[Odil] sudlovni amalga oshirish va sud obro‘sini yuksaltirishga xizmat qiladi
Sud organlarining davlat boshqaruvidagi roli va ahamiyati yanada oshirilishini ta’minlamasdan, ularning vakolatlari hamda mustaqilligini kuchaytirmasdan turib, mamlakatni siyosiy-iqtisodiy yangilash va modernizatsiya qilishda muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ana shu maqsadda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Mazkur qonun 26 moddadan iborat bo‘lib, uning 6 ta moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Soliq kodekslariga, «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida», «Sudlar to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi qonunlarga, «Sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 2 avgustdagi «Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2012 yil 30 noyabrdagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar zamonaviy demokratik talablar javob beradigan sud kadrlarini tanlash va tayinlashning samarali tizimini yaratishga, sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan. Unga ko‘ra, sudyalikka minimal yosh 25 yoshdan 30 yoshga o‘zgartirildi. Oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sudya bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda o‘qishi va stajirovka o‘tashi shartligi, o‘quv va stajirovkani o‘tash davrida ular asosiy ish joyidagi o‘rtaча oyliq ish haqi saqlangan holda o‘z mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi qayd etildi. Bu juda ham muhim bo‘lib, inson taqdirini hal qiladigan, O‘zbekiston Respublikasi nomidan hukm, hal qiluvchi qaror chiqaradigan sudya tegishli tajribaga, malakaga ega bo‘lishi, o‘z kasb-korining ustasi, shu ishning chinaqam bilimdoni, bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozim.
Shu vaqtgacha amalda bo‘lib kelgan 25 yosh ta’lim tizimida bo‘lib o‘tgan tub islohotlardan avval qabul qilingan bo‘lib, hozirgi 12 yillik ta’lim tizimi va bakalavriat hamda magistratura bosqichlarini bitirgan yosh mutaxassis salkam 25 yoshga to‘lib qolayotgan edi. 30 yosh va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida 5 yil ishlash talabi oliy yuridik ma’lumotga ega fuqaroda zarur tajriba va malaka, mustaqil dunyokash, keng fikrlash, uzoqni ko‘ra bilish qobiliyati etarlicha mustahkamlanishi, iymon-e’tiqodi mustahkam, irodasi baquvvat bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga sud jarayonining tomonlari bo‘lgan prokuror va advokatning fikrlarini eshitib, xalqimizga xos etti o‘lchab bir kesib qaror qabul qilish ham kishidan muayyan tajribani, hayotiy ko‘nikmalarni taqozo qiladi, albatta.
Bundan tashqari, sudyalarning ijtimoiy muhofazasiga oid normalar belgilab, unga ko‘ra, sudyalar o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi, sudyalik lavozimiga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishlardan ozod qilingan shaxslarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanish yoki tayinlanishgacha egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi.
Vakolati tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanish yoki tayinlanishgacha egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, avvalgisi bilan teng boshqa ish (lavozim) bilan ta’minlanadi. Bu Konstitutsiyaning 37-moddasida mustaqillangan har bir shaxsning qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqining amaldagi ifodasi. Qabul qilingan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiy. Sudyalarning obro‘si, ularning nufuzu davlatning obro‘si va nufuzi hisoblanadi.
Yuoqiridagi ijtimoiy kafolatlar o‘ta muhim ahamiyat kasb etib, hokimiyatning alohida tarmog‘i bo‘lgan sud hokimiyatining davlat va jamiyatdagi obro‘sini yanada ko‘tarishga, sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlashga, sudyalar hayotining moddiy-maishiy sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiladi. Chunki, sudyalarni ijtimoiy jihatdan munosib himoya qilish huquqiy davlatning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan odil sudlovni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Article
SUDYALARNING IJTIMOIY MUHOFAZASI
Total words
568
Unique words
370
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
0
TTR
0.651
Hapax
277
Distribution
Top frequency chart
Dataset