🔍

Article

YURTDA TINCHLIK BARQAROR EKAN, BARCHA EZGU G‘OYALAR RO‘YOBGA CHIQADI, YOSHLAR SOG‘LOM KAMOLGA YETADI.

By Gulrux ODASHBOEVA, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri • in 2014

Farzandlarimiz sog‘salomat unib-o‘ssin, Vatan koriga yaraydigan inson bo‘lib ulg‘aysin. Bu har bir ota-onaning dilidagi ezgu niyat, orzu-tilakdir. Yurtdamizda tinchlik va osoyishtalik barqaror ekan, bu istaklar amalga oshavermoqda.
$$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi$$ va $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi fraktsiyasi hamkorlikda «Yoshlarni milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda mafkuraviy immunitetini shakllantirishda O‘zbekiston XDPning vazifalari» mavzusida o‘tkazgan seminarida bu fikrlar qayta-qayta ta’kidlandi.
Tadbirda partiya Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari, $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ deputatlari, Toshkent shahar va viloyat partiya kengashlari faollari, partiya guruhlari a’zolari hamda yoshlar qatnashdi.
Seminar davomida Prezident [Islom Karimov]ning shu yil 9 may Xotira va qadrlash kuni ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda bildirgan tinchlikni asrash, tinchlik uchun kurashish, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlar haqidagi fikr-mulohazalari mazmun-mohiyatini chuqur mushohada etib, ularni keng targ‘ib qilish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Ta’kidlandi: mamlakatimizning har bir fuqarosi yurtdagi osuda hayotning qadri, bugungi tahlikali va notinch davrda har doim ogoh hamda hushyor bo‘lib yashashi zarur. Yurtdimiz va uning atrofida, xalqaro maydonda yuz berayotgan voqealarni chuqur tahlil qilib, xolis baholab, shundan to‘g‘ri xulosa chiqarish muhim ahamiyatga ega.
Yurtboshimizning yoshlar haqida fikrlari mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng tushuntirish, bu orqali ularning siyosiy-huquqiy faolligini oshirish, ularda mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini uyg‘otishda partiyamizning ham munosib o‘rni bo‘lishi kerak, dedi $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ raisi [Xotamjon Ketmonov].
Yosh avlodni yot g‘oya va mafkuraviy xurujlardan asrash, jamiyatda sog‘lom fikrni rivojlantirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi seminarni tashkil etishdan maqsad ham mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik dunyoda haqli ravishda e’tirof etilayotganini, bu osoyishta kunlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaganini, og‘ir va mashaqqatli sinovlarni boshimizdan kechirish hisobiga shu yorug‘ kunlar kelganini yoshlar ongiга singdirish, ularni Vatanga muhabbat, yurтga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalarini atroflicha muhokama etishdir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishga qaratilgan. O‘z navbatida yoshlar ilm-fan, sport va san’at kabi sohalarda erishaayotgan ulkan yutuqlari bilan ko‘rsatilayotgan e’tiborga munosib bo‘lishga intilmoqda.
Partiyamiz safidagi yoshlar ham har bir sohada faol bo‘lib, o‘z bilim va iqtidorini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sarflashiga ishonamiz.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilganligi, yoshlar siyosati ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanganligi zamirida ulkan ma’no mujassam, dedi O‘zXDP $$Toshkent viloyat$$ kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari [Sirojiddin A’zamov].
9 may kuni davlatimiz rahbari har tomondan salohiyatli yoshlar xususida gapirar ekan, jumladan, quyidagilarni alohida ta’kidladi: «...ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi, davomchisi bo‘lgan, tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan farzandlarimizni ko‘rib, ularning chehrasiga boqib, oldimizda turgan barcha-yuksak marralarni egallaymiz, ezgu maqsadlarimizga erishamiz, o‘z murodiymizga yetamiz, degan ishonavimiz yana mustahkamlanadi».
Dunyoning ayrim davlatlarida o‘zaro nizo, adovat, turli mafkuraviy xurujlar kuchaygan, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi e’tiborsiz qolayotgan bir paytda O‘zbekistonda yoshlar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini qalbimiz quvonchga to‘ldiradi, izlanishga, yaratishga undaydi.
Yurtimizda istiqlol yillarida bevosita yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan 20 dan ortiq qonun qabul qilindi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, $$O‘zXDP fraktsiyasi$$ a’zosi [Abdugʻaffor Kirgizboev]. O‘zbekiston bu borada qator xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shildi. Natijada yoshlarimiz davr talablariga to‘la mos keladigan, barcha sharoitlarga ega o‘quv maskanlarida ta’lim olmoqda, sport majmualarida sog‘ligini mustahkamlamoqda. Xususan, o‘tgan yili respublikamizda 28 yangi kasb-hunar kollejı qurildi, 381 umumta’lim maktabi, oliy o‘quv yurtlari tizimidagi 45 obyekt, 131 kasb-hunar kollejı va litseylar rekonstruktsiya qilinib, kapital ta’mirlandi.
Bu nimadan dalolat beradi? Bu, avvalo, davlatimiz yoshlar uchun hech narsani ayamayotganini ko‘rsatadi. Bunday e’tibor o‘z oldiga katta marralarni qo‘yayotgan, bor kuchi, bilimi va g‘ayratini namoyon etib, dunyoda hech bir davlat yoshlardan kam emasligini isbot qilayotgan yigit-qizlarimizni yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishga rag‘batlantiradi.
Bugun bizning partiyamiz safida 110 mingdan ortiq yoshni birlashtirgan, dedi xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati, O‘zXDP guruhi a’zosi ^^Farida Jo‘rabekova^^. Demak, bu kabi tadbirlarni yoshlar ishtirokida keng miqyosda tashkil etish, tadbirlar ta’sirchanligini kuchaytirish, yoshlar orqali yoshlar ongiga ta’sir ko‘rsatishda biz katta imkoniyatga egamiz. Ularni turli oqimlar ta’siridan asrash, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda biz faol, deputatlardan katta mas’uliyat talab etiladi. Ayniqsa, tinchlikni asrab-avaylash, bugungi kunimizga shukronalik hissini farzandlarimizga singdirish dolzarb vazifadir.
Yigit-qizlar bilan jonli, samimiy suhbatlar uyushtirsak, fikrlarini astoydil tinglab, hayotga qarashlarini shakllantirib borsak, bu albatta o‘z samarasini beradi. Haqiqatan ham, bugun butun dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga urinishlar ko‘zga ko‘rinmas, ilg‘ab bo‘lmas usullarda olib borilmoqda va chuqur ildiz otmoqda, dedi «Istiqlbol» yoshlar qanoti faoli [Nurshod Ramazonov].
Ma’naviy zaif, o‘z mustaqil fikri va qarashiga ega bo‘lmagan yoshlar ularning domiga osongina tushadi. Shu bois «Istiqlbol» yoshlar qanoti tengdoshlarimizni ma’naviy tahdidlaridan himoya qilish, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini mustahkam singdirishga intilmoqda. Bugungi tadbir bu borada biz uchun juda ahamiyatli bo‘ldi. Bildirilgan fikrlar asosida faoliyatimizni yanada takomillashtirishga harakat qilamiz.
Tadbirda, shuningdek, $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ raisi o‘rinbosari ^^Sharbat Abdullayeva^^, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ^^Nazira Matyoqubova^^, ^^Dilbar Xoliqova^^ ham mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi. Qizg‘in savol-javob bo‘lib o‘tdi.

Total words

755

Unique words

535

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

7

TTR

0.709

Hapax

428

Distribution

Top frequency chart

Dataset