Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilishi partiyaning katta-katta yutuqlariga asos bo‘ladi. Negaki, aynan quyi bo‘gin orqali siyosiy partiya xalq orasiga chuqur kirib boradi, elektorat bilan bevosita bog‘lanadi. Demak, partiya siyosiy kuch sifatida o‘zini to‘liq namoyon etishi har jihatdan ularning ishi to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. $$O‘zXDP Markaziy Kengashi$$ bo‘lim mudiri [Zokirjon Holmatov]ning ta’kidlashicha, bugungi kunda partiyamizning 10 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Natijada quyi bo‘g‘in faolligi keng tahlil etilib, ularga intiluvchan va talabchan yetakchilar saylab olindi. Ular o‘zlariga bildirgan ishonch va mas’uliyatni chuqur anglab, quyi bo‘g‘in ishini kuchaytirish, a’zolar safini kengaytirishga harakat qilmoqda. Haqiqatan ham elektorat manfaatlarini himoya qilish, a’zolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirishda boshlan‘gich tashkilotlar zalkiluvchi o‘rin tutadi. Ular qanday faoliyat ko‘rsatishi esa yetakchilarning siyosiy bilimi, tashkilotchilik qobiliyatiga bog‘liq. Xo‘sh, mazkur masala bo‘yicha mahalliy partiya kengashlari yetakchilari qanday fikrda? Bu borada joylarda qanday ishlar olib borilayapti? [Ruzibek TO‘RAEV], $$O‘zXDP Toshkent shahar kengashi$$ raisi o‘rinbosari:
Quyi bo‘g‘in imkoniyatlaridan samarali foydalanish bugunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu masala o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi, albatta. Buning uchun boshlan‘gich tashkilotlarga odamlar bilan tez til topisha oladigan, siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga intiladigan, tashkilotchi kishilar yetakchilik qilishi kerak. Yetakchi siyosiy-huquqiy bilimlarni yaxshi egallagan bo‘lsa, partiyadoshlari savollariga javob bera oladi, ishni qanday tashkil etishni yaxshi biladi. Boshlan‘gich partiya tashkiloti namunali faoliyat yuritishi uchun birinchi galda uni tuman, shahar partiya kengashi qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Shuning uchun siyosiy va fuqarolik ma’rifati tizimidagi o‘quvlarni ko‘proq quyi da tashkil etyapmiz. Yetakchilarning o‘zaro tajriba almashish masalasiga alohida e’tibor qaratyapmiz. Shu sababli boshlan‘gich tashkilotlarimizning aksariyatida faollik kuzatilmoqda. O‘tgan yili poytaxtimizdagi Vetobus saroyidagi boshlan‘gich partiya tashkilotimiz tashabbusi bilan «Yangi ish o‘rinlari tashkil etishda O‘zXDP vazifalari» mavzusida seminar o‘tkazildi. Unga deputatlar, partiya faollari, jamoa a’zolari hamda yoshlar taklif etildi. Ahamiyatli jihati, tadbir ishtirokchilari yangi ish joylari ochish, ko‘lida hunari bor kishilarni oila tadbirkorlik va kasanachilikka jalb qilish bo‘yicha qator takliflar bildirishdi. Boshlan‘gich tashkilotlar faolligini kuchaytirish uchun ilg‘or ish tajribalarini keng targ‘ib qilish kerak. Masalan, Olmazor tumanida joylashgan Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasi, Yunusobod tumanidagi 52-oilaviy poliklinika, Shayxontohur tumanidagi 44-oilaviy poliklinika, $$Chilonzor tumani$$dagi $$«Beshyog‘och mahallasi»$$ boshlan‘gich partiya tashkiloti iboratli ish tajribasiga ega. ^^Robiya KO‘ZIMOVA^^, O‘zXDP Buxoro shahar kengashi raisi: Menimcha, boshlan‘gich partiya tashkiloti namunali faoliyat yuritishi uchun birinchi galda uni tuman, shahar partiya kengashi qo‘llab-quvvatlashi kerak. O‘z navbatida, boshlan‘gich tashkilot yetakchisi ham a’zolarga hamnafas bo‘lishi, yashash sharoiti, turmushi, quvonchu tashvishlaridan xabardor bo‘lishi lozim. Buxoro shahrida partiyamizning 58 boshlan‘gich tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ular bilan muntazam ravishda siyosiy o‘quvlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yganmiz. Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiyamiz guruhi a’zolari hamda boshlan‘gich tashkilotlar yetakchilari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, har oyda ikki marotaba deputatlar bilan boshlan‘gich tashkilotlarga borib, ularning faoliyati bilan tanishamiz, a’zolarimiz bilan erkin muloqot tarzidagi uchrashuvlar tashkil etamiz. Ularning takliflarini eshitamiz.
^^Dilorom ABDURAHIMOVA^^, $$O‘zXDP Namangan viloyat kengashi$$ raisi:
Ma’lumki, partiya kengashlari tomonidan turli mavzularda seminarlar o‘tkaziladi. Lekin ularda ko‘rilayotgan masalalar, partiya faoliyatiga oid yangiliklar har bir boshlan‘gich tashkilotga yetib borishi, ayniqsa, chekka hududlardagi quyi bo‘g‘inlarda o‘quvlar o‘tkazishda kamchiliklarimiz bor.
Ayrim hollarda yuqorida ko‘rilgan masala o‘sha joyning o‘zida, ya’ni viloyat, tuman, shahar darajasida qolib ketadi. Ularga bir-ikkita boshlan‘gich tashkilot yetakchilarini taklif qilish bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi, albatta.
Shu bois o‘quv-seminarlarni har bir boshlan‘gich tashkilotda o‘tkazishni yaxshi yo‘lga qo‘yishga erishishimiz kerak. Yetakchilar uchun maxsus dastur asosida o‘quv kurslari tashkil qilish esa quyi bo‘g‘in faolligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, deb hisoblayman. Shunday bir mexanizmni shakllantirib olishimiz kerakki, quyi partiya tashkilotlarida bildiradigan har bir fikr, har bir taklif partiyaning Markaziy Kengashigacha, yuqori partiya tashkilotlarida bo‘ladigan muhokamalar boshlan‘gich tashkilotga yetib borishi hamda o‘z aks-sadosini berishi zarur.
Darhaqiqat, bugun partiyamiz tizimida boshlan‘gich partiya tashkilotlari faolligini oshirish masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, viloyat, tuman va shahar kengashlari quyi tashkilotlar faoliyatini zamon talablariga mos ravishda tashkil etish choralarini ko‘rmoqda. Bu esa partiyaning amaliy natijalarga erishishi, elektoratga yaqin bo‘lib, uning manfaatlarini himoya qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
^^Ahmadjon VAISOV^^, $$Xonqa tuman$$ partiya kengashi raisi:
Men har haftaning ikki-uch kunini boshlan‘gich partiya tashkilotlarida o‘tkazaman. Ular faoliyati, muammolari, taklif-mulohazalari bilan qiziqaman, a’zolar bilan erkin suhbat qilaman. Ularni o‘ylantirayotgan masalalarni deputatlarimizga yetkazaman, yig‘ilishlarda muhokamaga qo‘yamiz.
Ana shu tajribadan bir xulosaga keldimki, biz quyi bo‘g‘indan ko‘proq takliflar olishimiz kerak. Chunki ular aholining, yoshlarning o‘ylantirayotgan muammolari, qiziqtirayotgan masalalarni yaxshi biladi. Muammoni chuqur bilish esa hayotiy, asosli takliflar ishlab chiqishga asos bo‘ladi. Misol uchun biz boshlan‘gich tashkilotlarda turli mavzularda davra suhbatlari tashkil qilayapmiz. Tadbirlarga budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamda boshqa qator tashkilotlar vakillari, mutaxassislar taklif etilmoqda.
O‘zaro fikr almashish, savol-javoblar deputatlarimiz turli ijtimoiy masalalarni va quyi hokimiyati muhokamasiga olib kirishi, mahalla hokimiyati organlari oldiga qo‘yishiga asos bo‘ladi. Bunday tadbirlar boshlan‘gich tashkilotlarda o‘tkazilishi, avvalo, yetakchilar va partiya a’zolari siyosiy-huquqiy bilimini oshirishga, a’zolar faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Article
PARTIYANING KUCHI BOSHLAN‘GICH TASHKILOTLAR FAOLLIGIGA BOG‘LIQ
Total words
767
Unique words
489
Annotated anthroponyms
5
Toponyms
6
TTR
0.638
Hapax
375
Distribution
Top frequency chart
Dataset