$$OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI$$NING REGLAMENTIGA MUVOFIQ, DEPUTATLAR JORİY YIL 25-30 MAY KUNLARI O‘Z SAYLOV OKRUGLARIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZIB QAYTDI.
Deputatlarning qayd etishicha, uchrashuvlarda davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, yurtimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni hamda nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida saylovchilar bilan fikr almashildi. Bundan tashqari, aholi vakillariga 2015 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyati, qonunlarning mazmun-mohiyati, muhokama qilinayotgan qonunlar loyihalarining ahamiyati haqida axborot berildi. Uchrashuvlar saylovchilarning faol ishtiroki, qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.
$$ANDIJON VILOYATI$$ $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ spikeri o‘rinbosari, $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ $$Markaziy Kengashi$$ raisi, partiya fraktsiyasi rahbari [Xotamjon Ketmonov] 11-Bo‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Deputat dastlab Bo‘z tumanidagi 26-ihtisoslashgan maktabda bitiruvchilar bilan suhbatlashdi. Maktabda 341 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olyapti. Shundan 43 nafar o‘gil-qiz 9-sinfni bitirib, kollejlarda o‘qishni davom ettirishadi. Uchrashuv paytida o‘quvchilar o‘zbek, rus, ingliz, koreys tillarida «Bolalar parlamenti» qanday faoliyat ko‘rsatayotgani haqida hikoya qilib berishdi. Ikhtisoslashgan maktab direktori ^^Galina Tsoy^^ deputatga mazkur ta’lim dargohi faoliyati bilan tanishtirdi. Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda ko‘plab musiqa va san’at maktablari qurildi. Bo‘z tumanidagi 15-musiqa va san’at maktabida ayni paytda 153 nafar o‘quvchi ustozlari ko‘magi bilan san’at sirlarini qunt qilib o‘rganmoqda. Bu maskandagi uchrashuvda o‘qituvchilar, mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.
Tumanimiz iqtisodiyoti, asosan, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq, - dedi $$«Bo‘ston» mahalla$$ fuqarolar yig‘ini raisi [Maxmudjon Rahmonov]. - Sanoqli sanoat korxonalari faoliyat yuritayapti. Yangi korxonalar ochish, chet el investitsiyasini jalb etish borasida amaliy ishlar qilish vaqti keldi. Bu yangi ish o‘rinlari yaratilishi, qishloqlarda sanoat rivojlanishi, turmush farovonligi yaxshilanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat faxriysi ^^To‘xtaxon Teshaboeva^^ tuman markazidagi dam olish maskanini zamon talablariga asosida qayta qurish taklifini berdi.
Yurtimiz tinchligi bebaho ne’mat. Har tong farzandlarimiz, nabiralarimiz ardog‘ida umrguzaronlik qilayotganimiz uchun yaratuvchiga shukronalar aytamiz, dedi «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi mehnat faxriysi ^^Karimahon G‘ofurova^^. Bugungi uchrashuvda ham bu haqida ko‘p fikrlar aytildi. Yangi qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyatini bildik, o‘zgarishlardan xabar topdik.
Xotamjon Ketmonov qo‘shni Ulug‘nor, Baliqchi tumanlarida ham saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ulug‘nor tuman tibbiyot birlashmasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari bilan suhbat qizg‘in kechdi. Yangi bunyod etilgan madaniyat va dam olish markazidagi uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Saylovchilarning ishonchini amaliy ishlar bilan oqlaymiz, dedi deputat. Prezidentimiz «Deputat qaysi partiyaga mansub bo‘lmasin, birinchi navbatda, saylovchilar oldida, el-yurt oldida javob beradi», deganlari bizni doim faol va talabchan bo‘lishga da’vat etadi. Uchrashuvlarda nuroniylar, yoshlar tomonidan ko‘plab fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi. Joylardagi muammolarning yechimini topish uchun harakat qilishimiz, saylovchilarning ishonchini oqlashimiz kerak. Saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar bizga katta mas’uliyat yuklaydi, yana-da g‘ayrat-shijoat bilan ishlashga undaydi.
$$QASHQADARYO VILOYATI$$ 120-Shahrisabz saylov okrugidan $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ deputati ^^Feruza Eshmatova^^ning tuman markaziy shifoxonasida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi saylovchilar uchun ham, deputat uchun ham foydali bo‘ldi. Deputat dastlab qabul qilingan ijodkorligi faoliyati haqida so‘zlab berdi. Jumladan, «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi, «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi qonunlar, ularning mazmun-mohiyati haqida gapirib berdi.
Shundan so‘ng qizg‘in savol-javoblar boshlandi. Saylovchilar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar bo‘yicha deputatga murojaat qilishdi.
Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i [Zokir Ashurov] bundan ancha yil oldin 4 qavatli 2 ta bino qurila boshlangani, afsuski hozirga qadar chala yotgani, qurilish nihoyasiga yetkazilsa, markaziy shifoxonada yangi imkoniyatlar yaratilishi haqimasalani ko‘tardi. Deputat bu masalani batafsil o‘rganib chiqishini aytdi.
^^Feruza Eshmatova^^ Shahrisabz shahrida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan bunyod etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan 4 qavatli uyni foydalanishga topshirish marosimida ham ishtirok etdi. Deputat bundan tashqari maktab hamda akademik litseyda ham saylovchilar bilan uchrashdi.
Kutchi qishlog‘ida o‘tgan uchrashuv, ayniqsa, esda qolarli bo‘ldi, - dedi ^^Feruza Eshmatova^^. U yerda avvalo, 1-guruh nogironi [G‘uzor Mamatov]ning holidan xabar oldik. Hozir 65 yoshga kirgan [Ruzor ota] ancha yil xo‘jaliklarda rahbarlik qilgan. Keyin kasaba uyushmalari tuman kengashini boshqargan. Bir necha yil xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zXDP guruhi rahbari bo‘lgan. U kishi menga «El-yurtga chin dildan xizmat qiling, qizim!», deganlarida yuragim to‘lqinlanib ketdi.
122-Guzor saylov okrugidan $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ deputati ^^Komila Karomova^^ning saylovchilar bilan uchrashuvi qizg‘in boshlandi, ko‘plab savollar tushdi, ayrim muammolar o‘rtaga tashlandi.
Dastlabki uchrashuv tuman xalq ta’limi sohasida mehnat qilayotgan o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tdi. ^^Komila Karomova^^ Qonunchilik palatasidagi fraktsiyamiz faoliyati haqida to‘xtaldi. Prezidentimizning parlament qo‘shma majlisida qonunlarni yana-da takomillashtirish, ularning ijro mexanizmlarini kuchaytirish haqidagi fikr-mulohazalari parlament faoliyatiga tatbiq etilayotganini qayd etdi.
$$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ tashabbusi bilan mehnat va uning muhofazasiga oid qonun hujjatlari targ‘iboti o‘tkazilayotganining ahamiyati, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunning mohiyati chuqur sharhlab berildi.
Uchrashuvlar paytida odamlarning dunyoqarashi kengayib borayotgani yaqqol sezildi.
Masalan, tumandagi 18-umumta’lim maktabi direktori [Ulash Qodirov] hududda bolalar bog‘chasi bilan bog‘liq masalani ko‘tardi. Shuningdek, ta’lim sifatini yana-da oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish zarurligini ta’kidladi. Bu boradagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritish kerakligi haqida taklif berdi.
Qonunchilik palatasi deputatining biz bilan uchrashayotgani juda muhim. - dedi «Xo‘jaguzar» mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi [Normurod Kazakov]. — O'g‘lim kollejni bitirdi, biroq hali ish topa olmayapti. Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari «Bo‘sh o‘rin topilsa, habar qilamiz», deb javob berishdi. Nazarimda, tumanimizda kasb-hunar kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni, ayniqsa, bunga mas’ul kishilar mas’uliyatini yana-da kuchaytirish kerak.
Bugun har bir saylovchi o‘zi saylagan deputat orqali davlat boshqaruvida ishtirok etadi, dedi deputat ^^Komila Karomova^^. Bu galgi uchrashuvlardan katta taassurot oldim. Saylovchilar ko‘targan ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuboraman. Chunki bugun saylovchi faqatgina o‘zining shaxsiy hayoti bilan bog‘liq muammoni ko‘tarmayapti. Ular mahalla, tuman, umuman, ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan masalalar haqida taklif bildirmoqda. Biz, deputatlar vakolatimizdan foydalanib, ularni, albatta, mutasaddi tashkilotlarga yetkazishimiz ijobiy hal etishga erishishimiz lozim.