🔍

Article

Himoyaga muhtoj tabaqa davlat gʻamxoʻrligida

By Suhbatni Sh. Murodov yozib oldi • in 2001

Jamoatchi muxbirimiz ana shu xususida so‘zlab berishni so‘rab respublika Ijtimoiy ta’minot vazirligining Ijtimoiy yordamni tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i [Alisher INOQOV]ga murojaat etdi.

O‘tish davrining o‘ziga xos murakkabliklari bor, deb suhbatni boshladi A. Inoqov. Ayniqsa, narxlarning erkinlashtirilishi, keng ko‘lamda olib borilayotgan xususiylashtirish jarayoni, ishsizlik hamda pulning qadrsizlanishi aholining barcha qatlamlarini chetlab o‘tmasdan qolmayapti. Bunday sharoitda, ayniqsa, kam ta’minlangan aholi tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda ijtimoiy muhofaza tadbirlarining izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlamoqda. Vazirlar Mahkamasining bu borada alohida dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, u mamlakatimiz Prezidentining 1991-yil 27-maydagi «O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Farmonining mantiqiy davomi hisoblanadi. Farmonda farzandlari, jumladan, boqib olgan farzandlari, ota-onasi, eri (xotini), qarovchisi, bir so‘z bilan aytganda, hech kimi yo‘q yolg‘iz pensionerlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa, hukumatning 1999-yil 7-dekabrdagi «2000-2005-yillarda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarorida esa qarindoshlari doimiy ravishda moddiy yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan, farzandlari yoxud ota-onasi, eri (xotini) uzoq muddatga majburiy davolanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilingan yolg‘iz kishilar ko‘zda tutilgan. Agar keksa pensioner va nogiron er-xotin birga istiqomat qilsa-yu qarindoshi bo‘lmasa yoki pensioner nogiron bola bilan yashasa, har ikkisi ham hukumat qaroriga asosan ijtimoiy yordamga muhtoj fuqaro sifatida ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olish ishlari joylardagi ijtimoiy ta’minot bo‘limlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Dasturda belgilangan barcha tadbirlar davlat byudjeti, korxona va tashkilotlar. xayriya jamg‘armalari, nodavlat tashkilotlar, homiylar mablag‘lari hamda respublikaga chetdan keltirilayotgan insonparvarlik yordamlari hisobidan amalga oshiriladi.

Yolg‘iz qariya, pensioner va nogironlarni ro‘yxatga olish tartibi qanday?

Ularni ro‘yxatga olish va qo‘shimcha ijtimoiy yordam ko‘rsatish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning arizasi yoki fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol)ning tavsiyasi;

yolg‘iz kishining yashash sharoiti va moddiy holati o‘rganganligi to‘g‘risida dalolatnoma;

yolg‘iz fuqaroning uyda ijtimoiy xizmat hamda o‘zgalar parvarishiga muhtojligi haqida TMK yoki TMEK xulosasi ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan rasmiylashtiriladi. Lekin bu tartib $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining 1991-yil 27-maydagi Farmonida belgilangan imtiyozlardan foydalanuvchi yolg‘iz pensionerlarga nisbatan joriy etilmaydi.

— Shu gapingizga bir oz oydinlik kiritsangiz.

Biz tilga olgan Farmonga muvofiq, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz kishilar 9 xildagi oziq-ovqat turi, dori-darmonlar bilan ta’minlash, kommunal xizmat va transport to‘lovlaridan ozod etish kabi imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadirlar. $$Vazirlar Mahkamasi$$ning 520-sonli qaroriga muvofiq esa qo‘shimcha ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga nisbatan bunday imtiyozlar qo‘llanilmaydi. Dasturda ushbu toifa pensionerlarini har yili dispanser ko‘rigidan o‘tish, statsionar ambulatoriya hamda uy sharoitlarida maqsadli davolash, sihatgohlarda sog‘lomlashtirish, nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, protez-ortopediya mahsulotlari, hassa va qo‘ltiqtayoq bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, dasturda otaliq va jamoat tashkilotlari, homiylar mablag‘larini jalb qilgan holda muhtoj yolg‘izlarni optik ko‘zoynaklar, tish protezlari bilan ta’minlash, uy-joylarini ta’mirlash kabi chora-tadbirlar ham ko‘zda tutilgan.

— Yolg‘izlarga qanday paytlarda qo‘shimcha ijtimoiy yordam to‘xtatilishi mumkin?

Oila tarkibi o‘zgarganda, ularning o‘zlari qo‘shimcha ijtimoiy yordamni rad etganligi haqida ariza bilan murojaat etganida, yashab turgan joyidan ko‘chib ketganida yoki vafot etgan taqdirdagina to‘xtatiladi.

— Endi ana shu sohada amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tsangiz.

Vazirligimizda qarorga muvofiq «Yolg‘iz keksalarga, pensioner va nogironlarga ijtimoiy yordamni yetkazish tartibi» ishlab chiqildi. U o‘tgan yilning fevral oyidayoq Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Unga ko‘ra, yuqori toifaga mansub 31108 nafar kishi hisobga olindi. O‘tgan vaqt ichida yordamga muhtoj yolg‘iz kishilarga qariyb 251 million 500 ming so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari, 4851 nafar kishi oyoq-qo‘l protezlari, qo‘ltiqtayoq, hassa, nogironlar aravachalari va eshitish moslamalari bilan ta’minlandi.

Joylarda ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, tuman (shahar) hokimliklari, $$«Mahalla» jamg‘armasi$$, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda yolg‘izlarning uy-joy sharoitlarini o‘rganib chiqdik. Natijada 2688 nafar yolg‘iz qariyalar uy-joylari ta’mirlashga muhtoj ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirgacha 650 nafar yolg‘izning uy-joyi salkam 9 million so‘mlik mablag‘ bilan to‘la ta’mirlab berildi. O‘tgan qisqa muddat ichida Mehnat vazirligi hamda $$Nogironlar jamiyati$$ bilan yaqin hamkorligimiz tufayli 117 nafar nogiron kasbga o‘qitildi, 190 nafar nogiron uchun yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishga joylashtirildi.

Joylarda hokimliklarning qarorlari bilan yolg‘iz qariyalar, pensionerlar va nogironlar uchun turli-tuman xayriya kechalari, konsertlar, madaniy-ommaviy va tibbiy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbirlarga Sog‘liqni saqlash, $$Mehnat va Madaniyat ishlari vazirliklari$$, respublika $$Qizil yarim oy jamiyati$$, $$«Mahalla» va «Nuroniy» jamg‘armalari$$ ham jalb etilgan.

Ro‘yxatga olingan barcha yolg‘iz keksalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, statsionar sharoitda davolanmoqda. Homiy tashkilotlar va Respublika nogironlar jamiyati mablag‘lari jalb etilgan holda 7756 nafar yolg‘iz bemor qariyalarga 128 million so‘mlik dori-darmon yetkazib berildi. Bundan tashqari davolanishga muhtoj bo‘lgan bir qancha yolg‘iz kishilar sanatoriy va profilaktoriyalarda dam olish hamda davolanish uchun bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlandi.

Total words

707

Unique words

457

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

7

TTR

0.646

Hapax

339

Distribution

Top frequency chart

Dataset