Respublika qurilish tashkilotlari uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida ularga umumiy ta’lim, jamiyatshunoslik fanlari ham chuqur o‘rgatilmoqda. Bu fanlarni o‘qitish saviyasi oliy o‘quv yurtlaridagidan past darajada emas.
«An’anaviy» xorijiy tillar — ingliz va nemis tillaridan tashqari, bo‘lajak quruvchi-texniklar uchun arab tili, lotin yozuvi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qilingan Bu yerda so‘nggi to‘rt yil ichida respublikamiz ijtimoiy va siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hisobga olingan xolda iqtisodiyot, jamiyatshunoslik, tarix va adabiyot fanlari o‘qitiladi. Kompyuter savodxonligi bo‘yicha majburiy ta’lim joriy etilgan. Kollejda o‘quv kompyuterlari va displeylari hamda boshqa zamonaviy texnika bilan jihozlangan bir necha kabinetlar mavjud.
80 ming jilddan iborat maxsus adabiyot va 14 ming jild badiiy adabiyot to‘plangan kutubxona xam ta’lim jarayoniga samarali yordam bermoqda. Amaliy va ijodiy mashg‘ulotlar o‘tkazish, loyihalash va konstruksiya uchun mo‘ljallangan laboratoriya va kabinetlarning ko‘pini o‘quvchilarning o‘zlari jihozlashgan. Ular yasagan murakkab agregatlar va qurilmalar modellari harakat qiladigan apparatlar bo‘lib, bo‘lajak mutaxassislar keyinchalik ana shunday texnikadan foydalanib ishlaydilar. Muntazam yangilab turiladigan eng yaxshi diplom ishlari ko‘rgazmasi kollejda olinadigan ta’lim sifatini yaqqol namoyon qiladi. Bu yerda o‘quvchilar ishtirokida tayyorlangan noyob me’morlik loyihalari maketlari qo‘yilgan. Ular hozirgi kunda respublika poytaxtini bezab turgan $$«O‘zbekiston» va «Chorsu» mehmonxonalari$$, $$«Turkiston» va Xalqlar do‘stligi saroylari$$ binolarining loyihalaridir. O‘quv yurtining o‘zida tayyorlangan loyihalar ham mavjud. $$Toshkent viloyati$$ning $$Oqqo‘rg‘on shahri$$dagi ertaklar shaharchasi bolalarning sevimli dam olish joyiga aylangan, Bu yerdagi barcha inshootlar kollej o‘quvchilari loyihasi asosida qurilgan. Kollejda ishlab chiqarish tajribasiga ham katta ahamiyat beriladi, o‘quvchilar qurilish tashkilotlarida, loyiha institutlarida ishlab tajriba orttiradilar. Bu esa, ularning qurilish ishining eng so‘nggi yutuqlaridan, hozirgi kunda ishda foydalaniladigan ilg‘or usullardan xabardor bo‘lishiga yordam beradi — Keyingi paytda respublikamizda o‘nlab litseylar, kollejlar ochildi, — deydi kollej direktori [Ermamat Abirov] — Ularning ko‘pchiligi oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan bo‘lib, institutga kirish uchun bosqich vazifasini bajarmoqda, oliy o‘quv yurtiga kiruvchilarni tayyorlab bermoqda. Bu yangilikni davrning o‘zi taqozo etgan bo‘lib, respublikada joriy qilinayotgan ta’limning ko‘p bosqichli tizimiga to‘la mos keladi Lekin bu bilan o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining ahamiyati kamaygani yo‘q. Aksincha, iqtisodiyotning ishlab chiqarish tashkilotchilariga talabidan tashqari texnik mutaxassislarga, ya’ni malakali ijrochilarga bo‘lgan ehtiyoji ham yil sayin oshib bormoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi ham shundan dalolat beradi. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, xorijda har bir muhandisga o‘rtacha 6-7 nafar texnik to‘g‘ri keladi. Bizning respublikamizda esa qozicha bir muhandisga deyarli bir texnik to‘g‘ri keladi.
$$Texnikum$$ni kollejga aylantirish chog‘ida biz xorijdagi eng yaxshi ana shunday o‘quv yurtlari tajribasi bilan tanishdik. Ulardan ba’zi narsalarni qabul qildik. O‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasblar ro‘yxatiga yana bir necha kasb qo‘shildi. Iqtisodiyot va rejalash, menejment shular jumlasidandir. Hozirgi kunda kollejimizni bitiruvchilar o‘z kasbiga doir keng bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, zarur bo‘lsa ishlab chiqarishda yondosh kasbdagi mutaxassislarning ishini ham bajarishi mumkin. Bundan tashqari, ta’lim jarayonida ular bir necha ishchi kasblarini, masalan, g‘isht teruvchi, bo‘yoqchi, suvoqchi kasblarini xam o‘rganadilar.
Sobiq o‘quvchilarimiz oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ottirishi ham mumkin. Bu borada ularga ma’lum imtiyozlar beriladi. Kollej bilan $$Toshkent Davlat universiteti$$, $$Iqtisodiyot universiteti va Arxitektura-qurilish instituti$$ o‘rtasida shartnoma tuzilgan. Shartnomaga muvofiq, kollejni a’lo baholar bilan bitirib, bakalavr unvonini olgan mutaxassislarimi imtihon va test sinovlarisiz, faqat suhbatdan o‘tib, o‘zi tanlab olgan o‘quv yurtining uchinchi kursidan o‘qishni davom ettirishi mumkin.