🔍

Article

RUHIYATIMIZ KOʻZGUSI

By Nizomiddin MAHMUDOV, filologiya fanlari doktori, … • in 1997

Tilning birlashtiruvchilik xususiyati, uning ijtimoiy tabiati haqida jild-jild asarlar yozilgan. Bundan ming yillar ilgari Sharqning benazir buyuklari Kaykovus (Qobusnoma), [Mahmud Qoshg‘ariy] (Devonu lugʻotit turk) va boshqa allomalar jamoaning tilsiz, tilning esa jamoasiz mavjud bo‘la olmasligini ta’kidlaganlar. Jamoa rivoj topgan sari uning tili ham takomil topib boradi. Til jamoa a’zolarining nafaqat aloqa, balki ularning ruhiy yaqinligi, birligi belgisi hamdir. Shuning uchun ham dunyo donolari «Tilda xalq ruhi aks etadi», deb bejiz aytmaganlar. Xalqning ruhiy birligi o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas behad mustahkam birlikdir. Bu birlikni muvozanatdan chiqarmoq oson emas. Ammo bugun kunpayakun bo‘lgan saltanatning chiranchoq siyosatchilari ana shu muvozanatni bukmoq uchun ko‘p kuch sarfladilar, xalqning ruhiy birligidagi asosiy halqa—tilga qattiq zug‘um qlxailar. Bundan ma’lum darajada milliy ruh, milliy tafakkur zarar ko‘rdi, tilimizning dili zaha yedi, milliy o‘zligimizga putur yetdi. $$O‘zbek milliy pedagogikasi$$ning ulkan namoyandasi [Abdulla Avloniy] «Turkiy guliston yoxud ahloq» nomli asarida shunday deb yozgan edi: «Har bir millatning dunyoda borligin ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhinii yo‘qotmakdur» Milliy ruhi bo‘lmagan xalqning hamiyati bo‘lmasligi tayin. Hamiyat o‘zlik himoyasi, muhofazasi uchun har qanday og‘irlikka hozirlik demakdir. Hamiyati yo‘q xalq yoki olomonni istagan maqomga yo‘rg‘alatish mumkinligini yaxshi anglagan mustabid tuzum boshchilari tuzgan makkorona tuzumning oqibatlarini bayon qilishning keragi yo‘q, chunki u bugun barchamizga ravshan.

Bugun muborak istiqlol sharofati bilan milliy ruh, demakki, ona tilini davolash va muhofaza etishga jiddiy kirishilgan. Yurtboshimizning ta’biri bilan aytganda, «Ming qatla shukurki, tilimizni, dinimizni, urf-odatlarimizni, ma’naviy qadriyatlarimizni butkul yo‘qotib qo‘yish xavfidan saqlab, asrab-avaylab, ularning azaliy mazmuni va qudratini tiklashga o‘tdik». Davlatimiz rahbari bu fikrni mustaqilligimizni besh yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda aytgan edi. Yildan yilga bu boradagi ishlarning ko‘lami va sur’ati oshib bormoqda. Prezidentimizning maxsus Farmoni bilan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilindi. Mamlakatimiz boshlig‘i $$O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi$$ qabul qilinganining to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda har birimizda milliy g‘urur, milliy ong, milliy tafakkur rivojlangan va qat’iylashgan bo‘lishi taraqqiyotga erishishimizning muhim omili ekanligini yana bir bor uqtirdi. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas, uzviy bog‘liq tushunchalardir. Tilning rivoji, tozaligi va muhofazasi milliy tafakkurning barqarorlashuvida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mamlakatimizdagi mustaqillikdan iborat yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitga ko‘ra davlat tili haqidagi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Asosiy Qonunimizning 4-moddasida shunday deb yozilgan: $$«O‘zbekiston Respublikasi$$ning davlat tili o‘zbek tilidir». O‘zbek tili qadimdan o‘zbek xalqini bir qavm sifatida birlashtirib kelayotgan boy an’analarga ega bo‘lgan tididir. O‘zbek adabiy tili $$O‘zbekiston$$dagi barcha sheva vakillari uchun yagona andoza, farg‘onalikmi, toshkentlikmi, surxondaryolikmi, bundan qat’iy nazar, barcha o‘zbeklar uchun birlik, birgalikning go‘zal bir ramzidir. Ana shu tilga adoqsiz ehtirom va eʼtiqod oʻzbekistonimizga bo‘lgan muntazam muhabbatni poydor etadi. Yagona til va yagona Vatanga mansublikdan iftixor va g‘urur tuyg‘ulariga barqarorlik baxsh etadi.

Yuksak fan va madaniyat, bemisl moddiy va madaniy boyliklar maskani bo‘lgan kodim Turkistonni tanazzul va istibdod botqog‘iga botirgan yoki bu mudhish ko‘rgilikni ko‘r ko‘z bilan ko‘rishday savdolarga giriftor etgan balo ham aslida o‘zbekning o‘z ichidan chiqqan olasi — mahalliychiligi ekanligini bugun bilmaydigan odam bo‘lmasa kerak. O‘tgan kunlarning achchiq va alamli saboqlarini haqgo‘y adib [Abdulla Qodiriy] o‘z qahramoni [Yusufbekhoji] tilidan chuqur dard va oxirsiz og‘riq bilan mana bunday ifodalagan edi: «O‘ris o‘z ichimizdan chiqadurg‘on fitna-fasodni kutib, darvozamiz tagida qo‘r to‘kib yotibdur. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin yovg‘a beradirgon kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, san falon deb qirilishsak, holimiz na bo‘lodir? Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uvchimiz bormi?...

Xalqning birligi, metinday mustahkam jipsligi g‘oyasi el erki deya o‘lim bilan o‘ynashgan, jonni ozod Vatan tuprog‘i uchun shunchaki badal deb bilgan bahodirlar qalbini biror lahza bo‘lsin tark etmagan. Ana shunday bahodirlarning sardorlaridan biri [Cho‘lpon] «Birlash, ey xalqim, kelgandir chog‘i, Bezansin endi Turkiston bog‘i» deya hayqirgan edi. Bugun O‘zbekistonimiz mustaqil, elimiz ozod. Xalq qalbidagi sim-sim og‘riqli armonlarning nihoyasi, oydin orzularning ushalishini ko‘rmoq sizu bizga nasib etdi. Mustaqillikni mustahkamlash mas’uliyati, uni avlodlarga sog‘-omon yetkazmoqning muborak majburiyati jamiyatimiz a’zolarining ahilligi va birligini talab etadi. Bu birlikni ta’min etishda. O‘zbekiston degan ulkan hududni yakdilu yakqalam qilishda, buyuk kelajak degan oliy maqsad sari qo‘lni-qo‘lga berib shiddatu shijoat bilan odim otishda ruhiyatimiz ko‘zgusi bo‘lmish o‘zbek tili davlatimizning yagona tili sifatida alohida vazifani o‘z yelkasiga olgan.

$$O‘zbekiston Respublikasi$$ o‘z davlat ramzlari — Bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga ega, ular dunyo davlatchiligidagi davlat mustaqilligi va yaxlitligining e’tiborli va e’tirofli belgilaridir. O‘zbek tili ham davlat tili sifatida xalqimiz birligi, davlatimiz mustaqimligining o‘ziga xos timsolidir.

Total words

686

Unique words

516

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

5

TTR

0.752

Hapax

448

Distribution

Top frequency chart

Dataset