur qo‘shinni qurol-yarog‘ hamda malakali instruktorlar bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi. Shunga binoan 4000 dona miltiq, 200 ta pulemyot, uchta instruktor zudlik bilan $$Karki chegara punkti$$ga jo‘natiladi. Mazkur yo‘nalishdagi tashkiliy ishlar 1929-yilning 8-aprelida nihoyasiga yetadi.

21-aprel kuni dastlab $$Afg‘oniston$$ning $$Patta Hisor chegara posti$$ga bombali zarbalar beriladi, keyin [G‘ulom Nabixon] hamda sovetlarning $$Kobul$$dagi ekspeditsion kuchlari harbiy vakili [V. Primakov] bosh bo‘lgan qo‘shinlar yalpi hujumga o‘tadi. 22-aprel kuni ular $$Mozori Sharif$$ni ishg‘ol etishadi. Tarixchi olim [Vladimir Boyko]ning qayd etishicha, afg‘oncha kiyingan rus askarlari shaharga "Ura!" sadolari ostida bostirib kirishgan, shuningdek, ular keyin ham har qadamda o‘rischa so‘zlarni ishlatib, o‘zlarini batamom fosh etishgan.

[G‘ulom Nabixon] boshchiligidagi harakat 7-8-may kunlari eng ko‘lamli miqyos kasb etgan, ya’ni $$Balx$$, $$Shibirg‘on$$, $$Toshqo‘rg‘on shahar$$lari "g‘alayonchi"larning qo‘liga o‘tgan. Shundan so‘ng vaziyat keskinlashib boradi, nimaga deganda, mazkur "g‘alayon"dan xabar topgan Kobul hukumati uni bartaraf etish uchun yetarli kuch tashlaydi. Bu ishlar yaxshilik bilan tugashiga ko‘zi yetmagan [Omonulloxon] esa 23-may kuni $$Afg‘oniston$$dan qochib ketadi. Amirning hech kutilmagan bu harakati unga "tarafdor" bo‘lganlarni ham shoshirib qo‘yadi, yollanma askarlar qurol-yarog‘ni tashlab, asta-sekin chekina boshlaydi.

$$Kobul$$dagi [Bachai Saqo] hukumati 26-may kuni yordam so‘rab $$Buyuk Britaniya$$ga rasman murojaat qiladi, ertasi kuni bo‘lgan umumxalq kengashida qator qabila oqsoqollari bu tadbirni qo‘llab-quvvatlaydi va Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda ayblab sovet hukumatiga nota beriladi.

Bu nota $$Moskva$$da jiddiy besaranjomlikka sabab bo‘lgan, lekin shu bilan $$Sovet$$larning $$Kobul$$ni ishg‘ol etish harakati barham topmagan. 1929-yilning sentyabrida sovet harbiylari yana o‘sha [G‘ulom Nabixon] vositasida, pushtunlar va hazoralarga tayangan holda $$Mozori Sharif$$ — $$Maymana$$ — $$Hirot$$ $$Qandahor$$ orqali $$Kobul$$ni ishg‘ol etish rejasini ishlab chiqishadi. Lekin bu davrga kelib, 1929-yilning yozida, sovet diplomatiyasida har jihatdan muhim o‘rin tutgan general [Muhammad Nodir Shoh] hokimiyat uchun kurash boshlaydi va oktyabr oyida u $$Kobul$$ni ishg‘ol qiladi, [Bachai Saqo] qatl etiladi ("Vostok", 1998-yil- ning apreli).

Ba’zi bir ma’lumotlar

$$Afg‘oniston$$ning poytaxti - $$Kobul$$. Rasmiy davlat tili - pushtu va dariy tillari. Mamlakat 31 ma’muriy-hududiy o‘lkadan iborat. Uning yalpi hududi 652,2 ming kvadrat kilometr. Shuning beshdan to‘rt qismini tog‘lar va yassi tog‘lar, dashtu biyobonlar tashkil etadi. Hindikush tog‘ining eng baland cho‘qqisi 7450 metrdan ziyod.

1747-yili [Ahmad Shoh Durroniy] $$Afg‘oniston$$ hududida ilk mustaqil davlatga asos solgan. Tarixda u durroniylar davlati deb nom olgan. $$"Afg‘oniston"$$ degan jug‘rofiy-etnik tushuncha esa keyingi asrlarda shakllangan.
$$Afg‘oniston$$ $$Xitoy$$, $$Hindiston$$, $$Pokiston$$, $$Eron$$, $$Turkmaniston$$, $$O‘zbekiston$$ va $$Tojikiston$$ bilan chegaradoshdir.
Mamlakatimizning $$Afg‘oniston$$ bilan tutash janubiy sarhadlari 137 kilometrni tashkil etadi.
$$Afg‘oniston$$da oxirgi marta 1979-yilning iyunida aholi ro‘yxatga olingan, o‘shanda 15, 5 million odam yashashi qayd etilgan. Hozir aholi soni 25 million atrofida. Shuni ham aytish kerakki, yigirma ikki yilga cho‘zilgan urush oqibatida qariyb uch million odam $$Pokiston$$ga, ikki yarim million kishi $$Eron$$ga, yana ko‘plab oilalar boshqa mamlakatlarga o‘tib ketishgan, qochqinlikka yuz tutishgan.
$$Afg‘oniston$$da o‘ttizdan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Aholining qariyb yarmini pushtunlar, nisbatan ko‘pchilikni tojiklar, o‘zbeklar, turkmanlar, hazoralar, qizilboshlar, bulujlar va choraymoqlar tashkil etadi.
Yirik shaharlari - $$Mozori Sharif$$, $$Qandahor$$, $$Xirot$$, $$Shibirg‘on$$, $$Qunduz$$, $$Jalolobod$$, $$Maymana$$, $$Bag‘lon$$. Aholining 18 foizi shaharlarda yashaydi.
$$Afg‘oniston$$ning pul birligi "afg‘oni" bo‘lib, 1926-yili qonuniy asosda muomalaga kiritilgan.
$$Amudaryo$$, $$Hilmand$$, $$Murg‘ob$$, $$Herirud$$, $$Farrohrud$$, $$Xashrud$ mamlakat$$ning asosiy daryolaridir.
3. [Nodir Shoh] va uning avlodlari

[Nodir Shoh] $$Afg‘oniston$$ tarixida amirlikni tugatib, shohlikni qaror toptirgan shaxsdir. U birinchi navbatda qabila, millat va elatlar orasidagi o‘zaro nifoq va adovatlarga barham berib, barcha kuchlarni birlashtirishga, mamlakatni rivojlantirishga harakat qilgan, shu maqsadda hududiy va qabilaviy vakillar kengashi — Loya Jirg‘ani tuzib, uni chinakam umumafg‘on kengashiga aylantirgan. Shuni ham aytish kerakki, bu hukmdor ona tomonidan durroniylar sulolasiga mansub bo‘lgan.

[Nodir] mamlakatni jadal rivojlantirish yo‘lini tutadi, din arboblari imtiyozlarini kengaytiradi, qabila oqsoqollariga beriladigan moliyaviy imtiyozlarni qayta tiklaydi. Garchi shunday bo‘lsa-da, [Nodir Shoh] ham suiqasd qurboni bo‘ladi. Shundan sung, 1933-yilning noyabrida uning o‘g‘li [Muhammad Zohir Shoh] davlat tepasiga keladi. Qirq yil mobaynida u mamlakatni mo‘tadil boshqarib turadi. Bu davrda $$Afg‘oniston$$ning iqtisodiy, siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi, eng avvalo, mamlakat xon jahon hamjamiyati bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatadi, shu bilan birga jahon bozori shakllanadi, bu esa milliy hamjihatllikni ta’minlashga xizmat etadi. Ko‘plab xalq xo‘jalik korxonalari, Bag‘ram va Kobul aeroportlari, kanallar va yo‘llar barpo etiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirish o‘sib boradi. Ammo 1973-yil 16-iyuldan 17-iyulga o‘tar kechasi, [Muhammad Zohir Shoh] $$Italiya$$da, $$Neapol shahar$$ klinikasida davolanayotgan bir paytda bosh vazir [Muhammad Dovud] boshchiligidagi bir guruh harbiylar Afg‘onistonda to‘ntarish sodir etadi. Oradan bir oy o‘tgach, [Muhammad Zohir Shoh] o‘z ixtiyori bilan taxtdan voz kechadi.

[Muhammad Dovud] ham aslida [Zohir Shoh] sulolasiga mansub shaxs bo‘lib, sovetlarga o‘ta havasmand edi, shu bois u birinchi navbatda shohlikka barham beradi va Afg‘onistonni Respublika deb e’lon qiladi, hududiy va qabilaviy vakillar kengashi Loya Jirg‘a o‘rnida $$Markaziy qo‘mita$$ ta’sis etadi.

$$Markaziy qo‘mita$$ning qaroriga ko‘ra, u prezident va bosh vazir sifatida faoliyat yuritadi. Bu davrga kelib, mamlakatda muxolif kuchlar ham ancha shakllanib qolgan edi. Shunday kuchlardan biri $$Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi$$ bo‘lib, u 1965-yilning 1-yanvarida ta’sis etilgan.

1978-yilning 27-aprelida [Muhammad Dovud] o‘ldiriladi va navbatdagi siyosiy to‘ntarish sodir etiladi. Sovet gazetalari "savr inqilobi" deb ta’riflagan bu harakat mana shu $$Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi$$ tomonidan amalga oshirilgan.

Mazkur masalaga turlicha qarashlar mavjud. [G‘ulom Murodov]ning $$Afg‘oniston$$ haqidagi risolasida 1947-yildan keyin muxolif kuchlar demokratik harakatni kuchaytirgani, "Vish zalmian" "Uyg‘onayotgan yoshlar" nomli harakat tarix sahnasiga chiqqani, 1952-yili talabalarning ommaviy-siyosiy norozilik mitinglari tashkil etilgani, uning rahbarlari [Nur Muhammad Taraqiy], [Babrak Karmal] hibsga olingani, keyin mamlakatdan chiqarib yuborilgani qayd etiladi. Lekin shunga qaramasdan 1965 - 1973-yillar mobaynida Xalq demokratik partiyasi rahbarligida 2000 marta miting, namoyish va ish tashlashlar tashkil etilgan ("Demokraticheskaya Respublika Afganistan", Moskva, "Znaniye", 1982-yil).

Bu tarixdan xabardor xar qanday odam bugun mana shu satrlarni o‘qib, "erkinlik", "demokratiya", "chin islom" degan da’vatlar, ularning vositasida hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlar haqida o‘ylasa, bu kurashlar jafokash xalq boshiga qanday jabru jafolar yog‘dirganini xayolidan o‘tkazsa, ajab emas, albatta.

Total words

1,585

Unique words

978

Annotated anthroponyms

39

Toponyms

107

TTR

0.617

Hapax

721

Distribution

Top frequency chart

Dataset