🔍

Article

ZАRBDOR MEXNAT YILI

By G. Pun va I. Chernov • in 1978

Yana bir yil o‘tmishga aylandi. Tarix zarvarag‘idan 1977 yil bilan xayrlashdik. $$Sovet kishilari$$ oʼtgan yilni Sovetlar mamlakatining shonli zafarlari uchun haq- koniy iftixor tuyg‘ulariga to‘lib-toshgan holda kuzatib qoldilar. Yubiley yili mamlakatimiz hayotiga, har bir sovet kishisining takdiriga $$SSSR$$ning yangi Konstitutsiyasi$$ kabul kilingan va $$Ulug‘ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi$$ning 60 yilligi nishonlangan yil bo‘lib kirdi.
$$«Sovet xalqi$$, yeyiladi $$KPSS Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$ va $$SSSR Ministrlar Soveti$$ning sovet xalqiga Yangi yil tabriknomasida, $$Oktyabr erasi$$ning yettinchi o‘n yilligiga kuch-qudrati, g‘ayrati barq urib yashnagan holda umidvorlik bilan kadam kuydi. Sotsialistik sanoatimiz va qishloq xo‘jaligimiz muttasil o‘sib takomillashmoqda, fan va texnika muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, sovet kishilarining maʼnaviy xayoti tobora sermazmun bo‘lib qolmokda. Xalq farovon-ligi oshmoqda. Sovet kishilari shuni yaxshi bilishadiki, mamlakatimiz erishayotgan barcha muvaffaqiyatlar lenincha partiyamiz olib borayotgan dono siyosat tufayli, mamlakatimizdagi barcha millat va elat mehnatkashlari qilgan fidokorona ishning natijasidir. $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning 1977 yil dekabr Plenumi, $$SSSR Oliy Soveti$$ning sakkizinchi sessiyasi yubiley yili zafarlariga yakun yasab, bundan buyongi yuksalish rejalarimizni belgilab berdi. «Yubiley yili musobaqa-sidagi mexnat g‘ayrat-shijoati va maromini saklash va mustahkamlash zarur», dedi urtok [L. I. Brejnev] plenumda so‘zlagan nutkida. Bugun kechagidan yaxshiroq. Ertaga bugungidan yaxshirok ishlash kerak. Shu kunning shiori ana shunday. Yaxshiroq ishlash esa sifatga, samaradorlikka. Unumdorligini o‘stirishga alohida eʼtibor berish demakdir. Sotsialistik majburiyatlarning o‘zagi, shuningdek, umuman butun xujalik faoliyatimizning o‘zagi xuddi shundadir.
Ko‘rinib turibdiki, 1978 yil uchun belgilangan topshiriqlarning to‘la va oshirib bajarilishini taʼminlash bugungi kundagi eng muhim vazifadir. Partiya, sovet, xo‘jalik, kasaba sayuz va komsomol tashkilotlari o‘zlarining butun diqqateʼtiborlarini 1978 yilni besh yillikning zarbdor yiliga aylantirishga qaratishlari darkor. Ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish, vujudga keltirilgan iqtisodiy potentsialdan omilkorlik bilan foydalanish, kapital mablag‘larni ishga tushiriladigan eng muhim obyektlarga jamlash va asosiy fondlarni uz vaqtida ishga tushirish, fan-texnika taraqqiyotini va ishlab chiqarishni intensivlashni butun choralar bilan jadallashtirish, mehnat unumdorligini o‘stirish, tejamkorlikni kuchaytirish vazifalarini amaliy ravishda hal qilishga ko‘proq eʼtibor berish lozim. $$KPSS Markaziy Komiteti$$ning 1977 yil dekabr Pleniumida taʼkidlanganidek. 1978 yil plani partiya XXV siyezdining qarorlarini, uninchi besh yillik topshiriqlarini amalga oshirishda muhim bo‘g‘indir. Zarbdor yil plani ekonomikani yanada o‘stirish va uning samara dorligini oshirishni, sanoat va kishlok xujaligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Unda xalq turmush darajasini oshirish, fan, madaniyat, maorif, maishiy xizmat va sotsial taʼminotni rivojlantirishni koʼzda tutgan keng sotsial programma bayon qilib berilgan. 1978 yil plani partiyaning mexnat ahli xakida, uning oʼsib borayotgan moddiy extiyojlari va maʼnaviy talablarini qondirish to‘g‘risida qilayotgan g‘amxo‘rligining yorqin ifodasidir.
Butun mamlakatda bo‘lgani kabi respublikamizda xam yangi yilni zarbdor mexnat yiliga aylantirish shiori keng kuloch yozdi. Toshkentlik ishchilarning 1978 yil planini SSSR Konstitutsiyasi qabul kilingan kunning bir yilligi nishonlanadigan kungacha bajarish haqidagi parvarlik tashabbusi butun respublikamizni qamrab oldi. $$Ulug‘ Oktyabr$$ning 60 yilligi kunigacha 2-3-5 yillik planlarini bajarib qo‘ygan besh yillik gvardiyachilari endilikda bir besh yillikda o‘n yillik miqdorida topshiriqni bajarishga azmu qaror qildilar.
$$O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ning yangi yil arafasida bo‘lib o‘tgan sakkizinchi Plenumi va $$O‘zbekiston SSR Oliy Soveti$$ning navbatdagi sessiyasi respublikamizni sotsial va iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi yil planlarini yakdillik bilan maʼqulladi. Bu muhim hujjatlar respublika partiya tashkilotlari, barcha mehnatkashlarini $$KPSS XXV syezdi$$ qarorlarini bajarish uchun, ekonomika, madaniyatni va xalq farovonligini yanada yuksaltirish uchun kurashda jangovar harakat dasturi bo‘lib qolishi turgan gap. 1978 yil topshiriqla- rini xar bir mehnat kollektivi, rayon, shahar, oblast va umuman respublikamiz to‘la va oshirib bajarishini taʼminlash $$O‘zbekiston partiya, sovet, xujalik, kasaba soyuz va komsomol tashkilotlari$$ning asosiy vazifasidir.
Zarbdor yilda yalpi ijtimoiy mahsulot 3,4 protsent, milliy daromad 3,6 protsent, sanoat mahsuloti hajmi 4,5 protsent oshdi, bular respublikamiz taraqqiyotining ko‘zgusi xisoblanadi. Shuningdek, paxta, don, sholi, chorvachilik mahsulotlari va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish har qachongidan ham ko‘payadi. Ishchi va xizmatchilarning real daromadlari yanada ortadi.
Bularning hammasi lenincha tinchliksevar va bunyodkorlik siyosatini amalga oshirayotgan shonli Kommunistik partiyamiz o‘tkazayotgan yo‘lning g‘oyat to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi.
Yangi yilning dastlabki kunlarida mehnat kollektivlaridan olingan va gazetamizning bugungi sahifalarida yoritilayotgan xushxabarlar mehnat ahli yilni yaxshi boshlayotganligini, 1978 yilni zarbdor mehnat yiliga aylantirishga astoydil kirishganligini ko‘rsatib turibdi.
«Sovet kishilari $$[Lenin] partiyasi$$ XXV syezdining, partiya $$Markaziy Komiteti$$ dekabr Plenumining tarixiy qarorlarini bajara borib, yubiley sotsialistik musobaqasining mexnat jo‘shqinligi va maromini mustahkamlab, yanada rivojlantiradilar, 1978 yil ham zarbdor mexnat yili bo‘lib kolishi uchun hamma ishlarni kiladilar».
$$KPSS Markaziy Komiteti$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$, $$SSSR Ministrlar Soveti$$ning sovet xalqiga Yangi yil tabriknomasida aytilgan bu so‘zlar har bir mehnatkashning qalbidan chuqur joy olib, uni yangi zafarlarga ilhomlantirmoqda. Yangi yil yaratuvchilik mehnat shijoatiga to‘lib-toshgan bunyodkor yil bo‘ladi. Respublikamiz mehnat ahlining bugungi shiori ana shunday.
1970 yilning dekabr oyi edi. $$Chorvoq GESi$$ ishga tushdi. Uning dastlabki agregatlari energiya bera boshlagan o‘sha kundan boshlab, hozirgacha 6 milliard 200 million kilovatt soat energiya hosil qildi. Besh yillikning uchinchi yili danurxona kollektivi 600 ming kilovatt kuvvatli turt agregatning muntazam ishlashini ta’minlab, har qachongidan kup energiya xosil kilishga ahd qilishgan.

Total words

765

Unique words

494

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

19

TTR

0.646

Hapax

373

Distribution

Top frequency chart

Dataset