🔍

Article

ELEKTRON TIJORAT TIZIMI YANADA TAKOMILLASHADI

By Zafar RO‘ZIEV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti … • in 2015

Mamlakatimiz birjasida savdo ishtirokchilarining yuqori darajadagi raqobati va teng ishtirokini ta’minlaydigan, elektron savdo shaklida amalga oshiriladigan zamonaviy davlat xaridlari tizimi joriy etilganı o‘z afzalliklarini namoyon etmoqda. Elektron savdolardagi davlat xaridlari hajmi oshayotganı, savdo yakunlari bo‘yicha ko‘p milliard so‘mlik byudjet mablag‘lari tejab qolinayotganı buning isbotidir. Bu jarayonda kichik biznes subyektlari ham faol ishtirok etayotganı e’tiborga molik.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunning yangi taxrdagi loyihasi ishlab chiqildi. 2015 yil 23 mayda matbuotda «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun e’lon qilindi. Mazkur qonunga asosan, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunning yangi taxriri tasdiqlandi.

Davomi 2-betda. Yangi qonun milliy qonunchiligimizning ilg‘or tajribasi hamda zamonaviy xalqaro huquqiy normalar uyg‘unligiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. 20 moddadan iborat qonunning asosiy maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishdan iboratdir.

Qonunda «elektron tijorat» tushunchasiga axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi, deb aniq ta’rif berilgan. Uning asosiy printsiplari elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi, shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi, unda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi, ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ko‘zda tutadi.

Ma’lumki, elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati ushbu sohani rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnik va boshqa shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Bunda asosiy e’tibor elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, sohaga investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratiladi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik va boshqa axborotlar bilan ta’minlash, elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnik tadqiqotlarni rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish izchil qo‘llab-quvvatlanadi.

Qonunda ushbu sohaga davlat tomonidan tartibga solish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Unga ko‘ra, sohaga davlat tomonidan tartibga solishni $$O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ va elektron tijorat sohasida maxsus vakolat berilgan davlat organi amalga oshirishi belgilangan. Ushbu normalardan kelib chiqib, tegishli organlarga ma’lum bir vakolatlar ham yuklatilgan.

Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, $$O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish, davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda sohada xalqaro hamkorlikni ta’minlaydi.

Organı sohadagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi. Boshqa manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda, o‘z vakolatlari doirasida, elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Sohani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Elektron tijorat ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘radi. Soha faoliyatini tartibga soladigan qonun hujjatlarini takomillashtirishda va ularning ijrosini ta’minlashda ishtirok etish hamda bu borada tadqiqotlar va monitoringlarni tashkil etadi.

Ushbu munosabatlarni tartibga solishda elektron tijorat ishtirokchisi va axborot vositachisi munosib o‘rinni egallaganligi bois,ga ham oydinlik kiritilgan. Xususan, elektron tijorat ishtirokchisi deganda elektron tijoratda tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs tushuniladi. Axborot vositachisi elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxsni anglatadi.

Bundan tashqari, qonunda ularning huquq va majburiyatlari, elektron tijoratdagi shartnoma shartlari, shartnomani tuzish va bajarish, ofertaga qo‘yiladigan talablar, davlat xaridlari va korporativ xaridlarni amalga oshirish, shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish masalalari ham aks etgan. Ko‘rinib turibdiki, yangi taxrdagi qonunning mazmuni avvalgisidan ancha kengaytirilib, bir qator yangi moddalar qo‘shilgan.

Ushbu moddalarda elektron tijoratning asosiy printsiplari, elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati, elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solish, hukumat va maxsus vakolatli davlat organining bu sohadagi vakolatlari, elektron tijoratdagi elektron hujjatlar va elektron xabarlarning yuridik kuchi va boshqa shu kabi normalar nazarda tutilmagan edi. Yangi taxrdagi qonunda ushbu masalalar o‘zining huquqiy yechimini topgan.

Yangi qonun elektron to‘lovlar tizimini yangi bosqichga ko‘taradi. Chunki shu asosda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada raqamlashtirishga keng yo‘l ochildi. Bu savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish, elektron tijorat subyektlarining bir-biridan uzoqligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish, xalqaro standartlarga javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi.

Total words

622

Unique words

361

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

2

TTR

0.580

Hapax

277

Distribution

Top frequency chart

Dataset