Bundan ikki yil avval Yurtboshimiz Isroil davlatiga tashrifi chog‘ida dunyoga mashhur «Maraf LTD» firmasining chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik korxonalari faoliyati bilan tanishib, $$O‘zbekiston$$dagi har bir tumanda kamida bittadan shunday bejirim, ixcham, shu bilan birga, jahon andozalariga mos mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega kichik zavodlar barpo qilish istagini bildirgandi. $$O‘zbekiston$$ Banklari assotsiatsiyasiga qarashli «Baraka» universal lizing kompaniyasi ana shunday xayrli ishga qo‘l urdi.
Kompaniya bilan «Maraf LTD» firmasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, sutni qayta ishlaydigan 15 ta kichik zavod mamlakatimizga olib kelindi. Ulardan ikkitasi tenderda g‘olib chiqqan $$«O‘zbekiston» tumani$$dagi $$«[Umid]» fermer xo‘jaligi$$ hamda $$Farg‘ona tumani$$dagi Bobur nomli mas’uliyati cheklangan korxona jamoalariga topshirildi.
Zamonaviy uskunalarning aynan «[Umid]» fermer xo‘jaligi tasarrufiga berilganligi bejiz emas. Sababi - «[Umid]»chilar viloyatdagi qaldirg‘och fermer xo‘jaliklardan sanalib, «Tashabbus» ko‘rik-tanlovlarida bir necha marotaba sovrindor bo‘lishgan. Xo‘jalik ta’sischisi va asoschisi [Imomali Nazarov] esa tinib-tinchimas, bir ishga qo‘l urdimi, uni oxiriga yetmaguncha sira tinchimaydigan tadbirkorlardan.
- Fermer xo‘jaligimiz asosan sutchilikka ixtisoslashtirilganligi bois, sog‘ib olingan mahsulotni qoqi bahosida sotardik, - deydi [Imomali Nazarov]. - Uni qayta ishlash uchun esa imkoniyat ham, sarmoya ham yetishmasdi. Lekin $$Gollandiya$$ga qilgan safarim bu boradagi tafakkurimni mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Ayniqsa, gollandiyalik fermerlarning sog‘ib olingan sutni o‘sha joyning o‘zida qayta ishlab, iste’molchilarga yetkazib berayotganligi nihoyatda katta taassurot qoldirdi. Ochig‘i, o‘shanda «Biz ham shu kunlarga qachon yetar ekanmiz?» deb orzu qilgan edim. Xalqimizda: «Yaxshi niyat — yarim mol» degan naql bor. Tenderda g‘olib chiqib, umumiy qiymati 75 million so‘m, ya’ni 250 ming dollar miqdoridagi kichik zavodga ega bo‘ldik.
Ayni paytda mo‘jaz xonaga o‘rnatilgan bu ixcham zavodda kuniga 2 tonna sut qayta ishlanib, 10 xilga yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Konveyerdan chiqayotgan qaymoq, smetana, qatiq, yogurtlar esa 150 grammdan bir litrgacha bo‘lgan bejirim idishlarga qadoqlanib, iste’molchilarga peshma-pesh yetkazib berilmoqda.
Kichik korxona $$Qo‘qon$$ning biqinida joylashgan emasmi, avvalo, shu shahardagi savdo do‘konlari peshtaxtalarida «[Umid]» tamg‘asi bilan tayyorlanayotgan mahsulotlar paydo bo‘ldi. Sifati, qadoqlanishi jihatidan ular xorijnikidan sira qolishmaydi. Narxi esa teng yarmiga arzon. Ayniqsa, qulupnayli, bananli yogurtlar Rossiyadan keltirilayotgan mahsulotlardan deyarli uch barobar kam narxda sotilmoqda. Shu sababli bo‘lsa kerak, ixcham zavod mahsulotlarining taqdimot marosimida $$Toshkent shahri$$dan tashrif buyurgan tijoratchilar ham qatnashishdi. Ular marosimdan so‘ng darhol shartnoma imzolashga kirishdilar.
Kichik korxonada bir smenada 2 tonna, bir kecha-kunduzda esa 6 tonnagacha mahsulotni qayta ishlash imkoniyati mavjud. Xo‘jalikning chorvachilik kompleksida kuniga 500-600 litr sut sog‘ib olinyapti. Qolgan mahsulotni esa tumandagi boshqa xo‘jaliklardan sotib olish haqida ham kelishib olingan.
Endi $$«[Umid]» fermer xo‘jaligi$$da tayyorlanayotgan chorvachilik mahsulotlarining biror kilogrammi ham xomashyo sifatida tashqari chiqarilmaydi. Utgan yili xo‘jalikda 150 tonna sut, 10 tonna go‘sht qayta ishlanib, 9 million so‘m sof foyda olindi. $$«Baraka» kompaniyasi$$ kichik zavodni 5-yilda qarzni uzish sharti bilan fermerlarga topshirgan. Bu qarzni daromad hisobiga 4-5-yilda bemalol uzish mumkin. Pirovardida esa zavod fermer xo‘jaligining abadiy mulki bo‘lib qoladi.
Xuddi shunday kichik korxona Farg‘ona tumanidagi Bobur nomli mas’uliyati cheklan- gan korxonada ham mahsulot bera boshladi. Bu yerda tayyorlangan dastlabki mahsulotlar Farg‘ona shahridagi bolalar va qariyalar uylariga, shifoxona- larga yetkazib berildi. Eng muhimi, yangi korxona mahsulotiga qo‘shni $$Qirg‘iziston Respublikasi$$ning $$Qizilqiya, Qadamjoy shaharlari$$dan ham xaridorlar kelmoqda. Demak, mahsulotni xorijga chiqarish tufayli qarzni valyuta hisobida uzish imkoniyatlari ham tug‘ilyapti.
- Biz «Maraf LTD» firmasi bilan 100 ta shunday kichik korxonani xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolaganmiz, - deydi «Baraka» universal lizing kompaniyasi raisi [Alisher Mo‘minov]. Hozirgacha 15 ta kichik zavod keltirildi. Ulardan 6 tasi Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli shartnomalar asosida berildi. Dastlabki qaldirg‘och korxonalar esa mahsulot bera boshladi.