🔍

Article

INSON MANFAATI HIMOYASI

By «O‘zbekiston ovozi» muxbiri Rovshan SHODIEV, … • in 2015

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashda $$Adliya vazirligi$$ zimmasiga ham ulkan vazifalar yuklatilgan. Shu bois muxbirimiz vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i [Lazizjon Mahmudov] bilan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida suhbatlashdi.

Avvalo shu­ni aytish kerakki, har qanday demokratik mamlakatda qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar inson manfaatlariga qaratiladi, dedi u. Mamlakatimizda ham demokratik huquqiy davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida tizimli ravishda islohotlar amalga oshirilmoqda. Qonunchiligimizning izchil takomillashtirilib borilishi o‘z-o‘zidan inson huquqlari to‘la ta’minlanishiga xizmat qilmoqda.

O‘tgan davrda mamlakatimizda birgina jinoyat qonunchiligini isloh qilish bo‘yicha katta qadamlar tashlandi. Xususan, jinoyatlar tasnifi qayta ko‘rib chiqildi. 75 foizga yaqin og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar jamiyat uchun xavf tugdirmaydigan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tarkibiga o‘zgartirildi. 26 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo chorasi olib tashlandi. Bag‘rikenglik va kechirimli bo‘lish kabi milliy an’analarimizni inobatga olib, 53 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha yarashuv instituti joriy qilindi. 2008 yildan $$«Habeas corpus» instituti$$ joriy qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqi prokuror va sudlarga o‘tkazildi.

Har qanday jinoyat uchun o‘lim jazosi bekor qilindi. Uning o‘rniga umrboq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etildi. Jazoning mazkur turi esa mamlakatda ayollarga, 18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan qo‘llanilmasligi belgilab qo‘yildi. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksiga alohida norma kiritilib, yetkazilgan zarar qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish jazosining qo‘llanilmasligi mustahkamlandi.

Tizimli ravishda olib borilayotgan sud-huquq islohotlari natijasida O‘zbekiston jahon miqyosida ozodlikdan mahrum qilinganlarning eng kam ko‘rsatkichlaridan biriga erishdi. Oxirgi 10 yil ichida mamlakatda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 2 barobardan ko‘pga qisqar-di.

Amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatda kriminogen vaziyatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, oxirgi yillarda 100 ming aholiga nisbatan sodir qilinayotgan jinoyatlar o‘rtacha 300 taga to‘g‘ri kelayotgani jinoyatchilik ko‘rsatkichining pasayib borayotganligini ko‘rsatmoqda.

Yana bir asosiy jihat – bu sudlarning mustaqilligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlardir. Mamlakatimizda sud tizimi ijro etuvchi hokimiyatdan mustaqil ravishda ajratildi. Sudlardan ular bilan taalluqli bo‘lmagan funksiyalar, ya’ni sud qarorlarini ijro etish vazifasi $$Adliya vazirligi$$ huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy ta’minlash departamentiga yuklatildi. Sudyalarni tanlash va lavozimga tayinlashning samarali demokratik mexanizmi yaratildi. Yurist kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashning institutsional tizimi yaratildi. Sudlar ixtisoslashtirilib, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha sudlar joriy qilindi. Fuqarolarning sudda himoyalanish kafolati mustahkamlanib, ishlarni apellyatsiya va kassatsiya instantsiyalarida ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy mazmun-mohiyati insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini ta’minlashni kafolatlashga qaratilgan choralar tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirmoqda.

$$Adliya vazirligi$$ tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalsangiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2011 yil 23 avgustdagi qarori bilan $$Adliya vazirligi$$ zimmasiga Konstitutsiya, qonunlar va xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash sohasida bir qator vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan doimiy ravishda tahliliy ishlar, o‘rganishlar hamda monitoringlar olib borilmoqda. Masalan, 2011 yildan boshlab 2015 yilning birinchi choragi davomida vazirlik tomonidan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlar huquqlarining himoyasi, shuningdek sog‘liqni saqlash, ta’lim va pensiya ta’minotiga oid qonunchilikka rioya etilishi ahvoli tahlil qilindi. Shu bilan birga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi va ularning hududiy tuzilmalari murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasidagi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ahvoli o‘rganilib, bir qator qonunbuzilish hollari aniqlandi. Natijada 300 dan ortiq shaxsga nisbatan intizomiy choralar ko‘ril-di, 35 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi va 25 kishi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, birgina 2015 yilning uch oyi davomida vazirlik tomonidan inson huquqlari yo‘nalishida 859 ta shikoyat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 291 tasi, ya’ni 33 foizi qanoatlantirilgan. Aniqlangan qonunbuzilish hollari bartaraf qilish to‘g‘risida 188 takdimnoma kiritildi. Qonunbuzilish hollari uchun 151 nafar shaxsga intizomiy choralar ko‘rilib, 4 tasi lavozimidan ozod etildi.

Fuqarolarning huquqlarini tiklash masalasida 170 ogohlantirish kiritilib, 39 nafar aybdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 588 mln. so‘mdan ortiq 341 da’vo ariza kiritilib, shundan 394 mln. so‘mdan ortiq 273 da’vo ariza sudlar tomonidan to‘liq qanoatlantirildi.

Joylarda ayrim rahbarlarning byurokratiyasi yoki qonunga muvofiq ish tutmasligi oqibatida fuqarolarning haq-huquqini poymol qilish hollari uchrab turadi. Bu ko‘proq qaysi masalalarda ko‘rina-di?

Vazirlik tomonidan doimiy ravishda amalga oshirib kelinayotgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, murojaatlarning 18,4 foizi ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 10,4 foizi mehnat nizolari yuzasidan, 6,5 foizi sud qarorlaridan norozi-ligi, 6,3 foizi uy-joyga oid nizolar, 5,7 foizi kommunal to‘lovlarga oid, 7,9 foizi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatiga oid, 4,7 foizi sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilmayotgani masalasida, 2,3 foizi bank faoliyatiga oid. Qolganlari boshqa masalalarda.

Bu esa o‘z-o‘zidan mazkur sohalarda muayyan muammolar mavjudligini ko‘rsatib, soha vakillaridan faoliyatlarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish, yuridik xizmat faoliyatini yaxshilashni talab qiladi. Chunki fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda har qanday e’tiborsizlik fuqaroning huquqlari buzilishiga, qonunchilikka zid qarorlar qabul qilinishiga olib keladi. Birgina 2015 yilning uch oyi davomida adliya organlari tomonidan qonunchilikka zid bo‘lgan 5 ta hujjat bekor qilingan yoki ijrosi to‘xtatilgan, korxona, muassasa va tashkilotlarda qonunlarni yaxshi bilmaslik yoki yuridik xizmat faoliyatidan samara­li foydalanilmayotgani ko‘rsatildi.

Keltirilgan misollarning aksariyati rahbarlar tomonidan amaldagi qonunlarga zid buyrug‘lar chiqarilishi bilan bog‘liq. Xo‘sh, bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?

Idoralarda mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning huquqshunos-yuristlar tomonidan ekspertiza qilinmasligi qonunchilikka zid qarorlar qabul qilinishiga olib keladi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun idoralarda yuridik xizmatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, ularning faoliyatidan oqilona va samarali foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Shu bilan birga, idoralarda qonunchilikdagi oxirgi o‘zgarishlar va yangiliklarni o‘rganish masalasiga ham e’tibor qaratish lozim. Qonun talablarini yetarli darajada bilmaslik yoki qonunchilikdagi yangiliklarni o‘zlashtirib borilmasligi ham amaliyotda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi.

Fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» to‘g‘risidagi qarorida huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishish, aholi huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlash, aholini huquqiy axborot bilan ta’minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yildi.

Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, vazirlik tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2015 yilning uch oyi davomida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida birgina Adliya vazirligi va uning tizimi tomonidan 16 mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Xulosa o‘rnida aytganda, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar huquqi himoyasini ta’minlashda bosh mezon hisoblanadi.

Total words

1,050

Unique words

616

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

5

TTR

0.587

Hapax

413

Distribution

Top frequency chart

Dataset