🔍

Article

OLIY BAXT SHUKI….

By «Xalq so‘zi» muxbiri Narzulla RAVSHANOV … • in 2001

Mana, XXI asrga ham yetib keldik. Xo‘sh, yangi mingyillik bilan kim qanday yuzma-yuz bo‘ldi? Oliy Majlisning $$O‘zbekiston$$ xalqiga Murojaati hamda Prezidentimiz- ning $$Oliy Majlis$$ning IV sessiyasida so‘zlagan nutqida mazkur tarixiy hodisaning mohiyati yangilanish, taraqqiyot, farovonlik unga qanday qadam qo‘yishga bog‘liqligi alohida ta’kidlangan. Xo‘sh, ana shulardan kim qanday xulosalar chiqardi, qanday rejalarni ko‘ngilga tugdi? Qanday yangilikka qo‘l urdi? Albatta, savollar ko‘p. Javoblar ham. Muxbirimizning $$^^Muborak^^ neft va gaz konlari$$ boshqarmasi boshlig‘i, $$Oliy Majlis$$ deputati [Nuriddin ZAYNIYEV] bilan suhbatini o‘qisangiz, bunga o‘zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

- Oliy Majlisning IV sessiyasini har galgiga nisbatan diqqat bilan kuzatib bordim. Menimcha, har bir kishi shunday qilgan bo‘lsa kerak. Chunki muhokamaga qo‘yilgan masalalar muhimligidan tashqari sessiya XX asr bilan XXI asr oralig‘ida o‘tayotganligi uchun ham har bir kishida shunday qiziqish paydo bo‘lishi tabiiy edi. Oliy Majlisning $$O‘zbekiston$$ xalqiga Murojaati qabul qilindi. Yangi mingyillikka qadam qo‘yishdek tarixiy hodisaning mohiyati Prezidentimiz tomonidan ochib berildi. Nazarimda, tarixiy voqea yuz berdi. Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi haqida yanayam ko‘proq o‘ylash vaqti keldi. To‘g‘rimi? Mumkin bo‘lsa, shu haqdagi fikrlaringizni baham ko‘rsangiz.

- Aslida Murojaatdan ko‘zlangan maqsad ham shu. Prezidentimiz aytganidek, kim edigu kim bo‘lib, yangi asrni qarshilayapmiz? Masalaga ana shu nuqtayi nazardan yondashmoq kerak, deb o‘ylayman. Asr oxiridagi tarixiy yutug‘imiz nima? Ozodlik. Mustaqillik. Bu Tangrining inoyati. Prezidentimiz jasoratining mahsuli. Ozod jamiyatdagi ozod shaxsmiz. Hamma huquq va erkinliklarimiz Konstitutsiyamizda kafolatlangan. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi jihati shuki, ana shu erkinliklardan kim qanday foydalanmoqda? 70 yil davomida mute, tobe bo‘lganmiz. Ana shuning asorati hali-hanuz saqlanib qolmoqda. Aytilganni qo‘l uchida bajarish «odati» ana o‘sha davrdan qolgan. Bu tashabbusni o‘ldiradi. Tadbir bilan ish ko‘rishga, ijobiy izlanishga yo‘l bermaydi. Oqibatda bersang yeyman… qabilidagi boqimandalik kayfiyati vujudga keladi. Boqimandalikdan yomon narsa yo‘q. Men saylovchilar bilan uchrashuvlarda ayrim odamlardagi ana shu kayfiyatni sezib qolaman. «Davlat beradi», «Deputat qilib berishi kerak», deb yurganlar ham bor. To‘g‘ri, davlat nochorlarni, nogironlarni, ya’ni ijtimoiy muhofazaga muhtojlarni o‘z himoyasiga olgan. Lekin to‘rt muchasi sog‘, tog‘ni ursa talqon qiladigan yigitlar uchun kun o‘tsa bo‘ldi-da, deb yurish uyat. Meni yana bir narsa ko‘p o‘ylantiradi. U ham bo‘lsa, ayrim quyi bo‘g‘in rahbarlarimizning ko‘rsatmani bajarish bilan cheklanishidir. Afsuski, ular o‘zidan bilib, imkoniyat axtarib, yo‘qdan bor qilishga urinmaydilar. Aksincha, u yo‘q, bu yo‘q, deya nolishdan nariga o‘tmaydilar.

Shuning uchun ham $$Koson tumani$$dagi bir maktabning qozonxonasi 100 metr truba yo‘qligi uchun yillab ishlatilmagan, xonalar isitilmagan. Shu tumandagi $$Rayimso‘fi qishlog‘i$$dagi maktab qozonxonasi avtomati nosozligi bois bolalar qish sovug‘ida yillab diydirab o‘tirishgan. Uni sozlash uchun atigi bir necha soat kifoya qildi. Yoki bo‘lmasa, shu qishloqda 27 ming aholi istiqomat qiladi. Ammo shu paytgacha uni gazlashtirish u yoqda tursin, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash haqida ham birov o‘ylab ko‘rmagan.

Yana bir narsa. Ayrim rahbarlarimizning ham, fuqarolarning ham huquqiy savodxonligi past. Shuning uchun ham «parlamentda mana shu masalani qo‘ying, qonunlar loyihalarini tayyorlashda mana bu jihatlarga e’tibor berilsin yoki manavinaqa qonunlarni qabul qilish kerak» qabilidagi murojaatlar kam bo‘layotir. Holbuki, jamiyatni o‘zgartirish, shaxsni kamolga yetkazishda, eng avvalo, ana shu jihatlarga e’tibor berish lozim. Chunki biz huquqiy demokratik jamiyat qurayapmiz. Bunday jamiyatda faqat qonun ustuvor bo‘ladi. Binobarin, qonunlarni yaratishda, saylovchilar ham o‘z deputatlari orqali ishtirok etmoqlari darkor.

Hozir yuqoridan ko‘rsatma kutib, qo‘l qovushtirib o‘tiradigan davr emas. Ijodiy ishlaydigan zamon. Afsuski, ayrim rahbarlarimiz shunga tayyor emas. Shuning uchun ham muammolar yig‘ilib qolmoqda.

Yaqinda $$Oliy Majlis$$ning ishchi guruhi bilan atrof-muhitni va tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining a’zosi sifatida $$Qashqadaryo viloyati$$da «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi Qonunning ijrosi bo‘yicha masalani o‘rganishga to‘g‘ri keldi. Hatto, ayrim tuman, xo‘jaliklar rahbarlari o‘z hududlaridan qum, tosh qazib olib ketilayotganligi bilan mutlaqo qiziqishmagan. Buning ekologiyaga ta’siri haqida o‘ylab ham ko‘rishmagan.

— Siz rahbarsiz. Ayni chog‘da $$Oliy Majlis$$ deputatisiz. Binobarin, so‘z bilan ishning bir bo‘lishiga erishish uchun qanday sifatlarga ega bo‘lish kerak, deb hisoblaysiz?

— Odamda lafz, subut bo‘lishi kerak. Rahbarmi yoki oddiy mehnatkashmi, buning ahamiyati yo‘q. Aytilgan so‘z - otilgan o‘q. Avvalo, har bir narsani o‘ylab, imkoniyatni chamalab, va’da berish lozim. Va uni bajarishga odatlanish darkor. Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Imkon axtargan topadi. Ammo ana shu imkoniyatlarni topish uchun qobiliyat, bilim, tajriba, malaka zarur. Busiz boshni ming marta devorga urgan bilan foydasi yo‘q.

Aytmoqchimanki, $$Oliy Majlis sessiyasi$$ tarixiy bir davrga to‘g‘ri keldi. $$Oliy Majlis$$ning Murojaati ham tarixiy ahamiyatga ega. Prezidentimiz o‘z nutqida yangi mingyillikka qadam qo‘yishdek tarixiy hodisaning mohiyatini ochib berdi. Biz ana shuni anglashimiz, uning tomiriga yetishimiz zarur. $$Ozodlik va Mustaqillik$$ning mohiyatini anglamoq, tushunmoq va unga munosib bo‘lishga intilmoq — oliy baxtdir.

Total words

701

Unique words

487

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

13

TTR

0.695

Hapax

399

Distribution

Top frequency chart

Dataset