🔍

Article

QISHLOQDA ISLOHOTLARNING BORISHIGA NIMALAR TOʻSIQ BOʻLAYAPTI?

By “Xalq soʻzi” muxbiri Shodiyor KARIMOV … • in 1997

$$O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi$$ vaziri [Marks Jumaniyozov] bilan muloqot.

-- Suhbatni mamlakatda kechayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni qishloq va suv xo‘jaligi sohasida qanday natijalar berayotganidan boshlasak.
— Hozirgi kunda tarmoqda iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash bir necha yo‘nalishlarda olib borilayapti. Masalan, dehqonchilikda — dehqon-fermer xo‘jaliklarini yopiq hissadorlik jamiyatlariga aylantirib, yer, suv, o‘g‘it, urug‘ va texnikadan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari ko‘rilayotir.
Chorvachilikda esa, ilgarigi, xo‘jaliklar tasarrufidagi fermalar fermer xo‘jaliklariga aylantirilib, ularga 194 ming gektardan ortiq yer maydoni ajratildi. Ularga naslli qoramol va qo‘y yetkazib berish maqsadida ilgarigi naslchilik xo‘jaliklarini vazirlik ixtiyorida qoldirdik.
Urug‘chilik sohasida alohida uyushma tashkil qilindi. Uyushma tasarrufida mehnat qilayotgan olimlar, mutaxassislar yaqin kelajakda xo‘jaliklarning yangi nav urug‘larga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirishadi. Ana shu uyushma asosida paxta, g‘alla va boshqa o‘simliklarning elita va birinchi reproduksiya urug‘larini yetkazib beradigan alohida tizim shakllanayapti.
Meva-sabzavot, uzum yetishtirishda ham xususiylashtirish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki mulkni davlat tasarrufidan chiqarmay, bir joyda depsinib turaverish dehqonga ham, xo‘jalikka ham katta ziyon keltirmoqda. Qolaversa, bugungi islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad ham shu. Yerni, mulkni o‘z egasi — dehqonga topshirish. Shu yo‘sinda ish tutgan xo‘jaliklarda bu yil meva-sabzavot, poliz mahsulotlari, guruch yetishtirishda natija o‘tgan yilga qaraganda ancha yaxshi bo‘ldi.

200 DAN KOʻP LAVOZIM QISQARDI
— Ikkala vazirlik birlashtiririlib, Qishloq va suv xo‘jaligi tarkib topganligiga qanday qaraysiz?

-- Endi yer va suv bitta qo‘lda bo‘ladigan bo‘ldi. Ya’ni yer va suvdan samarali foydalanish imkoni yaratildi. Bu birinchidan. Ikkinchidan esa, ikkala vazirlikni birlashtirish natijasida vazirning olti nafar o‘rinbosari, 200 ga yaqin boshqaruv apparati xodimi lavozimi qisqartirildi. Yangi vazirlikning, yangi tizimi ishlab chiqilayapti, mutaxassislar zamonaviy kompyuterlarda ishlashga o‘rgatilmoqda.

— Tizim o‘zgardi dedingiz, xo‘sh, joylardagi rahbarlarning o‘z vazifasiga mas’uliyati-chi? Bir qator xo‘jaliklardagi muttasil qoloqliklarga ana shu beparvolik, mas’uliyatsizlik sabab bo‘lmayaptimi?

-- Albatta. Joylardagi rahbarlar orasida beparvo, loqayd, boqimondalik bilan kun ko‘rayotgan noshud raislar, hokimlar talaygina. Dehqoncha qilib aytganda, ularning ko‘pchiligi «eski eshelon» vakillaridir. Shu bois tizimni o‘zgartirishda yangi vazirlik apparatiga, uning joylardagi idoralariga rahbar va mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazib, yosh, g‘ayratli, bilimdon xodimlarni qo‘yyapmiz. Bu ish quyi bo‘g‘inlarda ham amalga oshiriladi.

IKKI MUHIM VAZIFA
— Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish uchun nima birlamchi deb hisoblaysiz? Galdagi rejalar to‘g‘risida nimalar deya olasiz?

— Birlamchi vazifa — vazirlik tizimini bilimdon, serg‘ayrat, tiliyu dili bir xodimlar bilan ta’minlashga erishish.

Galdagi rejalarga kelsak, avvalo, chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasini keng yoyish, shu maqsadda 1997-yilda 200 ming gektar yerda Andijon texnologiyasini qo‘llash rejalashtirildi. Buning uchun Andijonda xodimlarni ana shu yangi ish uslubiga o‘rgatish jarayoni davom etayapti.
Ikkinchi vazifa: — paxta va g‘allachilik xo‘jaliklarini serhosil urug‘lar bilan ta’minlash masalasini hal etish; — chorvachilikda naslli mollarni ko‘paytirish, ozuqa, yem bazasini mustahkamlash; -yerning meliorativ holatini yaxshilash, sho‘r yuvish, yerdan tejamkorlik bilan foydalanish masalalarini hal etish; — olimlarimizning gidrogeldan foydalanish taklifini ishlab chiqish; — fan-texnika yutuqlarini keng qo‘llash, shu asosda dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish.

ISLOHOTLAR NOMIGAGINA OʻTKAZILGACH...

— Biz bugun mavjud qoloqliklarning tub mohiyatini tugal anglab yetmayotganga o‘xshaymiz. Shu bois aksariyat hollarda bu masalaga yuzaki baho berish bilan kifoyalanayapmiz shekilli. Bo‘lmasa, bu yilgidek, ob-havo qulay kelgan sharoitda ham aksariyat viloyatlarda paxta tayyorlash rojasi barbod etilarmidi?

— Bu yilgi qoloqliklarga bir qancha holatlar sabab bo‘ldi. Masalan, 1995-yil kuzida $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi$$ va $$Xorazm vohasi$$da sho‘r yuvish ishlari 15-20 kunga kechiktirib yuborildi. 1996-yil bahorida tuproq haroratining pastligi mamlakatning shimoliy mintaqalarida ekish mavsumining may oyigacha cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ldi. Buning ustiga yoz oylarida samarali harorat 100-150 darajaga past bo‘lganligi tufayli g‘o‘za rivojlanishdan orqada qoldi. Janubiy mintaqalarda esa avgust oyidagi garmsel bir qator tumanlarda g‘o‘zaga jiddiy zarar yetkazdi. Buning ustiga $$Qashqadaryo$$, $$Jizzax$$, $$Sirdaryo$$ va $$Surxondaryo viloyatlari$$da hosil to‘plash uchun asosiy palla bo‘lib hisoblangan avgust oyida suv tanqisligi yuzaga keldi va alaloqibat ko‘p joylarda g‘o‘zalar chanqatib qo‘yildi. $$Qoraqalpogʻiston Respublikasi$$ va $$Xorazm viloyati$$ning paxta dalalarida karadrina hashoratiga qarshi kurash choralari o‘z vaqtida ko‘rilmadi. Bu ham hosilni bir qadar boy berilishiga olib keldi. Xo‘jaliklarning iqtisodiy nochorligi tufayli mavjud texnikalar mavsumga to‘liq tayyorlanmadi. Oqibatda shudgorlash, bahorgi ekish va nihoyat, g‘alla o‘rish, paxta terish ishlari bir qadar kechikdi.

Xullas, qishloqdagi islohotlar jarayonini bir hidda ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan muammolar hozirgacha o‘z yechimini topgani yo‘q. Bunga qator xo‘jaliklarda islohotlar nomiga o‘tkazilayotgani ham sabab bo‘layapti. Ayrim mutaxassislarning malakasi pastligi xo‘jaliklarda hisob-kitoblarni izdan chiqishiga olib kelayapti.

Qoloqliklarni bartaraf etish uchun, bugun birinchi navbatda fermer xo‘jaliklari, oila va ijara pudrati faoliyatini rivojlantirish, hissadorlik uyushmalari boshqaruv tizimini takomillashtirish zarur.

Bizda davlat bosh islohotchi bo‘lganligi uchun ham hukumatimiz qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yetarli miqdorda yordam ko‘rsatayapti. Masalan, birgina 1997-yil hosili uchun jami 330,8 ming tonna azotli, 311,9 ming tonna fosforli va 220 ming tonna kaliyli o‘git yetkazib berish choralari ko‘rilayapti. Bu raqamlar o‘tgan yildagiga nisbatan bir necha ming tonna ko‘p ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak. davlatning xo‘jaliklarga yordami yaqqol namoyon bo‘ladi. Yana bir misol: qishloq va suv xo‘jaligini ish unumi samarali bo‘lgan texnika bilan ta’minlash bo‘yicha katga ishlar qilinyapti. 1996-yilning o‘zida Amerikaning «Keys — Korporeyshn» kompaniyasidan 424 ta g‘alla kombayni, 150 ta «Magnum—7240» traktori, $$Germaniya$$dan esa 24 ta «Klass», 4 ta «MDV» sholi-g‘alla o‘rish kombaynlari keltirildi. 1997-yilda davlat xo‘jaliklarga yana 200 ta «Keys» kombayni, 400 ta «Magnum—7240» traktorlari olib kelish uchun mablag‘ ajratgan. Jahon andozalariga mos, serunum traktorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. 1997-yilning birinchi choragida 50 dona uch g‘ildirakli, 50 dona to‘rt g‘ildirakli traktorlar, yilning oxirigacha esa har bir traktordan 300 donadan ishlab chiqarish rejalashtirilayapti.

«Keys -- Korporeyshn» bilan hamkorlikda tuzilayotgan qo‘shma korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach esa, yiliga 7.000 dona zamonaviy traktorlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

QALAYSAN, GʻALLAZOR?
— Prezidentimiz $$Buxoro viloyati$$ sessiyasidagi nutqida yangi va serhosil g‘alla naviga alohida e’tibor qaratdilar. Umuman xalqimizning rizq-nasibasi bo‘lgan kuzgi g‘alla ekilgan maydonlardagi bugungi manzara qanday?

— Bu yil asosiy maydonlarga bug‘doyning serhosil «Intensiv», «Sanzor—4», «Sanzor—8»,- «Yonbosh», «Marjon», «Sherdor», arpaning «Oyqor», «Bolg‘ali», «Zafar», «Temur» navlari ekildi. 175 ming gektarga yaqin maydonga esa Rossiyadan keltirilgan «Spartanka», «Skifyanka» va «Yuna» navli serhosil bug‘doy urug‘i sepildi. Ana shu maydonlardan olinadigan hosildan, asosan, urug‘lik sifatida foydalanish mo‘ljallanayapti.
Shu bilan birga hosildorligi va donning sifati yuqori bo‘lgan $$Misr$$, $$Vengriya$$, $$Fransiya$$ va boshqa xorijiy mamlakatlardan keltirilgan navlar mamlakatimiz iqlim sharoitiga moslashtirilmoqda.
Kuzgi g‘alla haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, shu kungacha 860 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda to‘liq ko‘chat undirib olindi. Mutaxassislarning fikricha, hozir 1 kv. metrla o‘rtacha 400-460 dona ko‘chat mavjud. Lekin lalmi yerlarda ahvol biroz tangroq. Yog‘ingarchilik kam bo‘lganligi, haroratning past kelishi sababli jami galla ekilgan maydonlarning 15 foizida ko‘chat undirildi, xolos.

Total words

998

Unique words

689

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

14

TTR

0.690

Hapax

553

Distribution

Top frequency chart

Dataset