$$O‘ZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI$$ «ISTIQBOL» YOSHLAR QANOTINING «YOSH SIYOSATCHI-2015» KO‘RIK-TANLOVI $$QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI$$, $$TOSHKENT SHAHRI$$ VA BARCHA VILOYATLARDA KO‘TARINKI RUHDA O‘TMOQDA.
«MEN VATANIM RAVNAQIGA HISSA QO‘SHISHNI XOHLAYMAN!» KO‘RIK-TANLOVINING $$BUHORO VILOYAT$$ BOSQICHIDA ISHTIROK ETGAN [SHOHRUZ SOBIROV] LOYIHASINI TAQDIM ETISHDAN AVVAL, TO‘GRISI, QATTIQ HAYAJONLANDI. SAHNADA BIR OZ SUKUT SAQLAB TURIB QOLDI. EKRANDA «QUYOSHLl OILA» YOZUVl PAYDO BO‘LGACH, KO‘PCHILIK UCHUN KUTILMAGANDA SO‘ZINI SAVOL BILAN BOSHLADI.
Nega bu olamdagi barcha bolalar oilalarda voyaga yetmaydi? Nima uchun ayrim ota-onalar jigarbandlarini bolalar uyiga tashlab ketadi?
[Shohruz]ning savollaridan hamma hushyor tortdi. Loyihamni tayyorlashda aynan shu savollarga yechim topishga urindim. Loyiham mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini oilaga tayyorlashga xizmat qiladi. Unga ko‘ra, bolalarda mehr-muhabbat, oilaparvarlik singari olijanob fazilatlarni kamol toptirish, oilani asrash tartib-qoidalariga amal qilish masalalariga e’tibor qaratilgan. Loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi uy bekalarini ish bilan ta’minlash, ular uchun mehnat daftarchalari yuritilishi bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Ishtirokchilar shu tariqa turli yo‘nalishlardagi loyihalarini taqdim etishdi.
O‘zXDP dasturiy maqsadlarining asosi bo‘lgan ijtimoiy himoyani kuchaytirish masalasi ularning bosh mavzusi bo‘ldi.
«Yosh siyosatchi» ko‘rik-tanlovi o‘sib kelayotgan avlodning siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Yoshlarda qonunlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga munosabatini shakllantirish va islohotlarda ishtirokini kengaytirish masalalari ham tanlovning asosiy maqsadi sanaladi.
Joriy yilda ko‘rik-soni viloyatda 600 nafardan oshdi. $$Buxoro viloyati$$ miqyosida saralab olingan 11 nafar ishtirokchi respublikada o‘z hududi sharafini himoya qilish uchun bellashdi. Qatnashchilar shahar va tumanlarda mavjud ijtimoiy muammolardan kelib chiqib, turli mazmundagi loyihalarni taqdim etishdi. Ularni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadlari birlashtirdi.
«Yosh siyosatchi» ko‘rik-tanlovining nufuzi va ko‘lami kengayib, unda qatnashish istagini bildirgan yoshlar soni yilidan-yilga ortib bormoqda, dedi O‘zXDP Markaziy Kengashi «Istiqbol» yoshlar qanoti faoli [Umurbek Bektemirov]. - Bu esa yanada ko‘proq iqtidorlu yigit-qizlarni aniqlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, huquqiy va siyosiy bilimlarini boyitish imkonini beradi.
Tanlov doirasida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, bandlik masalasini hal etish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga alohida e’tibor, dedi $$O‘zXDP Buxoro viloyat$$ kengashi raisi o‘rinbosari ^^Shohista Nabieva^^.
Bir necha bor mazkur tanlov va uning shartlari bilan tanishib chiqdim, dedi ishtirokchi [Sanjarbek Aslonov]. Asli $$G‘ijduvon tumani$$danman. Dastlab, tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha o‘rganishlar olib bordim va O‘zini-o‘zi boshqarish organlari huzurida ustachilik uyushmasi loyihasini ishlab chiqdim. Ma’lum bo‘lishicha, tumanimizda 74 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, ularning kamida 20 tasida ustachilik uyushmasi tashkil etish imkoni bor, bu qo‘shimcha ish o‘rinlari ochilishiga xizmat qiladi.
Ko‘rik-tanlovning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Bellashuv natijalariga ko‘ra, $$Qo‘ravulbozor tumani$$ 2-son akademik litsey o‘quvchisi ^^Xurshida Obidova^^ uchinchi, $$Buxoro soliq kolleji$$ o‘quvchisi [Sanjarbek Aslonov] ikkinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Eng yaxshi natija va yuqori ko‘rsatkichlar bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Buxoro tuman qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi [Shohruz Sobirov] «Yosh siyosatchi-2015» tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Shuningdek, yana bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha ham sovrindorlar aniqlandi.
Ko‘rik-tanlovning $$Surxondaryo viloyat$$ bosqichi $$Termiz shahri$$dagi muhtasham «Yoshlar markazi»da bo‘lib o‘tdi. Tadbirda $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ va viloyat partiya tashkiloti mas’ul xodimlari, deputatlar, yoshlar, faollar, siyosatshunoslar, ekspertlar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tanlovni $$O‘zXDP Surxondaryo Viloyat Kengashi$$ raisi [Chori Jumakulov] ochdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Shundan keyin 14 nafar yosh partiyadoshimiz uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, $$O‘zXDP$$ning Saylovoldi va Harakat dasturlarida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq qilish masalalari shartlarda o‘z ifodasini topdi.
Bugun saflarimizda 18 yoshdan 30 yoshga qadar bo‘lgan 13 ming nafardan ortiq yosh birlashgan, dedi $$O‘zXDP Surxondaryo viloyat kengashi$$ «Istiqbol» yoshlar qanoti yetakchisi [Sunnatillo Bozorboev]. Tengdoshlarimizning siyosiy-huquqiy ongini oshirish maqsadida anjuman, seminar va davra suhbatlari muntazam ravishda tashkil etilyapti.
Yosh siyosatchilarning har bir chiqishlari hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Natijalarga ko‘ra, $$Termiz tibbiyot kolleji$$ o‘qituvchisi [Abbos Tog‘aymurodov] birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
[G‘olib] va sovrindorlarga $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ hamda viloyat tashkilotining maxsus diplom, esdalik sovg‘alari topshirildi.
$$Qarshi shahri$$dagi «Yoshlar markazi»da «Yosh siyosatchi-2015» ko‘rik-tanlovining $$Qashqadaryo viloyat$$ bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar o‘z bilim-intilishlarini turli oliy yo‘nalishlardagi loyihalar, savol-javoblar orqali sinovdan o‘tkazishdi.
«Istiqbol» yoshlar qanoti viloyat bo‘limi yetakchisi [Farruh Xoliqov]ning aytishicha, qanotga sakkiz mingdan ortiq yosh birlashgan. Tanlovning dastlabki bosqichlarida ko‘plab yoshlar ishtirok etdi. Ularning barchasi faol, o‘ziga ishonadigan, ezgu ishlarga qodir yigit-qizlardir.
Tanlovning viloyat bosqichida 14 nafar yosh siyosatchi bellashdi. Tanlov shartlari va dasturi ancha murakkab edi. Ularga ko‘ra, har bir ishtirokchi $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ faoliyati, yoshlarga oid qonunlar, O‘zXDPning maqsad va g‘oyalari haqida fikr yuritishi, o‘zi tanlagan mavzudagi loyihani taqdim etishi belgilangan. Qatnashchilar shartlarni a’lo darajada bajardilar. Hay’at a’zolari yosh siyosatchilarning qobiliyati, bilimi, tafakkuri va izlanuvchanligiga munosib baho berishdi.
Tanlovda $$Koson tumani$$dan ^^Laziza Allayorova^^ ikkinchi, Shahrisabz tumanidan ^^Matluba Erboboeva^^ uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin va ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqi muboraklik Nodira Umirovaga nasib etdi.
Tanlov yakunida $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ mas’ul xodimi ^^Nazira Matyoqubova^^ so‘z olib, yoshlar taqdim etayotgan loyihalarning aksariyati dolzarb masalalarga bag‘ishlanganini alohida ta’kidladi.
Partiya safiga kirganimga ko‘p bo‘lganini yo‘q, dedi $$Shahrisabz akademik litsey$$ o‘quvchisi ^^Matluba Erboboeva^^. - Uning g‘oya va maqsadlarini chuqurroq o‘rganishga harakat qilayapman. Tanlovda g‘alaba qozonmagan bo‘lsam-da, xafa emasman. Ko‘plab do‘stlar orttirdim, o‘rgandim, bilimimni mustahkamladim. Bundan juda xursandman.