🔍

Article

BIR KELIB KETING QISHLOGʻIMIZGA

By Odiljon Shodmonaliyev, “Xalq soʻzi” muxbiri • in 1999

Qishloqning qoq o‘rtasidan o‘tgan qora tasmaday keng, ravon asfalt yo‘ldan trolleybus qatnay boshlaganiga ham ancha bo‘ldi. Oqyor va kuyganyorliklar ishdan so‘ng oqshomlari yo‘lning ikki qirg‘og‘idagi simyog‘ochlarga ilib qo‘yilgan elektr chiroqlari shodasining rango-rang yog‘dulari og‘ushida sayr qilishga, uzun-uzun kokillarini Qoradaryoning serto‘lqin suvlariga chayib turguvchi majnuntollar ostida hordiq chiqarishga odatlanib qolishgan.
Subhidamda ana shu qishloqlarning supurib-sidirilgan, nimtatir qilib suvlar sochilgan ko‘chalari tag‘in-da fayzli, tarovatli bo‘lib ketishi. Yuzlariga nim tabassum qo‘ngan, ruhi tetik, bardam yigit-qizlar ohori to‘kilmagan kiyimlarda qishloq markazidagi qo‘shma korxonalar. maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga ishga, erkatoyini ortidan ergashtirgan ota-onalar esa bog‘chaga oshiqadi.

Qoradaryoning ikki qirg‘og‘ida joylashgan Kuyganyorning anvoyi gullar atri ufurgan xiyobonlari, bolakaylarning shodon kulgilari, qiyqiriqlariga to‘lgan so‘lim oromgohlari, quyoshdan nur emgan suvlari hamisha mavjlanib turguchi ko‘llari kimlarni maftun etmagan, deysiz. Kuyganyorliklar chimildiqdagi bokira kelinchakday ana shu go‘zallikni, tarovatni haqli ravishda istiqlol sharofati deb baholaydilar. Shu bois mustaqillik yillarida ungan har bir dov-daraxtni, ko‘z ochgan buloqni. qad rostlagan inshootni mehr bilan ardoqlaydilar.

Qishloq fuqarolar yig‘ini raisi [Mansurjon Soliyev] o‘tgan yetti yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilar ekan, to‘lib-toshib shunday deydi:

- Rostini aytsam, birgina qishlog‘imizdagi o‘sish, o‘zgarishlarni ko‘rib hayratga tushaman. Ishongim kelmaydi. Axir yaqin-yaqinlardayam daryoning kunchiqar sohili pastqam, ko‘rimsiz uylardan iborat edi. Juda qisqa vaqt ichida ular o‘rnida «Paxtabank», prokuratura, ichki ishlar bo‘limlari uchun ko‘pqavatli muhtasham binolar qurildi. Ularning ro‘parasidagi joyni bog‘ deb atashga uyalar edik. Endi-chi? Bir vaqtlar mast-alastlarga xizmat ko‘rsatadigan oshxona, choyxona bugun o‘z o‘rnini bolakaylarning mazza qilib yayraydigan muzqaymoq, tamaddixonasiga bo‘shatib berdi. «MASK» deb nomlangan $$O‘zbekiston$$-$$Rossiya$$-$$Italiya$$, uning shundoq yonida qad rostlab, plyonka ishlab chiqarayotgan $$O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonalari$$, bejirim kiyimlar tikib beruvchi mashinalari bilan el ogʻziga tushgan «Tiksanti» $$O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi$$ qishlog‘imizninggina emas, balki tumanimiz, viloyatimiz faxri.

Kuyganyordagi mislsiz o‘zgarishlarni ko‘rib istiqlol qaynar buloqlar ko‘zini ochib yuborganligini, aqlli, qobiliyatli insonlarga qulochlarini keng ochib dadil harakat qilishlari, shu mehnatkash, tanti, har ishga qodir xalqning bir farzandi sifatida mustaqil ish yuritishlari uchun bitmas-tuganmas imkon yaratganligiga imon keltirasiz. Istiqlol fidoyilarining sa’y-harakatlari bilan qurilish, transport, maishiy xizmat singari turli sohalarga xizmat qilayotgan transport vositalariga ehtiyot qismlar, jihozlar so‘rab olis yurtlarga borishga hojat qolmayotir.

[Jo‘raboy Pirmatov] rahbarlik qilayotgan «Sayyor» $$O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi$$ jamoasi qishloq xo‘jalik texnikasi vositalarining ayrim turlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda mahalliy xotin-qizlar orasidan mohir chevarlarni tanlab olib, korxona qoshida kiyim-kechak tikish sexi tashkil etildi.

[Alijon] aka [G‘aniyev]ni olaylik. Bu tadbirkor, ko‘li ochiq inson mamlakat qurilish tarmog‘iga birinchilardan bo‘lib qor-yomg‘irga chidamli a’lo navli pishirilgan g‘isht turini olib keldi. Uning xususiy firmasida ishlab chiqarilayotgan qizil ringli g‘ishtlarga xomashyoning bir qismi $$Ukraina$$dan olib kelingan. Bugun Kuyganyordagi o‘nlab xonadonlarning ko‘cha devorlari, tumandagi yuzlab oilalarning darvozalari yonlari aynan shu g‘ishtdan o‘zgacha ko‘rkamlik, chiroyga ega bo‘ldi. $$Andijon$$ shahrida yangitdan qad rostlayotgan [Navoiy] nomli madaniyat va istirohat bog‘ining xiyobonlari, yo‘laklariga firma g‘ishtlari zargarona terib chiqildi.

Shuni komil ishonch bilan ta’kidlash o‘rinliki, istiqlol qishloqqa sanoatni shiddat bilan alib kirdi. Qo‘shma korxonalar, xususiy firmalar o‘z umrini ishlab bo‘lgan, ma’nan eskirgan texnologiya bilan emas, aksincha, xorijning eng zamonaviy texnikasi, jihozi bilan mustahkamlandi. «Aqlli» asbob-uskunalarni mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan mutaxassislar o‘z izmiga solayotgani, ayniqsa, muhimdir. Bularning barchasi qishloqda tayyorlangan mahsulotning katta bir qismini xorijga sotish uchun zamin yaratdi.

Qishloqlar sanoating gurkirab rivojlanishi, savdo, maishiy xizmat shoxobchalarining ko‘payishi yangi ish o‘rinlarini vujudga keltirdi.

- Kuyganyorda 463.5 nafar ishga iroqli aholi istiqomat qiladi, - deydi [Mansurbek]. - Shulardan 3500 nafari o‘ramimizdagi turli korxonalar va firmalarda ishlaydi. Qolgani qishloq xo‘jalik yumushlari bilan band. Bizda ishsizlik allaqachon barham topgan.

Korxona va xo‘jaliklar boy bo‘lsa, ularda ishlovchilar ma’murlikda ishlaydilar, o‘sha hudud esa obod, farovon bo‘ladi. Kuyganyorda hokimlikning amaliy yordami, homiy korxonalarning savobga yo‘g‘rilgan sa’y-harakatlari tufayli xonadonlar to‘la gazlashtirildi, vodoprovod suvi kirib bormagan hovli-joy qolmadi, hisob.

Kuni kecha kuyganyorliklar qishloq vrachlik shifoxonasining muhtasham yangi binosiga ega bo‘ldilar. Mazkur inshoot qishloq markazida joylashgan ko‘prik qurilish majmuasi, xo‘jalik hisobida ishlovchi 7-avtokorxona va boshqa tashkilotlarning amaliy yordamida hashar yo‘li bilan tiklandi.

— Oqyor deb nomlangan qishlog‘imizda ham mustaqillik yillarida katga ishlar amalga oshirildi, - deya hikoya qiladi Andijon tumani hokimi [Hasanboy Hakimov] — Tikuvchilik, teleradio ustaxonasi, sartaroshxona, novvoyxona, qassobgina, bir qancha savdo do‘konlarini o‘z ichiga olgan Oqyor guzari ochildi. Natijada 70-80 kishi ishli bo‘ldi. $$«Andijon-Cheboksar» qo‘shma korxonasi$$ ishga tushdi. [Sobirjon Ahmadxo‘jayev]ning yelib-yugurishi tufayli havas qilsa arzigulik $$Andijon$$ savdo xususiy ishlab chiqarish firmasining o‘nlab ko‘rkam binolari majmuasi qad rostladi,

Tuman hokimligi, qishloq fuqarolar yig‘ini Oqyorda hunarmandlar ko‘pligini hisobga olib, xonadonlarda uy korxonalari ochishga e’tiborni qaratmoqda. Ko‘nchi [Ablumannob Mamasashyev], kosiblardan [Baxtiyor Jo‘rayev], [Foziljon Shokirov], chevar [Soyibjon Ro‘ziyev]larning nomlari ko‘plarga yaxshi tanish. Ularning qo‘lidan chiqqan poyabzallar o‘zining pishiqligi, bejirimligi, a’lo sifati bilan xaridorlar nazariga tushgan.

Kuyganyorda bo‘lgani kabi bu yerda ham o‘nlab korxonalar, xususiy firmalar, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat shoxobchalarining ochilishi ishsizlik degan iborani qisib chiqarayotir. Ayni damda iqtisodiy bbaquvvatlik mahalla xonadonlarga tabiiy gaz, toza ichimlik suvi kirib kelishini tezlashtirmoqda. 23 ta mahallaning hammasida «zangori olov» gurillab yonayotir. Qishloq yo‘llariga asfalt yotqizilmoqda.

Ish joyidan. oilasidan ko‘ngli to‘q odamning ruhi tetik bo‘ladi, turli yig‘in va tadbirlarda faol qatnashadi. Oqarliklar Oila yilida «Uzun sochli qizar». «Xushovoz xonanda va raqqosalar», «Otalar — oila tayanchi, onalarni madh etaylik» singari biri-ikkinchisidan chiroyli ko‘rik tanlovlarni o‘tkazdi. G‘olib o‘g‘il-qizlarini munosib qutladi.

Kuyganyor na Oqyor $$Andijon tumani$$dagi oddiy qishloqlardan biri. Lekin har ikki qishloq mehnat ahli istiqlolni nonday aziz biladilar. Mustaqillikni yomon ko‘zlardan asrash, uni yanada mustahkamlash uchun ahillik, hamfikrlik bilan mehnat qiladilar. Ana shu halollik, pokiza niyat ro‘zg‘orga ma’murlik, yurtga obodonlik olib kelayotganligini har qadamda his etadilar.

Total words

855

Unique words

678

Annotated anthroponyms

12

Toponyms

11

TTR

0.793

Hapax

583

Distribution

Top frequency chart

Dataset