Ataylab. biron-bir shaxs yoki tashkilotning manfaatini ko‘zlab o‘tkazilgan «buyurtma» tekshirishlar hech vaqt samara bermagan. To‘g‘ri, vaqtincha o‘sha manfaatdorlarning «ariqlaridan» suv og‘gan. Lekin uzoqqa bormagan. Sir ochilgan. Qonunga zid harakatlar barham topgan.
Xalqning, davlatning taraqqiyotini ko‘zlab o‘tkazilgan surishtiruv, tekshirishlarda esa samara bor. Ertaning rivoji ingan unda. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida»gi qonunlar hamda $$O‘zbekiston Prezidenti$$ning 1995-yil 12-iyundagi «Davlat mulki bo‘lgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish va qimmatbaho qog‘ozlar bozorini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishdan ham maqsad shu edi. Matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari markaziy uyushmasi hamda $$«O‘zbekkino» davlat aksiyadorlik kompaniyasi$$da bu borada qilingan ishlarni respublika Prokuraturasi, Davlat mulk qo‘mitasi hamkorlikda o‘rganib chiqdi.
Aniqlanishicha, $$«O‘zbekbirlashuv» tizimi$$ga qarshi korxonalarning aksariyat qismi o‘z mulk shakllarini isloh qilgan. Sentyabr oyigacha 762 ta aksiyadorlik jamiyati, 5 ta jamoa korxonasi, shuningdek, ular negizida 424 ta xo‘jalik hisobidagi korxona mavjud. Hozirgacha 14390 ga savdo do‘konlari va umumovqatlaiish shoxobchalari xususiy, oilaviy va boshqa shakldagi mulkchilikka o‘tkazilgan. Shundan 589 tasi kimoshdi va tanlov savdosi orqali sotilgan. Bular, albatta, yaxshi. Lekin ayrim xato-kamchiliklargayam yo‘l qo‘yilganligiga to‘xtalmasa bo‘lmas. Chunonchi, $$«O‘zbekbirlashuv» boshqaruvi$$ tomonidan $$Davlat mulk qo‘mitasi$$ bilan birgalikda $$O‘zbekiston matlubot kooperatsiyasi$$ mulki shaklini o‘zgartirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Uning mazmuniga ko‘ra, paychining, jumladan matlubot kooperatsiyasidan nafaqaga chiqqan nafaqaxo‘rlarning, matlubot kooperatsiyasi umum mulkidagi ulushini aniqlash imkoni yo‘q. Shu sababli konsepsiyada, bir qancha muhim masalalar bilan birgalikda, paychilar orasida mulkni taqsimlash mexanizmi, kooperativ mulk shaklini almashtirishda beriladigan imtiyozlar miqdori va shakli haqidagi nizomlarni ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatilgan.
Bu masalalar esa hozirgacha hal qilingan emas. Natijada $$O‘zbekiston matlubot kooperatsiyasi$$ aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari markaziy uyushmasi paychilari orasida turli xil tushunmovchiliklar, jumladan matlubot mulki Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan sotib yuborilmoqda, degan noto‘g‘ri tushunchalar paydo bo‘lgan.
Aniqlanishicha, $$«O‘zbekbirlashuv» tizimi$$ga qarshi korxonalarning aksariyat qismi o‘z mulk shakllarini isloh qilgan. Sentyabr oyigacha 762 ta aksiyadorlik jamiyati, 5 ta jamoa korxonasi, shuningdek, ular negizida 424 ta xo‘jalik hisobidagi korxona mavjud. Hozirgacha 14390 ga savdo do‘konlari va umumovqatlaiish shoxobchalari xususiy, oilaviy va boshqa shakldagi mulkchilikka o‘tkazilgan. Shundan 589 tasi kimoshdi va tanlov savdosi orqali sotilgan. Bular, albatta, yaxshi. Lekin ayrim xato-kamchiliklargayam yo‘l qo‘yilganligiga to‘xtalmasa bo‘lmas. Chunonchi, «O‘zbekbirlashuv» boshqaruvi tomonidan Davlat mulk qo‘mitasi bilan birgalikda $$O‘zbekiston matlubot kooperatsiyasi$$ mulki shaklini o‘zgartirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Uning mazmuniga ko‘ra, paychining, jumladan matlubot kooperatsiyasidan nafaqaga chiqqan nafaqaxo‘rlarning, matlubot kooperatsiyasi umum mulkidagi ulushini aniqlash imkoni yo‘q. Shu sababli konsepsiyada, bir qancha muhim masalalar bilan birgalikda, paychilar orasida mulkni taqsimlash mexanizmi, kooperativ mulk shaklini almashtirishda beriladigan imtiyozlar miqdori va shakli haqidagi nizomlarni ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatilgan.
Bu masalalar esa hozirgacha hal qilingan emas. Natijada $$O‘zbekiston matlubot kooperatsiyasi$$ aksiyadorlik va matlubot jamiyatlari markaziy uyushmasi paychilari orasida turli xil tushunmovchiliklar, jumladan matlubot mulki Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan sotib yuborilmoqda, degan noto‘g‘ri tushunchalar paydo bo‘lgan.
Vaqt o‘tib, aksiyadorlik jamiyatlari birlashtirildi. Shundan keyin ularning soni 762 tani tashkil qildi. Bu esa bugun respublikadagi aksiyadorlik jamiyatlarining qariyb to‘rtdan bir qismi demakdir. Shu darajadagi salmoqli o‘zgarishlarni amalga oshirish va nazorat qilish asosan ikki-uch kishidan iborat bo‘linma hamda ularning viloyatlardagi vakillariga yuklatilganligi achinarli holdir. Mazkur jiddiy masalaga bunday yondashish o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmagan. Jumladan, mazkur bo‘linmalar mehnat jamoa a’zolari tomonidan aksiyalar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 123,5 mln. so‘m mablag‘ning undirilishi ta’minlanmagan. Erkin savdoda sotilgan 534,1 mln. so‘m aksiyalarining 40,0 mln. so‘mi undirilishi choralari belgilanmagan!
Boringki, aksiyalar sotilishidan tushgan mablag‘ni aksiyadorlik jamiyatiga qoldirishning yagona mexanizmi ishlab chiqilmagan, shuningdek, ushbu mablag‘dan maqsadli foydalanish tadbirlari belgilamasdan qolingan.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga zid holda $$Toshkent va Jizzax viloyatlari$$ hududida joylashgan o‘n sakkiz aksiyadorlik jamiyatlarida 1996-yil yakuni bilan hozirgacha audit tekshiruv o‘tkazilmaganini qanday baholash mumkin?! Tizimda yettita uyushma (assotsiatsiya) tashkil qilinib, aksariyat hollarda matlubot mulk shaklini bu tarzdagi almashtirish jarayoni nomigagina amalga oshirilgan. Masalan, $$«Tashqimatlubotsavdo»$$ tashkil etilgani holda, hozirgacha uyushmaning Nizom fondi yo‘q. Bankda tegishli hisob raqami ochilmagan. O‘z muhri mavjud emas. Uyushmaning ta’sischilaridan biri «O‘zbekbirlashuv» boshqaruvining «Tashqimatlubotsavdo» xo‘jalik hisobidagi korxonasi o‘tgan yildan buyon uyushma nomidan faoliyat ko‘rsatmoqda.
«O‘zbekbirlashuv»ning o‘z xo‘jaligi hisoblangan $$Chirchiq sanoat kombinati$$ning xususiy mulkka aylantirilishida ham bir qancha qo‘pol xatoliklar borligi ma’lum bo‘ldi.
Kombinatning sotuv narxi 4592,5 ming so‘m qilib belgilangani holda unga qarashli, 1404.0 ming so‘m bo‘lgan qurilishi tugallanmagan bino va 200.0 ming so‘mlik meva quritish uskunasi $$Chirchiq sanoat kombinati$$ning sobiq rahbari [X. Nurmatov]ga xususiy mulk qilib sotilayotganda, sotuv narxiga kiritilmasdan qolgan.
Ayni paytda mazkur qurilishi tugallanmagan bino boshqaruvning o‘tgan yil 30-oktyabrdagi 98 F qarori bilan $$Toshkent viloyat$$ matlubot aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasiga balans qiymatida o‘tkazib berilgan. Meva quritish uskunasi esa [X. Nurmatov]ning «[Husayn-Mirzo]» korxonasida turibdi. $$Chirchiq sanoat kombinati$$ni balans narxida sotib olib, uning negizida tashkil qilingan shaxsiy «[Husayn-Mirzo]» korxonasi bir yildan buyon ishlamaydi. Ishchilar bo‘shatib yuborilgan. Hozirgi paytda faqat qorovullari qolgan. Ular ham oxirgi oylardagi ish haqini olganlari yo‘q. Tekshiruvda boshqaruv tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarning aksariyat qismi amaldagi qonunchilikka moslashtirilmagani aniqlandi. Masalan, korxonalarning boshqa izdoshlari bilan ijara munosabatlarini belgilovchi namunaviy shartnoma 1992-yilda qabul qilingan holicha hozirga qadar o‘zgartirilmabdi. Mazkur shartnomaning 3.5 bandida mulkni subijaraga topshirish «Sovet ittifoqi va ittifoqdosh respublikalar qonunchiligiga mos holda belgilanadi», deb ko‘rsatilganining o‘ziyoq shartnomaning hayotdan orqada qolganligini bildirmaydimi?!
Bundan tashqari, tizimdagi yigirma ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiya chiqarishga buyurtma bermagan. Shulardan o‘n to‘qqiztasi depozitariydan ro‘yxatdan o‘tmabdi. $$Namangan viloyati$$dagi $$«Baliqko‘l» aksiyadorlik jamiyati$$ davlat orderini 1995-yil fevral oyida olgan, lekin hozirgacha o‘z aksiyalarini chiqarishni ta’minlamagan. $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi$$dagi $$«Binokor», Farzona viloyati$$dagi $$«O‘zbekiston konserva zavodi» aksiyadorlik jamiyatlari$$ o‘zgartirilganu ammo o‘z aksiyalarini depozitariydan ro‘yxatdan o‘tkazgan emas.
Endi ikki og‘iz so‘z «O‘zbekkino»dagi ishlar haqida. Kompaniyada nizom fondi 299,0 mln. so‘mdan iborat bo‘lgan 191 ta aksiyadorlik jamiyati, qirqta jamoa korxonalari bor. Bugungi kunda shulardan atigi uchtasigina o‘z aksiyasini chiqarib, qolganlari hamon davlat korxonalari sifatida faoliyat ko‘rsatishni davom ettirayotganiga murosa qilib bo‘ladimi? Aniqlanishicha, o‘tgan yil 14-sentyabrda «O‘zbekkino» kompaniyasi raisi tomonidan kompaniya raisi va uning o‘rinbosarlari o‘rtasida lavozim vazifalarining taqsimlanishi tasdiqlangan hamda «Aksiyalashtirish va qimmatli qog‘ozlar» boshqarmasi ishiga mas’ullik vazifasi kompaniya raisi o‘rinbosari [M. Qo‘chqorov]ga yuklatilgan. Shu bilan bir vaqtda korxonalarning aksiyalashtirilishi, ularning o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatiga olinishi, emissiya risolasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi, depozitariyada qayd qilinishi hamda o‘z aksiyalarini chiqarishi kabi muhim masalalar yuzasidan yetarli darajada ishlar olib borilmagan. Chunonchi, «O‘zbekkino» kompaniyasi «Aksiyalashtirish va qimmatli qog‘ozlar» boshqarmasida, hatto jamoa a’zolari tomonidan sotib olinishi kerak bo‘lgan aksiyalarning to‘lovi bo‘yicha hozirgi paytda qancha qarz borligi, shundan qanchasining muddati o‘tib ketganligi haqida ma’lumot ham mavjud emasligi achinarli holdir.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi qarorining 5-bandiga ko‘ra, «O‘zbekkino» davlat aksiyadorlik kompaniyasi «O‘zdavkinokompaniya» va O‘zbekiston kinematografchilar uyushmasi ilgari qabul qilgan majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, kontraktlar va ularga tegishli mol-mulk yuzasidan huquqiy voris hisoblanadi. Ammo «O‘zbekkino» tomonidan berilgan ma’lumotlarda tizimda tashkil etilgan xususiy korxonalar haqida biron-bir ma’lumot aks ettirilmagan. Vaholanki, $$Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari$$da o‘tkazilgan tekshirishlarda tizimdagi korxonalar negizida tashkil qilingan xususiy korxonalar mavjudligi aniqlandi.
Kompaniya Nizomining 8.3 bandiga ko‘ra aksiyadorlar o‘z aksiyalari uchun to‘lovlarni Nizom va ta’sis shartnomasi asosida amalga oshirishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birgalikda mazkur Nizomning 3.2 bandiga ko‘ra, Davlat mulki qo‘mitasi kompaniyaning ta’sischisi hisoblanadi, ya’ni kompaniyaning tashkil qilinishida ta’sis shartnomasi tuzilmasligi belgilangan. $$O‘zbekiston Prezidenti$$ning 1996-yil 29-apreldagi «O‘zbekkino» davlat aksiyadorlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni uchinchi bandi bilan «O‘zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi huquqiy shaxs tarzida tashkil etilishi belgilangan.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 65-moddasiga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlarining oliy boshqaruv organi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi «O‘zbekkino» davlat aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida»gi 247-sonli qarori 6- bandiga ko‘ra, «O‘zbekkino» davlat aksionerlik kompaniyasi kengashi boshqaruvning oliy organi qilib belgilangan. Biroq kompaniya ta’sischilarining 1996 yil 14-sentyabrdagi umumiy yig‘ilishi (qurultoy) qarori bilan ushbu organ o‘rniga 25 kishidan iborat kuzatuv kengashi saylangan. Ularning birinchi sonli yig‘ilishi qaroriga ko‘ra esa «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 83-moddasiga xilof ravishda [T.Yunusov] bir paytning o‘zida kuzatuv kengashi hamda boshqaruv raisi qilib tasdiqlangan. Shunday qonun buzarlik hollariga joylardagi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tashkil qilishda ham yo‘l qo‘yilgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan xato va kamchiliklar «O‘zbekbirlashuv» va «O‘zbekkino» davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi mansabdor shaxslari tomonidan mazkur holatlar o‘z vaqtida nazorat qilinmaganligi, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmaganligi oqibatida yuzaga kelganligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Mazkur tekshirish jarayonida aniklangan qonunbuzarliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarning oldini olish rejalari ishlab chiqildi.