«ELEKTRONIKA» so‘zi butun dunyoda «2000-yil muammosi» bilan bog‘lab tilga olinayotgan Yangi yil arafasida $$Toshkent shahri$$da pochta aloqasidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimining birinchi navbati foydalanishga topshirildi.
$$«Toshkent pochta$$mti» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati o‘zining xizmat ko‘rsatish hajmi va sifatini sezilarli darajada oshirish, pochta xizmatining ko‘plab yangi turlari, hatto, poytaxt aholisiga «Pochtabank» usulida servis xizmatini tashkil etishgacha bo‘lgan umidlarining ro‘yobga chiqishini $$O‘zbekiston$$da birinchi bo‘lgan aynan ana shu loyihaning amalga oshirilishi bilan bog‘lamoqda.
$$O‘zbekiston$$ pochta aloqasi korxonalari bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xizmat ko‘rsatishda barqarorlikni mustahkamlash va sifatini yanada oshirish maqsadida mijozlar bilan ishlashning yangicha usullarini izlab topish borasida tinimsiz sa’y-harakatlar qilmoqda.
$$Toshkent shahri$$da $$«Toshkent pochtamti»$$ tarkibiga kiruvchi 161 ta aloqa bo‘limi mavjud. Ushbu keng shoxobchali tarmoq aholiga, korxona, tashkilot va biznes tuzilmalariga xizmat ko‘rsatish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo‘lib, biryo‘la pochta xizmati masalasida ko‘plab mablag‘ va vaqtni tejab beradi.
Biroq, afsuski, ana shu keng va qulay imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti. Keyingi yillarda xizmat ko‘rsatish hajmi, shu jumladan, yozma korrespondensiyalar, posilka, pul o‘tkazish, vaqtli matbuotlarni tarqatish bo‘yicha xizmatlar kamaydi. $$«Toshkent pochtamti»$$, shaharning aloqa bo‘limlari va tumanlararo filiallari xizmat ko‘rsatishning nafaqat hozirgi darajasini saqlab qolish, balki yangi va qo‘shimcha xizmat turlarini joriy etish yo‘li bilan uni yanada ko‘tarishga harakat qilmoqda. Bir qator xorijiy, shu jumladan, MDH mamlakatlarining pochta xizmati tajribalari faol o‘rganilmoqda va eng maqbullari o‘zlashtirilmoqda.
Elektron avtomatlashtirilgan («Elektron pochta» va boshqa) xizmatlar keng o‘zlashtirilayotgan bugungi sharoitlarda pochta aloqasining an’anaviy korxonalari oldida ham fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turibdi. $$«Toshkent pochtamti»$$ davlat aksiyadorlik jamiyati hamda $$O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi$$ning bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi bilan $$Toshkent shahar pochta aloqasi tarmog‘i$$da yagona korporativ kompyuter hisoblash tarmog‘i bazasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish taklifi ma’qullandi.
Bundan kutilayotgan maqsad pochtaning aloqa bo‘limlari, tumanlararo filiallar va pochtamtning o‘zidan o‘tishining asosiy bosqichlarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga pochta jo‘natmalarini qayta ishlash va yetkazib berishni tezlashtirishdan, pirovardida esa keng mijozlar ommasini jalb etishdan iboratdir.
Kompyuter tarmog‘i beqiyos hal etish qobiliyatiga ega bo‘lgan zamonaviy elektron texnikasi, $$Toshkent shahar telefon aloqasining raqamli tarmog‘i$$da joylashgan axborot-hisoblash vositalari majmui bazasida barpo etiladi. O‘rnatilgan tizim, quvvat olish manbai, modem, printer, kassa apparati bilan birga shaxsiy kompyuter operatorining but holdagi ish o‘rni hisoblanadi.
Loyiha-smeta hujjatlari va dasturiy ta’minoti mas’uliyati cheklangan $$«Sarkor-Kompyuter» jamiyati$$ tomonidan ta’minlangan. Shahardagi transport tarmog‘ini esa ochiq turdagi $$«Toshkent shahar telefon tarmog‘i» aksiyadorlik jamiyati$$ barpo etadi. Tizimning buyurtmachisi va foydalanuvchisi $$«Toshkent pochtamti» aksiyadorlik jamiyati$$.
Kelajakda loyihaga «Aloqabank»ni ham qo‘shish nazarda tutilmoqda. Bundan maqsad to‘lovlarni qabul qilib olish, pullarni saqlash, naqdsiz pul o‘tkazish kabi bir qator bank operatsiyalarini amalga oshirish masalalarini Pochtamt bilan birgalikda hal etishdir.
Tizimning asosiy mohiyati bo‘limlar, filiallar va Pochtamtda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni keng yo‘lga qo‘yishdir. Jumladan, mijozlar uchun shoshilinch statistika va hisobot, malakali nazorat, eng qulay shart-sharoitlar yaratish asosiy maqsaddir.
100-aloqa bo‘limida operatorlarning ish o‘rinlari bazasida, shuningdek, tumanlararo aloqa uzeli va Pochtamtda tizimning birinchi bosqichi yaratildi va tajriba tariqasida ishga tushirildi. Hammasi bo‘lib 10 ta ish o‘rni jihozlandi. Shahar aloqa bo‘limlari uzellarida yana 20 ta ish o‘rni tizimga ulash uchun tayyor holda turibdi.
2000-yil davomida aloqa bo‘limlari va filiallarining aksariyat ko‘p qismini qamrab olgan holda loyihani to‘la amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Loyihani $$«Toshkent pochtamti»$$ aksiyadorlik jamiyati o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirdi.
Kelajakda loyihani to‘la o‘zlashtirish uchun korxonaga hokimiyatning manfaatdor bo‘lgan tashkilotlari va tarmoqlarining yordami talab etiladi. Hisob-kitoblardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, ushbu tizim tomonidan ko‘rsatiladigan turli-tuman servis xizmatlari qilingan barcha sarf-xarajatlarni tezda qoplashi va o‘z samarasini berishi kerak. Pochtaning telefon aloqasi, kommunal xizmat, elektr quvvati uchun to‘lovlarni va aholidan soliqlarni hamda yig‘imlarni qabul qilish, pensiya va nafaqalarni to‘lash, aholining omonatlarini nafli foizlarda qabul qilish, ana shu omonatlar hisobidan xizmat uchun pul to‘lash kabi asosiy va qo‘shimcha xizmatlar kompyuterlashtirilgan aloqa bo‘limlari tomonidan xavfsiz va kafolatlangan tarzda ko‘rsatiladi.
Masalan, telefon tarmog‘ining istalgan abonenti ko‘rsatilgan telefon xizmati uchun haqni eng yaqindagi aloqa bo‘limiga to‘lashi mumkin. Bu haqdagi ma’lumot esa zudlik bilan tegishli ATSga yetkaziladi. Pochta kassa operatsiyalari haqidagi shoshilinch ma’lumotlar hozirgidek, har besh kundan keyin emas, har kuni tayyorlanadi.
Sug‘urta pochtasi, xalqaro pochta ayirboshlash, pul jo‘natmalari, vaqtli nashrlarga obuna, shartnoma to‘lovlari kabi tartiblarda ishlash nazarda tutilmoqda. Natijada axborotlarni elektron versiyaga avtomatlashtirilgan tarzda uzatish imkoniyati vujudga keladi.
Yangi tizimning afzalliklari ko‘p. Tayyorlangan yuzga yaqin operator kadrlar maxsus o‘quv kurslaridan o‘tishgan. Bu esa yangi texnika va xizmat turlarini o‘zlashtirib borish, aholi va korxonalarga pochta aloqasi xizmati ko‘rsatishdagi qulayliklarni uzluksiz yaxshilab borishning ishonchli kafolatidir. Toshkentda amalga oshirilayotgan loyiha kelajakda respublikaning boshqa barcha viloyatlarida ham muvaffaqiyat bilan qo‘llanilishi mumkin.