Bugungi kunda $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ tizimidagi har bir tuzilma faoliyati, eng avvalo, saylovchilar va elektorat manfaatlari himoyasiga qaratilgan. Buni Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatining tahlili misolida ham ko‘rish mumkin. Joylardagi muammolarni o‘rganib, O‘zXDP guruhlari, hamkor tashkilotlar va davlat idoralari orqali hal etayotganligi tufayli Jamoatchilik qabulxonalariga odamlar ishonchi tobora oshib bormoqda.
Birgina aprel oyida davomida respublikamiz bo‘yicha barcha Jamoatchilik qabulxonalariga turli masalalar bo‘yicha elektorat vakillaridan 749 murojaat bo‘ldi, dedi $$O‘zXDP Markaziy Kengashi sektor$$ mudiri [Fakhriddin Yo‘ldoshev].
Murojaatlarning asosiy qismi kommunal, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy va sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi sohalari hamda bankdan kredit olish masalalari bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda ushbu masalalarni hal etish bo‘yicha mazkur soha mutasaddilari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatilgan. Shuningdek, murojaatlarni o‘rganib hal etishda deputatlar hamda ekspertlarning imkoniyatlaridan ham unumli foydalanilmoqda. Bu esa elektoratni o‘ylantirayotgan masalalar o‘z vaqtida ijobiy hal etilishida muhim omil hisoblanadi.
Albatta, hayot muammosiz bo‘lmaydi, o‘ramizda alohida e’tiborga muhtoj kishilar bor. Ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar doimiy ravishda muhofaza qilinishi kerak. Shu bois Jamoatchilik qabulxonalari elektorat vakillarini o‘ylantirayotgan har bir masalaga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Viloyatimizdagi 21 nasiga aprel oyida tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqdik, dedi $$O‘zXDP Toshkent viloyat kengashi$$ bo‘lim mudiri Ma’mura Xafizova. Jami 72 murojaat bo‘lgan. Agar foiz hisobida tahlil etsak, mazkur murojaatlarning 74 foizi o‘zining ijobiy yechimini topgan. Murojaatlarni o‘rganish, ularni hal etishda $$Olmaliq, Bekobod, Pskent, Parkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq tuman partiya kengashlari$$, shuningdek, $$Chirchiq hamda Angren shahar kengashlari$$ faollik ko‘rsatmoqda. Chunki mazkur partiya tashkilotlarida Jamoatchilik qabulxonalari ishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, aholi murojaatlarini hal etishda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi deputatlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraktsiyasi a’zolari, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi, Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatilgan.
Murojaatlarni o‘rganish bilan birga, ularni sohalar bo‘yicha tahlil etayapmiz, dedi $$O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi$$ raisi o‘rinbosari [Diyor Murodov]. Bu esa viloyatimizda qaysi sohalarda kamchiliklar bor, qaysi tumanlarda qanday yo‘nalishlarni rivojlantirish kerakligini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 14 ta Jamoatchilik qabulxonalariga aprel oyida 42 ta murojaat bo‘lgan, ularning 88 foizi ijobiy yechimni topgan. Agar murojaatlarni sohalarga ajratsak, viloyatimizda ko‘proq kommunal sohalardagi kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi ayonlashadi. Ana shu masalalarni partiya tashkilotlari hamda deputatlari bilan tahlil qilib, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari sessiyalariga olib chiqish rejalashtirilgan.
Albatta, bir qarashda Jamoatchilik qabulxonalar faoliyati barcha hududlarda namunali tashkil etilgandek ko‘rinadi. Afsuski, unday emas. $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limining tahlillariga qaraydigan bo‘lsak, umumiy manzara yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Ayrim tuman kengashlari faollari, deputatlar Jamoatchilik qabulxonalar faoliyati, elektoratni o‘ylantirayotgan muammolarni hal etish masalasiga yetarli darajada e’tibor qaratmayapti. Natijada o‘sha hududlarda aholining partiyamizga bo‘lgan ishonchi susayib ketmoqda. Birgina misol: Aprel oyida $$O‘zXDP Oqqo‘rg‘on tuman kengashi$$dagi Jamoatchilik qabulxonasiga bor-yo‘g‘i 2 ta murojaat bo‘lgan. Vaholanki, hududda aholi, ayniqsa, elektorat vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar oz emas.
Demak, tuman kengashi Jamoatchilik qabulxonasi faoliyatini rivojlantirishga yetarli e’tibor bermayapti. Ana shundan kelib chiqib fikr qiladigan bo‘lsak, bugun tuman kengashi faoliyatiga Jamoatchilik qabulxonasi ishiga qarab baho berish mumkin.
$$Andijon viloyati$$ning $$Buloq boshi$$, $$Shahrikhon$$, $$Paxtaobod$$, $$Xo‘jaobod$$ kabi tuman kengashlaridagi Jamoatchilik qabulxonalari aholidan tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda. Shu bois aprel oyida viloyat bo‘yicha tushgan murojaatlarning 60 foizigina hal etilgan.
$$O‘zXDP Asaka, Bo‘z, Baliqchi, Marhamat, Qo‘rg‘ontepa tuman kengashlari$$dagi Jamoatchilik qabulxonalari ishini esa ijobiy baholash mumkin. Masalan, Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro ^^Sh. Sobirova^^ mazkur tuman kengashi qoshidagi Jamoatchilik qabulxonasiga nogiron farzandi uchun 2 yoshgacha nafaqa pulini olishda muammoga duch kelayotganini aytib, huquqiy yordam so‘ragan. Murojaat xalq deputatlari tuman Kengashi deputati [M. Abdusamatov] tomonidan o‘rganilib, o‘z vaqtida hal etilgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Aprel oyida Jamoatchilik qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarni hal etishdagi eng past ko‘rsatkich $$Farg‘ona viloyati$$ga to‘g‘ri keladi. Shu davr mobaynida viloyatdagi mavjud 19 ta Jamoatchilik qabulxonasiga jami 161 marta murojaat bo‘lgan. Ularning esa 37 foizi hal etilgan, xolos.
$$O‘zXDP Bo‘g‘dod va Qo‘shtepa tuman kengashlari$$dagi Jamoatchilik qabulxonasiga birorta ham murojaat tushmaganini qanday baholash mumkin?..
$$Samarqand viloyati$$da ham ahvol maqtanarlik darajada emas. Viloyatda 17 ta Jamoatchilik qabulxonasi faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, aprel oyida 8 ta tuman va shahar kengashlariga murojaat bo‘lgan, xolos. Qolgan 9 ta tuman va shahar kengashlari faollari birorta ham murojaatni ko‘rib chiqmagan.
Agar chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, Jamoatchilik qabulxonalari partiyamizning jamiyatda nufuzini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Jamoatchilik qabulxonalar faoliyatini kuchaytirish uchun, avvalo, uni targ‘ib qilish kerak. Odamlar bu qanaqa «qabulxona» ekanini yaxshi bilsin.
Ikkinchi masala: partiyamiz tizimidagi bu institut imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz, murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topib, aholi ishonchini qozonishimiz lozim. Ana shunda murojaatlar ko‘payadi, odamlarning partiyaga bo‘lgan ishonchi yana-da mustahkamlanadi.