🔍

Article

QOROVULBOZOR: 34 TA INSHOOTDA ISH QAYNAYAPTI

By Mannon Otaboy • in 1997

Yangi yilning iyun-iyul oylarida uni ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Shu bois mazkur inshootda qurilish ishlari jadal olib borilyapti. Bunda, ayniqsa, «Buxoroqurilish» hissadorlik jamiyati (sobiq 163-trest) bunyodkorlari alohida o‘rnak ko‘rsatmoqdalar. Ular 1996-yil mobaynida 13 million so‘mlikdan ziyod ish bajargan bo‘lsalar, ayni paytda 34 obyektda harakat qilishayapti. Hozirgacha ana shu obyektlarning 19 tasi ishchi komissiyasi tomonidan qabul qilib olindi. Tez orada yana 7 tasi nufuzli komissiya hukmiga havola etiladi. Bu yerda, asosan, ma’muriy binolar, qozonxonalar qurib bitkazildi. Beshta sakkiz kvartirali uy-joy, harbiylar shaharchasi va laboratoriya esa tezkorlik bilan tiklanmoqda. Fransuzlar qurayotgan texnologiyalarning yer maydonini ham ushbu jamiyat ishchilari tartibga keltirayotir. Bugungacha qazib olingan-tuproq o‘rniga 12 ming kub shag‘al tashlandi.

Jamiyat bunyodkorlari, shuningdek, energetiklar bilan hamkorlikda zavodda elektr quvvati tarmog‘ini o‘rnatdilar. Nursozlar uchun 4 ta kottej qurilib, oqava suvlar uzatiladigan 10 kilometr uzunlikdagi quvurlarni yotqizdilar. Bu yumushlarni 2, 3, 4, 6, 7-qurilish-montaj firmalari qoyilmaqom etib bajarishdi.

Jamiyat raisi [Q. Hojiyev]ning ta’kidlashicha, trestda mulk shakli o‘zgargandan keyin ishchilarning mehnatga bo‘lgan munosabati tubdan yaxshilandi. Ular 1995-yilda 5 million so‘mlikdan ko‘proq dividend olgan bo‘lsalar, bultur 888 ming so‘mlik aksiya sotildi. Ikkinchi bosqichda esa qo‘shimcha 8202 ming so‘mlik aksiyalar chiqarildi. Uning xaridorlari kundan kunga ko‘payib bormoqda.

Mehnat ahli 1996-yilni qariyb 30 million so‘m sof foyda bilan yakunladi. Bu — dividendlar miqdori tag‘inda ko‘payadi, degani. Muhimi — ilgari trestda 1500 nafar odam ishlagan bo‘lsa, hissadorlik jamiyatida esa ishchilar soni 2068 nafarga yetdi.

Hissadorlar hatto ko‘plab tashkilotlarni ham qarzdor qilib qo‘yishgan. Masalan, ulardan «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat kompaniyasining 6.200 ming so‘m, viloyat hokimligining esa 10 million so‘mdan ziyod qarzi bor. Bugungi narx ertaga to‘g‘ri kelmay turgan paytda bu holatni qanday tushunish mumkin? Ignani o‘zingga ur, og‘rimasa — birovga, deydilar.

Jamiyat ma’muriyati va neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati yaqinda 1997-yil uchun shartnomani imzolashdi. Shunga muvofiq, quruvchilar 13 million so‘mlik ish bajarishlari lozim. Demak, ishda uzilish bo‘lmaydi.

— Prezidentimiz $$Buxoro$$ga tashrifi chog‘ida zavod qurilishi bilan ham tanishdilar, — deydi jamiyat raisi [Q. Hojiyev]. — Jamoamiz tomonidan barpo etilgan binolarni ko‘rdilar. «Siz, quruvchilar ajoyib zavod quryapsizlar», — deganlarida hammaning chehrasida shodlik barq urdi. Yurtboshimiz, shuningdek, korxonani kam-ko‘stsiz ishga tushirish, uning atrofini ko‘kalamzorlashtirish, ihota daraxtlari ekish yuzasidan qimmatli yo‘l-yo‘riqlar berdilar. Zero, bo‘lajak zavod mustaqilligimizni mustahkamlash, iqtisodimizni ko‘tarishga xizmat qiladi. Uni tezroq ishga tushirish esa bizning asosiy maqsadimizdir.

Istiqlol baxsh etgan umidlar ro‘yobga chiqib, ijobat bo‘lishiga yaqin kunlar qoldi. Buni yurakdan his etgan quruvchilar astoydil mehnat qilmoqdalar

Total words

375

Unique words

316

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

1

TTR

0.843

Hapax

278

Distribution

Top frequency chart

Dataset