Raisning ishi ham, tashvishi ham ko‘p. Ammo uning qo‘l ostidagilarga yolg‘on gapirishga, balandparvoz va’dalar bilan qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirishga, umidvor qilishga sirayam haqqi yo‘q, - deydi Paxtaobod tumanidagi $$«Andijon» jamoa xo‘jaligi$$ boshqaruvi raisi [Yo‘ldoshali Asqarov]. - Aks holda jamoa oldida obro‘si tutday to‘kiladi. Ishonch darz ketadi, odamlar o‘z boshliqlarining ortidan ergashmay qo‘yadi.
Bu yerda ham shunday bo‘ldi. Bir paytlar qishloq xo‘jaligining deyarli barcha sohalarida peshqadam bo‘lgan jamoaga «ko‘z tegdi». Keng maydonlardan tashqari gulzorlargacha va hatto aholi tomorqasigacha bostirib kirgan paxtaning barakasi o‘chganday bo‘ldi. Aniqrog‘i tosh bosmay qo‘ydi. Xo‘jalikning qaddini tik qilgan chorva ham zarar keltira boshladi. Yil o‘n ikki oy mehnat qilsa-da, qo‘li pul ko‘rmagan dehqonning cho‘ntagi bo‘shab, ombori huvillab qoldi. Yo‘ldoshali Asqarov bu yerga rais etib tayinlanganida ahvol ana shunday edi. U to‘rt-besh yil mobaynida ish haqini ololmay yurgan jamoa a’zolariga hech bo‘lmaganda 20- 25 million so‘m pul topib berishi kerak edi.
Qozonimizni qay darajada qaynatish o‘zimizga bog‘liq, - dedi u xo‘jalik a’zolariga. - Bug‘doy o‘rimiga yetib olsak bas. Shartnomada ko‘rsatilgan donni topshirganimizdan keyin ortgani o‘zimizniki bo‘ladi. Bundan tashqari aholiga arzon narxda bug‘doy ham sotamiz. Yuz gektardagi makkajo‘xori donining bir qismini ham sizlarga mukofot tariqasida bepul tarqatishni mo‘ljallayapmiz.
Oy qanchalar charog‘on nur sochmasin harorati bo‘lmagani kabi, raisning o‘sha damlardagi istaklari, rejalari ko‘plar uchun har safargi va’dalarga o‘xshash tuyuldi. Ishongan ishondi, ishonmagan yo‘q
Bug‘doy o‘rimi oxirlab, ijarachilarning uyi oldida qop-qop bug‘doy ortgan mashinalar kelib to‘xtaganida o‘sha va’dalar yolg‘on emasligi ayon bo‘ldi. Tegirmonlar navbat kutgan odamlar bilan yana tirband bo‘ldi.
386 gektar bug‘doyzorni 98 nafar ijarachiga shartnoma asosida taqsim- lab berdik, - deydi Yo‘ldoshali. Ishlovchilarga «Shu yer sizniki, o‘z tomorqangizga qaraganday qarasangiz xo‘jalikniyam, o‘zingizniyam boy-badavlat qiladi», deb aytdim. Ming rahmat ularga. Qattiq mehnat qilishdi. Ishonasizmi, 72 sentnerdan hosil oldik. Davlat rejasini bajarib bo‘lgach, qishlog‘imiz o‘ramida yashovchi aholiga 680 tonna bug‘doyning har kilogrammini o‘ttiz so‘mdan sotdik. Shu yo‘l bilan xo‘jalikning to‘rt-besh yillik qarzini qopladik.
Qishloqda yashovchilarning aksariyati serfarzand. Ular puldan ko‘ra g‘alla saqlashni afzal ko‘rishadi. Uyida to‘rt-besh qop doni bor dehqonning qadam tashlashidan tortib, gap-so‘zigacha boshqacha bo‘ladi. Tandirni to‘ldirib non yoptiradi, har kuni osh damlatadi, hamqishloqlari oldiga dasturxon soladi.
Ombor to‘la donimiz bor, nima g‘amimiz bor, - deydi ijarachi [Mahammadjon Ahmedov]. - Bu yil uch gektar yerda bug‘doy o‘stirdim. O‘ziyam bir hosil bo‘ldi. Xo‘jalik omboriyam, uyi- miz ham g‘allaga to‘ldi.
Mehnat qilgan qandini ursin, - suhbatga qo‘shildi rais. - Uyiga salkam olti tonna bug‘doy tushirib berdik.
Botmonlab don olgan bitta menmas, - dedi [Mahammadjon]. - Qo‘shnim [Qodirjon Jo‘rayev]ga ham juda barakasini berdi. Ishonasizmi, ijarachi birodarim uch gektar yerdagi bug‘doydan durustgina xirmon ko‘tardi. Uziga 4.200 kilogramm bug‘doy tegdi. Sho‘rolar davrida shuncha donga egalik qilish aqlga sig‘masdi.
Ha, mustaqillik dehqonlarning mudroq tortgan ko‘zlarini ochdi. Ularning ko‘ksiga shabada tegdi, Qo‘l uchida ishlash, bir amallab kunni kech qilish barham topdi. Endi yerning o‘z xo‘jayini, egasi paydo bo‘ldi. O‘sha egalik hissi dehqonni yerning har bir qarichidan oqilona foydalanishga, hosildorlik borasida yuqori natijalarga erishishga undamoqda, Yuqori ko‘rsatkich esa mo‘may daromad mezonidir.
Bir paytlar qarzga botgan, hatto odamlarga ish haqi berishga yillab qurbi yetmagan jamoa atigi bir-bir yarim yil ichida qaddini tiklab olganligi, o‘zini ham, ishlovchilarni ham boy qilganligining bosh omili nimada? «Andijon»liklar bu yil 465 gektar yerdagi paxta hosildorligini 33,2 sentnerga yetkazib, tarmoqdan 40 million so‘m daromad qilishdi.