Muxbirimiz yo‘lovchilarni qiziqtirgan ayrim savollar bilan $$«O‘ztemiryo‘luyovchi» aksiyadorlik jamiyati$$ga qarashli $$Toshkent Markaziy vokzal$$ filiali boshligi [Dilshod Hojiakbarov]ga murojaat qildi.
Bugunga kelib yo‘lovchi uchun temir yo‘l eng qulay va ishonchli xizmat vositalaridan biri bo‘ldi, dedi u. Darhaqiqat, har bir kishi bu xizmatdan erkin va bemalol foydalanishi uchun zamonaviy qulayliklar yaratilmoqda. Bundan yo‘lovchilar minnatdor bo‘lishmoqda.
Shuni ham aytish kerakki, ayrim hollarda yo‘lovchi poezdga chipta xarid qilishi, chiptani qaytarib topshirishda tushunmovchilik va muammolar yuzaga kelmoqda. Bunga aksariyat hollarda yo‘lovchilarning chipta qaytarish tartib-qoidalarini bilmasligi sabab bo‘lmoqda.
Povadga olingan chiptani qaytarib topshirish yoki boshqa sanaga o‘zgartirish qanday tartibda amalga oshiriladi? Bu borada aniq, qoidalar belgilanganmi?
Vazirlar Mahkamasining $$«O‘zbekiston Respublikasidagi temir yo‘l transporti$$da yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaji tashish qoidalari to‘g‘risidagi» qarorida bu masaladagi tartib belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, foydalanilmagan chipta temir yo‘l stansiyasi kassasiga yo‘lovchi tashish poezdi jo‘nashiga 24 soatdan ortiq vaqt qolganida qaytarilsa, uning to‘liq qiymati to‘lanadi. 24 soatdan kam vaqt qolgan bo‘lsa, masalan, poezd jo‘nashiga 6 soatdan ko‘p vaqt qolganida qaytarilsa, chipta qiymatining va platkarta xarajatlarining 50 foizi, poezd jo‘nashiga 5 soatdan kam vaqt qolgan yoki poezd jo‘nab ketganidan 1 soat o‘tmay qaytarilgan holda chipta qiymati, ya’ni tarif to‘liq qaytariladi. Ammo platkarta qiymati qaytarilmaydi.
Aytish kerakki, avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi orqali olingan chipta qaytarilsa, u qaysi stansiyada rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, istalgan stansiyada to‘lov amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan chiptalar temir yo‘l chipta kassasiga 7 kun oldin qaytarilishi lozim. Agar u yo‘lovchi tashish povadi jo‘nashiga 3 kun qolganda qaytarilsa, platkarta 50 foiz qiymati ushlab qolinadi. Chipta (qaytarishga olingan chipta ham) yo‘lovchi tashish poezdi jo‘nashiga 3 kun qolganda qaytarilsa, uning haqqi to‘liq to‘lanadi, ammo platkarta qiymati ushlab qolinadi.
Avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi orqali naqd pulsiz, ya’ni pul o‘tkazish yo‘li bilan olingan chipta bo‘yicha to‘lov tashuvchining da’vosiga ko‘ra, chiptada belgilangan o‘rinlarni tizimga qaytarish sharti bilan amalga oshiriladi.
Tashuvchining aybi bilan yo‘lovchi tashuvchi poezd kechiksa yoki yo‘lovchi poezdda ketishdan voz kechsa, tashish to‘lovi va vositachilik yig‘imlari unga to‘liq qaytariladi. Bu holatda qaytarish operatsiyasi uchun vositachilik yig‘imi undirilmaydi. Avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi orqali chipta o‘rniga boshqa chipta olishga ruxsat beriladi. Buning uchun chipta egasi ilgari olgan chiptani chipta qaytarish kassasiga poezd jo‘nashidan oldin topshirishi kerak. Chipta qaytarilganda, yo‘lovchidan qaytarish operatsiyasi uchun belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi.
Urush nogironlari, urush qatnashchilari va temir yo‘l transporti xodimlariga chipta qaytarilgan taqdirda, qaytarish operatsiyasi uchun yig‘im undirilmaydi.
Yo‘lovchi qo‘lida betobligi haqidagi tibbiyot muassasasi bergan ma’lumotnoma bo‘lmasa, ya’ni o‘z aybi bilan poezddan uch soat va undan ortiq vaqt kechiksa, to‘lovlar qaytarilmaydi. Agar yo‘lovchi mast bo‘lsa yoki nazorat ko‘rigidan o‘tmagan bo‘lsa, chipta boshqa passport bilan olingan bo‘lsa, chipta shikastlangan (deylik yirtilgan, biron narsa yopishtirilgan) hollarda kam chipta qaytarib olinmaydi.
Agar chipta olish bank plastik kartasi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa-chi?
Tashuvchi plastik karta orqali pul ko‘chirish orqali xarid qilingan chiptaga to‘lovni qaytarishda naqd pul ishlatmaydi. Bu hukumat qarorida belgilangan. Yo‘lovchi chipta bilan pasportini qo‘shib, chipta olgan kassaga murojaat etadi. Kassa xodimi bergan maxsus blankani to‘ldiradi, pasport nusxasi bilan chiptani kassaga topshiradi. Bizning xodimlar uni rasmiylashtirib, buxgalteriyaga takdim etadi. Shundan so‘ng tegishli chegirma olinib, chiptaning qolgan miqdori bir oy ichida bank orqali mijozning plastik kartasiga o‘tkaziladi.
Yo‘lovchilar poezdlar qatnovi jadvali haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishi muhim masala. Bu borada qanday qulayliklar yaratilmoqda? Internet orqali poezdlar qatnovini kuzatib borish mumkinmi?
Vokzal hududida poezdlar qatnovi jadvali mavjud. Uch yildan buyon «uzrail-pass.uz» sayti ishlamoqda. Undan poezdlar qatnovi bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish mumkin. Shuningdek, poytaxt ko‘chalaridagi bannerlarda ham bunday ma’lumot berilayotir.