15-16 may kunlari $$Samarqand$$da «O‘rta asrlar Sharq, allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman ishida ishtirok etgan muxbirlarimiz konferensiya qatnashchilarining taassurotlari bilan qiziqishdi.
[Kyujo KATO], arxeolog, Yaponiya: Men O‘zbekiston Prezidenti [Islom Karimov] bilan bir necha bor suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘lganman. U kishining konferensiyaning ochilish marosimidagi so‘zlarini tinglab, bu insonga bo‘lgan hurmatim yanada oshdi. Ayniqsa, ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq, O‘zbekiston aholisining 60 foizini yoshlar tashkil qilarkan. Prezidentingizning yoshlarga doimiy ravishda g‘amxo‘rlik qilishi, ular uchun 12 yillik bepul ta’lim tizimini yaratgani tahsinga sazovor. O‘zbekistonga birinchi marta 1963 yilda kelgan edim. O‘shanda $$Samarqand$$ni ham ziyorat qilgandik. O‘tgan yillar bilan solishtirsak, bu ko‘hna shaharda olamshumul o‘zgarishlarni ko‘ryapman. $$Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti$$da yapon tili o‘rgatilishi meni juda ham xursand qildi. Bu darvohning mutasaddilariga minnatdorchilik bildiraman. Prezidentingizning shu kunga qadar O‘zbekiston davlatining taraqqiy etishi borasida qilgan ishlarini yuksak baholayman va bundan keyin ham bu islohotlar davom etishiga ishonaman. Men O‘zbekistonda nufuzli bo‘lgan «Do‘stlik» ordeniga loyiq ko‘rildim. Bunday yuksak mukofotni olish men uchun sharaf. O‘ylaymanki, O‘zbekiston bilan do‘stona aloqalarimiz abadiy davom etadi.
Magida [Saloh MAHLUF], $$Qohira universiteti$$ professori, $$Misr$$: Prezident ishtirok etgan marosimda qatnashish ulkan sharaf. Shuningdek, unda o‘zing haqingizda maqtov eshitish, har qanday odamga ta’riflab bo‘lmaydigan iftixor bag‘ishlaydi.
[Islom Karimov] konferensiyadagi ma’ruzasida «[Bobur]noma» asarini men tomonidan ilk bora arab tiliga tarjima qilinganini yuksak baholadi. 150 dan ortiq ishtirokchi ichida aynan mening nomim e’tirof etilganidan baxtiyorman.
Bundan tashqari, shaxsan Prezidentingiz tomonidan imzolangan, 2013 yil 10 dekabr kuni bitilgan xatning asl nusxasi berildi. To‘g‘risi, xursandchiligimning cheki yo‘q, qilgan mehnatim yuksak e’tibor topdi.
«[Bobur]noma» asarini tarjima qilish jarayonida, uning ko‘p tillardagi tarjimasini o‘rganib chiqdim. Ular ichida menga eng ma’qul kelgani ingliz tilidagisi bo‘ldi va men aynan ingliz tilidan tarjima qildim.[Bobur] shaxsiga, uning saltanatiga doim qiziqqanman. Shu sababli ham jahon tarixida bebahо meros sanaladigan «Boburnoma»ni arab tiliga tarjima qilishga bel bog‘ladim. Endi bu kitobni nafaqat misrliklar, balki barcha arab davlatlarida istiqomat qiluvchi odamlar o‘qiydi.
Shar’iy [Abdulhakim JUZZONIY], olim, $$Shvetsiya$$: O‘zbekiston Prezidentining konferensiya ochilish marosimidagi nutqi men uchun favqulodda yangilik, jasoratli tashabbus bo‘ldi. Chunki bu inson O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosini keng ma’noda va talqinda, ularning bugungi dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi hamda ahamiyatini dunyo olimlariga alohida eslatish bilan birga, o‘zbek yoshlariga murojaat qilib, ular ilm-fan sohasida o‘z yo‘lini topishlari shart ekanini ta’kidladi. Ushbu konferensiya o‘sha davrdagi boy ilmiy merosni tiklash va uni jahon hamjamiyatiga tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. [Irish KASPER], $$Shtutgart universiteti$$ professori, Germaniya: Avvalambor, bugungi murakkab sharoitda bunday yuqori saviyadagi konferensiyalarning o‘tkazilishi, unda davlat rahbarining shaxsan qatnashishi kam uchraydi. Ayniqsa, ilm-fan sohasida aniq va ravon fikr yuritish har qanday Prezidentning qo‘lidan kelmaydi. Men fizika fani bo‘yicha mutaxassisman. Yurtimizga bir necha bor tashrif buyurganman. Biz $$Shtutgart shahri$$ bilan $$Toshkent$$, $$Samarqand$$ shaharlarida elektro-injenerlik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Shu bilan aytishim kerakki, yurtingiz nafaqat ilmiy merosga boy, balki zamonaviy ilm-fanda ham yuksalmoqda. Elektro-injenerlik sohasidagi ilmiy tadqiqot institutlarining eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganligi va ularda yosh mahalliy mutaxassislarning faoliyat yuritishi shundan dalolat beradi. Haqiqatan ham, o‘zbek yoshlarining samimiyligi, izlanuvchanligi meni qoyil qoldirdi. [Mark BONNEL], «Avicenna-$$Fransiya$$» assotsiatsiyasi prezidenti, professor, $$Fransiya$$: Konferensiya juda chiroyli va qiziqarli bo‘ldi. Hech qaysi davlatda ilm-fanga bunday e’tibor bo‘lmagan. Xususan, Prezidentingizning chiqishi menida o‘zga ta’ssurot uyg‘otdi. Chunki davlat rahbari boshchilik qiladigan ilm-fan konferensiyalari sanoqli. Men [Islom Karimov]ga barcha konferensiya qatnashchilari nomidan alohida tashakkur bildiraman. Men O‘zbekistonga bir necha marotaba tashrif buyurganman va har gal O‘zbekistonning yangi kirralarini kashf etyapman. O‘zgarishlar juda katta, xususan,$$Samarqand ko‘chalari$$ oxirgi yillarda yanada go‘zallashgan. $$Samarqand$$ o‘zining qadimiyligi va chiroyi bilan har bir kishini maftun etib keladi. Italiyalik olim [Luidji Arkaddi]ning bir gapi bor: «Yer yuzini yetti marta aylan gandan ko‘ra, Samarqandni bir marta aylaning». Men shifokorman. O‘z kasbimdan kelib chiqqan holda aytishim kerakki, biz Yevropa vakillari Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan [Abu Ali ibn Sino]ni juda hurmat qilamiz. Uning «Tib qonunlari» kitobi o‘z ahamiyatini hanuz yo‘qotmagan.
O‘zbekiston iqtidоrli va aqli-yoshlar mamlakati. O‘zbek bolalari o‘zining tirishqoqligi bilan meni hayron qoldirdi. Bu yoshlar orasida jahon miqyosida mashhur shifokorlar yetishib chiqishiga ishonaman. [Kadirjan KESKINBORA], $$Bechcheshehir universiteti$$ professori, Turkiya: O‘zbekistonga ikkinchi marta keldim. $$Samarqand jannatmakon shahar$$. Havosi toza, halqi mehmondo‘st. Prezidentingizning o‘rta asr ilm-fanini o‘rganishga bo‘lgan e’tibori tahsinga sazovor. Juda ko‘p mamlakatlarda tashkil etilgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etganman. Ilm-fanga bag‘ishlangan konferensiyada davlat rahbarining qatnashishi bu davlatning kelajakka bo‘lgan ulkan e’tibori nishonasidir. Men tibbiyot tarixidan dars beraman. Faoliyatim davomida [Ibn Sino] ilmiy merosini o‘rganib kelaman va o‘zimni [Ibn Sinosunos] olim deya olaman. Uning jahon tibbiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Men tayyorlab kelgan mavzu Ibn Sino haqida. Uning «Tib qonunlari» asarini alohida ta’kidlab o‘tishim kerak. Jarrohlik, dorishunoslik, ichki kasalliklar, suyak sinishlari haqida o‘z davrining qimmatli ma’lumotlarini mujassamlashtirgan to‘rt tomli kitobni tibbiyot tarixidagi eng buyuk asar deb hisoblayman. Bu kitobdagi ko‘pchilik terminlar hozir ham tibbiyotda ishlatiladi.
O‘zbek xalqi tomirida [Ibn Sino], [Ulug‘bek], [Beruniy] kabi buyuklar qoni oqadi va bu har jabhada ko‘rinib turadi. O‘zbeklarning zehni juda o‘tkir. Men Istanbulda tibbiyot muassasasi ochish arafasidaman va bu muassasa Ibn Sino nomi bilan ataladi. U yerda [Ibn Sino] faoliyatini yanada chuqurroq o‘rganamiz. [Radoslav STERNA], $$Varshava universiteti$$ docenti, $$Polsha$$: Dunyoning ko‘p mamlakatlarida bo‘lganman. Ba’zi davlatlarda yaydoq cho‘l o‘rtasidagi zamonaviy binolardan boshqa narsa yo‘q, O‘zbekistonda e’tiborimni tortgan jihat, $$Toshkent$$ ham, $$Samarqand$$ ham daraxtlari ko‘p, yashil shahar. $$Toshkent$$da $$O‘zbekiston Milliy kutubxonasi$$da bo‘ldim. Ochiq, o‘zbek yoshlari uchun yaratilgan sharoitga havasim keldi. Chindan ham, yurtingizda yoshlarning ta’lim olishlari, o‘z mahoratlarini yanada oshirishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Xalqaro konferensiyalar esa O‘zbekistonga jahon ilm-faniga integratsiyalashuv imkonini beradi. Sizlar qadimiy madaniyatingiz, buyuk ajdodlaringiz va tengi yo‘q kitoblaringiz bilan faxrlanishga haqlisizlar. Davlat rahbari odamlar bilan muloqot qila olishi kerak. Men O‘zbekiston Prezidentida o‘z xalqiga yaqinlikning yuksak namunasini ko‘rdim. U kishining so‘zlarini hamma berilib tingladi. Prezidentingiz ko‘p bora «siz nima deb o‘ylaysiz?» deb qatnashchilarga murojaat qildi. Aynan shu jihati meniga juda ma’qul bo‘ldi. [Ali BABAEV], Ozarbayjon fanlar akademiyasi matematika-mexanika bo‘limi boshlig‘i, $$Ozarbayjon$$: Men O‘zbekistonga birinchi marta kelishim. Yurtingizning ham qadimiy, ham zamonaviy binolari meni hayratga soldi. Tabiati ham o‘ziga xos. Odamlar samimiy, mehmondo‘st. Konferensiya haqida gapiradigan bo‘lsam, bundan yaxshiroq tashkilotchilik bo‘lishi mumkin emas. Men o‘zim ham Bokuda ko‘plab xalqaro anjumanlar o‘tkazganman. To‘g‘risini aytsam, bunday ishlarni qilolmaganman. Mana, hamma mehmonlarning kayfiyati a’lo. Aslida, bundan boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Doktor [Omaima al-SUKHAILI], Kuvayt universiteti professori, Kuvayt: Prezidentingizning so‘zidan qattiq ta’sirlandim. U kishi konferensiya ishtirokchilarini xursand qiladigan gaplarni aytdi. [Islom Karimov] janoblarining nutqini ilgari ham eshitgandim. O‘zim u kishining qabulida bo‘lishni orzu qilardim. Biz o‘ylaganimizdan ham ko‘p ma’lumot oldik. Yurtingizda ilk marotaba bo‘lib turibman, taassurotlarim bir olam. O‘zbekiston menga juda yoqdi. Ayniqsa, [Toshkent, Samarqand shaharlari$$ g‘oyat go‘zal ekan. Samarqand tarixiy obidalarga boy ekan. Yurtimizda ham O‘rta Sharq allomalari va mutafakkirlar merosini tadqiq etish uchun, O‘zbekistonning qator oliy dargohlari bilan o‘zaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Yana shuni alohida ta’kidlashni xohlaymanki, sizlarda ta’lim sohasiga, yoshlar tarbiyasiga juda katta e’tibor berilmoqda. O‘z navbatida, yoshlaringizning ilmga chanqoqligi ularning yuz-ko‘zlaridan ko‘rinib turibdi.