Gazetamizda yuqoridagi sarlavha ostida chop etilgan tanqidiy maqolaga quyidagicha javob keldi: Maqola barcha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda atroflicha muhokama etildi. Unda keltirilgan faktlar qisman tasdiqlandi. Haqiqatdan ham shaharda hokimlik va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida qishki mavsumga tayyorgarlik barvaqt boshlanib, katta hajmda ta’mirlash ishlari bajarilganiga qaramay, qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
«Issiqlik manbai» korxonasi tomonidan rejadagi 3 kilometr o‘rniga 6 kilometr issiqlik tarmoqlari, 1 ta qozonxona o‘rniga 2 ta qozonxona mukammal, 1 kilometr o‘rniga 1,5 kilometr issiqlik tarmoqlari joriy ta’mirlandi. Nozim Hikmat va Temir yo‘l ko‘chalarida issiqlik tarmoqlarini almashtirish grafik asosida 25-oktyabrda yakunlangan. $$«O‘zbekiston ovozi» ko‘chasi$$da esa ta’mirlash ishlari 10-noyabrda tugallangan. $$«Ziyorat» mehmonxonasi$$da shu yilning 15-noyabridan issiqlik berilgan. Muallifning ta’kidlashicha, Farg‘onada oktyabr oyining o‘rtalarida havo ha rorati nol darajaga tushib qolgan. Aslida esa Farg‘ona gidrometeorostansiyasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra oktyabr oyida havo harorati o‘rtacha +13,1 darajani, ayrim kunlari esa +15-+16 darajani tashkil qilgan. Shu bois isitish mavsumi viloyat hokimining 1995-yil 25-oktyabrdagi 338-f farmoyishi bilan 3-noyabrdan boshlangan. «Issiqlik manbai» viloyat korxonasining shahar bo‘linmasi boshlig‘i [Abdusalim Qo‘ziyev]ning yozma axboroti bo‘yicha mavjud 9 ta qozonxona quvvati barcha iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash imkonini beradi va bu borada maqolada keltirilgan fikrlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Shahardagi 44 ta davolash muassasalaridan 29 tasi shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufida bo‘lib isitish mavsumiga qadar 24 tasi ta’mirlanib, taxt qilib qo‘yilgan edi. «Azot» ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli tibbiy-sanitariya qismi, 3-kasalxona, 1-shahar poliklinikasi, mexanika korxonasi tibbiy-sanitariya qismida ta’mirlash ishlari 10-noyabrgacha tugallandi. «O‘zneftniqaytaishlash» davlat ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli tibbiy-sani tariya qismiga issiqlik tarmoqlari ta’mirlanishi munosabati bilan 8 noyabr- da issiqlik berilgan.
Shahardagi 35 ta maktabdan 27 tasi, 68 ta maktabgacha tarbiya muassasalarining 49 tasida isitish mavsumiga qadar tayyorgarlik ishlari yakunlangan. Qolgan muassasalarda bu ishlar 15-noyabrga qadar asosan tugallangan. Birorta maktab, maktabgacha tarbiya muassasalarida mashg‘ulotlar to‘xtatilmagan. Shahar hokimligi mavjud qiyinchiliklarga qaramay, turar joy binolarini isitish mavsumiga tayyorlashga alohida e’tibor bermoqda. Uy-joy boshqarmasi hisobidagi 1159 ta uydan 616 tasi bir qavatli uylardir. Ular 1-noyabr holatiga gaz bilan isitish uchun tayyorlanib o‘z vaqtida ishga tushirilgan. 543 ta ko‘p qavatli uydan 513 tasi issiqlik bilan ta’minlandi. Qolgan 30 tasida ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda. Maqola yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun tegishli mutasaddi rahbarlar ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortildilar. Shahar hokimligi bu dolzarb masalani o‘z nazoratiga oldi.
Article
Birortayam tanqid natijasiz qolmaydi. “VA’DA BILAN UY ISIMAYDI”
Total words
356
Unique words
258
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
2
TTR
0.725
Hapax
205
Distribution
Top frequency chart
Dataset