1997-yilning 9 oyi mobaynida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish hajmi 3,4 baravar, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish esa 2,3 baravar oshgan. Viloyat mehnatkashlari keyingi besh yil davomida 1 mln. 706 ming tonna paxta, 1 mln. tonnadan ziyod g‘alla, 38 ming tonnaga yaqin kartoshka, ko‘p miqdorda sabzavot, meva, poliz mahsulotlari yetishtirdilar.
$$Dehqon xo‘jaliklari$$ $$qishloq xo‘jaligi$$ mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ayniqsa, yuqorida nomi tilga olingan qonun qabul qilingandan so‘ng dehqon xo‘jaliklari tez rivojlanishi uchun katta imkoniyat yaratildi. Bu qonun dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish tartibini va uning asoslarini belgilab berdi. Hozir viloyatda 2179 ta dehqon xo‘jaligi mavjud. 1997-yilda ularning soni 407 taga ko‘paydi. Dehqon xo‘jaliklariga 14,8 ming gektardan ziyod yer ajratilgan, shundan 14,3 gektari 10-yildan 30-yilga qadar muddatga ijaraga berilgan.
Dehqon xo‘jaliklari o‘z faoliyatlarining yo‘nalishini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmini mustaqil belgilashlari tufayli mahsulot yetishtirish salmog‘i yildan yilga ortmoqda. Joriy yilda dehqon (fermer) xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalar asosida 97 tonna paxta, 140 tonna sabzavot, 139 tonna uzum, 75 tonna kartoshka, 478 tonna go‘sht, 2036 tonna sut va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyorlandi. Olingan foyda xo‘jaliklarni rivojlantirishga, mehnatga haq to‘lashga va rag‘batlantirishga sarflanmoqda.
Xo‘sh, bu nimadan dalolat beradi? $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ $$Oliy Majlis$$ning X sessiyasida bu savolga aniq javob berdi: «Bugun biz shuni tobora chuqur anglab yetyapmizki, jamiyatimizning umuman yangilanishi, demokratik jarayonlarning rivojlanishi ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligida islohotlar nechog‘li samarali kechayotgani, qishloq hayotining barcha jabhalariga nechog‘li chuqur kirib borayotgani bilan bog‘liq».
Turmushimizda, kundalik hayotimizda bu masala yanada jiddiyroq ko‘zga tashlanmoqda. Qayerda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh, qilishning huquqiy asoslari barpo bo‘layotgan, xo‘jalik yuritish mexanizmining mutlaq yangi asoslari qo‘llanilayotgan, tashkiliy-tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha joyda siljishlar, hatto sakrashlar sezilmoqda. $$Shovot va Paxtachi tumanlari$$, $$Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari$$ hamda $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi$$dagi bir qator jamoa xo‘jaliklari o‘z faoliyatlarida ana shunday ijobiy o‘zgarishlarga erishdilar. Bu haqda gazetamizda ham aytildi, ularning islohot yo‘lidagi intilishlari, tajribalari yoritib berildi. O‘tgan yil 29-noyabrda Vazirlar Mahkamasining qishloq xo‘jalik korxonalarini sanatsiyalash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda aytilishicha, 1995-yilda 400 ta xo‘jalik qarzdor bo‘lgan. 1996-yilda bu ko‘rsatgich 1600 taga ko‘paygan. Jumladan, $$Amudaryo, Yozyovon, Bo‘ka, Qiziltepa, Jondor tumanlari$$da qishloq, xo‘jalik islohotlari nihoyatda sust borayotganligi alohida ta’kidlandi. Zotan, bozor munosabatlari har qanday faoliyat asosida, eng avvalo, iqtisodiy foyda yotishini, ishlab chiqarish so‘zsiz ravishda rentabelli bo‘lishini taqozo qiladi. Yurtboshimiz bu gapni san’at sifatida o‘rganishimiz, aynan moliyaviy natijalargina rahbarning qobiliyatini belgilaydigan mezon bo‘lishi lozimligini uqtirdi.
Bu qobiliyatning birinchi va asosiy tamoyili mulkka munosabatni tubdan o‘zgartirish va yo‘lga qo‘yish bilan belgilanadi. Zero, rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‘jaligida erishilgan barcha muvaffaqiyatlar, avvalambor, yerni asrab-avaylash, yerga egalik munosabatini tiklash hisobiga bo‘lmoqda. «Haqiqatan ham, — dedi Prezident, — xususiy mulkchilikdan afzalroq va samaraliroq shaklni hali hech kim o‘ylab topgani yo‘q».
Bugungi hayot tajribalaridan ma’lumki, mulk masalasini hal qilmasdan turib, mehnatni tashkil etishning har qanday mukammal tizimi ham samara bermaydi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi ahvolini tahlil qilar ekan, yurtboshimiz bunday ziddiyatli xalatdan chiqishning yo‘llarini ham ko‘rsatib berdi. Qishloqda paychilik munosabatlarini rivojlantirish mulk munosabatlarini vujudga keltirishning bosh yo‘lidir. Mehnatni tashkil etish esa bir necha yil mobaynida o‘zini oqlagan oilaviy pudrat shaklida amalga oshirilishi lozim. Negaki, katta-katta maydonlarda paxta va g‘alla yetishtiriladigan bizning sharoitimizda mehnatni bu usul asosida tashkil etish qishloq ahlining shakllangan an’analariga, ularning voha ko‘rinishidagi joylashuviga mos keladi.
«Bularning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, — deyiladi nutqda, - aynan pay va paychilik munosabatlarining oila pudratiga asoslangan mehnatni tashkil etish bilan uyg‘unlashuvi qishloqda mulk muammolarini hal etishning eng maqbul yo‘lidir».
Shuningdek, paychilik asosida qayta tashkil etilgan korxonalarga ularning mazmun-mohiyatiga mos yangi — qishloq xo‘jalik shirkati degan nom berish masalasi ham ko‘tarildi. Bu esa shirkat a’zolarini ko‘ngillilik va muayyan shartlar asosida birlashtiradi.
Yangilikni birdaniga hazm qilish, albatta, kiyin. Lekin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tayotgan mamlakatimiz hayotida bu yangiliklarni o‘z faoliyatlari mezoni qilib olgan tuman va xo‘jalik rahbarlari anchagina. Ularning tajribasi, $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ning eski yil intihosi va Yangi yil ibtidosida jon kuydirib aytgan hamda tahliliy yo‘l-yo‘riqlari va ko‘rsatmalari bugun qishloq hayotini butunlay o‘zgartirib yuborish uchun asosiy dasturilamal bo‘lib qolishi kerak. Zero, mamlakatga valyuta tushumlarining 55 foizidan ortiqrog‘ini ta’minlaydigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yildan yilga ortib borishi, nafaqat qishloq infratuzilmasini yaxshilash asosi, balki ertangi yorug‘ kunlarimizning poydevori ekanligini ham unutmaylik!