🔍

Article

DEPUTAT – HUZURINGIZGA BORADI U BILAN, ALBATTA, UCHRASHING

By Tolqin TO‘RAXONOV, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri • in 2014

SAYLOVCHILAR KO‘TARGAN MASALALAR JIDDIY E’TIBORGA OLINADI HAMDA ULARNI HAL QILISH CHORALARI KO‘RILADI.
$$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ deputatlari joriy yil 26-31 may kunlari o‘z saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Parlament quyi palatasidagi $$O‘zXDP fraktsiyasi$$ a’zolari uchrashuvlarga chiqishdan avval saylov okruglaridagi faoliyat bo‘yicha tegishli harakat dasturini belgilab oldi. Qonunchilik palatasining reglamentida may oyining oxirgi haftasida deputatlar saylov okruglarida faoliyat olib borishi belgilangan. Ushbu jarayonni samarali o‘tkazish maqsadida $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ va $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi fraktsiya a’zolaridan iborat ishchi guruhi fraktsiya a’zolarining saylov okrugidagi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha harakat dasturini ishlab chiqdi. Fraktsiya majlisida ushbu dastur muhokama etilib, saylov okruglaridagi uchrashuvlar mobaynida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan qator masalalar bo‘yicha qo‘shimcha fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Uchrashuvlarni saylovchilar, elektorat vakillari bilan erkin muloqot tarzida o‘tkazishga intilishimiz, rasmiy uslub va ma’ruzalar­dan qochishimiz zarur, deyishdi deputatlar. Dasturga muvofiq, har bir uchrashuv va uning natijalari keyinchalik umumlashtiriladi. Saylovchilar ko‘targan masalalar jiddiy e’tiborga olinadi hamda ularni hal qilish choralari ko‘riladi. Fraktsiya a’zolari saylov okruglarida, avvalo, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyati yuzasidan saylovchilarga keng axborot berishi rejalashtirildi. Bu borada deputatlarga zarur eslatma va tahliliy ma’lumotlar berildi. Qabul qilingan qonunlar qanday ishlayapti? Jamiyatimizda qanday qonunlarga, qaysi qonunning qanday me’yorlarini mustahkamlashga ehtiyoj yuzaga kelmoqda? Saylovchilar, xususan, elektorat vakillari qanday muammolarga duch kelayapti? Ular hal bo‘lishi uchun nima qilmoq kerak? Fraktsiya a’zolari uchrashuvlar mobaynida ushbu masalalarga e’tibor qaratadi.
[Ulug‘bek VAFOEV], $$O‘zXDP fraktsiyasi$$ rahbari: Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirishda siyosiy partiyalarning o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu birinchi navbatda siyosiy partiyalar fraktsiyalarining zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bugun siyosiy partiyalar fraktsiyalari o‘z elektoriati manfaatlari bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yanada chuqur o‘rganishga, takliflar ishlab chiqib, qonunchilikda aks ettirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Fraktsiya a’zolarining saylov okruglaridagi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmasdan, bu borada aniq natijalarga erishish qiyin.
Fraktsiya majlisida ayrim deputatlar saylovchilar bilan doimiy aloqani talab darajasida yo‘lga qo‘ymaganligi qayd etildi. Saylovchilar murojaatlari asosida parlament so‘rovi yuborish masalasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish huquqidan yetarli darajada foydalanilmayapti, bu o‘z navbatida saylovchilar bilan uchrashuvlarning samarasi­ga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Deputatlar navbatdagi uchrashuvlarda bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik zarur, deb ta’kidlashdi.
[Saydivali AHMEDOV], $$O‘zXDP fraktsiyasi$$ a’zosi: Saylov okruglarida fraktsiyamiz a’zolari saylovchilar o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishni rejalashtirgan. Joriy yilda yur­timiz iqtisodiyoti, xalqimiz farovonligini ko‘tarish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, erishilayotgan natijalarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlariga bergan intervyusida bildirgan fikrlari mazmun-mohiyati, dunyoda tinchlikni asrab-avaylash, davlatlar mustaqilligi va suverenitetini saqlash bo‘yicha O‘zbekistonning rasmiy pozitsiyasi hamda uning ahamiyati ochib beriladi. Kuni kecha $$Samarqand shahri$$da «O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojida roli va ahamiyati» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya tafsilotlari, xalqimiz tarixiy tafakkuri, ulug‘ ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasidagi o‘rnini dunyo jamoatchiligiga yetkazishdagi ushbu tadbirning ta’siri haqida fikr almashish ham rejamizda bor. «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning qay darajada ijro etilayotganini, bu borada aholi xabardorligini oshirish, Davlat dasturi ijrosi ustidan doimiy jamoatchilik va parlament nazoratini olib borish muhim vazifamiz hisoblanadi. Parlament qabul qilgan 2014 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosini, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishdan oldingi amaliyot o‘tash holatini joylarga chiqib o‘rganamiz.
[Zokirjon KHOLMATOV], $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ bo‘lim mudiri: Deputatlar saylov okruglarida partiyamizning mahalliy tashkilotlari ishtirokida elektorat vakillarini o‘ylantirayotgan muammolarni tahlil etib, ularni hal etishga amaliy yordam ko‘rsatishi ham ko‘zda tutilgan. Fraktsiyamiz a’zolari va partiyamiz faollari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklariga muvofiq ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy o‘rganib, hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarida muhokama qiladi. Yuza­ga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Shuningdek, deputatlar aholi­ning tabiiy gaz, elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik ahvoli, pensiya, nafaqa hamda stipendiyalarning o‘z vaqtida berilishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadi. $$O‘zXDP fraktsiyasi$$ a’zolari saylov okruglaridagi uchrashuvlarni joylarda reja asosida o‘tkazadi. Siz saylagan deputat, albatta, huzuringizga boradi. Marhamat, u bilan uchrashing, fikr almashing, savollaringizga javob oling, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni ayting.

Total words

642

Unique words

434

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

9

TTR

0.676

Hapax

331

Distribution

Top frequency chart

Dataset