🔍

Article

NAFAQAGA CHANG SOLGANLAR

By Nabijon SOBIR, “Xalq soʻzi” muxbiri • in 1997

Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan pensiya va nafaqalar miqdorini oshirishga oid 20 dan oshiq farmonlar va qarorlar qabul qilindi. Ana shunday insonparvarlik hujjatlari sobiq Ittifoqning biror-bir davlatida qabul qilinmaganligini joylarda e’tirof etishyapti. Axir, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, Hamdo‘stlikdagi qaysi bir davlatda o‘zgalar yordamiga muhtoj yoki yakka-yolg‘iz keksa fuqarolarga oyiga 9 xildagi oziq-ovqat mahsulotlari berilishi joriy qilingan. Ular elektr energiyasi, gaz, suvdan foydalanganligi uchun ham haq to‘lashmaydi. Mamlakatimiz imtiyozli nafaqaxo‘rlarga dori-darmonlar bepul beriladigan Hamdo‘stlikdagi yagona davlatdir.

$$Farg‘ona viloyati$$da ayni kunlarda 355 ming‘ kishi ijtimoiy ta’minot xizmatidan bahramand bo‘layotir, 42 ming ishlamaydigan bolali onalarga, 2700 dan ziyod nogironlarga esa ijtimoiy nafaqalar yetkizib berilayapti. Ularni o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlab turishday sharafli vazifa $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining viloyat bo‘limi -- pensiya fondi zimmasiga yuklatilgan.

Viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar, muassasalar ijtimoiy nafaqalarni ana shu bo‘lim ixtiyoriga o‘tkazib beradi. Bo‘limda jamlangan mablag‘lar esa ishlab chiqarishga mehnati singgan, qarilik gashtini surayotgan keksalarga, nogironlarga rasamadi bilan tarqatiladi. Afsuski, shu muqaddas dargohga o‘rnashib olgan ba’zi bir olg‘ir kimsalar nafaqaxo‘rlarning rizqiga ham chang solishdan hayiqishmayapti.

Bilasiz, jamg‘armaga hisobida mablag‘i yo‘q korxona va tashkilotlar veksel olib kelib topshirishadi. Bu qimmatli qog‘oz muomalaga kiritilib, mablag‘ hisobida jamg‘arma fondiga o‘tkazilishi kerak. Lekin veksellarni ishlatish ancha qulay, uning nazorati bo‘sh bo‘lganligidan, jamg‘armaning [Sh. Otaqulov] rahbarligidagi yulg‘ichlari undan shaxsiy maqsadlarda foydalana boshlashdi. Faqat bir yilning o‘zida korxona va tashkilotlardan olingan 79,3 mln. so‘mlik veksellar 100 dan ortiq tijorat firmalariga hamda tashkilotlarga tarqatib yuborildi. Shundan 26 mln. so‘mdan ziyodini [Sh. Otaqulov]ning o‘zi 68 ta xususiy va kichik korxonalarga shartnoma asosida yoki, umuman, shartnomasiz, saxiylik bilan, hamyonidagi shaxsiy mablag‘i sifatida hadya etib yubordi,

Albatta, bu qalbaki ishga ma’muriy organlar, soliq inspeksiyalari nuqta qoʻyishdi. Hozirgacha tarqatilgan veksellarning bir qismi jamg‘arma hisobiga qaytarildi. Lekin hanuzgacha 23 million 848 ming so‘m qiymatdagi veksellar taqdiri noma’lum. Xususan, $$Oltiariq tumani$$dagi tayyorlov-xarid savdo korxonasidan 6 mln. so‘m, «Sharq» savdo korxonasidan 2,4 mln. so‘m, $$Qo‘qon shahri$$dagi «Almarg‘ub» firmasidan 3 mln. so‘m, $$«O‘zbekgaz» qurilish tashkiloti$$ning xo‘jalik hisobidagi uchastkasidan 2,5 mln. so‘mlik veksellarning qachon undirilishini hech kim aytolmaydi. Chunki bu tashkilotlar hisobida ayni kunda, umuman, mablag‘ qolgan »mas. Boshqarma rahbarlari, nahotki, bu mablag‘lar 2-3 oylab nafaqaga ko‘z tikib turgan keksalar, faxriylar, nogironlar, yakka-yolg‘izlarning haqi ekanligini anglab yetishmasa?

Ijtimoiy sug‘urga jamg‘armasining $$Qo‘qon shahri$$dagi vakili [X. Qosimov] yulduzni benarvon uradiganlar toifasidan ekan. U veksellarning 53 million so‘mligini korxonalarga tarqatib» yuborgan. Tekshiruv organlari aralashgandan keyingina 34 mln. so‘mlik veksellar qaytarildi xolos. Qolgani qachon nafaqa sifatida o‘z egalariga berilishini hech kim aytolmaydi.

Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidagi vallomatlar ayshini surib yurgan bir paytda viloyat, shahar va tuman hokimliklari nafaqalarni o‘z vaqtida ta’minlashning turli xil yo‘llarini izlash bilan ovora bo‘lishdi. Hatto ish shu darajaga borib yetdiki, nafaqaxo‘rlarga pul o‘rniga 2 mln. so‘mlikdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi, deb xalqimiz bejiz aytmagan. Nafaqaga chang solgan viloyat jamg‘armasi rahbari $$[Sh. Otaqulov], jamg‘arma$$ning $$Qo‘qon Shahri$$dagi vakili [X. Qosimov]lar hamda tijorat firmalarining 4 nafar mansabdor shaxslari endi hayotga «panja» orasidan qarashga majbur bo‘lishyapti. Ularga ehtiyot chorasi sifatida shu holat qo‘llanilgan. Ba’zi bir firmalarning rahbarlari esa jazodan qochib yurishibdi. Lekin shu narsa aniqki, ular ham odil sud oldida javob berishadi.

Total words

503

Unique words

385

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

8

TTR

0.765

Hapax

315

Distribution

Top frequency chart

Dataset