🔍

Article

FERMERLAR NEGA SARSON?

By Temur Haydarov, “Xalq soʻzi”ning jamoatchi … • in 1997

Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan 153 fermer xo‘jaligidan 42 tasi chorvachilik bilan shug‘ullanadi. 1996-yilning o‘tgan 9 oyida ular 62 tonna sut, 18 tonna go‘sht sotishdi.
Chorvador fermerlarga ozuqa ekinlari ekish uchun yer ajratilgan, texnika turlariga ega. Ular yetishtirgan go‘sht va sut davlat tayyorlov punktlari tomonidan qabul qilib olinmoqda. Fermer xo‘jaligi tashkil etish istagini bildirib kelayotgan kishilar soni ortib borayapti.
Albatta, mahsulotni vaqtida qabulqilib olishsa, bir tomondan fermerga oson bo‘ladi. Lekin uning o‘z mehnatidan manfaatdorligi masalasi qanday?
«Saryuz» shirkatlar uyushmasida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer [Fayzulla Boboqulov] qaramog‘idagi mollar tuyogi kamayib ketgan. 30 bosh o‘rniga 20 bosh qoramol qolgan. Sababi mahsulotni topshirib qo‘ygan fermer o‘z pullarini ololmasdan, oylab sarson bo‘ladi. Bo‘rdoqchilik punkti bir yilga yaqin vaqt mobaynida qarzlarini uzolmayapti. Natijada ozuqa, yonilg‘i, mehnatkashlarning oylik maoshi kabi xarajatlar uchun fermer bozorda mol sotishga majbur bo‘lmoqda. Mol tuyog‘i kamaygach, har o‘n bosh shartli qoramol hisobiga 3 gektardan ekin maydoni qisqartiriladi. Keyinchalik, fermer mol tuyogʻini tiklaganida ana shu yerni qaytarib olish uchun qanchalab hujjat to‘g‘rilashiga, yerning ekindan bo‘shashini kutishiga to‘g‘ri keladi. Molga esa, har kuni yemish berish kerak.

Tuman fermerlari ixtiyorida 5 ta «T 28 -- X4», uchta «M TZ - 80» traktorlari bor. Lekin ularga yoqilg‘i masalasi muammo. Bir yilda 400 tonna solyarka, 200 tonna benzin, 25 tonna yogʻ sarflanishi kerak bo‘ladi. Ammo buning uchun fond ajratilmagan. Bundan tashqari tumandagi 1168 bosh qaro mol, 71 bosh ot, 460 bosh qo‘y -- echkining hammasi uchun bir yilda fond bo‘yicha ajratiladigan 16 tonna kunjara mol tuyog‘iga taqsimlansa, qanchaga ham yetardi. Yana fermer naqd nulga savdo qilishga majbur.

Bunday sharoitda chorvador fermer nima qilsin?

Qoramollardan birini bozorga olib chiqadi, birini so‘yib sotadi. Ma’lum vaqt mobaynida fermer beshta qoramol sotsa, ro‘yxatga olingan bu qoramolni sotishdan tushgan naqd pulni bangga topshirishi shart. Axir u yosh mollar hisobiga bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirishi kerak-ku. Zotli yosh molni tanlab olish uchun, albatta, yana bozorga borish kerak bo‘ladi.

-- Bizda maxsus ko‘rsatma bor, -- deydi tumandagi «Tadbirkorbank» bosh qaruvchisi ^^Muborak Madyorova^^. -- Fermer bu tartibda topshirgan mablag‘ining 5 foizini naqd pul tariqasida olishi mumkin. Mol, texnika, sm, yonilg‘i olish uchun faqat pul o‘tkazish usuliga ruxsat beriladi. Bu usulda ish yuritishlari uchun ularga yordam berish 18 biz har doim tayyormiz. -- Fermer esa, - deydi tuman fermerlar uyushmasi raisi [Tohir Sobirov], — pul o‘tkazish yo‘li bilan jaydari mol emas, bozordan mahsuldor. zotli mollarni tanlab olishni xohlaydi. Buning uchun bozorga naqd pul bilan borishi kerak. Yana bir muammo tumandagi «Navbahor» jamoa xo‘jaligidan sut qabul qilish punktigacha bo‘lgan masofa 50 kilometr, «Bekobod» jamoa xo‘jaligidan 45 kilometr keladi. Shuncha masofadan 30 litr sutni bir marta olib kelish uchun sutga to‘lanadigan mablag‘dan ko‘proq yoqilg‘i sarflanar ekan. Tarmoqni daromadli sohaga aylantirish uchun ikki-uch xo‘jalikdagi fermerlar uyushib, mahsulotni qayta ishlaydigan kichik korxonalar tashkil etishsa yaxshi bo‘lmaydimi? Kattami, kichikmi, harqalay tumanda xususiy chorvachilikni rivojlantirish, daromadli tarmoqqa aylantirish, aholi dasturxonini to‘kin qilish uchun hal etiladigan muammolar anchagina. Shu bilan o‘ziga berilgan vakolat darajasida shug‘ullanish uchun fermerlar uyushmasi raisiga birinchi navbatda erkin faoliyat yuritish huquqi va xizmat avtomobili zarur. Sut va go‘shtni qabul qilib olayotgan punktlar qarzini vaqtida to‘lay olmasa, fermerning paxta tolasi tezda sotilib, puli to‘lanmasa, bug‘doylari arzon narxlarda qabul qilinsa, daromadga buromad masalasi qanday hal bo‘ladi? Asosiy ishi qolib, uyushma raisini turli xil topshiriqlar, komissiyalar ishi bilan band qilish hollarining guvohi bo‘ldik, Chorva mahsuldorligi, ekinlar hosildorligi ortmas ekan, ko‘plab daromad, mo‘l mahsulot, to‘kin dasturxon haqida qanday mulohaza yuritamiz?

Total words

534

Unique words

387

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

0

TTR

0.725

Hapax

309

Distribution

Top frequency chart

Dataset