🔍

Article

MULKDOR KIM, U JAMIYATGA QANDAY NAF KELTIRADI?

By Abdusamad Yoʻldoshev, Ismat… • in 1996

«Xalq so‘zi» tahririyatida shu mavzuda davra suhbati o‘tkazildi, Unda $$Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi$$ raisi [Anvar YO‘LDOSHEV], Respublika bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot institutining sektor-mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor [Qurbon CHORIYEV], $$Respublika Markaziy banki iqtisodiy tahlil va statistika departamenti$$ direktori, iqtisod fanlari nomzodi [Islom SALOMOV], respublika xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi - «Biznes fond» boshqaruvi raisi [Alijon YUSUPOV], $$«Qizil tong» aksionerlik jamiyati$$ raisi, iqtisod fanlari nomzodi [Xayrulla AKBAROV] ishtirok etdilar.
Davra suhbatini «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalari bosh muharriri [Anvar JO‘RABOYEV] olib bordi.
[A. JO‘RABOYEV]: Mulqdor kim, uning jamiyatda tutgan o‘rni qanday? Suh- batimizni ana shu savoldan boshlasak.
[A. YO‘LDOSHEV]: Buning uchun, avvalo, kechagi tuzumdagi «proletar»ni koʻz oldimizga keltirishimiz kerak. U kim edi? Proletarlar, ayniqsa, «lyumpenlar» «bersang yeyman, ursang o‘laman» qabilida hayot kechiruvchi kishilar bo‘lib, kim qayoqqa yetaklasa, o‘sha yoqqa og‘ib ketaverardi. Bu esa, tabiiyki, barqaror- likka tahdid soluvchi bir vaziyatni vujulga keltirardi. Mulki bor inson esa har bir qadamini o‘ylab bosadi.
Men har qanday mulkdor faoliyati va harakterida asosan uchta xususiyat mujassam, deb bilaman: sisyosiy, iqtisodiy, ma’naviy. Xo‘sh, bu qanday ma’noni anglatadi? Mulkdor birinchidan, hech qachon har maqomga yo‘rg‘alaydigan «siyosiy o‘yinchi» emas, balki o‘z mustaqil fikri, tushunchasiga ega, jamiyatning muayyan bir negizi hisoblanadi. Aynan ana shu tabaqaga mansub odamlar tufayligina jamiyatda barqarorlik qaror topadi. Bu mulkdorning birinchi siyosiy xususiyati. Ikkinchi xususiyati, uning qo‘lida muayyan mulki borligida va bu uning shaxsiy manfaatiga mos kelishidadir. Manfaatdor shaxs sifatida endi u o‘z navbatida taraqqiyot, farovonlik uchun bor kuchini ayamay harakat qiladi. Buni biz shartli ravishda mulkdorning iqtisodiy xususiyati, deb ataymiz. Uning uchinchi xususiyati bevosita ma’naviyatga bog‘liqdir. Mulkdor hayoti va faoliya- tida insof, iymon va diyonat ustun bo‘ladi. Gʻurur yuzaga keladi. Bu uning asosiy xususiyatlaridan biridir. Uni xalqona ibora bilan «ko‘zi yoki me’dasi to‘q» odam deyishadi. Ko‘zi to‘q odam mayda-chuyda ishlardan yiroq, g‘iybat hamda fisqu-fasoddan yuqori turadi.

Ana shunday mulkdorlar rivojlangan mamlakatlarda katta mavqega ega. Masalan, $$AQSH$$ yoki $$Yaponiya$$da aholining 70 foizini o‘rta sinf - mulkdorlar tashkil etadi. Ular odatda siyosiy nizolarga berilmaydi, o‘ng yoki so‘l oqimlar ortidan ko‘r-ko‘rona ergashmaydilar. Aksincha, mamlakat taraqqiyoti va rivojlanishi uchun asosiy negiz, poydevor sifatida xizmat qiladilar.
[I. SALOMOV]: Mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, xususiylashtirish ham mulkdorlar sinfini vujudga keltirish va shakllantirishning muhim yo‘llaridan biridir. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, mulk formasini o‘zgartirish kichik korxonalar, xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini xususiylashtirishdan boshlangani juda to‘gri ish bo‘ldi. Ayniqsa, bunday obyektlarni kimoshdi savdosiga qo‘yib sotilgani va bundan tushgan mablag‘lar davlat byudjetiga olinmay, yangidan yuzaga kelayotgan o‘sha mulkdorlarning o‘zlariga tezroq oyoqqa turib olishlarini ko‘zlab, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsalida «Biznes fond» tomonidan imtiyozli kredit sifatida qaytarilishi uzoqni o‘ylab qilingan tadbirdir. Zero, obdon puxta ishlab chiqilib, amalga oshirilayotgan bu tadbir mulkdorlar sinfining tezroq shakllanib, jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.
- Ma’lumki, bizda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta yordam berilmoqda. Buni faqat $$O‘zbekiston$$gagina xos bo‘lgan yo‘l, deb baholash mumkin. Chunki, $$MDH mamlakatlari$$ tajribasida tadbirkorlarga nisbatan bunday munosabatni deyarli uchratmaymiz.
[A. YUSUPOV]: Darhaqiqat mulkdorlar sinfi yaratilmas ekan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, davlatimiz qudratining yanada yuksalishi, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi, demokratik qad- riyatlarning o‘z o‘rniga qo‘yilishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Men mushtariylar diqqatini o‘zimga bevosita bog‘liq bo‘lgan sohaga qaratmoqchiman. Ma’lumki, mulkdorlar sinfini shakllantirishning eng asosiy omil va manbalaridan biri kichik va xususiy - tadbirkorlikni keng rivojlantirishdir. «Biznes fond» 1993-yilda aynan ana shu maqsadlar uchun tashkil qilingan edi.
Xabarlaringiz bor, bu yil $$«Madad» sug‘urta kompaniyasi$$ ham faoliyat boshladi. Shu o‘rinda «Xoʻsh, bunday sugurta kompaniyasini tuzishlan maqsad nima?» degan savol tugʻiladi.
«Biznes fond»ning asosiy vazifasi tadbirkorlarga imtiyozli kredit berishdan iborat. Imtiyozli kredit esa darrov «ma, ol» deb tadbirkorning qo‘liga tutqazilmaydi. Uni olish uchun, avvalo, tadbirkorning garov yoki kafolat o‘r- nini bosadigan narsasi boʻlishi lozim. Masalan, bir kishi tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻldi. Lekin garov yoki kafolat o‘rnini bosadigan hech vaqosi yoʻq, Unda o‘sha kishi nima qilishi kerak? $$«Madad» sugʻurta kompaniyasi$$ shunday muammoga duch kelgan kishilarga ham yordam beradi.
Biz talbirkorlarga, asosan, tayyor loyiha bo‘yicha yordam berayapmiz. Tadbir- kor qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, fermer-dehqon xo‘jaligini rivojlantirish, mahalliy sanoat-qurilish ashyolarini ishlab chiqarish, turizm, maishiy xizmat turlarini tashkil etish kabi masalalarda bizga istiqbol yoki aniq yo‘nalishga ega bo‘lgan loyihalarini taqdim etgandan keyin, komissiya xu- losasiga muvofiq kredit beriladi.
$$«Biznes fond»$$ tashkil etilgandan buyon talbirkorlarga shu vaqtgacha 211 million so‘m hajmida yordam berdi. Loyihalar uchun ko‘rsatilgan yordam esa 300 million so‘mdan oshdi. Tadbirkorlarga jami 500 million so‘mlik yordam berildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda ayni paytda maxsus roʻyxatdan o‘tgan 90 mingga yaqin xususiy firma, ya’ni mulkdor faoliyat ko‘rsatayapti.
— Totalitar tizimidan qolgan illat — hadik mulkdorlarga qanday ta’sir o‘tkazmoqda? Chunki 70-yil davomida sobiq sovet davlatila boylik va boylarga, mulkdorlarga qarshi kurashib kelingandi-da…
[A. YUSUPOV]: Endi zamon va davr butkul o‘zgarayapti, yangi jamiyat hamda unga mos yangi qonunlar dunyoga kelmoqda. Oliy Majlisning yaqinda bo‘lib oʻtgan to‘rtitinchi sessiyasida ham tadbirkorlikni rivojlantirish haqida yana bir yangi qonun qabul qilindi. Mulkdorlarning qo‘rqish yoki hadiksirashlariga endi hech qanday asos yo‘q. Chunki, mamlakatimizda ularni himoya qiladigan, mol-mulkni qo‘riqlaydigan barcha huquqiy vositalar yaratildi va amal qilmoqda.

— Mulkdorlar sinfini qanday qilib va qaysi yo‘llar bilan shakllantirish mumkin?
[A. YO‘LDOSHEV]: Prezidentimizning $$Oliy Majlis sessiyasi$$dagi nutqida mulkdorlar sinfini shakllantirishning ikkita yo‘li batafsil yoritib berilgan. Birinchisi an’anaviy, ya’ni «klassik» yo‘l bo‘lib, davlat tasarrufida bo‘lgan mulklar xususiylashtirilishidir. Bunda «biz» «men»ga aylanadi. Zero, iqtisodiy islohotlarning asosiy mag‘zi ham shundan iborat.
Ikkinchisi, bizning tafakkurimiz, qarashlarimiz hamda tushunchalarimizni 180 daraja burib yuboradigan yo‘l — aksiyalar vositasida mulkdorlar sinfini shakllantirishdir. Prezidentimiz bu haqda shunday degan edilar: «Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi ko‘rsatayaptiki, haqiqiy o‘rta mulkdorlar tabaqasining asosiy qismi ularning pul mablag‘larini qimmatbaho qog‘ozlarga, kishilar uchun manfaatli bo‘lgan har xil omonatlarga, bank depozitlariga jalb etish yo‘li bilan yuzaga keladi».
Aksiyador aksiya olib, undan tushgan divident — foyda hisobiga o‘z daromadini oshirishi mumkin. U qancha ko‘p aksiya sotib olsa, shuncha kup daromad oladi.
[Q. CHORIYEV]: Aksionerlar ham yuqorida ta’kid- langanidek, mulkdorlar toifasiga kiradilar. Xususan, aksionerlik jamiyatlarini o‘z mulklarini ma’lum maqsadlarda ixtiyoriy ravishda birlashtirgan kishilar tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, aksionerlik jamiyati o‘z aksiyalari orqali shu umumiy mulkdagi o‘z huquqlariga ega bo‘lgan kishilar uyushmasidan iborat.
Aksionerlik jamiyati uch turga bo‘linadi: ochiq, yopiq va mas’uliyati cheklan- gan. Masalan, jamoa xo‘jaligini aksionerlik jamiyatiga aylantirish uchun, avvalo, xo‘jalikning mulk qiymati hisoblab chiqiladi, jamiyatning nizomi tuziladi, Shundan soʻng har bir aksionerning ulushi aniqlanadi. Bunda xo‘jalik tashkil bo‘lgandan buyon kim qancha vaqt ishlagani inobatga olinadi. Bu ularning aksionerlik jamiyatidagi huquqlari va mulkdorliklarini belgilaydi.

Aksiyalar ham uch xil bo‘ladi: oddiy, imtiyozli va umumiy sotishga chiqarilgan. Shulardan faqat oddiy aksiya egalarigina jamoani boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Shunday qilib, oddiy aksiyalar orqali yangi mulkdorlar yuzaga keladi.
Yurtboshimiz aksionerlik jamiyatlaridagi davlat hissasini asta-sekin kamaytirib borib, uni pirovardida to‘lasincha mulkdorlar (aksionerlar)ning o‘zlariga qoldirish sari intilish zarurligini alohida uqtirmoqda. Bu oqilona tadbir bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida chinakam o‘rta tabaqa mulkdorlarni tez shakllantirish sari keng yo‘l ochib beradi. Ana shunda hozir qishloq xo‘jaligi yumushlarida band bo‘lgan aholining deyarli teng yarmini boshqa sohalarda ishlashga tabiiy yo‘l bilan o‘tkazishdek, zarur maqsadga erishish tezlashadi. Shu yo‘sinda qish- loqlarda kichik va xususiy korxonalar jadal ko‘payadi, aholiga xizmat ko‘rsatadi- gan obyektlar tarmog‘i kengayib, qishloqda ham haqiqiy servis vujudga keladi.
[I. SALOMOV]: Aksioner mulkdorlar xususida shuni ta’kidlash joizki, aholining aksariyat qismi bu turdagi qimmatbaho qog‘ozlarning mohiyati, o‘z egasiga va jamiyatga keltiradigan nafi xususida hali aniq tushunchaga ega emas. Aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmas ekan, aksionerlarning huquq va burchlari obdon tushuntirilmas ekan, bu tabaqa mulk- dorlarning shakllanishi sust kechadi. «Shu yil oxiriga kelib, ko‘pgina aksionerlar o‘zlarining sotib olgan aksiya va paylari evaziga divident ya’ni daromad olishlari kerak», dedi Prezident sessiyada soʻzlagan nutqida. Haqiqatdan ham bu masalani hal etish va oxiriga yetkazish hissadorlik korxonalari, bank rahbarlarining zim- masida turgan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik juda katta mas’uliyatdir,
Biz yuqorida asosan aksiyalarning nazariy jihatlari xususida fikr yuritdik. Holbuki, aksiyalarning ishlab chiqarishda qo‘llanayotganiga ancha vaqt bo‘ldi. Bu haqda Hayrulla akadan eshitsak.
[H. AKBAROV]: Korxonamiz dastlab aksionerlik jamiyatiga aylantirilganida, uning ustav jamg‘armasi 7 million 700 ming so‘m-kupon qilib belgilangandi. Biz shunga asoslanib, nominal qiymati 100 so‘mlikdan iborat bo‘lgan 7.700 dona aksiya ishlab chiqarib, korxonamizning 3500 kishilik jamoasiga tarqatdik, Shundan 850 tasi nafaqaxo‘rlarga ijtimoiy himoya sifatida tekin berildi.
Xo‘sh, korxona aksionerlik jamiyatiga aylantirilgach, nima o‘zgardi? Gap shundaki, mulk jamoa qo‘liga o‘tgach, har bir aksiyadorda javobgarlik hissi kuchaydi. O‘zlarini shu korxonaning xoʻjayini, deb his qila boshlashdi. Buni men aksianerlik jamiyatiga o‘tganimizdan so‘nggi kuzatishlarimdan kelib chiqib gapirayapman. Demoqchimanki, bundan ikki-uch yil avvalgi ishchi-xizmatchilarimiz bugungisidan keskin farq qiladi.
Hattoki, jamoada mehnat qilayotgan har bir aksioner bir-birlarining ishini nazorat qiladigan bo‘lishgan. Bundan tashqari ishlab chiqargan mahsulotlarimizning qancha qismi sotilgani bilan ham qiziqadigan bo‘lib qolishdi.
Ayrimlari esa arzon, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi takliflari bilan chiqishmoqda. Biz ularning fikrlarini inobatga olayapmiz. Eslaringizda bo‘lsa, bundan besh-olti yillar avval korxona rahbari ishchi bilan hisoblashib o‘tirmasdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ishchi-xizmatchilardan tortib, rahbargacha, mulkka bo‘lgan munosabati, egalik hissi o‘zgarayapti.
— Yer egasini ham mulk- dor deyish to‘g‘ri bo‘ladimi?
[Q. CHORIYEV]: Yerni davlat mulki deymiz. Ammo bugungi kunga kelib yerga nisbatan ham mulkchilikning turli shakllari paydo bo‘la boshladi. Bu ayni muddao. Nimaga deganda, qishloq joylarda yerga nisbatan mulkchilik bo‘lmasa raqobat bo‘lmaydi.Sog‘lom raqobat yo‘q joyda esa rivojlanish bo‘lmaydi.
Keyingi paytlarda respublika hukumatining maxsus qaroriga muvofiq sobiq kolxoz-sovxozlarning fermalari kimoshdi savdosiga qo‘yib sotilayapti. Uy qurib olish uchun 4 sotixgacha, tomorqa uchun 6 sotixgacha, dehqonchilik qilish uchun 5 gektargacha, chorva mollariga yaylov sifatida foydalanish uchun 15 gektargacha yer kim oshdi savdosiga qo‘yilmoqda. Endi bu yerlar uni sotib olgan kishilarning mulkiga aylanmoqda. Demak, yerga nisbatan ham egalik huquqi paydo bo‘lmoqda. Bu — yer egasi bo‘lgan mulkdorlar shakllanmoqda, degani.

[A. YO‘LDOSHEV]: Yerga nisbatan bo‘lgan mulkchilik yoki mulk huquqlari masalasida bugungi tasavvur va qarashlarimizni butkul o‘zgartirishimiz kerakka o‘xshaydi. Mana hozir yer to‘gʻrisida fikr qo‘zg‘aldi. O‘z-o‘zimizga shunday savol berib ko‘raylik: «Yer ayni paytda qaysi holatda xususiy bo‘lishi mumkin?» Ma’lumki, ba’zi bir obyektlar joylashgan yeri bilan birgalikda auksionlarda sotilmoqda. Bunday holatda o‘sha obyekt joylashgan yer to‘la ma’noda xususiy mulk bo‘ladi. Endi savol tug‘ilishi mumkin: «Tomorqa uchun berilgan yerlar-chi? U ham xususiy mulk bo‘la oladimi?» Yo‘q. Uni xususiy mulk sifatida sotish mumkin emas, balki farzandi, qarindosh urug‘iga meros qilib qoldirishi mumkin. Lekin ayni paytda yerni garovga qo‘yish mumkin yoki mumkin emasligi masalasi ko‘rilayapti.
Bu yerda mulk huquqlari haqida ham gap bordi. Masalan, dastgoh ya’ni ishlab chiqarish vositasini olaylik. Men agar ishchi bo‘lsam dastgoh kimniki ekanligi men uchun asosiy masala emas. Meni ana shu dastgohdan olingan mahsulot qiziqtiradi. Mulkchilikning eng asosiy va dolzarb masalasi shu. Chunki, ana shu mahsulot keltirgan va keltiradigan foyda hisobiga aksiya uchun oladigan daromadim ko‘payib boradi.
[Q. CHORIYEV]: Darhaqiqat, mulkni ishlatishdan keladigan mahsulot va pi- rovard daromadga egalik to‘lasincha shu mulkdor tasarruffida bo‘lmas ekan, risoladagidek mulkdorlar sinfini shakllantirishdek oliyjanob maqsad roʻyobga chiqmay qoladi, qishloq xo‘jaligidagi islohotning shu muhim qirrasi chala qoladi.
— Bozor iqtisodiyotida monopolist degan ibora ko‘p ishlatiladi. Mulkdor qaysi holatda monopolist bo‘lishi mumkin?
[A. YO‘LDOSHEV]: Masalan, $$«Qizil tong»$$ $$O‘zbekiston$$da palto ishlab chiqarish bo‘yicha yakka hokim — monopolist korxona hisoblanadi. Chunki, hech bir korxona hozir uningchalik ko‘p mahsulot — palto chiqarmayapti. Lekin bozorga, magazinga chiqib qarang, «Qizil tong» o‘z mahsulotini sotish ya’ni realizatsiya qilishda yakkahokim — monopolistmi? Sababi, sotuvda faqat «Qizil tong»ning paltosi emas, balki $$Belgiya$$, $$Turkiya$$, $$Germaniya$$, $$Rossiya$$ hamda $$Boltiq bo‘yi mamlakatlari$$ning paltolari ham turibdi. Biz $$«Qizil tong» mahsulotlari$$ni ana shularnikiga qiyos qilishimiz lozim. Chunki, mamlakatimiz eshiklari ayni paytda xorijiy mahsulotlar uchun ochiq. Xohlagan mamlakatdan molni olib kelib, bemalol sotish mumkin. Hatto, ular uchun ba’zibir imtiyozlar ham berib qo‘yganmiz. Demak, biz monopolistlikni ishlab chiqargan mahsulotning hajmiga qarab emas, sifati, bozorda sotilish darajasiga qarab belgilashimiz lozim ekan.
— Aksiyasi bor har qanday odam mulkdor hisoblanadimi?
[A. YO‘LDOSHEV]: Yuqorida aytilganidek, mulk- dorlar sinfini shakllan- tirishning ikkinchi manbai korxonada o‘z hissasiga — aksiyaga ega bo‘lish. Modomiki shunday ekan aksiya egasi ham mulkdor hisoblanadi. Uning mulk- dorlik mavqei yoki darajasi esa qo‘lidagi aksiyasining soni va qiymatiga qarab o‘lchanadi. Agar uning qo‘lida qanchalik ko‘p aksiya bo‘lsa, u ertaga shunchalik ko‘p daromad oladi. Buning yana bitta nozik jihati bor. Mulkdor, eng avvalo, o‘z sarmoyasini qay yerga jalb qilishni bilishi lozim. Aks holda u kuyib qolishi hech gap emas. Aksiya olishning asosan uchta manfaatli tomoni bor: aksiyador, birinchidan, qo‘lidagi pulini indeksatsiya qilib, ko‘chmas mulk sifatida qiymatini saqlab qoladi. Ikkinchi tomondan u aksiyasi uchun ma’lum foiz divident foyda oladi. Uchinchi manfaatli tomoni shundaki, aksiyadorning aksiyasidan olgan daromadining bir qismi o‘sha korxonaning ishlab chiqarish vositalarini yangilash uchun sarf qilinadi. Buning oqibatida aksiyador qo‘lidagi aksiyaning narxi yanada ko‘payadi. Ko‘rdingizmi, aksiyador bitta aksiyasi bilan uch tomonlama manfaatdor bo‘layapti.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xoʻsh, korxona rahbari haqiqiy ma’nodagi aksionerlik jamiyatlarida qanday nufuz yoki mavqega ega bo‘ladi? Korxona rahbari bu yerda mulkdorlar tomonidan qo‘yilgan menejer ish boshqaruvchi hisoblanadi.

— Demak, har bir aksiyador kelajakda korxona rahbari bo‘lish huquqiga ega ekan-da?
[A. YO‘LDOSHEV]: Bizda ilgari kolxoz tizimida ham shunday edi. Kolxoz raisi, nomiga bo‘lsa ham, uning a’zolari tomonidan saylanardi, lekin bu yerda mohiyat butkul boshqacha xarakterga ega bo‘lmoqda. Aksionerlik jamiyatlarida istagan kishi rahbar yoki menejer bo‘la olmaydi. Buning uchun rahbarda katta layoqat bo‘lishi lozim. O‘sha jamiyat ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga ko‘tara olsagina o‘z joyida muqim ishlashi mumkin. Aks holda aksiyadorlar uni darrov o‘zgartirishadi, Bu yerda qobiliyat birinchi o‘rinda turadi. Agar aksiyam har yili menga katta daromal keltirayotgan bo‘lsa, men aksiyador sifatida nega u rahbarni himoya qilmas ekanman. Ikkinchi tomondan bu o‘sha jamiyatning nizomiga ham bog‘liq. Ba’zi bir mamlakatlarda korxona rahbari aksiyasining ulushiga qarab belgilanadi. Agar munyyan korxonada mening ulushim katta boʻlsa, men bemalol unga rahbarlik qilishim mumkin. Yuqorida aytganimday, bu ko‘p jihatdan jamiyatning nizomiga bog‘liq.
Biz aksiyalar haqida gapirayapmiz-u, lekin yana bir asosiy narsaga unchalik e’tibor qaratmayapmiz. Aksionerlik jamiyatlari tashkil qilish va aksiyalar chiqarishning ikkinchi qudratli tomoni — aksiyalar orqali o‘sha korxonani qayta yangilash uchun kerakli sarmoyani jalb qilishdan iborat.

[Q. CHORIYEV]: Endi qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mulk- dorlar yetishtirayotgan mahsulotlarning xarid narxlarini ham o‘ylab ko‘rish kerak. Hozir ayrim mahsulotlargagina davlat buyurtmasi bor, qolganlariga yoʻq, Endi ularga ham davlat buyurtmasi bosqichma-bosqich kamaytirib borilmoqda

Shunday mahsulotlarning narxlarini jahon bozoridagi darajaga ko‘tarish masalasiga e’tibor qaratsak. Biz yaqinda Xitoyda boʻlib qaytdik. U yerda bugʻdoy va makkajo‘xori uchun belgilangan xarid narxi, go jahon bozo- ridag hodan yuqori ekan. (?) Bundan maqsad nima? Gap shundaki, mahsulot yetishtii xaridor qi- dirmas ksincha, dehqon huzuridagridorning o‘zi borsin da esa hozircha, buning.

[A. YOʻLDOSHEV]: Shu o‘rinda narsani qayd etib o‘tish albatta, lozim deb o‘yladim. Biz o‘zbeklarda tijorat qilish qobiliyati. Bu haqda gap ham bo‘lishi mumkin emas. Lekin nlar kabi ishlab chiq: uquvini ham egallashak. Bu kishi- dan kattaim, malaka talab qilaBizda nimaga- dir mulkar tomonidan ishlab chishga oid sa- marali lalar yaratil- mayapti. bois Oliy Majlisn o‘rtinchi ses- siyasida үl qilingan «Kichik va xususiy tadbirkorliknirjlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Kda bu masalaga alohida e’tibor berilgan.

[A. YUSUPOV]: Yuqorida mulkdorladfini shakl- lantirish ikkita asosiy yo‘nal haqida ga- pirildi. Ug MDH mamlakatlari a faqat $$O‘zbekiston$$ga xos bo‘lgan uchinchi yo‘am bor. Bu davlat toman ya’ni ti- jorat ba ri hamda «Biznes fsvositasida beriladigagiyozli kreditlar orqaulkdorlar- ni shakllanshdir. Bizda hatto, hersasi bo‘lmagan kishi agar uqu- vi, samaraliihasi bo‘lsa, davlat imtiyozli kredit oliblkdor bo‘lishi mumki

— Mulkdror sinfining paydo bo‘lishi aholining talabaqalanishiga olib kelmaydimi?

[A. YOʻLDOSHEV]: Tabaqalanish bu taraqqiyotning botiniy qum. Lekin hamma narsaning me’yori bo‘ladi. Me’yorida bajarilgan ish hech qachon yomon oqibatlarga olib kelmaydi. Tabaqishda ham mezon, albatta saqlanishi kerak. U past darajada bo‘lganda botiniy tsrat umuman ro‘yobga chіqmaydi. Buni biz 70 yillik tariximizdan bilamiz. Ammo u yuqori darajada bo‘lganda yaratuvchanlik qobiliyati ko‘proq buzg‘unchilikka ishlaydi.

Prezidenti sessiyadagi ma’ruzasida bu masalaga alohida e’tibor qaratib, shunday dedilar: «Bozor munosabatlari va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar ch)lashgan sari aholini turmush darajasiga ta’sir qiladigan kamchiliklar so‘zsiz paydo bo‘lishini nazazarda tutishimiz kerak. Shu sababli kuchli ijtimoiy siyosatni unutmasligimiz lozim. Ijtimoiy muhofaza vositalarinida mustahkamlash uchu iq yo‘nalishni kuchaytirish zarur.

Men avvalo, jamiyatimizda odamlarning ijtimoiy jihatdan in tabaqalanishiga yo‘ymaslikni ya’ni badavlat odamlar bilan bir qatorda nochor va qluq kishilar paydo boʻlishiga, aholimiz sotsial toifalari o‘rtasidagi aiz tavofut haddan tani katta bo‘lishiga, ularning o‘rtasida qarama-qarshilik paydo bo‘lish yo‘l qo‘ymaslikni nadazarda tutayapman», Madomiki shunday ekan, tabaqalanishdan tashvishlanmaslik kerak…

Total words

2,541

Unique words

1396

Annotated anthroponyms

25

Toponyms

20

TTR

0.549

Hapax

1,006

Distribution

Top frequency chart

Dataset