1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
radiochastotalar (radiotoʻlqinlar) — belgilar, signallarni, yozma matnni, tasvirlar va tovushlarni uzatish yoki qabul qilish maqsadida fazoda sunʼiy toʻlqin oʻtkazgichsiz tarqatiladigan, shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan chastotali elektromagnit toʻlqinlar;
radiochastota spektri — shartli ravishda uch ming gigagersdan kamroq qilib qabul qilingan oraliqdagi radiochastotalar toʻplami;
radioelektron vositalar — radiotoʻlqinlarni tarqatish va (yoki) qabul qilish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar yoki tizimlar;
yuqori chastotali qurilmalar — radiochastotalar energiyasini sanoat, ilmiy, tibbiy, maishiy yoki boshqa maqsadlarda hosil qilish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar yoki asboblar, ulardan radiotoʻlqinlarni tarqatish yoki qabul qilish maqsadida foydalanish bundan mustasno;
radiochastotalar polosasi — radiochastota spektrining muayyan sharoitlarda radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish uchun moʻljallangan qismi;
$$Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar$$ni taqsimlash jadvali — har xil turdagi radioxizmatlar oʻrtasida taqsimlangan radiochastotalar polosalari roʻyxati;
radioxalaqitlar — radioaloqa tizimida qabul chogʻida bir yoki bir nechta toʻlqin tarqatishlar keltirib chiqargan, axborot sifatining yomonlashuvi, xatoliklar boʻlishi yoki axborot yoʻqolishida namoyon boʻladigan elektromagnit energiyasining taʼsiri;
industrial radioxalaqitlar — radiotoʻlqinlarni uzatish uchun moʻljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlar;
elektromagnit moslashuv — radioelektron vositalarning ularga radioxalaqitlar taʼsir etib turgan bir vaqtning oʻzida mavjud ishlatish sharoitlarida talab darajasidagi sifat bilan ishlay olish qobiliyati;
radiochastota spektridan foydalanuvchi — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish uchun radiochastota organining ruxsatnomasiga ega boʻlgan yuridik yoxud jismoniy shaxs;
biriktirilgan radiochastota — radiochastota organi tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomada koʻrsatiladigan aniq radiochastota;
radiochastota spektrining monitoringi — radiochastota spektri holatini kuzatish, undan foydalanishni baholash, radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf etish uchun moʻljallangan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.
3-modda. Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari hujjatlaridan iboratdir.
Agar $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ning xalqaro shartnomasida radiochastota spektri toʻgʻrisidagi $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
4-modda. Radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish huquqi
$$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududi doirasida radiochastota spektridan foydalanuvchilarga radiochastotalarni taqsimlash vakolatli davlat organlarining mutlaq huquqidir.
$$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududida radiochastota spektridan foydalanish huquqi ommaviy va xususiy mulk asosida faoliyat koʻrsatuvchi foydalanuvchilarga beriladi.
5-modda. Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlashtirish, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, soliq solish, yagona ilmiy-texnika siyosatini shakllantirish orqali, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini $$Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ tomonidan vakolat berilgan radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi amalga oshiradi.
6-modda. Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organining vakolatlari
Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi:
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish masalalari boʻyicha normativ hujjatlarni, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish boʻyicha milliy standartlar, texnik reglamentlar, ishlatish normalari va qoidalari hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi;
radiochastota organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi, $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ radiochastotalarni taqsimlash jadvalini shakllantiradi;
radiochastota organlarining radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ajratiladigan radiochastotalar yoki radiochastotalar polosalarining texnik ekspertizasiga oid ishlarni tashkil etadi;
radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarika rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
radiochastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ning manfaatlarini ifoda etadi;
radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi qonun hujjatlarika muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
7-modda. Radiochastota organlari
Radiochastota organlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
$$Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi$$;
$$Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi$$;
$$Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati$$.
Radiochastota organlari oʻz faoliyatlarini radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarika muvofiq amalga oshiradilar.
8-modda. Radiochastota organlarining vakolatlari
Radiochastota organlari:
radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruvi organi tomonidan ajratilgan radiochastotalar polosalari doirasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) va (yoki) oʻrnatish (qurish), $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududiga olib kirish hamda radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruxsatnomalar beradi;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar va texnik normalarga nomuvofiq boʻlgan, fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasini taʼminlamagan taqdirda, shuningdek alohida holatlarda ularni ishlatishni belgilangan tartibda taqiqlaydi;
foydalanuvchilarga berilgan radiochastotalarning hisobini yuritadi, shuningdek radiochastota spektridan radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
radioelektron vositalarga, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning xalqaro shartnomalar va qoidalarga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan radioelektron vositalariga boʻlgan radioxalaqitlarni bartaraf etadi;
boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda elektromagnit moslashuvni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqadi.
Radiochastota organlari qonun hujjatlariga muvofiq radiochastota spektri sohasida boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9-modda. Radiochastota spektridan foydalanish
Radiochastota spektri foydalanuvchilarga davlat, jamoat va shaxsiy ehtiyojlarni ta’minlash uchun beriladi.
Radiochastota spektridan foydalanish belgilangan tartibda radiochastota organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalar berish radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Radiochastotalarni radiochastota spektridan foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlash tanlov asosida yoki kim oshdi savdosi natijalariga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Radiochastota organi va radiochastota spektridan foydalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
10-modda. Radiochastota spektridan foydalanish muddatlari
Radiochastota spektri foydalanuvchilarga radiochastota organi ruxsatnomasida yoki foydalanish shartnomasida nazarda tutilgan muayyan muddatga beriladi.
11-modda. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash
Radiochastota spektridan foydalanish pullikdir. Radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi, shuningdek haq toʻlashdagi imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
12-modda. Radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda radiochastota spektridan foydalana olish;
$$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan tartibda olish (berish);
radioxalaqitlar manbalarini aniqlash uchun radiochastota organiga murojaat etish va ularni bartaraf qilishda ishtirok etish;
berilgan ruxsatnoma doirasida radiochastota spektridan foydalanish jarayonida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat etish.
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) uchun radiochastota organining ruxsatnomasini olish;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni radiochastota organida roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularni ishlatish huquqi uchun ruxsatnoma olish;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni belgilangan normalar hamda qoidalarga muvofiq loyihalash, qurish (oʻrnatish) va ishlatishni amalga oshirish;
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida toʻlash.
Radiochastota spektridan foydalanuvchilar qonun hujjatlarika muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
13-modda. Radiochastota spektridan foydalanish huquqini bekor qilish, toʻxtatish yoki cheklash
Radiochastota organlari radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish xususiyatlari, shuningdek ayrim chastotalardan foydalanish imkoniyatlari bilan bogʻliq muayyan sharoitlarda radiochastota spektridan foydalanishni bekor qilish, toʻxtatish yoki cheklashga haqlidir.
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan fuqarolarning hayotiga yoki sogʻligʻiga, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga, shuningdek atrof muhit holatiga haqiqiy tahdid yuzaga kelganda;
foydalanish ruxsatnomasi yoki shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
biriktirilgan radiochastotalardan belgilangan muddat mobaynida foydalanilmaganda;
biriktirilgan radiochastotalardan voz kechilganda;
yuridik shaxsning oʻzi yoki jismoniy shaxsning faoliyati tugatilganda.
Radiochastota spektridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda toʻxtatilishi yoki cheklanishi mumkin:
foydalanish ruxsatnomasi yoki shartnomasi shartlari buzilganda;
radiochastota spektrining muayyan polosalaridan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarur boʻlib qolganda;
radiochastota spektridan foydalanganlik uchun belgilangan haq toʻlanmaganda.
Radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi ham qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastota spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanish huquqini toʻxtatishga yoki cheklashga haqlidir.
Davlat mudofaasi, milliy xavfsizlik va huquq-tartibot maqsadlari uchun ajratilgan radiochastotalardan foydalanish faqat tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda toʻxtatilishi, cheklanishi yoki tugatilishi mumkin.
14-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish, ishlab chiqarish, qurish (oʻrnatish), olish (berish), ishlatish va $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududiga olib kirish
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni yaratish hamda ishlab chiqarish, shuningdek radiochastotalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish faqat radiochastota spektridan foydalanuvchi radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini olganidan va tashkilotning yaratishga doir standartlari kelishilganidan keyin amalga oshiriladi.
Barcha turdagi va yoʻnalishdagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni qurish (oʻrnatish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasi boʻlgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
$$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olish (berish) radiochastota organining tegishli ruxsatnomasini taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
$$Oʻzbekiston Respublikasi$$ mudofaasi va xavfsizligini taʼminlash uchun moʻljallangan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni, shuningdek fuqaro aviatsiyasida uchishlarni hamda havo harakati xizmatini radionavigatsiya jihatidan taʼminlash maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan bortdagi va yer usti radioelektron vositalarni olish (berish) tartibi $$Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ tomonidan belgilanadi.
$$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududida radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni ishlatish bevosita tegishli radiochastota organining ruxsatnomasi bilan, xorijiy davlatlarning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarida oʻrnatilgan shunday vositalar va qurilmalarni ishlatish esa — $$Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi$$ orqali amalga oshiriladi.
Televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlar dasturlarini qabul qilish uchun moʻljallangan radioelektron vositalarni, shuningdek savdo tarmogʻi orqali sotishga ruxsat berilgan maishiy radioelektronika buyumlarini olib kirish, olish (berish) va ishlatish uchun tegishli ruxsatnoma talab qilinmaydi.
$$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududiga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish $$Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Radiochastota organining tegishli ruxsatnomasisiz olib kirishga, olishga (berishga) va ishlatishga yoʻl qoʻyiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar roʻyxati radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
15-modda. Industrial radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalariga qoʻyiladigan talablar
Yaratilayotgan, loyihalashtirilayotgan, ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan turli texnik vositalarning texnik tavsifnomalari radioxalaqitlarning ehtimol tutilgan manbalari (elektr transporti, elektr uzatish liniyalari, elektr asboblari, avtotransport vositalari va boshqalar) tariqasida industrial radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajalari normalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Texnik vositalarni radioxalaqitlarning yoʻl qoʻyiladigan darajadagi normalariga muvofiqligini sinash tartibi $$Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi$$ tomonidan belgilanadi.
16-modda. Elektromagnit moslashuv
Barcha radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radiochastota spektridan foydalanishi qoʻllanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuvi qatʼiy tarzda taʼminlangan va ularning oʻlchamlari hamda tavsiflari $$Oʻzbekiston Respublikasi$$ hududida qabul qilingan standartlar va texnik normalarga muvofiq boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning elektromagnit moslashuviga rioya qilinishi hamda oʻlchamlar va tavsiflarning standartlar va texnik normalarga muvofiqligi ustidan nazoratni radiochastota organlari amalga oshiradi.
Agar radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning ishlashi boshqa foydalanuvchilarning aloqa sifatiga salbiy taʼsir etsa yoki fuqarolarning sogʻligʻi va atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatsa, bu vositalar va qurilmalarni ishlatish toʻxtatiladi yoki bevosita radiochastota organining qaroriga koʻra yoxud tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining asoslantirilgan taqdimnomasiga koʻra tugatiladi.
17-modda. Biriktirilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborot
Biriktirilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborot maʼlumotlar milliy bazasi (radiochastotalar registri) asosini tashkil etadi.
Biriktirilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlashni radiochastota organlari radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi belgilagan tartibda amalga oshiradi.
Radiochastota organlari radiochastota spektridan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
18-modda. Harbiy harakatlar va favqulodda holatlar sodir boʻlganda radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radioelektron vositalaridan foydalanish
Harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar sodir boʻlganda radiochastota organlari radiochastota spektridan foydalanuvchilarning radioelektron vositalarini ishlatishini cheklashni joriy etishga, shuningdek bu vositalardan davlat xavfsizligini taʼminlash, tabiiy ofatlarni yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadlarida foydalanishga haqlidir.
19-modda. Radiochastota spektri monitoringi
Radiochastota spektri monitoringini $$Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi$$ boshqa radiochastota organlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Monitoringni amalga oshirish tartibi radiochastota spektri boʻyicha davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
20-modda. Nizolarni hal etish
Radiochastota spektridan foydalanish sohasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
21-modda. Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi gonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Radiochastota spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.