🔍

Article

HAMKORLIK KOʻLAMI KENGAYADI

By Anvar Boboyev (OʻzA) • in 1998

4-yanvar kuni $$Tojikiston Prezidenti$$ [Emomali Rahmonov] mamlakatimizga amaliy tashrif bilan keldi. Toshkent aeroportida oliy martabali mehmonni $$O‘zbekiston Bosh vaziri$$ [O‘.Sultonov] kutib oldi.
"Do‘rmon" qarorgohida $$O‘zbekiston Prezidenti$$ [Islom Karimov] bilan $$Tojikiston Prezidenti$$ [Emomali Rahmonov]ning yakkama-yakka suhbati bo‘lib o‘tdi. Islom Karimov Tojikiston hukumati tanlagan yo‘l, ya’ni — siyosiy muzokaralar va murosa yo‘li — butun jahon hamjamiyati, BMT, ushbu tuproqda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishini istaydigan barcha davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yo‘l ekanini ta’kidladi.

[E. Rahmonov] $$O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari$$ o‘zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o‘tayotganidan mamnuniyat bildirar ekan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalari, bu yo‘lda orttirilgan tajribaga yuqori baho berdi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbat chog‘ida Prezidentlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlarning yuzma-yuz suhbati nihoyasiga yetgach, ular ishtirokida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Unda $$Tojikiston$$ning mamlakatimizga qarzi va uni to‘lash shakllari muhokama qilindi hamda bu xususdagi Bitim yuzasidan kelishuvga erishildi. Ikki davlat rahbarlari $$Markaziy Osiyo$$ integratsiyasi mintaqadagi har bir davlatning milliy xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy ravnaq topish yo‘lidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini e’tirof etdilar. Shu ma’noda $$Tojikiston$$ tomoni mintaqadagi davlatlar, xalqlar o‘z tarix va taqdirining bir-biriga yaqinligi va uzviy bog‘liqligiga yana bir dalil sifatida $$O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasi$$da imzolangan $$Yagona Iqtisodiy Makon$$ tuzish to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilish istagida ekanini tasdiqladi. $$O‘zbekiston$$ tomoni bu istakni qo‘llab-quvvatladi.

[Islom Karimov] va [Imomali Rahmonov] tomonlar ko‘plab xalqaro masalalar bo‘yicha ham yaqin yoki o‘xshash nuqtayi-nazarda ekanliklarini aytdilar. Xususan, $$O‘zbekiston$$ ham, $$Tojikiston$$ ham etnik, irqiy va diniy asosdagi har qanday nizoni va ekstremizmni qoralaydi. Tomonlar $$Markaziy Osiyo$$da yaqin hamkorlik va o‘zaro birdamlikni mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash borasida birgalikda sa’y-harakat qilishga, shu maqsadlarda BMT, YXHT va boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida muntazam maslahat uchrashuvlari o‘tkazib turishga kelishib oldilar.

Mamlakatlarimizda o‘zaro Madaniyat kunlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risidagi $$O‘zbekiston$$ tomoni kiritgan taklif Tojikiston delegatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Rasmiy delegatsiyalarning muloqoti so‘ngida ikki davlat rahbarlari Qo‘shma Bayonotga imzo chekdilar. $$O‘zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari$$ — [O‘tkir Sultonov] hamda [Yahyo Azimov] ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimlarni imzoladilar. Shuningdek, ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida yuk tashish hamda gaz yetkazib berish, Tojikiston Respublikasining qarzi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob to‘g‘risidagi Bitim ham imzolandi.

Prezidentlarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

— Shu kungacha, - dedi [Islom Karimov]. — mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘ttizdan ortiq hujjat imzolangan. Tovar ayirboshlash hajmi 1997-yilda 50 million AQSH dollaridan oshib ketdi. Bu avvalgi yilgiga qaraganda 50 foiz ko‘pdir. Ayrimlar MDH davlatlari o‘rtasida savdo hajmi tobora kamayayotganini ta’kidlashadi. Lekin ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston-Tojikiston savdo munosabatlarining o‘zi ham bu gapni rad etadi. [Islom Karimov] so‘nggi bir necha yil mobaynida Tojikistonda hukm surib kelgan beqarorlik xususida to‘xtalib, bunday dedi:

— Ushbu tuproqda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishidan O‘zbekiston ham juda manfaatdordir. Axir, qo‘shni mamlakatda barqarorlik o‘rnatilmas ekan, biz islohotlarni qanday qilib xavotirsiz amalga oshiramiz? Aytish kerakki, Tojikistonda tinchlik va milliy kelishuvni qaror toptirish to‘g‘risidagi Umumiy Bitim imzolangach, bu mamlakatda ijobiy jarayonlar boshlandi va komil ishonch bilan aytamanki, bu jarayonning muqobili yo‘q.

[Islom Karimov] Tojikistondagi inqiroz faqatgina Tojikiston hukumati yoki xalqining muammosi emasligini ta’kidladi. Umumiy Bitim imzolanganidan so‘ng boshlangan jarayonga Tojikistonda tinchlik qaror topishidan manfaatdor bo‘lgan davlatlar ham ko‘maklashishi lozimligini qayd etdi. Chunki, dedi u, olti yillik urush ayni vaqtda Tojikistonni ham ma’naviy, ham moddiy yordamga muhtoj qilib qo‘ydi.

Tojikiston rahbari o‘zi uchun birodar yurt O‘zbekistonga tashrifining bosh tashabbuskori [Islom Karimov] ekanini aytdi. U keng qamrovli hamkorlik uchun davlatlarimizning imkoniyatlari yetarli ekanini qayd etib, o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

— Mazkur tashrif [Islom Karimov]ning taklifi bilan amalga oshdi, — dedi [E. Rahmonov]. — Shuning uchun men uzoqni ko‘ra biladigan, insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan, bu bag‘ri keng insonga tashakkur aytaman.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan masalalardan biri Tojikistonning O‘zbekistonga qarzi va uni to‘lash tartibi haqida bo‘ldi. Bu xususdagi savolga [Islom Karimov] quyidagicha javob qaytardi:

— Tojikistonning mamlakatimizga qarzi bir necha yillar davomida yig‘ilib kelgan va hozir taxminan 180 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Hozirgina imzolangan hujjatga ko‘ra, bu qarz pul shaklida to‘lanmaydi, balki ikki tomonlama hisob-kitob asosida amalga oshiriladi. Masalan, biz Tojikistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh ayrim hududlaridagi transport kommunikatsiyalaridan foydalanamiz. Shuning evaziga Tojikiston qarzining ma’lum qismi qoplanadi. O‘tgan yili ana shunday usul bilan 44,5 million dollar qarz uzilgan edi.

Shu bilan Tojikiston Prezidenti [Emomali Rahmonov]ning O‘zbekistonga amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi, U shu kuni Toshkentdan jo‘nab ketdi.

Total words

694

Unique words

459

Annotated anthroponyms

17

Toponyms

16

TTR

0.661

Hapax

353

Distribution

Top frequency chart

Dataset