Keyingi yillarda respublikamizda teri va tanosil kasalliklarini davolash, ularning oldini olish choralari ustida koʻp ish qilinmoqda. Maʼlumki, respublikamizda birincha marta teri va tanosil dispanseri 1924 yil $$Toshkent$$da ochilgan edi. Keyinchalik teri va tanosil ilmiy-tekshirish instituti tashkil topdi.
Jonajon partiya va hukumatimizning otalarcha gʻamxoʻrligi tufayli sogʻliqni saqlash ishlariga koʻplab mablagʻ ajratilmoqda. Natijada dermatolog-venerologiya yanada rivojlandi va davolash-profilaktika muassasalarining soni ortdi.
Hozir respublikamizda beshta teri va tanosil kasalliklari kafedrasi, ikkita respublika, oʻnta oblast, oltmish yettita shahar va qishloq teri-tanosil xastaligi dispanseri, oʻn toʻrtta shahar va qishloq teri-tanosil kasalligi kabinetlari ishlab turibdi. $$Oʻzbekiston teri va tanosil kasalliklari shifoxonalari$$ tarmoqlarida hozir olti yuzdan ortiq mutaxassis el-yurtga xizmat koʻrsatmoqda.
$$Oʻzbekiston dermatolog-venerologlari$$ turli teri kasalliklarini chuqur va har tomonlama oʻrganib, ularning kelib chiqish sabablari, klinikasi, gistopatologiyasi, immunologiyasi, bioximiyasi, elektronnomikroskopiyasi boʻyicha chuqur tadqiqotlar olib boryaptilar. Qishloq xoʻjaligi va sanoatda terining yiringli, kasb, zamburugʻ kasalliklarini kamaytirishda va baʼzi bir formalarini tugatishda, Borovskiy kasalligini davolashda birmuncha muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Respublikamiz olimlarining tanosil kasalliklari ustida oʻtkazayotgan eskperimental, klinik, serologik, bioximik, immunollogik, patomorfologik tadqiqotlari va davolash ishlari butun ittifoqimizga maʼlum.
$$Oʻzbekiston dermatolog-venerologlari$$ oʻzlarining ilmiy va amaliy ishlarini doimo markaziy ilmiy-tekshirish institutlari va boshqa ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradilar. Ayni vaqtda ular oʻzbekistonlik olimlarga turli metodik va konsultativ yordam koʻrsatib turadilar.
Yaqinda boʻlib oʻtgan respublikamiz dermotologlarining II siyezdida bajarilgan ishlarga yakun yasaldi, kelgusi rejalar tuzildi, respublika dermatologlar jamiyatining yangi sostavi saylandi. Asosiy masala el-yurtga meditsina xizmati koʻrsatishni yaxshilashdan iborat. Oldimizda bajarilishi kerak boʻlgan ishlar koʻp. Yuqumli teri va tanosil kasalliklarining oldini olish, ularni tezroq va yaxshiroq davolashda yangi dori-darmonlar va metodlarni qoʻllanishdek muhim yumushlar turibdi.
Aholi oʻrtasida profilaktika va sanitariya-maorif ishlarini yaxshi yoʻlga qoʻyish va yanada kengaytirish, yuqumli teri kasalliklarini, ayniqsa, tanosil xastaliklarini kamaytirishda katta ahamiyatga ega. Bunda matbuot, radio, televideniyedan foydalanish yaxshi natijalar berishi, shubhasiz.
Oʻrtoq [L. I. Brejnev] sotsial vazifalar ichida sovet kishilari sogʻligʻi haqida gʻamxoʻrlik qilishdan koʻra muhimroq vazifa yoʻqligini taʼkidlab oʻtgan edi. Biz respublika dermatolog-venerologlari bu koʻrsatmaga amal qilib, meditsinaning ana shu sohasini yanada chuqur oʻrganib, uni yuqori darajaga koʻtarish uchun barcha tadbirlarni amalga oshiramiz.
Total words
327
Unique words
248
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
4
TTR
0.758
Hapax
210
Distribution
Top frequency chart
Dataset