🔍

Article

YOʻQ, AYB SOLIQLARDA EMAS…

By Tohir MALIKOV, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti … • in 1996

Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, soliqlarning iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ta’siri ularni ng soniga to‘g‘ri yoki teskari proporsional emas. ya’ni soliqlar soni kamayganda iqtisodiyotga ijobiy, ko‘payganda esa salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Soliqlar sonini keskin qisqartirib ham iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatish mumkin Buning uchun o‘sha kam sonli soliqlarga nisbatan yuqori stavkalarni qo‘llashning o‘zi kifoya Aksincha, soliqlar sonini ko‘paytirib, ularga nisbatan minimal stavkalar joriy etilsa, ijobiy natijaga erishish ham mumkin. Bu fikrni ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlash unchalik kiyin emas.

Shu o‘rinda gazetxonlarimizda «U holda soliqlar sonini kamaytirsa bo‘lmaydimi?» degan savol tug‘ilishi tabiiy Modomiki, davlat tomonidan soliqlarning turi 40 dan ziyod etib belgilangan ekan, bundan asosiy maqsad davlat byudjetining daromadlar qismini ko‘paytirish emas. Ular sonining ko‘pligi amaliyotda soliq tizimining oldiga qo‘yiladigan maqsadlar bilan belgilanadi. Masalan, daromad solig‘ini byudjetga olishdan ko‘zlangan maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlilik darajasini tartibga solish bo‘lsa, mol-mulk solig‘ining asosiy niyati esa shu mol-mulkdan samarali foydalanishga ta’sir ko‘rsatishdir.

Soliqlardan noliyotgan kishilarning diqqat-e’tiborini yana bir narsaga qaratmoqchimiz. Hozirgi kunda davlat byudjeti daromadlarining deyarli 90 foiziga yaqini faqat to‘rtta aksiz solig‘i, qo‘shilgan qimmatdan olinadigan soliq, foyda (daromad) solig‘i va aholidan olinadigan daromad solig‘i hisobidan shakllanmoqda. Qolgan soliqlar hisobiga esa davlat byudjeti daromadlarining bor-yo‘g‘i 10 foiz qismi shakllanayotir. Ko‘rinib turibdiki, «Soliqlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, byudjet daromadlari ham shuncha oshadi» degan oddiy arifmetik qoida soliqlarning soni va byudjet daromadlarining hajmi o‘rtasidagi haqiqiy bog‘liqlikni ko‘rsatishga ojiz Yaqin kelajakda ham byudjet daromadlarining taqdirini yuqorida qayd etilgan 4 ta soliq belgilayveradi.

Bundan 5-10-yil ilgari mavjud bo‘lgan fond haqi to‘lovi, foydaning ozod qoldig‘i, bo‘ydoqlik solig‘i, oborot solig‘i, qatʼiy renta to‘lovlari kabi soliqlar, shuningdek, 1995-yilning 1-yanvaridan boshlab esa respublika hududidan chetga chiqariladigan mahsulotlar va xomashyo resurslaridan olinadigan soliq, o‘rmonchilik daromadidan olinadigan soliq, kolxozchilarning mehnat haqi fondiga nisbatan belgilangan soliq, mehnat haqi fondidan byudjetga 3,5 foizli to‘lovlar, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari 20 foizining byudjetga olinishi bekor qilindi. Shu bilan bir qatorda uning yangi turlari ham joriy etildi Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i foydadan (daromaddan) olinadigan soliq va boshqalar. Lekin, baribir, bekor qilingan soliqlar soni yangidan joriy etilganlaridan ko‘pdir. Demak, keyingi paytlarda soliqlarning soni va turlari ko‘payayotgani yo‘q, aksincha, kamayayotir.

Ayrim soliqlarning bekor qilinishi va yangilarining qo‘llanishi xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan soliqlar umumiy sonining kamayishidan tashqari soliq summalari miqdorining ozayishiga ham olib keldi. Xususan, ilgari byudjet daromadlarining 28-30 foizi oborot solig‘i hisobidan shakllangan bo‘lsa, hozir uning o‘rniga yangidan joriy etilgan qo‘shil gan qiymat solig‘i tufayli byudjet daromadlarining 20-22 foizi shakllanayotir. Fond haqi to‘lovi va mol-mulkdan olinadigan soliqqa nisbatan ham shunday fikr bildirish mumkin. Diqqatga sazovor tomoni shuki, mol-mulkdan olinadigan soliq stavkasi fond haqi to‘lovining eng yuqori stavkasidan uch barobar pastdir.

Bugungi kunda qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliq haqida ko‘proq e’tiroz bildirilayotganligi hammaga ayon. Bu soliq joriy etilganidan buyon ancha o‘zgarishlar qilindi. Dastlab uning stavkasi 32 foiz qilib belgilangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hozir 18 foizni tashkil etayoitr. Aniq ma’lumotlarga qaraganda, dunyodagi hech bir mamlakatda ushbu soliqning stavkasi bizdagidek past emas. Ustiga ustak, respublikamizda ma’lum bir faoliyat turlari mazkur soliqdan to‘liq ozod etilgan yoki uning stavkasi muayyan davrgacha pasaytirilgan. Agar bular ham inobatga olinsa, ayrim soliq tulovchilarning noxolisona munosabatda bo‘layotganliklari ko‘zga yaqqol tashlanadi.

Soliqlarning soni, ularning stavkalari. byudjet daromadlarining hajmi va iqtisodiyotdagi muammolarning bir-biriga bog‘liqligi haqida gap ketganda, albatta, byudjet xarajatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Chunki soliqlarga nisbatan e’tiroz bildiruvchilar ko‘p hollarda «Oldinlari xujalik yurituvchi subyektlarga byudjetdan ma’lum darajada yordam ko‘rsatilardi (byudjetdan markalashtirilgan holda moliyalash tirish nazarda tutilayotir), u paytda soliq to‘lash oʻz ma’nosiga ega edi, hozir, byudjetdan bizga hech qanaqa naf bo‘lmayotgan bir paytda, nega biz o‘z peshona terimiz bilan topgan daromadimizning bir qismini turli soliqlar shaklida byudjetga o‘tkazishimiz kerak ekan?» degan xayolga borayotirlar. Biz ham oʻz navbatida ulardan quyidagi savollarga sidqidildan javob berishlarini so‘rardik: o‘z ixtiyoringizda bo‘lgan pul mablag‘larini bir cho‘ntagingizdan olib, ikkinchisiga solib qo‘ysangiz, nima o‘zgaradi? Qarzni bir vaqtning o‘zida bir qul bilan berib, ikkinchisi bilan qaytarib olishning ma’nosi bormi yo yo‘q?
Darvoqe, bozor munosabatlarining risoladagidek rivojlanmayotganligi va ishlab chiqarish sur’atlarining ko‘ngildagidek emasligining sababi nimada? Soliqlardami yoki boshqa narsadami? Bu savollarga javob berish asnosida quyidagilarni ta’kidlab utishni lozim deb topdik Birinchidan, bordi-yu, iqtisodiyotimizdagi mavjud aholining asosiy aybdori soliqlar bo‘lsa, unda nega soliqlardan ozod qilingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar doirasida ishlab chiqarish arzugilik darajada rivojlanmayapti? Boisi — ayrim toifada gi korxonalar, amaldagi qoidalarga ko‘ra, ma’lum muddatgacha soliqlardan to‘liq oeod etilganiga qaramasdan, zo‘rma-zo‘raki, nomigagina ishlamoqdalar Aksariyat hollarda esa, imtiyozli muddat tugagandan so‘ng o‘z faoliyatlarini to‘xtatayotirlar. Buni nima deb baholash mumkin? Soliqlardan qo‘rqishmi? Davlat tomonidan yaratilgan imtiyozli sharoitdan foydalanib qolishmi?

Albatta, bundaylarni tom ma’nodagi ishbilarmonlar, deb bo‘lmaydi. Haqiqiy ishbilarmon o‘ziga ma’lum davr uchun qulay sharoit yaratib bergan davlatga rahmat aytadi, astoydil mehnat qiladi. Yoki faoliyatini to‘xtatib, xayr-ma’zurni nasiya etib ketavermaydi, imtiyozli vaqt ichida oyoqqa mustahkam turib olishga intiladi. Bu — ham haqiqiy ishbilarmonining, ham xalqimizning, ham davlatimizning manfaatlariga mos keladi Afsuski, yuqorida aytganimizdek, hozir ba’zan buning teskarisi bo‘layapti.

Ikkinchidan, soliqlardan ma’lum muddatga to‘la yoki qisman ozod etilgan korxonalarda qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi? Aslida byudjetga tegishli bo‘lgan soliq summalarining korxona ixtiyoriga qoldirilishi qanday natijalarga olib keldi?

Korxona ana shu imtiyozning mohiyatini teran tushunib, undan to‘g‘ri foydalandimi? Taassufki, bu savollarga ham ijobiy javob topish dargumon. Bunday korxonalarning mutasaddilari juda nari borsa: «2-3 ta kompyuter sotib oldik», «Qo‘shimcha ta’mirlash ishlarini amalga oshirdik», — deya o‘zini oqlashga urinadilar. Bu holda ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishib bo‘lmasligi turgan gap. Uchinchidan, hozir respublikamizda mavjud soliq qonunchiligini amaliyotga tatbiq etib, byudjetga olinishi mumkin bo‘lgan soliqlarning umumiy summasini o‘rtacha yana 50 foizga kamaytirish mumkin. Bunga ko‘pchilikning ishongisi kelmaydi, albatta. Lekin, marhamat, tegishli yo‘riqnoma va hujjatlarni diqqat bilan o‘qib chiqing, ularining ma’nosini to‘g‘ri tushuning hisob-kitob qiling, pirovardida, bizning fikrimiz to‘g‘ri ekanligining guvohi bo‘lasiz. Ishonamizki, shunda soliq yukini real ravishda teng yarmiga yengillashtirish imkonidan foydalanishning uddasidan chiqolmagan ishbilarmonlar «Bizga soliqlar bo‘yicha yana imtiyozlar bering», deyishdan tiyiladilar.

To‘rtinchidan, «Hamma soliqlarning summasini to‘liq to‘lash uchun korxonalarning hisobiga kelib tushgan tushumining miqdori yetmasdan, cho‘ntakdan ham qo‘shimcha to‘lanayotir» deguvchilarga qarata «Real holatlarga nazar tashlang, mantiqqa rioya qiling, sizning «hisob-kitob»laringiz noto‘g‘ri», deb aytgimiz keladi. Gap shundaki, soliqlarning malum bir guruhi mahsulot tannarxiga bevosita kiritilib, ular mahsulot bahosini shakllantiradi. Soliqlarni korxona to‘layotir» degan fikr tug‘ilishining boisi shunda. Aslida bunday soliqlarni korxona emas, balki o‘sha mahsulotni sotib oluvchilar — siz bilan biz to‘laymiz.
Beshinchidan. soliqlarga «ayb» qo‘yayotganda yana bir narsani esdan chiqarmaslik kerak: avvallari korxonaga tegishli bo‘lgan foydaning necha foizi soliqlar sifatida byudjetga olinardi-yu, hozir bu miqdor qancha? Javob shundan iborat: agar o‘sha ko‘rsatkich rejali iqtisodiyot sharoitida o‘rtacha 55-62 foizni (statistik to‘plamlarga qarang) tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda uning darajasi 40-45 foizga tengdir.

Total words

1,034

Unique words

675

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.653

Hapax

527

Distribution

Top frequency chart

Dataset