O‘zXDP guruhi tashabbusi bilan 2014 yilning birinchi choragida Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining $$Farg‘ona viloyati$$ $$Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari$$ hamda $$Yozyovon, Qo‘shtepa va Dang‘ara tumanlari$$da bajarilishi to‘g‘risidagi masala xalq deputatlari $$Farg‘ona viloyat Kengashi$$dagi O‘zXDP guruhi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dasturda 2014 yilda viloyatda jami 92,5 mingta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan. Shu yilning birinchi choragida 21,2 ming o‘rniga 22 092 ta ish joyi tashkil etildi. E’tiborli jihati shundaki, mazkur ish o‘rinlarining 67 foizi qishloq joylarida yaratilip, ularning salmoqli qismi ishchi kuchiga ehtiyoj katta bo‘lgan hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, Farg‘ona shahrida 2,2 ming, $$Qo‘qon shahri$$da 2,2 ming, $$Rishton va Quva tumanlari$$ning har birida mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etildi.
2013–2014 o‘quv yilida kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilaridan 60 614 nafari ishga qabul qilish sharti bilan amaliyot o‘tash uchun korxonalarga biriktirildi va uch tomonlama shartnomalar tuzildi.
Rasmiy hisobotlarga tayanib aytadigan bo‘lsak, $$Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari$$, $$Qo‘shtepa, Dang‘ara va Yozyovon tumanlari$$da ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar ijobiy. Ammo o‘rganishlar hududlarda yangi ish o‘rinlari tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini ham ko‘rsatdi.
Xususan, ayrim korxona, muassasa va tashkilotlarda dasturda belgilangan rejalar bajarilmagan. Masalan, $$Farg‘ona mexanika zavodi$$da 10 ta kasanachilik ish o‘rni yaratilmagan, «Farg‘onadonmahsulotlari» AJda fevral oyida belgilangan 10 ta ish o‘rniga atigi 1 ta ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, Farg‘ona yog‘-moy AJda 17 ta ish o‘rni yaratish belgilangan, ammo shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan korxona bandlik dasturiga kiritilgani to‘g‘risida ogohlantirilmagan.
«Avtotexxizmat» korxonasida 60 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Joyida o‘rganilganda esa bu raqamni bajarishning real imkoniyati yo‘qligi, korxona bugungi kunda ijarada turgani, aeroport hududida yangi bino qurilishi yakuniga yetganidan so‘ng 14 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ma’lum bo‘ldi.
$$Qo‘qon shahri$$da o‘tkazilgan tahlillar davomida dasturga kirgan 6 ta korxona va tashkilotda birinchi chorak yakunlari bo‘yicha jami 17 ta yangi ish o‘rni yaratilmay qolgan. Bunday hol $$Dang‘ara, Qo‘shtepa, Yozyovon tumanlari$$da ham kuzatildi.
O‘rganish xulosalari umumlashtirilib, $$O‘zXDP guruhi $$yig‘ilishida atroflicha muhokama etildi, taklif va mulohazalar bildirildi. Deputatlar mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hokimliklar hisobotlarini sessiyalarda eshitish lozim, degan taklifni o‘rtaga tashladilar va bu tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.
— Biz dastur doirasidagi loyihalarga aniq holat va vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritayapmiz, — dedi $$Farg‘ona shahar$$ hokimi o‘rinbosari [Nuralı Nazarov]. — Tanqidlar o‘rinli, kamchiliklarimiz bor. Ayni kunda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqayapmiz.
Hokim o‘rinbosari tahlil aniq dalillar asosida tayyorlanishi, ijro hokimiyati faoliyati ustidan deputatlik nazorati paydo bo‘lgani yanada samarali ishlashga undashini ta’kidladi.
—Yozyovon tumani iqtisodiyotida hozircha sanoatning ulushi nisbatan kam. Xo‘sh, nega endi qishloq xo‘jaligida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etish sust olib borilayapti? Axir shunday usul yangi ish o‘rinlari yaratishda qo‘shimcha imkoniyatlar beradi-ku, — dedi deputat [Furqat Xomidov].
$$Qo‘shtepa tumani$$da yakka tartibdagi tadbirkor deb ro‘yxatga olingan shaxslar aslida do‘konlarida 3–5 nafar kishi ishlatayotgani, ishchilarga mehnat daftarchasi ochilmagani, natijada ular ijtimoiy himoyada qator imtiyozlardan foydalana olmayotgani ma’lum bo‘ldi.
Buning ustiga soliq to‘lovlarida ham qonunni buzish holatlariga e’tibor qaratgan deputatlar hokimlik ularni zudlik bilan ro‘yxatdan o‘tkazish choralarini ko‘rishi lozimligini ta’kidladilar.
— Yangi ish o‘rinlari yaratishga ijodiy yondashish zarur, — dedi deputat [Fayzullo Qosimov]. — O‘rganish davomida dasturga kiritilgan 112 ta loyiha bo‘yicha 1000 ta ish o‘rni ochilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar imkoniyati cheklanganligi aniqlanib, rejadagi ish o‘rinlarini ochish boshqa sub’yektlar zimmasiga yuklatildi. Agar ma’lum bir sabab bilan dasturdagi biror band yoki loyihani bajarishda muammo tug‘ilsa, ijro jarayonida yangi loyihalarni kiritib borish o‘rinli, deb o‘ylaymiz.
— Aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand, kam daromadli qatlamlari va imkoniyati cheklangan kishilar, pensionerlar, ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan fuqarolar manfaatlari uchun kurashish $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ning asosiy vazifalaridan biridir, — dedi O‘zXDP $$Farg‘ona viloyat$$ kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi guruhi rahbari [Mahmudjon Mahkamov]. — Shu nuqtai nazardan partiya tomonidan qator amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ish bilan bandlik esa ijtimoiy himoyaning eng muhim shartidir. Biz bu borada monitoring o‘tkazdik, vazifani bajardik, degan fikrdan mutlaqo yiroqmiz. Uni har chorak, kerak bo‘lsa, har oy kesimida o‘rganib, takliflarimizni ijro hokimiyati idoralariga berib boramiz. Bu masalani xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish niyatidamiz.
Shuningdek, yig‘ilishda $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ deputati, $$O‘zXDP fraksiyasi$$ a’zosi [Jo‘raqo‘zi Qo‘ldoshev] ishtirok etib, aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
— Mazkur o‘rganishlar bandlik dasturi ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi, — dedi u. — Natijalar tahlili $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$da partiyamiz fraksiyasi tashabbusi bilan 2014 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan parlament eshituvining samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.
Article
ISH O‘RINLARI TASHKIL ETISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH DASTURI IJROSI TAHLIL ETILDI. KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA TAKLIFLAR AYTILDI
Total words
688
Unique words
473
Annotated anthroponyms
5
Toponyms
19
TTR
0.688
Hapax
376
Distribution
Top frequency chart
Dataset