Mamlakatimizda o‘n yil avval bor-yo‘g‘i bir necha jamoatchilik tashkiloti faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni ikki mingdan oshdi. Ularning yuzga yaqini esa xotin-qizlar nodavlat tashkilotlari ekanligi quvonarli holdir.
Prezidentimiz [Islom Karimov]ning tashabbusi bilan 1991-yilda $$O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi$$ tashkil etildi. Shu yilning o‘zida faol xotin-qizlar
$$"Tadbirkor ayol" uyushmasi$$ni tuzdi. Hozirgi kunda Reproduktiv salomatlik assotsiatsiyasi, Ayollar resurs markazi, $$"Himoya" huquq markazi$$, $$"Ayol va jamiyat" instituti$$, $$"Olima" olima ayollar uyushmasi$$, $$"^^Mehri^^" xotin-qizlar jamiyati$$ kabi va boshqa ko‘plab xotin-qizlar tashkilotlari respublikaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Mazkur tashkilotlar faoliyati xotin-qizlar ahvolini yaxshilashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning huquqiy savodxonligini, kasb mahoratini yuksaltirish, qobiliyatlarini namoyon etishga ko‘maklashish, reproduktiv salomatligini yaxshilashga qaratilgan.
Hukumat tomonidan tegishli shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilgani, huquqiy asosning takomillashuvi, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar yordami tufayli xotin-qizlar nodavlat tashkilotlarining tarmog‘i yanada kengaymoqda. So‘nggi paytlarda respublikada xotin-qizlar harakati faollashuvi kuzatilmoqda. Ayollar yangidan yangi tashkilotlar tuzmoqda. Chunonchi, xotin-qizlar tashkilotlari yetakchilari tashabbusi bilan 2000-yilning oktyabrida xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining $$"Mehr" birlashmasi$$ tashkil etildi. Ushbu birlashmaning asosiy maqsadlari xotin-qizlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi respublika xotin-qizlar tashkilotlari va mazkur nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, O‘zbekiston ayollari manfaatlarini ilgari surish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish, axborot tarmog‘ini rivojlantirish va mustahkamlash, bilim va tajriba almashish, BMTning "Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida"gi Konvensiyasi ijrosining monitoringini olib borish va boshqalardan iboratdir.
$$O‘zbekistonning xotin-qizlar nodavlat tashkilotlari$$ xalqaro xotin-qizlar harakatiga dadil kirib bormoqda. Ular xalqaro jamg‘armalar, uyushmalar, anjuman- larga a’zo bo‘lmoqda, jahondagi xotin-qizlar jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda. Xususan, yaqinda $$O‘zbekiston$$ $$"Tadbirkor ayol" uyushmasi$$ va xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotining $$"Mehr" birlashmasi$$ vakillari $$Belarus Respublikasi$$ poytaxti $$Minsk$$da YUNIFEM (BMTning xotin-qizlar rivojlanish jamg‘armasi) yordamida o‘tkazilgan MDH davlatlari Xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari assambleyasi faoliyatini rejalashtirish bo‘yicha xalqaro seminarda ishtirok etdi.
$$MDH davlatlari$$ Xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari assambleyasi — 2000-yilda $$Ozarbayjon$$, $$Armaniston$$, $$Belarus$$, $$Qozog‘iston$$, $$Qirg‘iziston$$, $$Moldova$$, $$Rossiya$$, $$Tojikiston$$, $$O‘zbekiston$$ va $$Ukraina$$ning Xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan tuzilgan xalqaro nodavlat tashkilotdir.
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi — MDH mintaqasida turli darajada qarorlar qabul qilishda xotin-qizlarning manfaatlarini ilgari surish va xalqaro hujjatlar hamda bitimlarning bajarilish monitoringi orqali gender tengligiga erishishga ko‘maklashishdan iborat.
Seminar davomida mamlakatimizda olib borilayotgan xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqeini oshirish borasidagi ishlarga yuqori baho berildi. Respublikamizda sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, xotin-qizlar o‘rtasida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun mikrokreditlar ajratishga doir chora-tadbirlar anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. $$O‘zbekiston$$da e’lon qilingan Oila yili, Ayollar yili, Sog‘lom avlod yili, Onalar va bolalar yili davomida xotin-qizlar sog‘lig‘ini yaxshilash, ularning jamiyatdagi ahamiyatini oshirish borasida ko‘p ishlar qilindi. Xotin-qizlar jamoatchilik tashkilotlari olib borayotgan faoliyatning hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ularga kuch-quvvat, tashabbuskorlik baxsh etadi.