[M. SAFAROV]: Tarixiy ong, tarixiy tafakkur shunchaki bir ma’rifiy masala bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy-ma’naviy hodisadir. Xalqimizning o‘zligini anglashi yangi tafakkur, yangi dunyoqarash, milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi bilan uzviy bog‘liq muammodir. Prezidentimiz tarixiy ong va tarixiy tarbiya masalasini ana shunday keng ko‘lamli vazifa sifatida qo‘ymoqdalar.
O‘tgan yetti yil mobaynida, avvalo, tariximizning boy va rang-barang dunyosini tiklash jabhasida beqiyos ishlar amalga oshirildi. Biz o‘zimizni bugun buyuk tarixli va buyuk madaniyatli bir xalq sifatida his etish darajasiga erishdik. Bugun dunyoda ham o‘zbek xalqini jahon sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan bir xalq sifatida e’tirof eta boshladilar. Bizning xuddi shunday xalq bo‘lib tanilishimiz, avvalo, davlatimiz rahbarining ulug‘ va jasoratli xizmatlari tufaylidir. Prezidentimiz nafaqat tariximizni tiklashda, shu bilan birga, tarixni qanday o‘rganish, xalqimiz tarixiy ongini tarbiyalashda barchamizga dasturilamal bo‘ladigan yangicha dunyoqarashni ham ilgari surmoqdalar. Shu jihatdan davlatimiz rahbarining tarixchi olimlar, soha mutaxassislari va bir guruh jurnalistlar bilan uchrashuvida aytgan fikrlari, boshqa ma’ruzalari, ayniqsa, yaqinda nashr etilgan «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida ham ilm-fan sohasiga, ham matbuotga yo‘nalish beradigan metodologik g‘oyalar bayon qilingan.
Bugun «Davra suhbati»mizda ijtimoiy-ma’naviy hayotimizda tarix fanining tutgan o‘rni va uning dolzarb vazifalari xususida gaplashar ekanmiz, Prezidentimizning shu soha xodimlari oldiga qo‘yayotgan talablarini mezon qilib, masalalar tahliliga kirilishi eng oqilona, samarali yo‘l bo‘ladi, deb o‘ylayman.
[A. SA’DULLAYEV]: Prezidentimiz [Islom Karimov] tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda Vatanimiz tarixiga tegishli ko‘plab jiddiy muammolarni dolzarb ahamiyatga ega savollarni o‘rtaga qo‘ydilar. Prezidentimizning asosiy fikrlari shundan iboratki. hozirgi kunda Vatanimiz tarixiga yangicha yondashib, uning turli xil tarixiy jarayonlari va voqealariga adolatli baho berish, qadimgi davrlardan to bizning zamonimizgacha bo‘lgan boy tarixiy o‘tmishimizga aniq yondashib, o‘rganish tadqiq etish zarur. Umuman, bunday yondashuv dastavval tariximizni qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi. Shu bois uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim bo‘ladi. Ayniqsa, biz bu o‘rinda asl manbalarga tayangan holda o‘tmishimizni o‘rganib, uni tadqiq etishimiz zarur. Mana shunday muhim masalalar Yurtboshimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asarida ham chuqur va atroflicha yoritib berilgan.
[M. QIRG‘IZBOYEV]. Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan davrda yaratilgan soxta tarixiy dunyoqarashdan butkul voz kechib, milliy tarixni, sog‘lom tarixiy dunyoqarashni yaratishdan iboratdir. Shuning o‘zi yangicha mafkuraning shakllanishi bilan bog‘liq bir jarayon deb o‘ylayman. Negaki. endilikda biz eski mafkuradan butunlay voz kechgan bo‘lsak-da, lekin turmush tarzimizda, rahbarlik faoliyatimizda, odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarimizda o‘zimiz bilgan-bilmagan holda o‘sha eskicha qarashlar, stereotiplardan butkul xalos bo‘la olmayapmiz. Demak, huquqiy-demokratik davlat qurayotgan va fuqarolik jamiyatiga o‘tayotgan bir sharoitda bu borada bir necha asrlik tajribaga ega bo‘lgan G‘arbiy Yevropa davlatlarida, Yaponiyada, $$AQSH$$da ana shu ilk o‘tish jarayonlari qanday kechganligi ni o‘rganish masalalari ham bugungi tarix fanining muhim vazifalaridan bo‘lishi zarur. Prezidentimiz ko‘plab chiqishlarida zamonaviy fuqarolik jamiyatining shakllarini ko‘rsatib berayapti. Albatta, bunga erishishning ham oʻziga xos tarixiy jarayonlari mavjud. Shuning uchun biz faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy yoki xalqlar tarixi bilan shug‘ullanibgina qolmay, balki jahon sivilizatsiyasi tarixi, yangi tuzumlarning vujudga kelishi tarixi bilan ham jiddiy shug‘ullanishimiz kerak. Umuman, bu narsa $$O‘zbekiston$$dagi tarix fani uchun hali ko‘rilmagan yangi vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu fanlar boshqa fanlar bilan birlashganda, o‘zaro hamkorliklar yuzaga kelganda samara ancha yuqori bo‘lishi tabiiy.
[A. XOLBEKOV]: Men yangi tashkil etilgan Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi tashabbus guruhi a’zosi sifatida Prezidentimiz bilan bo‘lgan muloqotda qatnashishga muyassar bo‘ldim.
Haqiqatan ham, ana shu suhbat chog‘ida mamlakatimiz rahbari, nima uchun biz qoloqmiz, nima uchun G‘arb davlatlaridan demokratik jamiyat qurish saboqlarini o‘rganayapmiz degan savolni ko‘ndalang qo‘ydi. O‘z navbatida ana shu savolga o‘zlari javob bera turib, oldingi $$Chor Rossiyasi$$ davridagi istibdodni tahlil qilib, qullikka, istibdodga tushishning bir nechta
omillarini sanab o‘tdilar. Nazarimda, Yurtboshimiz ana shu uchrashuv chog‘ida muhim bir ijtimoiy qonuniyatda ko‘pchilikning dikkitini qaratdi. Ya’ni, u kishi aytdilarki, biz xalqni, davlatni birlashtiruvchi buyuk bir g‘oyani unutdik, bu esa bizning tanazzulimizning asosiy sababchisi bo‘ldi. Oqibatda xalqmiz uzoq yillar istibdod ostida qolib ketdi. Endi mustaqil huquqiy-demokratik jamiyat qurish jarayonida biz xalqi, millatni birlashtiruvchi ana shunday g‘oyani qayta tiklashimiz kerak. Bu borada tarixiy ong, tafakkur, mentalitet, xalqimizning jahon tarixida tutgan o‘rnini hech bir ortiqcha bo‘yab-bejamasdan, kamsitmasdan, xolisona tarzda tiklashimiz kerak. Tabiiyki, bu o‘rinda tarix fanining tutgan o‘rni beqiyos katta.
[S. AZAMXO‘JAYEV]: Biz bugungi kunda yaratadigan tarixiy asarlarimizda $$O‘zbekiston$$ning jahonda tutgan o‘rnini ko‘rsatib berishimiz kerak. Bu o‘rinda nafaqat $$O‘zbekiston tarixi darsligi$$, balki jahon tarixi darsligini yaratgan chog‘dayam $$Markaziy Osiyo$$ va $$O‘zbekiston$$ga ko‘proq ahamiyat berishimiz lozim Mana, yaqinda men $$Rossiya$$da chop etilgan jahon tarixiga doir bir qancha kitoblar bilan tanishib chiqdim. Ajablanarlisi, 95 — 96-yillarda chop qilingan bunday darsliklarning birortasida ham $$Markaziy Osiyo$$ning boy o‘tmishi yoritilmagan. Bu esa u yerda hali hanuz eskicha karashlar hukmronligi, mintaqamizning qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i ekanligi tan olinmasligidan dalolat beradi. Demak, biz bugungi kunda maktab o‘quvchilaridan tortib, oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ham yaratiladigan jahon tarixi darsliklarida $$Markaziy Osiyo$$ning, jumladan, $$O‘zbekiston$$ning kadim zamonlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixini to‘la-to‘kis ko‘rsatib berishimiz, uning $$G‘arb va Sharq mamlakatlari$$ bilan bo‘lgan savdo, iqtisodiy, madaniy va hokazo munosabatlarini ham qamrab olishimiz zarur. Shuning uchun bu masala ham oldimizda turgan konseptual masala sanaladi.
[M. SAFAROV]: Domla, sizning fikrlaringizni tinglab o‘tirib, ko‘nglimda bir savol tugildi. Darhaqiqat, $$O‘zbekistonni jahon hamjamiyati$$ga kengroq tanitish kerak. Modomiki, shunday ekan, bizning tarixchi olimlarimizning o‘zi xorijiy yurtlarda chap etilishiga loyiq darajadagi $$O‘zbekiston$$ning boy tarixidan hikoya qiluvchi asarlar yaratishayaptimi?
[S. AZAMXO‘JAYEV]: Hali birorta o‘zbek tarixchisining monografiya shaklidagi salmoqli ilmiy ishi xorijda chop qilingani yo‘q. Ammo bir qator olimlarimiz chet ellarda chiqadigan ilmiy-tarixiy jurnallarda qator maqolalar e’lon qilishgan. Misol uchun, bizning Yangi tarix markazimiz ham $$Oksford$$, $$London$$, $$Italiya$$, $$AQSH$$ning $$Garvard shahri$$dagi $$Markaziy Osiyo$$ni tadqiq etish markazlari bilan aloqalar bog‘lagan. Olimlarimiz o‘sha joylarda chiqadigan to‘plamlarda o‘z ilmiy maqolalari bilan qatnashishadi.
[M.SAFAROV]: Demak, bu masalani hal qilishda endi ilk qadamlar ko‘yilayapti.
[D. ALIMOVA]: Bu savolingiz judayam o‘rinli. To‘g‘ri, sobiq Ittifoq davrida ham o‘zbek tarixchilari ma’lum darajada xorijiy matbuot nashrlarida qatnashib turishgan. Ammo mustaqillikka erishilgach, ayniqsa, bu hol kuchaydi. Chunki hozir chet ellarda $$O‘zbekiston tarixi$$ga bo‘lgan qiziqish juda katta. Bu yerda kechayotgan jarayonlar, tarix fanidagi o‘zgarishlar ularni ham befarq qoldirmayapti. Ilgari ajnabiy tarixchilarning bizning arxivlarda ishlashlari uchun imkoniyat yo‘q edi. Hozir ular uchun hamma eshiklar keng ochilgan.
Ochig‘i, bugungi kunda nafaqat bizning tarixchi olimlarimiz, balki xorijlik mutaxassislar orasida ham ikki xil fikrlovchi kishilar bor. Ularning bir guruhi eski fikrlovchi, ya’ni $$Markaziy Osiyo$$, xususan, $$O‘zbekiston tarixi$$ga hamon sobiq qizil imperiya prizmasi orqali qaraydigan kishilar bo‘lib, bundaylar respublikamiz mustaqillikka erishganligini unchalik xush ko‘rishmaydi. Ular orasida bu yangi mamlakatlarning o‘z-o‘zini eplab ketishiga ishonchsizlik ruhi hukmron. O‘z navbatida ular orasida yetishib kelayotgan, o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lgan yosh ilm namoyandalari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, taniqli nemis tarixchi-olimasi Ingeborg Baldaufni shu toifaga kiritish mumkin. Ana shunday yoshlar bizning boy tariximizga katta qiziqish bilan yondashayaptilar. Hatto ba’zilari yurtimizga kelishib, o‘zbek tilini o‘rganishib, arxivlarimizda ishlab ketishayapti. Tabiiyki, ular bizning o‘tmishimizga xolis nazar bilan qarashadi.
Sobiq Ittifoq davrida, ya’ni saksoninchi yillarning oxirida $$YUNESKO$$ tashabbusi bilan $$Markaziy Osiyo xalqlari$$ning sivilizatsiyalari tarixiga doir ko‘p jildlik monografiyalar yaratish mo‘ljallangan edi. Lekin kommunistik tuzum inqirozga yuz tutgach, ushbu masalaga ham yangicha nuqtayi nazardan yondashish ko‘zda tutilib, maxsus komissiyani boshqatdan tuzishga qaror qilindi. Shu maqsadda 1995-yili barcha $$Markaziy Osiyo$$ respublikalaridan vakillarni bir joyga to‘plashdi. O‘shanda men ham $$O‘zbekiston$$dan vakil bo‘lib borgan edim. Ana shu ishlarimizning natijasi o‘laroq shu chog‘gacha uning to‘rtta jildi bosmadan chiqdi. Ularda eng ko‘p ishtirok etganlar ham respublikamiz olimlaridir. Bosmaga tayyorlanayotgan beshinchi oltinchi jildlar masalasida ham qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Dastlabki uch jildda o‘n ikki nafar o‘zbekistonlik olim ishtirok etishdi. Bundan tashqari, hozirgi kunga qadar ^^Roziya Mukminova^^, [Nayim Karimov], [Anatoliy Sa’dullayev], [Begali Qosimov] singari bir qator taniqli olimlarimiz xorijda chop etiladigan yirik ilmiy jurnallarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etishmoqda.
Tarix fani xususida fikr yuritadigan bo‘lsak, mustaqillikning yetti yili davomida bu borada keng ko‘lamli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Prezidentimiz tarix fani rivojiga katta ahamiyat beryaptilar. Bu bizni ilhomlantiradi. O‘tgan davrda ko‘plab muammolar ko‘rib chiqilib, nufuzli anjumanlar o‘tkazildi. Ammo bu sa’y-harakatlar qandaydir stixiyali tarzda sodir bo‘lganligidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ya’ni. har xil talashib tortishishlar ham, ba’zi oqimlar ham yuzaga keldi. Bu tabiiy bir xol edi, albatta. Chunki bir tuzumdan ikkinchi tuzumga, bir dunyoqarashdan boshqa dunyoqarashga o‘tish chog‘ida ana shunday holatlar sodir bo‘ladi. Biroq shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashimiz lozimki, hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz ushbu masalaga alohida e’tibor bera boshlagach, rivojlanishimiz aniq yo‘nalishga ega bo‘ldi. Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1996-yili respublika Tarix markazining tashkil etilishi, shu yil 27-iyulda qabul qilingan $$O‘zbekiston Fanlar akademiyasi$$ning Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori hayotimizda muhim voqealardir. Ushbu muhim hujjat bu boradagi faoliyatni tashkil etishda juda katta yordam beradi. Qarorda $$«O‘zbekiston tarixi» jurnali$$ni tashkil etish ham belgilab berilgan. To‘g‘risi, biz anchadan buyon shu xususda o‘ylab yurardik. Yaqindagina jurnalning ilk soni bosmadan chiqdi. Tabiiyki, ushbu ijtimoiy-ilmiy nashr soha mutaxassislari uchun juda katta imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.
Hali qilgan ishlarimiz bilan maqtanolmaymiz. Qarshimizda tog‘dek ulkan yumushlar turibdi. Birinchidan, Yo‘lboshchimiz oldimizga qo‘ygan vazifa asosida biz hali $$O‘zbekiston davlatchiligi$$ tarixini yoritib berishimiz zarur. Ilgari masala bu tarzda o‘rtaga qo‘yilmagan. Ikkinchi masala - etnogenez tadqiqotchiligida ham ko‘p ishlar qilinishi zarur. Chunki ilgari kommunistik mafkura talablari asosida o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi ilk o‘rta asrlar davriga tarkib qo‘yilgan edi. Endilikda bu masalani xam qaytadan ko‘rib chiqishimiz talab etiladi.
[A. SA’DULLAYEV]: Shu o‘rinda men bir savolga javob berishni xohlardim. Nima uchun bizni — tarixchilarni chet elda hozircha yetarli darajada tanishmaydi? Darhaqiqat, boya ta’kidlanganidek, hamma xorijlik olimlarniyam bizga nisbatan do‘stona kayfiyatda deb bo‘lmaydi. Lekin baribir ular bizni tan olishmasa, demak, buning uchun o‘zimiz ham ma’lum darajada aybdormiz.
Biz mustaqil $$O‘zbekiston$$ siyosatini, bu yerda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlarni yetarli darajada targ‘ib qila olmayapmiz. Ijtimoiy sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarning hozirgi eng asosiy vazifasi mustaqil respublikamiz siyosatini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilishdan iboratdir Taassufki, bizning olimlarimiz hali bunday yuksak yangi ilmiy malakalar darajasiga yetarlicha erisha olmayaptilar Ikkinchidan, Prezidentimiz tarix fani oldiga qo‘yayotgan muammolar — haqqoniy tarix nima, o‘tmishga xolisona yondashuv nima, nima uchun tariximizni qaytadan ko‘rib chiqishimiz zarur, degan muammolarni olimlar o‘zlari hali teranroq anglab ololganlari yo‘q. Misol uchun, biz eskicha yondashuvlardan voz kechish xususida juda ko‘p gapiramiz. Lekin ayrim hollarda hatto bugun yaratilgan asarlarda ham eskicha yondashuvlar hamon ko‘zga tashlanib qolayotganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Aslida, ilmiy ishlar shunchaki tanqid emas, balki dastavval ular asosida chuqur tahlil, taqqoslash, umumlashtirish xususiyatlari mavjud bo‘lishi kerak. Agar bu uslublar bo‘lmasa. biz tarixni xoqoniy yorita olmaymiz, deb o‘ylayman. Shuning uchun ham birinchi galda oldingi yillarda yo‘l qo‘yilgan xatolarimizni ochiqchasiga tan olib, uning asl sabablarini ochib berishimiz zarur. Boisi — endi bular xokida fikr yuritish, Yurtboshimiz ko‘ndalang qo‘ygan savollarga javob berish vaqti keldi, deb o‘ylayman.
[D.ALIMOVA]: Men shu fikrga biroz qo‘shimcha kelmoqchi edim. Nima uchun yetti yil mobaynida tarix fanini tashkil qilish borasida e’tiborli o‘zgarishlar aytarli ko‘zga tashlanmadi? Chunki tarix fani boshqaruvi eskirib qolgan. Lekin, taassufki, bu narsa hozirgacha davom etayapti, yoshlarga nisbatan mensimasdan karash hollari hanuz mavjud.
Ikkinchi bir masala — hozirgi paytga qadar soha mutaxassislari o‘rtasida jipslik yo‘q edi Aravani har kim istagan tomonga tortavergan. Hozir davlatchilik, etnogenez tarixini yaratishimiz kerak, deyapmiz. Buning uchun xommamiz yagona maqsad yo‘lida birlashishimiz kerak. Faqatgina $$Tarix instituti$$da yoki Markazida yoxud universitetda bu vazifalarni amalga oshirish mumkin emas. Mayli, Tarix instituti markaz bo‘lsin. Biroq uning qoshida barcha ko‘zga ko‘ringan olimlarni to‘plab, ish olib borish, aniq maqsadlar asosida ishni muvofiqlantirish kerak. Tarixiy mavzularni ishlab chiqishga mo‘ljallangan yangi dasturda respublika bo‘yicha barcha tegishli tashkilot va idoralarning ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.