Bugun [Muzaffar] o‘ninchi besh yillik qutlug‘ uchinchi yilining uchinchi kuni. Respublikamizning qahramon ishchilar sinfi, qo‘li azamat gul binokorlar, transportchilar 1978 yilni zarbdor mehnat yiliga aylantirish uchun yeng shimarib ishga kirishdilar. Ayrim tarmoqlarning ishchilari, havo, temir yo‘l va avtomobil transport xodimlari, elektr stantsiyalarning nurchilari esa yangi yil kuni bayram mehnat vaxtasida turishdi. Telefon orqali joylardan olingan quyidagi materiallar shu haqda hikoya qiladi.
ZАRBDOR SUR’АT BILАN
$$Ulug‘ Oktyabr sotsialist revolyutsiyasi$$ning shonli yilligi nishonlangan, $$SSSR Yangi Konstitutsiyasi$$ qabul qilingan 1977 yil deya xabar qildi $$[V. I. Lenin] nomli O‘zbekiston metallur-III, zavodi$$ direktori [Xayrullaev]. barcha sovet kishilari qatori korxonamiz kollektivi uchun ham quvonchli bo‘ldi. Metallurglar yillik planga qo‘shimcha bir yarim million so‘mlikka yaqin maxsulot tayyorlashdi. O‘zaro sotsialistik musobaqada po‘lat erituvchilar, ayniqsa, yuqori ko‘rsatkichlarga erishdilar. Masalan, noyabr oyida ular zavodning butun tarixi davomida birinchi martadan tashqari 1200 tonna po‘lat eritib, marten pechlari planning unumdorligini oshirishda rekord qo‘ydilar. Dekabr oyida «Yubiley yiliga zarbdor yakun» shiori ostida musobaqalashgan martenchilar faqat aʼlo sifatli po‘lat eritishga muvaffaq bo‘ldilar. Davlat Sifat belgisi bilan tayyorlangan mahsulotlar salmog‘i umumiy hajmda 46 protsentga yetganligi metallurglarning mahorati tobora oshayotganligidan dalolatdir. Umuman, faxriy besh qirrali metall quyish bo‘yicha zimma ga olingan sotsialistik majburiyat ancha oshirib ado etildi. Bekobod metallurglari yangi 1978 yilni zarbdor surʼatlar bilan boshladilar. Bayram mexnat vaxtasi—turgan master [Sherali Hamrokulov]. Uzluksiz po‘lat quyish qurilmasida ishlagan [Yunus Yusupov] boshliq brigadalarning aʼzolari avvalgidek yuksak natijalarni qo‘lga kiritdilar.
Korxona kollektivi 1978 yilda ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish uchun ichki rezerv va imkoniyatlardan unumli foydalanishga Ulug‘ Oktyabr 60 yilligi va $$SSSR yangi Konstitutsiyasi$$ qabul qilinishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqa jarayonidagi eng tajribalarni oqilona qo‘llanishga qatʼiy ahd etgan. Shunday rezervlardan biri Utgan yili urallik muta xassislar yordamida rekonstruktsiya qilingan «300» prokat stanidir. U prokat tayyorlash hajmini oshiribgina qolmay, sifatini ham yaxshilash imkonini beradi. Zavod faqat shuning o‘zigagina bu yil ming tonna metallni tejab qolishni rejalashtirgan.
BIRINCHI POEZD
$$Guliston shahar temir yo‘l stantsiyasi$$ xodimlari 1978 yilni katta muvaffaqiyatlar bilan kutib oldilar. Ular yubiley yili plan topshiriqlarini asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha akcha oshirib ado etdilar. $$Gulistonlik temir yo‘lchilar$$ o‘tgan yilgi muvaffaqiyatlarni 1978 yilni zarbdor mehnat bilan nishonlash maqsadida yangi yilning birinchi kunidanoq mehnat qildilar.
Mustahkamlash, vaxtasiga shahar temir yo‘l vokzali. 1 yanvar. Saat 00 dan 5 minut o‘tganda bu yerga yangi yilning birinchi $$«Toshkent Uchkuduk» poezdi$$ kirib keldi. Uni navbatchi ^^V. Ugryumushkina^^ qarshi oldi. Shundan so‘ng temir yo‘lchilar harakatida qizg‘in pallalar boshlandi.
Bugun stantsiya navbatchiligi vazifasini yosh kommunist [G. Soldatkin] bajar bajarmoqda, dedi stantsiya boshlig‘i vazifasini o‘tovchi [Rinat Аbdurashidov], [Gennadiy Soldatkin], Endigina 25 baxorni qarshiladi. U temir yo‘lchilik kasbini shu yerda - Guliston temir yo‘l stantsiyasida egalladi. Besh yildirki shu kasbni ardoqlab kelmoqda. Yangi yilning birinchi kuni u boshliq temir yo‘lchilar 32 10-yo‘lovchi poezdni kutib olib, belgilangan manzillarga uzatib qo‘ydilar.
Total words
436
Unique words
339
Annotated anthroponyms
9
Toponyms
7
TTR
0.778
Hapax
282
Distribution
Top frequency chart
Dataset